Xalqaro mehmonxonalar tizimi


Download 54.78 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi54.78 Kb.
#1060777
  1   2   3   4   5


O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI

ISLOM IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLAR FAKULTETI

ISLOM IQTISODIYOTI VA MOLIYASI, ZIYORAT TURIZMI KAFEDRASI

XALQARO MEHMONXONALAR TIZIMI” FANIDAN


KURS ISHI
MAVZU: TURIZM VA TURISTIK INDUSTRIYA


Bajardi: Turizm (Ziyorat turizmi) yo’nalishi
3-kurs talabasi Erkinbekova Madina


Qabul qildi: Isadjanov Abduvali


Toshkent-2022

TURIZM VA TURIZM INDUSTRIYASI
REJA:

KIRISH
1-BOB. TURIZM HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR

    1. TURIZMNING TASNIFI VA MAZMUN-MOHIYATI

    2. TURISTIK INDUSTRIYA TUSHUNCHASI

2-BOB. TURISTIK INDUSTRIYANING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

    1. JAHON IQTISODIYOTIDA TURIZM INDUSTRIYASINING O’RNI

    2. TURISTIK INDUSTRIYADA XIZMATLAR BOZORINING ZAMONAVIY TURLARI

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVA


KIRISH

Hozirgi globallashuv davrida mamlakatlar rivojiga jadal hissa qo’shayotgan sohalar ko’p. Masalan, fan-texnika, tibbiyot, sanoat, iqtisod, sport va h.z. Shu bilan birga jahon va milliy iqtisodiyotning o’sishida muhim ahamiyat kasb etadigan sohalardan biri bu turizm hisoblanadi. Barchaga birdek ma’lumki, turizm sohasi xalqaro xizmatlarning eng tezkor rivojlanayotgan va serdaromad segmentlaridan biridir. Turizm jamiyatdagi ko’pgina sohalarga faol ta’sir ko’rsatishi bilan ham alohida ahamiyatlidir. Xususan, turizm iqtisodiyotning 32 dan ortiq tarmog’ining rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, transport, mehmonxonalar, aloqa, maishiy xizmat ko’rsatish, servis sohasi, yo’l qurilishi, aloqa, umumiy ovqatlanish korxonalari, savdo va boshqalar. Shu bilan birga ushbu soha ko’ngilochar maskanlar, dam olish joylari industruyasini ham tashkil etib, xizmat ko’rsatish bo’yicha bir qancha sohalarni rivojini o’z ichiga oladi. Bir necha yillardan beri rivojlanish borasida pasaymasdan kelayotgan segment ham aynan turizmdir. Hatto zaif rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham turizm muhim sanaladi. Hisob-kitoblarga ko’ra jahon umumiy eksporti hajmining 6-7 foizi, savdo xizmatlarining 30 foizi xalqaro turizm ulushiga to’g’ri kelmoqda. Milliy va xalqaro turizm jahon milliy mahsulotining 10-12 foizini ta’minlamoqda.1 Bu esa aynan turizm sohasi jahon bozorida neft hamda avtomobil sohalaridan keyingi o’rinda turishini ko’rsatadi. Shu bilan birga turizm industruyasi quyidagi holatlarda iqtisodiy sohaga samarali foyda qo’sha oladi:



  • Ishsizlik kamayishi, aholi bandligini oshirishga yordam beradi;

  • Turizm orqali yo’l, transport, tibbiy xizmatlar, madaniyat, ovqatlanish, savdo xo’jaliklarining faoliyat olib borishi va yuksalishi, ovqatlanish sohalarining rivojlanishi bilan iqtisodiyotning yuksalishiga faol ta’sir ko’rsatadi.

  • Yalpi eksport yuksalishi, chet el valyutalarining mamlakatga kirib kelishiga olib keladi;

  • Mamlakat ishlab chiqarishi, infratuzilmaning yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatadi.

Mamlakatimizda turizm industriyasi XX asrning 20-yillaridan rivojlanib boshlagan va keyinchalik O’zbekiton ushbu sohada nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyoda yuqori darajalarni egallagan. Ayniqsa so’nggi yillarda Respublikamizda turizmni yanada rivojlantirsh uchun mamlakatimiz prezidenti tomonidan sohaga oid farmonlar va qarorlar, hukumat qarorlari va qonun hujjatlari qabul qilinmoqda va ular asosida ulkan ishlar, samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiton Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 05.01.2019-yildagi PF-5611-son farmoni yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2018-yil 28-dekabrda qilgan murojaatnomasida bildirilgan takliflarni amalda tadbiq etish maqsadida hamda 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ham aynan shular jumlasidandir.


Download 54.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling