Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix-falsafa fakulteti Falsafa yo’nalishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana14.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1703400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar

 
 
 
 
 
 
 
1.2
§
. Ijtimoiy tashkilotlar-fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari. 
Fuqarolik jamiyati – insoniyat sivilizasiyasining nodir kashfiyoti. U yuksak 
madaniyatga asoslangan demokratik taraqqiyotning oliy shakli bo’lib, o’ziga xos 
ijtimoiy erkin makondir. Bu makonda odamlar bir-biridan va davlatdan mustaqil 
holda o’zaro hamkorlikda aloqada bo’lishadi. 
Fuqarolik jamiyatining asosi bu – tamaddunlashgan, faoliyatda ongli va 
erkin, to’laqonli huquqqa ega individdir. Demak, jamiyat mohiyati va sifati, eng 
avvalo, unda yashovchi shaxslarning teran insoniy fazilatlariga – komil 
madaniyatiga bog’liq. Ana shu tariqa fuqarolik jamiyatining shakllanishi bevosita 
shaxsning individual ozodligi va erkinligiga, qadr-qimmatiga bog’liq
1

Gap shundaki, jamiyat turli individlarning oddiy majmui, jamoasi emas.
Jamiyat – murakkab ijtimoiy organizm. U odamlarning o’zaro munosabatlari, 
aloqalari mahsuli. Uldar hayoti, eng avvalo, ishlab chiqarish, turmush farovonligini 
ta’minlovchi iste’mol buyumlari va ularning o’zaro almashinuvi bilan bog’liq 
muayyan mushtarak tashkilot – institutidir. 
Jamiyat – oilaviy qavm-qarindoshlik, ijtimoiy guruh va qatlamlar, sinfiy 
munosabatlar aloqalaridan iborat murakkab dinamik tizimdir. 
Boshqacha aytganda, jamiyat biologik qonunlar emas, balki ijtimoiy 
qonunlar ustuvor bo’lgan individlar mushtarakligi, birligidir. 
1
.A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi”. T.: 2010. 100-b 


23 
Bu munosabatlar ijtimoiy tashkilotlar orkali belgilanadi. Ijtimoiy 
tashkilolarga nodavlat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalar, o’z-o’zini 
boshqarish organlari tashkil etadi. 
Nodavlat notijorat tashkilotlar dastlab jamiyatni o’zini – o’zi boshqarish va 
uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlariyu manfaatlari 
asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat 
tashkilotlar demokratik jamiyat muhim, asosiy institutlaridan biriga aylandi. 
Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur 
anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim hamda asosiy 
institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj 
sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar 
nodavlat tashkilotlarini chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi
1

Mamlakatda XXI asr boshlarida “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” 
konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlarida kelib chiqib, markaziy 
davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o’zini o’zi 
boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berib borish 
asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada 
quyidagi yo’nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda: 
- birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va 
bilimi yuksak darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi hamda huquqiy 
madaniyatiga alohida e’tibor berish; 
- ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini 
shakllantirish, jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga 
erishish; 
- uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi, yangilanishi uchun kuchli va real 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish; 
- to’rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o’rtasidagi hamkorlik asosida 
jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg’unlashtirish; 
1
Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini 
shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi 
sessiyasidagi ma’ruza. Xalq so’zi, 2002 yil 30 avgust 


24 
- beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy 
qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amaliyotini 
vujudga keltirish; 
- oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o’z vazifalarini to’liq bajarishga 
kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiiyatga nisbatan jamiyat 
a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo’llab-
quvvatlanishiga erishish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi.
Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat 
hokimiyati vakolatlarini kamaytirish, ya’ni davlat hokimiyati tasarrufida asosan 
konstitusion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini 
himoya qilish, huquq-tartibot, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va 
erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya 
qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi 
vazifalarni qoldirish ko’zda tutilmoqda.
Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va 
xo’jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo’yicha qarorlar qabul qilish, 
xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, 
ekologiya 
masalalari, 
umumrespublika 
transport 
va 
muhandislik 
kommunikasiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab 
chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa 
barcha vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat 
tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. Shuningdek, davlat organlari 
faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham asosan o’zini o’zi boshqarish organlari, 
nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilanadi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida tasavvurga ega bo’lish uchun 
avvalo manfaatlar va ijtimoiy manfaatlar tushunchasini shrganish talab etiladi. 
Ijtimoiy – siyosiy munosabatlarda ijtimoiy manfaatlarni hisobga olish, turli 
qatlamlar guruhlarning siyosiy ehtiyojlari hamda manfaatlarini uyg’unlashtirish, 


25 
ularni qondirishning ahamiyati demokratik fuqarolik jamiyati takomillashib 
borgani sayin yanada kuchaydi. 
Ma’lumki, manfaatlar – individlar va guruhlarning ijtimoiy xatti – 
harakatlarini belgilovchilardir. O’z vaqtida Tomas Gobbs “Hoqimiyatga intilish 
inson xulqini harakatga keltiruvchi kuchlarning dushmanligi – shaxsiy 
manfaatlarning mantiqiy natijasidir”
1
, deb ko’rsatgan edi. Gegel esa: «Inson o’z 
ozodligini hayotga tatbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatini tashkil qiladi, 
uning faoliyati shundan tashkil topadi... Manfaat – men faqat harakatlanuvchi, 
mening harakatlanishimizning subektiv irodasidir, shuningdek, manfaatli bo’lish 
shunga tengki, men harakat qilayotganimda men ishtirok etishi lozim»
2
, deb 
ko’rsatgan edi. 
Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha 
manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali 
bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, 
milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy, shuningdek, 
yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjudir. Manfaatlar guruhlari ana 
shu manfaatlarining ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat yuritadi. 
Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish 
uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj 
sezayotgan axborotlar va boshqa ma’lumotlarni etkazib berib turishi mumkin. 
Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular 
siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lovozimlarga nomzodlar 
ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. Lekin ular hukumat qiladilar. Bu sohadagi 
faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining 
harakat usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini 
shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z 
manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi. 
1
Iqtibos quyidagi manbadan olindi: Фромм Э. Бегство от свободы: Прев.с.анг./ Общ. Ред. И. послесл. 
П.С.Гуревича – М.: Прогресс, 1989, стр. 16-17.
2
Гегель Г.В.В. Философия права: - М.: Мысль, 1990, стр. 418. 


26 
Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim hususiyatlarini tahlil 
qilish nodavlat notijorat tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning 
faoliyati va harakat doirasini o’rganmay turib, amalga oshmaydi. Lekin klassik 
demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning maqsadlari ma’lum bir siyosiy 
yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan bo’lsa, manfaatlar 
guruhlarning maqsadi siyosatga ta’sir ko’rsatishdan iboratdir, deb ifodalangan. 
Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga 
ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a’zolari uchun 
xos bo’lgan manfaatlar, asosan bir yoki bir necha ma’lumotlarni hal qilishga o’z 
diqqat – e’tiborini qaratadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat 
yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda qatnashish usullarini shakllantiradi. 
Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u yoki bu sohadagi siyosati 
harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Shuningdek, 
nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga 
ta’sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling