Xalqaro mehmonxonalar tizimi


-BOB. TURIZM HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR


Download 54.78 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi54.78 Kb.
#1060777
1   2   3   4   5
1-BOB. TURIZM HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR

    1. TURIZMNING TASNIFI VA MAZMUN-MOHIYATI

Turizm so’zi fransuzcha “tour” so’zidan olingan bo’lib “sayr”, “sayohat” degan ma’nolarni anglatadi. Vebster tuzgan lug’atda “turist” so’zi “zavq olish yoki qiziquvchanlik yuzasidan sayohat qiluvchi kishi” deb ta’riflangan. “XIV” asrdagi lug’atda esa quyidagicha ta’rif berilgan: “zavq olish uchun, qiladigan ishi bo’lmagani uchun, hattoki keyinchalik o’zaro maqtanib yurish uchun sayohat qiluvchi g’aroyib odamlar”.
Turizm tushunchasiga juda ko'p ta'riflar berilgan bo'lib, ularning ba'zilari tor ma'noni qamrab olsa, ba'zilari keng tavsifni o'z ichigan olgan. Jumladan hozir ulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz.

  • Turizm dam olish va bo'sh vaqtlarni o'tkazish shakli;

  • Turizm transport, savdo, mehmonxona xo'jaligi, umumiy ovqatlanish va boshqalardan tashkil topgan an’anaviy xo'jalik tarmoqlari bilan bozor segmenti sifatida iste’molchilarga xizmat va mahsulotlarini taklif etish uchun bozorga chiqadi;

  • Turizm odamlarning harakatlanishi yoki joyini o'zgartirishi, ularning doimiy o'z yashash joyida bo'lmasligi va qiziqqan obyektida vaqtincha safarda bo'lishidir;

  • Turizm insonlarga doimiy yashash joyida vaqtincha bo'lmagan paytlarida xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan xo'jalik sohadir;

  • Turizm odamlarning ma'lum yo’nalish bo'yicha aniq obyektlarga tashrif buyurishi yoki o'z qiziqishlarini qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelish harakatlari bo'yicha shakldir;

  • Turizm mutlaqo dam olishdir deya ongimizga singdirgan tasavvurga to'laligicha to'g'ri kelmaydi. 1991-yilda Ottava (Kanada)da o'tqazilgan Butunjahon turistik tashkiloti – BTT tomonidan o'tkazilgan sayohat va turizm statistikasi bo'yicha konferensiyada turizmga berilgan ta'rif quyidagicha edi:

Turizm- odatdagi muhitdan tashqarida dam olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko'p bo'lmagan vaqtda bo'lgan sayohat va joylarda bo'lishni amalga oshirgan shaxs faoliyati”; 2

  • 1993-yilda BMTning statistika byurosi “Turizm – shaxslarning faoliyat turi bo'lib, ularning o'zlari istiqomat qilib turgan manzildan bir yildan oshmagan muddatda u yoki bu joyga safar qiladigan holati tusguniladi” deya ta'riflaydi va bu turizmga keng tushuncha bilan yondashishni ko'rsatadi.3

  • O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi Qonuni 3-moddasida turizmga quyidagicha ta’rif berilgan:

“Turizm – jismoniy shaxsning vaqtincha bo’lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo’nab ketishi (sayohat qilishi)”.4
Umumiy va qisqaroq qilib aytadigan bo'lsak, turizm bu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq bеlgilangan turistik maqsadlarga ega omaviy sayohatlar turi va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo`yicha turistik faoliyatdir va aynan ushbu turistik faoliyat har xildagi turistik sanoat korxonalari hamda ular bilan bog’liq bo'lgan tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi.
Turizmning tarixi XIX asrga borib taqaladi. Ayniqsa zamonaviy texnika vositalarining rivojlanishi xohlagan vaqtda sayohat qilish imkonini berdi, turizmga keng imkoniyatlar yaratilishiga turtki bo’ldi. Dastlabki sayyohlik yozuvchi va sayohatchi D.Galinyany tashabbuskorligi bilan Angliyadan Fransiyaga 1815-yilda tashkil qilingan. 1829 - yilga kеlib dastlabki yo’l ko’rsatkichi bo’lgan va hozirgi kunda ham Yevropa bo’ylab turistlat o’rtasida keng tarqalgan sayohatchilar uchun maxsus tayyorlangan dastlabki yo`l ko`rsatkich K. Baedeker tomonidan tayyorlangan va nashr qilingan. Ammo zamonaviy, har tomonlama yetuk ishlab chiqilgan rejaga asoslangan turizmning yangi bosqichini 1841-yilda Buyuk Britaniyalik Tomas Kuk boshlab bergan. Asli duradgor bo'lib ishlagan Tomas Kuk o'z kasbini tashlab, bor imkoniyatini xalqaro sayohatlarni tashkil qilishga qaratgan.5 Texnika taraqqiyoti natijasida 1843-yilda Tomas Kuk tomonidan 1-temir yoʻl sayyohligi tashkil qilingan. 1846-yilda faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qo'shni davlat Shotlandiyaga poyezd va poroxodda sayohatlar uyushtiradi. Tomas Kuk 1851 – yilda Parijdagi ko’rgazma ishtirok etishni o’z ichiga olgan tur tarkibida 165 kishini olib kеlishga imkon bergan. Ko`rgazmaga amalga oshirilgan turlar katta foyda kеltirganligi sababli, Kuk Angliyalik turistlarning 1865 - yilda Parijga Butunjahon ko`rgazmasiga ommaviy ravishda tashrifida tashkilotchilikni amalga oshirdi. Shundan soʻng bunday sayohatlar dasturlarini ishlab chiqib pul topish Kuk va uning o'g'liga biznesga aylanib ulgurganini anglagan holda, 1860-yilda Londonda “Thomas Cook Travel” nonli dunyoda birinchi bo'lib o'zining xususiy turistik korxonasini tuzdi. 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruxlari AQShga joʻnatildi. Ushbu turistik agеntlikning filiallari tuzildi. Turistik kompaniyaning yuqori darajada muvaffaqiyatga erishgan. Buni Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq mеhmonxonalarning o`rin olganligida ham ko’rish mumkin. 1870 – yilga kelib “Tomas Kuk” turistik firmasining mijozlari soni 500 ming kishiga yеtgan. Hozirgi kunga kelib “Tomas Kuk” kompaniyasining butun dunyodagi turistik agentliklari soni 12000 dan ortiq turistik agеntliklarga ega bo`lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko`rsatadi.6
Turizm XIX asrning oxiriga borib shakllanganligiga qaramasdan, XX asrga kеlib u tez suratlarda rivojlandi hamda tеxnika va tеxnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining jadal yuksalishi sababli «XX asr fеnomеni» nomini oldi. Hozirgi kunda juda kuchli jahon miqyosidagi sanoat – turizmdir. Turizm - katta biznеs, ko'p miqdordagi mablag` va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir.
Asosan turizm faoliyati amalga oshirilishi 2 shartni talab qilgan: dam olishga ajratilgan bo’sh vaqt va tegishli mablag’. Bugungi kunda ham bo`sh vaqt va yеtarli mablag`ga ega bo`lgan dеyarli barcha shaxs jahon bo`ylab turli transoprt vositalarida sayr qilishi, dunyoning inson oyog`i еtmagan nuqtalariga tashrif buyurishi mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan turistik firmalar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo`ylab maxsus tayyorlangan avtomobillarda uzoq muddatli (30 haftagacha) qit'alararo sayohatlarni tashkil qilishmoqda. Shuningdek yangi yer ochuvchilarning yo`nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSh dollariga tеng bo`lgan 190 kunlik dеngiz sayohatlari ham taklif etilmoqda.
“Turizm” tushunchasini turli tizimli yondashuvlardan foydalanib tahlil qilar ekanmiz, amerikalik professor Meynsen universiteti Oklend sh. Leyper konsepsiyasiga murojaat qilsak, u turizmni 3 asosiy elementlardan iborat tizim deb ta'riflaydi:7

  1. Geografik komponent.

  2. Turistlar.

  3. Turistik industriya.





    1. Download 54.78 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling