Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix-falsafa fakulteti Falsafa yo’nalishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana14.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1703400
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar

 
 
 


34 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II-BOB. 
«O’ZBEKISTONDA 
FUQAROLIK 
JAMIYATI 
SHAKLLANISH O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI» NAULRIL VA 
AMALIYOT. 
2.1§. Konstitusiyaviy davlatchilik-fuqarolik jamiyati asosi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot 
yo’lini – ya’ni, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik 
davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tgandek: «Biz shunchaki 
demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz… Adolat va 
haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. 
Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi 
bo’lmog’i shart»
1

Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilingan qonunlar 
adolatli bo’lishi, o’zida xalq manfaatlarini ifoda etishi, og’ishmay itoat etilsagina, 
jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo’ladi. Chunki barcha 
demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri – jamiyat a’zolarining 
qonun oldidagi tengligining, Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligining 
1
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolininh asosiy tamoyillari. O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruza. 1995 yil, 23 fevral. “Vatan sajdagoh kabi 
muqaddasdir” kitobida, 3 jild, - Toshkent: O’zbekiston, 1996 yil, 10 bet. 


35 
ta’minlanganligidir. Shu bilan birga, Konstitusiya va qonunlarning provard 
maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo’lmog’i 
lozim.
«Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq 
va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va 
huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo’ysunish va hurmat ruhida 
tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, 
huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning 
vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi»
1

Konstitusiyaning 15 moddasiga muvofiq «O’zbekiston Respublikasida 
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan 
olinadi. 
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar». 
O’z faoliyatini Konstitusiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab 
o’tilgan subektlarning konstitusiyaviy burchi hisoblanadi. Agarda davlat organlari, 
nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o’zlarining bu burchlarini 
bajarmasalar, ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo’llanishi mumkin. 
Konstitusiyaning 16 – moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan 
«Birorta ham qonun yoki boshqa normativ – huquqiy hujjat Konstitusiya normalari 
va qoidalariga zid kelishi mumkin emas». Agarda birorta normativ – huquqiy 
hujjat konstitusiyaga zid keladigan bo’lsa, u bekor qilinishi lozim.
Konstitusiyaga binoan qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjatning 
konstitusiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi 
tabiiydir.
Bu nazorat normativ huquqiy hujjatlar loyiha shaklida tayyorlangan vaqtida 
ularni huquqiy ekspertizadan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston 
Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi 2000 yil 14 dekabrda 
1
Karimov I.A. Adolat qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi 
sessiyasidagi ma’ruza. 2001 yil 29 avgust. “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak” kitobida, 10 jild, 
Toshkent: O’zbekiston, 2002 yil, 28 bet. 


36 
qabul qilingan qonuning 18 moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-
huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni 
qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi». 
Biroq bu borada demokratik tamoyilarni hayotga to’liq joriy etilishida ayrim 
jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga 
erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom 
ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy 
ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda 
qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar». Darhaqiqat, qonun ustuvorligini, 
insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va 
fuqarolik jamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday asos qolmaydi.
Biroq bu borada demokratik tamoyillarni hayotga to’liq joriy etishida ayrim 
jiddiy muammolar ham mavjud. Ulardan biri tom ma’nodagi sud mustaqilligiga 
erishishdan iboratdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Sudlar tom 
ma’nodagi mustaqil bo’lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy 
ustuvorligi so’zsiz ta’minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda 
qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar». Darhaqiqat, qonun ustuvorligini, 
insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, demokratik va 
fuqarolikjamiyatini qurish haqida so’z yuritishga hech qanday asos qolmaydi. 
Fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash 
yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirishda Oliy Majlisning Inson huquqlari 
bo’yicha vakili (Ombudsman) instituti muhim rol o’ynaydi
1
. Er yuzida inson borki, 
u doimo o’z huquqi va erkinligini himoya qilish uchun imkoniyat izlagan. 
Ombudsmanning 
tashkil 
topishi 
esa, 
davlat 
bilan 
fuqaro 
o’rtasidagi 
munosabatlarga yanada aniqlik kiritildi. Ombudsman fuqarolarning haq-
huquqlarini himoya qiluvchi, munosabatlarni nazorat qiluvchi vakildir. 
1
Qarang: Xalilov E.H. O’zbekiston Respublikasining Parlamenti: Birinchi chaqiriq Oliy Majlisning faoliyati. – Т.: 
O’zbekiston, 1999, 11-17 betlar.


37 
«Ombudsman» (Hombusmen) shvedcha so’z bo’lib, «hukumat idoralari faoliyatini 
taftish, nazorat qiluvchi mansabdor shaxs yoki vakil» ma’nosini anglatadi
1

Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) demokratik 
yo’ldan borayotgan jamiyatimizdagi inson huquqlari bilan bog’liq muammolarni 
hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili 
Ombudsman 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan qonunda berilgan vakolatlariga 
muvofiq faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyatini barpo etishda alohida ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Konstitusiyaga 
ko’ra, qonunlar Respublika Prezidenti tomonidan 
imzolanadi, boshqacha qilib aytganda, o’zining rasmiy tasdig’ini topadi. Agar 
Prezident qabul qilingan qonunda fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya 
etilmagan yoki u Konstitusiyaga zid deb hisoblasa, Konstitusiya 93-moddasining 
14-bandiga muvofiq qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib uni takroran muhokama 
qilish va ovozga qo’yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agarda boshqa 
normativ-huquqiy hujjat, masalan, Vazirlar Mahkamasining qarori, vazirning 
buyrug’i, hokimning qarori, Konstitusiyaga yoki qonunlarga zid bo’lsa, respublika 
Prezidenti shu moddaning 13-bandiga muvofiq uni to’xtatishga yoki bekor qilishga 
haqli.
«Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi qonunning 26-moddasi ikkinchi 
qismiga muvofiq «Hoqimlarning O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va 
qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining 
davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to’xtatiladi 
va bekor qilinadi». 
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, qonun ustuvorligini ta’minlashda 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qonunchilik tashabbusi asosida inson 
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar loyihalarining kiritilishi ham katta 
ahamiyatga ega.
1
Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug’ati. – Т.: Sharq, 1998, 179-bet. 


38 
Qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo’lgandagina, o’zining to’liq 
ifodasini topadi. 
Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar 
adolatga, inson huquqi va manfaatlariga asoslangan bo’lishi shart. 
Ikkinchidan, Konstitusiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar 
barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar 
tomonidan aniq bajarilishi zarur. 
Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitusiya va qonunlarga 
mos bo’lishi – qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil 
etadi. Demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo’lgan qonun ustuvorligi 
mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir. Albatta, 
demokratik jamiyat qurish faqat qonun ustuvorligi bilan cheklanib qolmaydi, balki 
xalqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti 
qilib qo’yadi.
Fuqarolik jamiyati ham ijtimoiy taraqqiyot shakli bo’lgan amliy reallik 
sifatida, ham ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishiga xizmat qiluvchi ideal sifatida 
namoyon bo’ladi. Huquqiy davlat barpo etilgan taqdirdagina real fuqarolik 
jamiyati ideal fuqarolik jamiyatiga mos keladi. Ideal fuqarolik jamiyati jamiyatda 
qonun ustuvorligi, odamlar erkinligiga, huquqda ularning tabiatan tengligiga 
asoslanadi. Ayni paytda, jamiyat a’zolari muayyan majburiyatlarni ongli, ko’ngilli 
ravishda o’z zimmalariga olishadi va umumiy qonunlarga buysunishadi. 
Huquqiy davlatda fuqarolik jamiyati qonun manbaiga aylanadi. U davlat 
maqomini belgilaydi. Bunday sharoitda щaxs o’z huquqlari bilan jamiyat ustidan 
ustuvorlikka ega bo’ladi. Shuning uchun ham huquqiy davlat bu huquq normalari 
negizida individlar va turli uyushmalarning o’zaro munosabatlariga asoslangan 
davlat hokimiyatining tashkil topishi hamda faoliyat ko’rsatish shakli hisoblanadi. 
Qonun negizida o’z faoliyatini amalga oshiruvchi davlat haqidagi 
tasavvurlar inson sivilizasiyasining tabbiy huquqlari bilan bog’liq ibtidoiy 
bosqichlarida shakllangan. Ijtimoiy hayotning nisbatan takomillashishi va adolatli 
shaxslarni izlash huquqiy davlat g’oyasi bilan bog’liq. Antik dunyoning ko’plab 


39 
mutafakkirlar (Suqrot, Demokrit, Aflotun, Arastu, Siseron va b.) o’sha qadimgi 
davr jamiyatning uyg’un rivojini ta’minlashga qaratilgan huquq bilan davlat 
hokimiyati o’rtasidagi aloqalar hamda o’zaro hamkorlikni aniqlashga uringanlar. 
Ular ham fuqarolar, ham davlatning o’zi uchun umummajburiy qonunlar ustuvor 
bo’lgan jamiyatgina nisbatan to’g’ri, adolatli jamiyatdir, degan komil fikrda 
bo’lishgan. 
Qonunlar ijtimoiy hayotninng muhim, hayotiy zarur tomonlarini boshqarib 
turadi. Qonunosti hujjatlari, ayniqsa, idoralar hujjatlari zarur hollarda qonunlarning 
muayyan qoidalarini konkretlashtiradi, xolos. 
Konstitusiya – davlatning Asosiy Qonuni. Unda davlat va jamiyatning 
huquqiy tamoyillari aksini topadi. Konstitusiya bu – jamiyatning umumiy huquqiy 
modeli bo’lib, barcha qonunchilik unga aynan mos kelishi lozim. Davlatning 
boshqa biror bir huquqiy aktlari Konstitusiyaga zid bo’lmasligi shart. 
Qonunning, eng avvalo, Konstitusiyaning ustunligi jamiyatda huquq 
qonunchiligining mustahkam rejimini, adolatli huquqiy tartibni yaratadi. 
Ikkinchidan, shaxs huquqining realligi, uning erkin kamoloti ta’minoti. 
Ijtimoiy-siyosiy hayotda inson erkinligi uning huquqi tarzida namoyon bo’ladi. 
Huquqiy davlat individ erkinligining muayyan qadriyatlarini tan oladi. 
Individ erkinligining huquqiy xarakteri ijtimoiy hayotning turli sohalarida 
namoyon bo’ladi. Masalan, davlatning shaxs manfaatlari bilan bog’liq huquqlariga 
ijobiy ta’siri, jumladan, shaxsning daxlsizligi huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy himoya 
huquqlari, sud himoyasi va boshqalar amalga oshiriladi. Shaxs erkinligining huquq 
borasidagi etukligi, iqtisodiy va ma’naviy asos-zaminlar bilan belgilanadi. 
Uchinchidan, davlat bilan shaxsning bir-biri oldidagi o’zaro masuliyatlari. 
Siyosiy hokimiyat instituti bo’lmish davlat bilan uning shakllanishi hamda amalga 
oshirilishi o’rtasidagi munosabatlar tenglik va adolat negizida o’rnatilishi shart. 
Ayni paytda, davlat har bir fuqaroga nisbatan adolatli bo’lishdek, majburiyatni 
zimmasiga oladi. Davlat organlari qonunga rioya qilgani holda, uni buzishga haqli 
emas. Davlat qonunni buzmasligi va o’z zimmasidagi huquqiy majburiyatlarni 
so’zsiz, og’ishmay bajarishi shart. Davlat hokimiyati uchun qonunning 


40 
majburiyligi ma’muriy o’zboshimchalikni inkor qiluvchi kafolatlar tizimi orqali 
ta’minlanadi. Ularga qo’yidagilar kiradi: deputatlarning o’z saylovchilari oldidagi 
mas’uliyati; huquqning konkret subektlari oldida turli darajadagi mansabdor 
shaxslarning o’z majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun intizomiy va jinoiy 
mas’ulligi.
Xuddi ana shu huquqiy talablar shaxsning davlat oldidagi mas’uliyatiga ham 
daxldor. Davlat tomonidan majbur qilish tamoyili huquqiy maqomga ega bo’lishi, 
shaxs erki me’yorlarini buzmasligi, sodir etilgan huquqbuzarlik darajasiga 
mutanosib kelishi shart. 
Davlat bilan shaxs o’rtasidagi o’zaro mas’ullikning huquqiy maqomi bu 
jamiyatda shakllanayotgan huquqning muhim tarkibiy qismidir. 
Huquqiy davlatda shunday maqomdagi davlatning faoliyatini tashkil etish 
tamoyili muhim rol o’ynaydi. 
Despotik yoxud polisiya davlatidan huquqiy davlat doimiy norma va 
qoidalarning muayyan majmui tufayli ajralib turadi. Ular orasida hokimiyatlarning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tizimlari normasi markaziy o’rinda turadi. 
Hoqimiyatlarning bo’linish tamoyili, bir tomondan, qonun chiqaruvchi 
hokimiyatni, ikkinchi tomondan, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarning qonunga 
itoat etishlarini belgilab beradi. Hokmiyatlar o’rtasidagi muvozanat, nainki, 
munosabatlarni ta’minlovchi, ayni paytda, hokimiyat tarmoqlarining belgilangan 
chegarada bir-birlarini tiyib turishi bilan bog’liq maxsus tashkiliy-huquqiy doiralar 
vositasida qo’llab-quvvatlanadi. Shu bilan bir qatorda ular o’z vakolatlari doirasida 
muayyan hokimiyatning boshqasiga nisbatan mustaqil ekanligini kafolatlaydi. 
Qonun chiqaruvchi hokimiyat ustun maqomga ega: u davlat va jamiyatning 
konstitusiyaviy-huquqiy asos-zaminini yaratadi, mamlakat ichki va tashqi 
siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, demak, oxir-oqibatda ijroiya va sud 
hokimiyatlari faoliyatining huquqiy tashkillanishi hamda shakllarini tayin etadi. 
Huquqiy davlatda qonun chiqaruvchi hokimiyat tarmog’ining etakchilik mavqei 
o’zi chiqarayotgan qonunlarning yuridik kuchini belgilab beradi, huquq 
normalariga umummajburiy maqom baxsh etadi. 


41 
Biroq qonun chiqaruvi hokimiyatning ustun 
mqomi 
mutlaq emas. U xalq va 
amaldagi 
qonunlar 
Konstitusiyaga 
mos 
kelishini 
ta’minlovchi maxsus 
konstitusiyaviy organlar (Konstitusiyaviy sud) nazorati ostida bo’ladi. 
Ijro etuvchi hokimiyat o’z organlari timsolida qonun chiqaruvchilar qabul 
qilgan huquqiy normalarni bevosita amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Ijroiya 
organlari qonunchilik asosida faoliyat yuritgani uchun huquqiy harakterga ega 
bo’lishadi. Huquqiy davlatda odil sudlov faqat sud idoralari tomonidan olib 
boriladi. Sudning funksiyasini hech kim o’zlashtirib olishi mumkin emas. Odil 
sudning mustaqilligi va qonuniyligi fuqarolar huquq hamda erkinliklarining, yaxlit 
holda huquqiy davlatning muhim kafolati hisoblanadi. 
Sud hokimiyati tiyib turish omili sifatida huquq qoidalarining, eng avvalo, 
konstitusiyaviy talablarning ham qonun chiqaruvchilar, ham ijro etuvchi 
hokimiyatlar tomonidan buzilishini ogohlantiruvchi organ bo’lib, hokimiyatlarning 
amalda real bo’linishini ta’minlaydi. 
Shuning uchun ham huquqiy davlatning tashkillanishi va faoliyati asosida 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyatlarining mavjudligi tamoyili 
yotadi. Hoqimiyatning uch tarmog’i faqat va faqat o’z konstitusiyaviy maqomlari 
doirasida faoliyat ko’rsatishadi. Va ular mushtaraklikda bir-birlarini tiyib, 
muvozanatlashtirib turishadi. Ayni paytda, demokratik normalar buzilishiga, 
hokimiyat suiste’molliklariga qarshi tizimiy kafolatni ta’minlaydi. Fuqarolarning 
o’zlari esa umumiy saylov tizimi orqali barcha hokimiyat tarmoqlari faoliyatini 
nazorat qilib turishadi. Zarur bo’lganda, ular hatti-harakatini izga solib turishadi. 
Huquqiy davlatda davlat hokimiyati qonunga itoat qiladi. Uning bu maqomi 
alohida shaxsning daxlsiz huquqlarini tan olish bilan to’ldiriladi. 
Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati barcha a’zolarini birlashtiruchi o’z 
mazmun-mohiyati bilan umuminsoniy qadriyat bo’lgan qator umumiy huquqiy 
asoslarga ega. 
Shu bilan birga huquqiy davlat rivoji mo’ljallari aniq va puxta ekanligi, o’z 
davri talablariga mos kelishi lozimligi diqqatga sazovor. Bu turli mamlakatlarda 
turli davrlarda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy sohadagi aniq maqsadlari o’zgarishi 


42 
mumkinligi, lekin ular faolligining bosh strategik yo’nalishlari o’zgarmasligi bilan 
bog’liq. Xuddi shunday manzara huquqiy himoyani ta’minlash jabhalarida ham 
kuzatilishi shart. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling