Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix-falsafa fakulteti Falsafa yo’nalishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi


Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana14.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1703400
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar

Nodavlat notijorat tashkilotlarning funksiyalari. Nodavlat notijorat 
tashkilotlarning 
funksiyalari 
turli 
– tumandir. Lekin ularning asosiy 
funksiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyasiya
1
qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlarning turli yo’nalishdagi qarashlari va 
faktlarini bir tizimga keltiradi, biron – bir tashkilotning bir qolipga solishgan 
manfaatlar tizimi asosida tashkilot harakat dasturining shakllanishiga yordam 
beradi. Guruhlar a’zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga 
manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq 
etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni 
agregasiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni va 
muhokamalar yordamida turli manfaatdorlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida 
ma’lum bir munosabatlar tizimni o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda 
eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a’zolarining keng qatlamlari 
1
Artikulyatsiya kishilarning alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtirish 
ma’nosida. 


27 
qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalga 
qondirishning zaruriy chora – tadbirlari ko’riladi. 
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ma’lum bir ijtimoiy guruhning 
turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularning keng jamoatchilikning xohish – 
irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi siyosiy qaror qabul qilish 
uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari 
va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida kelishuv va muvofiqlashuv ro’y beradi. 
Nodavlat va notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy 
faoliyat bilan bevosita shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan 
xalq ommasi o’rtasidagi munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning 
siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy 
manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat subetlarining o’z holatini siyosiy kurash 
vositasida barqarorlashtirish hamda yaxshilashning obektiv va subektiv 
imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar subektlar asosan ijtimoiy 
qatlamlar, individlar tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy qatlamlar sinfiy, kasbiy, 
etnik, hududiy, demokrafik, mehnat jamoasi ko’rinishlariga ega bo’ladi. Siyosiy 
manfaatlar xarakteri siyosiy tuzumga nisbatan turlichadir. Siyosiy manfaatlar 
tuzumni o’zgartirish, uni modernizasiya qilish, shuningdek, mavjud tuzumni 
barqaror saqlashga yo’naltirilishi mumkin. Ijtimoiy taraqqiyotga nisbatan esa 
manfaatlarning xarakteri progressiv, reaksion va mo’tadil shakllarda ifodalanadi. 
Siyosiy manfaatlar xarakterini ifodalash uchun odatda siyosiy yo’nalishlarga 
nisbatan “ultraso’z”, “so’l”, “so’l mo’tadil”, “mo’tadil”, “o’ng mo’tadil”, “o’ng va 
ultrao’ng” tushunchalari intiladi. Tashqilotlarga nisbatan esa “davlat”, “siyosiy 
partiya”, “jamoat tashkilotlari”, “jamoat xarakatlari” va individlar tushunchalari 
qo’llanadi
1
.
Nodavlat notijorat tashkilotlarning hokimiyatga daxldor maqsadlari, 
parlament vositasida hal qilinishi lozim bo’lgan muammolari faqat partiyalar bilan 
hamkorlikda bajarilishi yoki hal bo’lishi mumkin. O’z navbatida, siyosiy 
1
Политология в логических схемах и таблицах. Авт.-сост. В.А.Варывдин. под.ред.А.В.Миронова. М.: Соц.-
полит.журн., 1995,стр.55. 


28 
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling