Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix-falsafa fakulteti Falsafa yo’nalishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana14.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1703400
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar

 
 
 
 
 
2.2§. Islohatlarning «o’zbek modeli» va modernizasiyalashtirish 
imkoniyatlari 
Samarali, ilg’or o’zgarishlaru yangilanishlarga ochiq fuqarolik jamiyati 
shakllanishining eng muhim omili bu – ijtimoiy va siyosiy hayotning barcha 
sohalarini erkinlashtirish jarayonidir. 
XXI asr davlatlar va xalqlar hayotiga daxldor juda ko’plab o’zgarishlar olib 
keldi. Shu nuqtai nazardan respublikamiz oldida, nafaqat, belgilangan yalpi 
islohatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ayni paytda, jahon iqtisodiy 
taraqqiyotining yangi shart-sharoitlariga moslashish, ulardan xalq farovonligi 
yo’lida oqilona foydalanish vazifasi turibdi. 
Islohatlarning o’zbek modeli hali to’liq foydalanilmagan juda katta 
imkoniyatlarga ega. Ana shu imkoniyatlarni to’la amalga oshirish o’laroq, 
O’zbekiston XXI asr jahon hamjamiyati mehvarida xosu mos qonuniy o’rnini 
topishi muqarrar. Albatta, buning uchun butun xalq yakdilu bo’lib, tinimsiz 
samarali mehnat qilish zarur. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 
Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma 
majlisidagi 
“Mamlakatimizda 
demokratik 
islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da 
mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha dastlabki yillarida islohatlarni 
amalga oshirishning quyidagi olti ustivor strategik yo’nalishini belgilab berdi. 
1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. 


43 
2. Sud-huquq tizimini isloh etish. 
3. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash. 
4. O’zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov 
qonunchiligini rivojlantirish. 
5. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish 
6. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada 
chuqurlashtirish. 
Ayni paytda I.A.Karimov to’rtta muhim savolni qayd etib, ularga yaqin vaqt 
ichida aniq javoblar topish zarurligini ta’kidladi: 
Birinchidan, biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimalarni olib o’tishimiz 
mumkin va zarur? 
Ikkinchidan, nimalardan biz voz kechishimiz darkor? 
Uchinchidan, o’z hayotimizni qanday yo’llar bilan yaxshilamoqchimiz? 
To’rtinchidan, yangi ming yillikda qanday muammolarning echimi bizning 
diqqat – e’tiborimiz markazida turmog’i lozim? 
Yurtboshimiz siyosiy falsafaning navbatdagi kashfiyoti bo’lmish ustivor 
yo’nalishlar mushtaraklikda Ushbu savollarga javoblar topish imkonini berish 
baravarida 
O’zbekistonda 
fuqarolik 
jamiyat 
asoslarini 
shakllantirish 
imkoniyatlarini kengaytirdi. 
Barcha ustuvor yo’nalishlarni o’zida uyg’un tajassum etgan, yuqoridagi 
savollarga aniq amaliy javoblar izlab topishga yo’naltirilgan tub yangilanishlarning 
kaliti bo’lib, shubhasiz, kuchli fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish 
imkoniyatlarini kengaytirdi. 
Shunday qilib, ichdan, botinan rivojlanish tamoyili davlat boshqaruvi bilan 
uyg’un holda O’zbekistonni o’z strategik maqsadi sari dadil va ishonchla, olg’a 
intilishining bosh mezoniga aylandi. 
Ushbu mezon, shubhasiz iqtisodiyot erkinligi bilan bog’liq. 
Ma’lumki, firma va korxonalar o’z faoliyatlarida yolg’iz xo’jalik jabhasi 
bilangina chegaralanib qolishmaydi. Chet El iqtisodiyot va ijtimoiyot nazariyasida 
firmalar jamiyat tarkibiga bevosita singib ketishi tabiiyligi allaqachonlar tan 


44 
olingan. Firmalar – yolg’iz iqtisodiyot birligini emas. Ular nafaqat, tovar va xizmat 
bozorida faoliyat ko’rsatishadi, ayni paytda, odamlarning hamkorlikda o’z hayotiy 
rejalari hamda intilishlarning ruyobga chiqishini belgilovchi va koordinasii 
qiluvchi murakkab ijtimoiy tizilmadir. 
Bizning nazarimizda, bunday yondashuv, ayniqsa, sharqona jamiyat uchun 
xarakterli. Jumladan, o’zbekistonda kichik va o’rta tadbirkorlik, mahalla tipidagi 
ishlab chiqarish tashkilotlari darajasidagi ijtimoiy muammolar echimiga 
yo’naltirilgan firmalar, ayniqsa, keng tarqalgan. Shu sababli fuqarolarning o’zini 
o’zi boshqarish organlari va mahalliy hokimiyat organlari bozor islohatlarining 
tadbirkorlikni rag’batlantirish, xususiy mulkni rivojlantirish, aholini ish bilan 
ta’minlash, iste’mol bozorini xaridorgir mahsulotlar bilan to’ldirish, odamlarning 
moddiy farovonligini oshirish, aholining kuchli ijtimoiy himoyasini ta’minlash 
kabi hayotiy zarur muammolarni hal etishga safarbar qilingan. Aynan ana shu 
o’rinda 
fuqarolik 
jamiyatining 
mustahkam 
asosi, 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining, 
to’plangan 
moddiy-mulkiy 
boyliklarning 
murakkab 
tizimlaridan iborat poydevori barpo etiladi. 
Bozor jarayonlarining o’zini o’zi boshqarib turishi asosida funksional 
iqtisodiyt tizimlarni tipik misoli bo’lib, raqobat muhitini shakllantirish, ichki narx 
navo ko’rsatkichlarini qo’llab-quvvatlash, tovar, xizmat tex’nika, texnologiya. 
Nou-xau kapitalning turli shakllari, ishchi kuchlari va boshqalarning harakati 
uchun muta’dil yaratib berishga qaratilgan tarkiblar faoliyatiga yo’l ochiladi. 
Funksional iqtisodiyot tizimining tipik misoli bo’lib, raqobat muhitini 
shakllantirish, ichki narx-navo ko’rsatkichlarini qo’llab-quvvatlash, umumehtiyoj 
talabini rag’batlantirish, to’lov va tashqi savdo muvoziyligini qo’llab-quvvatlash, 
milliy tovar ishlab chiqaruvchilar xorij raqobatidan himoya qilish, ishsizlikning 
darajasini mu’tadil saqlab turish, atrof-muhitni himoya qilish va boshqalar 
hisoblanadi. 
Funksional iqtisodiyot tizimlari aniq maqsadga yo’naltirilgan tizimlar (bank, 
soliq, sug’o’rta, ijtimoiy muhofaza va b)dan, avvalo, shunisi bilan farq qiladiki, 
ular uchun o’zini o’zi boshqarib, ta’minlab turish xos bo’lib, belgilangan 


45 
miqyoslardan har qanday chekinish mikro va makroiqtisodiy ko’rsatkichlari 
muvozanatini tiklovchi juda ko’plab mexanizmlarni jalb etishga turtki bo’ladi. 
Masalan, arzon import tovarlarning kirib kelishi ichki bozor muvozanatini 
buzadi. Bu esa fuqarolik jamiyatida ichki tovar ishlab chiqaruvchilarni chet elda 
ishlab chiqarilgan tovarlar raqobatidan himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlar 
ko’rish bilan bog’liq o’zaro kelishilgan sa’y-harakatlarga olib keladi. Funksional 
iqtisodiy tizimlarning turli xil elementlari orqali ichki bozor chetdan kirib 
kelayotgan tovarlarga boj miqdori, import kvotalari o’zgaradi, belgilanmagan har 
xil to’siqlar yuzaga keladi. Oxir-oqibatda ichki bozorda raqobatning optimal 
sharoitlari tiklanadi. 
Raqobat muhitini shakllantirish tizimi kichik va o’rta kompaniyalarni yirik 
monopoliyalar tomonidan vijdonsizlarcha g’irromlik raqobatidan himoya qiladi va 
umummilliy manfaatlar yo’lida tabiiy monopoliya faoliyatini tizginli boshqarib 
turadi. 
Funksional iqtisodiy tizimlar barcha xo’jalik mexanizmlarining samarador 
faoliyatini ta’minash uchun bozor infratuzilmalarining turli xil elementlarini 
tanlab-tanlab birlashtiradi. Mazkur funksional tizim tarkibiga qonun chiqaruvchi 
hamda ijro etuvchi hokmiyatlar, davlat muassasalari, tovar ishlab chiqaruvchilar 
assosiasiyasi va boshqa bozor subektlari, tahliliy hamda axborot markazlari, 
xususiy tijorat tarkiblaridan iborat turli institusional muassasalar kiradi. Masalan, 
raqobat muhitini shakllantirish bo’yicha funksional tizimning yaxlit tarkibiy 
tuzilishga asos bo’luvchi muhim element bo’lib, nainki, monopoliyaga qarshi 
qo’mitalar, ayni paytda, tovar bozoridagi vaziyatni, milliy hamda jahon 
bozorlarining konyuktura va firma tarkiblarini o’rganuvchi ilmiy-tadqiqot 
tashkilotlari ham xizmat qiladi. 
O’zini-o’zi boshqaradigan iqtisodiyot tizimida davlatning roli keskin 
o’zgaradi. Davlat fiunksional iqtisodiy tizimning bir me’yorda ishlashini 
ta’minlovchi barcha xo’jalik tizimini koordinasiya qiluvchi bosh markazga 
aylanadi, ular tarmoqlarning kengayishi va tarkiblarining takomillashuvi imkonini 
yuzaga keltiradi. Natijada davlat faqat makroiqtisodiy muvozanat barqarorligini 


46 
ta’minlash hamda qo’llab-quvvatlash maqsadidagina muayyan me’yorlar 
doirasidagina bozor ishlariga aralashadi, xolos. 
Iqtisodiy rivojlanishning o’zini o’zi boshqarish modelining ustunligi aynan 
shundaki, bunday xo’jalikda funksional iqtisodiyot tizimining mavjudligi oqibati 
o’laroq, talab va takliflar, mablag’ va investisiyalar, daromad va buromad, eksport 
va import o’rtasidagi nisbatlar optimalligiga olib keluvchi jarayonlkar kuaro, soat 
sayin davom etadi. 
Oqibat-natijada milliy bozorning yuksak barqarorligi va muvozanat tengligi 
ta’minlanadi. Bu, o’z navbatida, milliy iqtisodiy tizim dinamizmiga, uning jahon 
xo’jalik tizimi sharoitida raqobatbardosh bo’lishiga imkon beradi. 
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ijtimoiy adolatga yo’naltirilgan 
rasional va samarali iqtisodiy siyosat, eng avvalo, islohatlarning hozirgi 
bosqichida, bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir tomondan, fuqarolik jamiyatiga hos 
o’zini o’zi tashkil etish, odamlarda, firmalarda, korxonalarda, tashabbuskorlik va 
o’zaro manfaatdorlik madaniyati, ikkinchi tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning yuksak samaradorligini ta’minlashga qaratilgan davlatning 
boshqaruv faoliyatidir. 
Islohatlarni yanada chuqurlashtirish strategik yo’llaridan biri – fuqarolik 
jamiyatining o’zini o’zi ichdan uyushtirishiga uni tashkil etishning davlat 
shakllarini qarama-qarshi qo’yish emas, balki ularning barqaror va dinamik 
rivojlanishini ta’minlovchi o’zaro uzluksiz aloqalardir. 
Xorijdagi ko’p sonli tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy erkinlik 
darajasi qancha yuqori bo’lsa, mamlakat taraqqiyotining iqtisodiy salohiyati, 
fuqarolar farovonligi, demak, iqtisodiy salohiyati, fuqarolar farovonligi, demak, 
iqtisodiy salohiyati, fuqarolar farovonligi, demak iqtisodiy rivojlanish ham yuksak 
bo’ladi. Ya’ni qashshoqlikdan, iqtisodiy qoloqlikdan badavlatlikka hamda 
iqtisodiy rivojlanishning yuqoriligi yalpi iqtisodiy rivojlanishning yuqoriligi yalpi 
iqtisodiy erkinlikka keng yo’l ochadi. 
Fuqarolik jamiyatining mazmun-mohiyati ijtimoiy hayotga davlatning 
aralashuvini qat’iy doirada belgilanishini taqazo etadi. Davlat aralashuvining 


47 
cheklanganligi iqtisodiy va boshqa sohalarga daxldor bo’lib, uning ta’minoti 
strategik xarakter kasb etadi. 
Shunisi diqqatga sazovorki, butun dunyoda liberal qarashlari etalon sifatida 
qabul qilingan F.Xaek tasavvurida ham iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurat 
ekanligi qayd etiladi. 
Ma’lumki, Xaekning asosiy g’oyalari jamiyatning alohida shaxslar 
tashabbuslari majmui, degan qarashlar bilan bog’liq. Yakka shaxslarning mustaqil, 
o’zboshimcha xatti-harakatlari kutilmagan, markazlashtirilgan rejalashtirish 
yordamida ham amalga oshirish imkoni bo’lmagan oqibatlarga olib keladi. Erkin 
individual iqtisodiy faoliyat murakkab ijtimoiy munosabatlarni keltirib chiqaradi, 
bo’lak barcha erkinliklarga imkon yaratadi. 
Iqtisodiyot erkinligi «botiniy bilim»ga asoslanadi. Insoniy munosabatlar 
murakkab va subektivdir. Bozorning foyda, zarar, raqobat singari hodisalar 
jamiyatning doimo o’zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondiruvchi innovatsiyani 
taqdirlab, boshqacha usullar bilan tashkil etish imkoni bo’lmagan ijtimoiy 
munosabatlarni yuzaga keltiradi. 
Optimallashtirishning aynan ana shu jarayonlari uchun qonunlarning qat’iy 
ustuvorligi zarurat. Ayni paytda, to’g’ri qonunchilik yakka shaxs faoliyatini 
muayyan doirada cheklaydi ham. Lekin muayyan aniq vaziyatda nima qilish 
lozimligini uqtirmaydi. Bu shaxsning o’ziga, vaziyat taqozosidan kelib chiqqan 
holda, o’z manfaatlarini ruyobga chiqarishning qonuniy yo’llarini, imkoniyatlarini 
izlab topish uquviga bog’liq. Aynan ana shu hukumatning majbur etish amaliga 
asoslangan buyruqbozlik usuli bilan ziddiyatga kirishadi
1

Mustaqillikning dastlabki yillarida erishilgan ulkan yutuqlarni inobatga 
olgan holda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbek 
modeli» tamoyillaridan kelib chiquvchi, ayni paytda, ularning yangicha sharoitdagi 
o’ziga xos mantiqiy davomi bo’lmish olti ustuvor yo’nalishi tub mundarijasi bilan, 
avvalo, ana shu muammolar echimiga bag’ishlangan. 
1
Қаранг: Хайек Ф.Н. Путь к рабству. Пер. с англ. –М.: 1992. 


48 
Birinchi ustuvor yo’nalish – mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va 
jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. Yo’lboshchi davlatimizda tub islohatlar 
va yangilanish jarayonlariga baho berar ekan, hayotimizning barcha sohalarini 
erkinlashtirish yo’li o’z mohiyatiga e’tiboriga ko’ra, mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan barcha o’zgarishlarning asosiy bog’lovchi bo’g’ini ekanligini 
ta’kidladi. 
Ayni 
paytda, 
erkinlashtirish 
jarayonlariga, 
jamiyatni 
demokratiyalashtirish natijalariga bu yo’lda erishilgan dastlabki bosqich sifatida 
qaralishi uqtirildi. 
Ijtimoiy taraqqiyot shakli bo’lmish erkinlashtirish qator qator muhim 
komponentlar qo’yidagicha belgilandi: 
Birinchidan, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar 
va qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli 
mexanizmlarni shakllantirish zaruratiga asoslangan siyosiy sohani erkinlashtirish. 
Siyosiy hayot erkinligi, avvalo, demokratiya, deganidir. Demak, Ushbu 
ustuvor yo’nalish bevosita demokratiyaning umumtan olingan tamoyillariga, 
jumladan, fuqarolarning saylov huquqi, o’z hoxish-irodasini erkin ifodalash, 
manfaatlarini ruyobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun 
haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratishga asoslanadi. Shunday 
zamin yaratildi. 
Ikkinchidan, eng avvalo, davlatning boshqaruv rolini chegaralashga, xo’jalik 
yurituvchi subektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha 
sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirishi, mulkdorlarning maqei hamda 
huquqlarini 
mustahkamlashga 
qaratilgan 
iqtisodiyot 
sohasini 
yanada 
erkinlashtirish. 
Uchinchidan, hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish 
yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodalat va jamoat 
tashkilotlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-
bosqich o’tkaza borish, ularning haq-huquqlari hamda erkinliklarini muhofaza 
etishni kuchaytirishdan iborat davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
jarayonlarini erkinlashtirish. 


49 
Ushbu ustuvor yo’nalishlar orasida, shubhasiz, iqtisodiyot sohasini 
erkinlashtirish alohida maqomga ega. Gap shundaki, shaxsning moddiy manfaatlari 
manbai bo’lgan mehnat faoliyati inson hayotida taqdirilomon ahamiyatga ega. Shu 
bois fuqarolarning ta’minlanishi, albatta, shart bo’lgan huquqlari, erkinliklari va 
mas’uliyat-majburiyatlari jamiyatda mavjud imtiyozlardan foydalanish imkonini 
beruvchi ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq. Mazkur haqiqatdan kelib 
chiqilgani holda, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlashdan iborat 
erkinlashtirish siyosatining beshinchi ustuvor yo’nalishi mundarijaviy ahamiyat 
kasb etadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik 
qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy hamda mineral xomashyo 
salohiyatidan to’la va samarali foydalanishga, eksportga moslashgan hamda import 
o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaradigan quvvatlarni barpo etishga 
qaratildi. 
I.A.Karimov o’z siyosiy-iqtisodiy ta’limotida iqtisodiyotni erkinlashtirish 
bilan bog’liq birinchi galdagi asosiy vazifani mulkdorlar sinfini shakllantirish 
masalasini tubdan hal etish, xususiy mulkchilik etakchi o’rinda turadigan ko’p 
o’kladli iqtisodiyotni barpo etish, deb belgiladi
1
.
Iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish o’zining zarur va mukammal asoslariga 
ega. Ulardan biri – iqtisodiy o’sishning ustuvorligi. Keyingi o’n yillikdagi xalqaro 
tajriba iqtisodning tanazzul holati sharoitida erkinlashtirish bilan bog’liq 
o’zgarishlar samarasiz ekanligini yaqqol ko’rsatdi. 
O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish o’ziga xosligi 
bilan ajralib turibdi. Eng avvalo, u ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning «o’zbek 
modeli»ni amaliyotda ijrosini ta’minlash bilan bog’liq dastlabki islohatlarning 
o’ziga xos xususiyatlari va maroiqtisodiyot jarayonlarining hozirgi umumiy holati 
bilan belgilanadi. 
Ma’lumki, iqtisodiy islohatlarning strategik pirovard natijasi hamma vaqt 
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodi sari yo’l islohatlar boshlanishining ilk ibtido 
shart-sharoitlari bilan bog’liq bosqichma-bosqich qadamlar orqali belgilanadi. 
1
Qarang: Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. -T.: O’zbekiston, 1999. 370 -404-betlar


50 
Ana shu qoidadan kelib chiqilgani halda, O’zbekiston kuchli ijtimoiy 
himoyaga asoslangan tamaddun bozor iqtisodiyotiga o’tishning tadrijiy yo’lini 
tanladi. Aynan ana shu tamoyil milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosatida ham 
qo’llanildi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning bosqichma-bosqich yo’li narx-navoni 
erkinlashtirish amaliyotidan boshlandi. Sabab – narx-navo erkinligi milliy 
iqtisodiyyotni yalpi erkinlashtirishning tamal toshidir. Chunki bozorning o’zi 
o’zini boshqarish, jumladan, narx-navoni belgilash imtiyoziga ega xo’jalik 
tizimidir. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bozor erkinligi siyosatining yangi bosqichi 
islom Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda»dasturiy asarida kashf 
etilgan strategik ustuvor yo’nalishlar kvintessensiyasidan boshlanadi. Kitobda 
milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishning ettita asosiy komponenti qayd etilgan. 
Ustuvor vazifalar, avvalo, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling