Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix-falsafa fakulteti Falsafa yo’nalishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana14.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1703400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar

Mavzuning ishlanganligi.Fuqarolik jamiyati barpo etishning nazariy va 
amaliy jihatlari, ushbu jamiyatning huquqiy madaniyati, ma’naviy-ahloqiy 
asoslariga oid muammolar O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillarida barcha 
ijtimoiy gumanitar yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning diqqat markazida turibdi. 
So’nggi yillarda fuqarolik jamiyatining mohiyati, tabiati hamda uni shakllantirish 
jarayonlariga bag’ishlangan, shuningdek tegishli huquqiy madaniyat, huquqiy ong 
va huquqiy mafkura tahliliga doir bir qator siyosiy-nazariy, falsafiy, huquqiy, 
tarixiy yo’nalishdagi asarlar chop etildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari, ma’ruza va nutqlarida Demokratik 
jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish konsepsiyasi 
haqida qimmatli ko’rsatmalar, asosiy tushunchalar berilgan. Ushbu asarlari 
1
Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. “Xalq so’zi”, 2002 yil 30 avgust 
2
I.A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi” T.: 2010. 18-b 



O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, O’zbekiston XXI asrga intilmoqda, konsepsiya 
va boshqa ma’ruza va asarlaridir. 
Mazkur muammolar xususida tadqiqot olib borgan ko’pgina huquqshunos, 
faylasuf, siyosatshunos olimlarimizning asarlari diqqatga sazovordir. Ular qatorida 
akademiklar Sh.Z.O’razaev, M.Sharifxo’jaev, professorlar A.A.Azizxo’jaev, 
Z.M.Islomov, X.T.Odilqoriev, S.Jo’raev, Sh.I. Jalilov, A.X.Saidov, R.Maxmudov, 
U.Tadjixanov, M.A.Rajabova, M.M.Fayziev, E.H.Xalilov, fan doktorlari 
A.Hamraev, F.X.Raximov, F.Musaev, M.Qirg’izboev va boshqalarni ko’rsatib 
o’tish mumkin
1
.
Odatda, fuqarolik jamiyati xususida gap ketganda, qadimgi Yunon faylasufi 
Arastu fikrlariga tayaniladi. Darhaqiqat, bu tushuncha Arastu tomonidan ilk bor 
ilmiy va siyosiy iste’molga kiritilgan edi. U fuqarolik jamiyatini siyosiy 
qurilishning ma’lum shakli orqali bir-birlari bilan bog’langan erkin va teng
huquqli fuqarolar uyushmasi sifatida xarakterlagan edi
2

Akademik M.Sharifxo’jaev o’zining “O’zbekistonda ochiq fuqarolik 
jamiyatining shakllanishi” asarida ushbu jamiyatning tarixiy-nazariy talqiniga
uning hozirgi zamonaviy tushunilishiga, xususiyatlariga, undagi insoniy ijtimoiy 
holatga, hokimiyatning mazmun-maqomiga, davlat bilan jamiyat nisbatini 
ifodalovchi xususiyatlarga, davlat tuzilmasini erkinlashtirish masalalariga, 
fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslariga, shuningdek, islohotlarning “o’zbek 
modeli” orqali mamlakatimizda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishning 
1
O’razayev Sh.Z. Mustaqil O’zbekistonning Konstitusiyasi. – T., 1993; O’sha muallif. Vlast i zakon. – T., 1991; 
Azizxo’jayev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat. – T.: Sharq. 1997; Islomov Z.M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, 
ertaga – T., 2002; Odilqoriyev X.T. Konstitusiya va fuqarolik jamiyati. – T., 2002; Odilqoriyev X., G’oyibnazarov 
Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004; Jalilov Sh.I. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. – T., 2001; Sharifxo’jayev M. 
O’zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. – T., 2003; Jo’rayev S. Fuqarolik jamiyati: nazariya va 
amaliyot. – T., 2003, Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1 – 2 tom. – T. 1998; Umarova K. 
Politicheskaya kultura narodov Uzbekistana i Karakalpakstana: istoricheskiy opqt formirovaniya. – Nukus, 1995; 
Xalilov E.H. O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi oliy organi: soxta vakillikdan haqiqiy 
parlamentarizmga qadar. – T., 2001; Musayev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. – T., 
2007; Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T., 2006 va boshq 
2
Қаранг: Резник Ю.М. Граждонское общество как феномен цивилизации. –М.: 1993; Проблемы 
формирования гражданского общества. –М.: 1993; Граждонское общество и перспиктивы демократии. –М.: 
1994; Граждонское общество. Мировой опыт и проблемы России. –М.: 1998; Туров И.С.Общество как 
социальная система. // Социально-политический журнал. 1994, №12; Френк Ричард Д. Государство, 
общество и бизнес в условиях индустриальной демократии.// Проблемы теории и практики управления, 
1993, №1; Кравченко А.И. Введений в социологию. –М.: 1994; Очерки по истории теоретической 
социологии XIX – нач. ХХ вв. –М.: 1994; Политология (под ред. Т.В. Полуниной). –М.:1998; Человек и 
общество. // Социально-политологии. –М.: 1995 ва б 



nazariy va amaliy jihatlariga ilmiy-publisistik nuqtai nazardan baho beradi. 
Muallifning umumiy xulosasiga ko’ra, “Fuqarolik jamiyati mustaqil ishlab 
chiqaruvchi, mustaqil erkin xaridor, mustaqil ozod fuqaro jamiyatidir”. Biroq, 
asarda “mustaqillik” holatlarini mustaqillashtirish ruhi ustuvorlik qiladi. 
Professor Z.M.Islomovning “Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga” 
risolasida 
fuqarolik 
jamiyati 
ijtimoiy 
hodisasining 
paydo 
bo’lish–
shakllanish bosqichlari, uning mohiyati, tarixiy ildizlari, xususiyatlari, davlat bilan 
fuqarolik jamiyatining o’zaro nisbati, asosiy tamoyillarini atroflicha ilmiy tahlil 
qilib chiqadi. 
Faylasuf va siyosatshunos olimlarimizdan prof. N.Shodiev, dotsentlar 
S.Hasanov, T.Do’stjonov va M.Qirg’izboevlar fuqarolik jamiyati tahlilini qadimgi 
Sharq va G’arb, xususan, yunon mutafakkirlari ilmiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy 
merosidek tarixiy poydevorga tayangan holda amalga oshiradilar. Bunda ular 
adolatli huquqiy davlat g’oyasiga, fuqarolik jamiyatida boshqaruv tartibi 
masalalariga alohida e’tibor qaratadilar. Masalan, M.Qirg’izboevning “Fuqarolik 
jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba” nomli monografiyasida tahlil etilayotgan 
hodisaning umumiy tushunchasi, unsurlari: siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat 
tashkilotlar, o’zini o’zi boshqarish organlari kabi fuqarolik jamiyati institutlarining 
shakllanish bosqichlari bayon etilgan, shuningdek, fuqarolik jamiyatining tashkil 
topishi, uning huquqiy davlat bilan munosabatlariga doir xorijiy tajriba nazariy 
jihatdan umumlashtirilgan. 
Professor X.T.Odilqoriev “Fuqarolik jamiyatining mohiyati va qadriyatlari 
tizimi” hamda “Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati” nomli asarlarida fuqarolik 
jamiyatining mohiyati, mazmuni, yuridik tabiati va ta’rifi, fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishning konstitutsiyaviy zamini, uning tarkibiy tuzilishi va faoliyat 
yuritish tamoyillari, bu jamiyatning madaniyati, ma’rifiy qadriyatlari, ma’naviy-
axloqiy asoslari, fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro munosabati
fuqarolik jamiyati sharoitida inson huquqlarini muhofazalash mexanizmi kabi 
masalalar borasida muhim ijtimoiy-huquqiy xulosalar chiqaradi. 



M.Sharifxo’jaev, X.Odilqoriev, Z.M.Islomov kabi olimlar muammoning 
tahliliga qo’shgan eng qimmatli hissasi shundaki, ular fuqarolik jamiyatini uch 
nuqtai nazardan: ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy 
(axloqiy) jihatlarning bir butunligi deb talqin qilishni taklif etadilar. Fuqarolik 
jamiyatining madaniy, ma’rifiy-ma’naviy, ijtimoiy-axloqiy jihatlariga e’tibor 
bizning mazkur tadqiqotimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 
Faylasuf olim F.Musaev “Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy 
asoslari” nomli doktorlik dissertasiyasida bugungi kunda mamlakatimizda 
fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat shakllanishiga doir tarixiy va zamonaviy 
ilmiy-nazariy qarashlar (konsepsiyalar)ni tahlil etgan. Unda fuqarolik jamiyati 
qurishning milliy mafkuraviy, ma’naviy, huquqiy-madaniy jihatlariga ham e’tibor 
qaratilgan
1

Mustaqil taraqqiyot yillarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog’liq 
islohotlar jarayoni umumiy tahlili barobarida uning ma’naviy asoslariga ham 
e’tibor qaratilib, huquqiy mafkura, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi va 
qonunga itoatkorlik muammolari ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylandi. Bu 
muammolar ustida U.Tadjixanov, A.Saidov, E.M.Abzalov, R.Mahmudov, 
E.H.Xalilov, N.Vaxobov, F.Xayitboev, Sh.Bilolxo’jaeva va boshqalar samarali ish 
olib bordilar. Professorlar U.Tadjixanov bilan A.Saidovlarning huquqiy madaniyat 
nazariyasiga oid darslik va monografiyalarini alohida ta’kidlab o’tish lozim
2

Fuqarolik jamiyati, huquqiy madaniyatining mohiyati, tushunchasi, 
funksiyalari, uslublariga oid izlanishlar quyidagi mualliflar tomonidan amalga 
oshirilgan: E.V.Agranovskaya, N.M.Keyzerov, V.P.Kudryavsev, A.L.Likas, 
E.A.Lukasheva, 
G.V.Malsev, 
V.M.Mejuev, 
V.P.Salnikov, 
A.R.Ratinov, 
1
Musayev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. – T., 2007. 
2
Qarang: Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 2 jildli. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV 
Akademiyasi. 1998; Таджиханов У. Научно-теоретические проблемы правовой культуры. Автореф.дисс... д-
ра юрид.наук. – Т., 1995; Xalilov E. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o’rni. – T., 1997; Хамраев А.У. 
Правовая культура личности. Автореф. дисс... канд.юрид.наук. – Т., 1999; Абзалов Э.М. Проблемы 
формирования правовой культуры молодежи. Автореф. дисс... канд.юрид.наук. – Т., 2000; Vaxobov N. 
O’zbekistonda huquqiy mafkuraning shakllanish muammolari. Yurid.fan.nomzodi... Avtoreferat. – T., 1997. 


10 
Yu.M.Reznik, A.P.Semitko, V.V.Lapaeva, V.S.Nersesyans, M.N.Marchenko, 
N.I.Matuzov, V.A.Chetvernin, Ya.S.Yaskevich va boshqalar
1
. 
Biz malakaviy bitiruv ishida boshqalardan farqli ularoq ijtimoiy tashkilotlar 
tugrisida va ularning fuqarolik jamiyatga o’rni va ta’sirini yoritib berishga xarakat 
qilamiz.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling