Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix-falsafa fakulteti Falsafa yo’nalishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi


Malakaviy bitiruv ishining metodologik asosi va metodlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana14.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1703400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar

Malakaviy bitiruv ishining metodologik asosi va metodlari: O’zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 
Karimovning asarlarida bayon qilingan imkoniyati cheklanganlarni huquqiy 
muhofazani shakllantirish haqidagi fikrlari, O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim 
to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Oliy Majlisning 
imkoniyati cheklanganlarni muhofaza qilishning huquqiy negizlariga oid qabul 
qilgan qonunlari, xalqaro hamda mamlakatimizda qabul qilingan aholining shu 
toifasiga taaluqli qonun hujjatlari ushbu malakaviy bitiruv ishining metodologik 
asosi sifatida olindi.
Prezidentimiz asarlariga yondashgan holda bu savollarni yoritishda bizlar 
umumilmiy va empirik metodlarni asos qilib ayniqsa analiz, qiyosiy taqqoslash, 
kuzatuv, tarixiylik va mantiqiylik va hujjatlarni tahlil qilish metodlari orqali 
yuqoridagi muammolarni yoritishga harakat qildik. 
Malakaviy bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Malakaviy bitiruv 
ishi 64 betni tashkil qilib, kirish, ikki bob, beshta paragraf, umumiy xulosalar, 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
Bitiruv ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv ishnning ilmiy natijalari Tarix-
falsafa fakulteti talabalari uchun ma’lumot manbai sifatida, boshqa fakultet 
talabalari uchun «Siyosatshunoslik» fanida hamda «Demokratik jamiyat qurish 
nazariyasi va amaliyoti» fanini o’zlashtirish jarayonida foydalanish va shu mavzu 
bo’yicha tadqiqitlarni olib boruvchi mutaxasislar foydalanish uchun maqsadga 
muvofiqdir. 



12 
I-BOB. 
FUQAROLIK 
JAMIYATINING 
NAZARIY-TARIXIY 
TALQINI. 
1.1.§ O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar va 
uning rivojlanish bosqichlari 
 
Xar qanday davlat o’z jamiyatining tarixiy, madaniy va axloqiy merosi, 
negizlari asosida rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’taradi uning istiqbol 
omillarini kengaytiradi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yana shunday 
davlatchilik merosi insoniyatning tarixi rivojiga ulkan xissa qo’shgan
1

Prezident I.A.Karimov tarixchi olim va jurnalistlar bilan bo’lgan 
uchrushuvida ta’kidlaganidek xozir O’zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni 
bizning Vatanimiz nafaqat Sharq balki umumjaxon sivilizasiyasi beshiklaridan biri 
bo’lganligini butun jaxon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk 
allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib 
chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, 
saykal topgan. Darxaqiqat, Mavarounnaxr oralig’ida paydo bo’lgan ulkan 
davlatchilik madaniy meros insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki xolda qadimiy 
davlatchilik, madaniyati sifatida ma’lum. Ayni paytda bunday meros 
mustaqilligimiz sharofati bilan milliy davlatchilik to’g’risidagi ta’limotlarni 
urganish imkoniyatini ochib berdi
2

1
I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi 
qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi. T.: 2010. 70-b 
2
I.A. Karimov O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruza. 1995 yil, 23 fevral. “Vatan sajdagoh kabi 
muqaddasdir” kitobida, 3 jild, - Toshkent: O’zbekiston, 1996 yil, 10 bet. 


13 
Ma’lumki O’zbekistonda milliy davlatchiligimiz to’g’risidagi eng qadimgi 
manba "Avesto"dir. U eramizdan oldingi 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz 
tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to’g’risidagi ijtimoiy qarash xiisoblanadi. 
Agar "Avesto" da ilgari surilgan g’oyalarga e’tibor beradigan bo’lsak, bugungi 
adolatparvar demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g’oyalarimiz bilan 
xamoxang ekanligini ko’ramiz
1

Davlatchiligimiz asoslarini shakllantirish borasida "Avesto" deyarli bir 
ijtimoiy masalalar, qadimgi geografik tushunchalar, etnik jamoalar, viloyat 
xududlari ularning nomlari, qadimgi mamlakatlarning ruyxati, iqtisodiy va ijtimoiy 
munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy tuzum asoslari, zardushtiylarning falsafasi, 
dunyo tarixining rivojlanishi xaqidagi ma’lumotlarini uz ichiga kamrab oladi. 
Manbada avvola inson erki, komilligi, ruxiy sog’lomligi masalalari ustuvor 
kuyiladi. Masalan, men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh 
etaman deyiladi. "Yasna" (14) kitobida Axuramazda, insonlar o’rtasida 
bo’layotgan munosabatlar uzaro samimiylik, xurmat, begaraz yordam va okibatli 
bo’lish zururligiga, yomon fikrlardan xoli bo’lishga ishora qiladi. Kattaga xurmat 
va kichikka izzat, sabr-bardoshlilik xalollik, mexr okibat va boshqa bir qator 
tamoyillar borki milliy goyamizning asosiy tamoyillariga uygun keladi
2

G’oyalarning bunday tarzda qo’yilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma-
yon yashashidan iborat, degan falsafaning moxiyatini anglashga undaydi. 
3
Shu 
tariqa "Avesto" usha zamonda yashagan odamlar o’rtasidagi munosabatlarni 
barqarorlashtirishda davlatga bo’lgan extiyoj va zururiyati ularoq yuzaga kelgan 
manba bo’lib xisoblanadi. 
"Avesto"da eng muxim masalalardan biri bu xuquqiy munosabatlarning 
nazariy jixatdan shakllanganligidir. Unda inson xayoti va odamlar o’rtasidagi 
ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar xuquqga asoslanganligi xaqida ma’lumot bor. 
Xaqiqat yaxshi so’z va maqsad, poklik va ezgulikka intilish, suv, er, olov, xonadon 
va chorvani asrab-avaylash axloqiy burch bo’lib sanalgan. Inson uzining ishlari va 
1
Otamurodov S. “Avesto” “Milliy g’oyamiz manbayi jamiyat va boshqaruv” 2002 y, 34 bet 
2
Абдукомилов Р.Авестийский текст о государственности и правой вопрос--- и эволюции структуры, 
O’zbekiston tarixi, 2000y 3 son, 22 bet 
3
Otamurodov S. “Avesto” Milliy g’oyamiz manbayi jamiyat va boshqaruv” 2002 y, 34 bet 


14 
fikrlari bilan yaxshilik, yorug’lik va baxt keltiruvchi, xayot va xaqiqat beruvchi 
oliy tangri Axuramazdaga yordamchi bo’lib xizmat qiladi. 
Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki maqsaddan voz kechish, odamlar 
o’rtasida tuzilgan axdnomani buzish katta gunox xisoblangan. "O Spitamen 
shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi shu bilan birga o’rtaga 
tegishli barcha mol-mulkga putur etkazadi. O Spitamen, axtingni buzma"
(yasht. X bob) 
1
Tarixiy xujjatlar asosida aytish mumkinki, "Avesto"ning "Yasna", "Visprat", 
"Yasht", "Videvdat" kitoblarida ilgari surilgan xuquqiy ta’limotlar Rim xuquqidan 
qadimiyroq xisoblanadi, boz ustiga ular keyinchalik tashkil topgan davlatlar 
siyosiy tizimning shakllanish manbasi bo’lib xam xizmat qilgan. Shu tariqa 
"Avesto" Grek mutafakkirlari va Rim xuquqshunoslari ijodida o’zining xar 
tomonlama mukammaligi bilan ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, inson xuquqi jismoniy 
va xuquqiy shaxs erkinligi, inson erkinligi, erkak va ayolning tengligi masalasi, 
ozchilikning xuquqiy, voyaga etmaganlar xuquqi shartnomalarning majburiylik 
xuquqi, mol-mulk xuquqi, oila xuquqi shartnomalarning majburiylik xuquqi, 
jinoyatning qasddan yoki extiyotsizlik natijasida sodir etilgan jinoyat turlari ishlab 
chiqilgan, ug’rilik yoki bosqinchilik farqlari tasniflangan ximoya xuquqi va sud 
ishlarini yuritish xamda tashkil etish kabi boshqa xuquqiy tamoyillari o’z ifodasini 
topgan. 
X-XIII asrlar O’rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr bo’lgan xalqning 
o’z mustaqilligi uchun kurashishi, bunda xurriyat va inson erkinligi g’oyalari 
millatni ma’naviy yuksalishga olib kelgan. Bu davr uz mazmuni, salmogi jixatidan 
O’rta Osiyoda uygonish davri deb tarixga kiradi
2
. Uyg’onish davri madaniyatining 
o’zigi xos tomonlari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat 
edi:
1) 
Dunyoviy ma’rifatga intilish bu yulda utmish va kushni 
mamlakatlarning madaniyati yutuklaridan keng foydalanish ayniqsa ijobiy-
falsafiy, diniy, tarixiy xamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish. 
1
Sa’dullayev A, Aminov, Mavlonov, U Norqulov O’zbekiston tarixi, Davlat va jamiyat taraqqiyoti. Т.Akademiya 
2000 y. 31 bet 
2
O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. T.: “O’zb”, 1995. 182 bet 


15 
2) 
Tabiatga qiziqish 
3) 
Insonni ulug’lash 
4) 
Qomusiylik 
5) 
Davlat qurilishi va boshqaruv 
6) 
Davlat raxbari 
Bu davrning yirik namoyondalaridan biri Abu Nasr Farobiy o’zining "Fozil 
odamlar shahri" asarida insoniyat jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishning 
muayyan tabiiy davlatga bo’lgan ehtiyojlarining paydo bo’lishini, unda adolat va 
axloqning shakllanish qonuniyatlari nazariy jixatdan tasnifini yaratganligi bilan 
mashxurdir. Shu tariqa yaxshi davlat shakllari va unda boshqaruvning muntazam, 
izchil siyosiy tizimini yaratishga erishadi. Masalan, fozillar shahrining (davlat 
nazarda tutiladi) tarkib topishi va unda qanday axloqiy sifatdagi shaxsning raxbar 
bo’lishi tasniflari bugungi demokratik jamiyat qurishning bevosita nazariy talablari 
bilan uyg’un keladi. Bu borada A.N.Farobiy-ularning o’zlaridan saylangan raxbar 
yoki boshliqlar xoqimi mutloq bo’lmaydi, ular odamlar ichidan kutarilgan, 
sinalgan eng olijanob raxbarlikka loyiq kishilar bo’ladi. Shuning uchun bunday 
raxbarlar uz saylovchilarini to’la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan 
muxofaza qiladilar
1
deb takidlaydi. Davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni 
ta’minlash bilan bogliq axloqiy qadriyatlarni tizimlashtirish, e’tiborli jixati 
shundaki, Farobiy qarashlaridagi "xoqimi mutloq bo’lmasligi, saylovchilar 
irodasi", "ozodlik" kabi fikrlari nafaqat shu davr, balki butun insoniyat 
madaniyatining-demokratiyani bosh goyasi bo’lib xizmat qiladi. 
Ayni paytda, Farobiy fozil shaharlarning (davlatning) ziddiyatli bo’lgan 
shaharlarning ijtimoiy mohiyatini ochib beradiki, bu totalitar davlat tizimiga xos 
keladi. Masalan, johil shaxrining bir necha xususiyatlarini ko’rsatadi. Bunday 
shaharlar adolatli jamiyat qurish to’g’risidagi ta’limotlarga zid ekanligi 
ko’rsatiladi. 
Davlat va uning boshqaruviga daxldor masalalar Yusuf Xos Xojib ijodida 
xam katta urin tutgan. U "Kutadg’u bilig" dostonida davlatni boshqarish amallari 
1
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” 1993 y, Т. 198 bet 


16 
qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishga qaratilgan 
qarashlari bilan e’tiborlidir. 
U davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini, hamda shu 
darajalarga muvofiq sifatlarini tasniflaydi.
1
Shoxlikka da’vogarlar onadan bir ajib 
iste’dod bilan tug’iladilar va ular darxol yaxshi yomonni ajratish fitratiga ega 
bo’ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir kungil ato etadilar, 
qolaversa yaxshi ish yuritish uquvi bilan xam ishlaydi
2
deydi. Ayni paytda ana 
shunday iste’dodning tasniflarini Farobiy singari 12 sifatlarini ko’rsatish bilan 
birga uning vazifasi va majburiyatlarini belgilaydi. Bunda u jamiyat tabaqalarini 15 
toifaga ajratib, xar biriga ko’rsatilishi lozim bo’lgan muruvvatni adolatli davlatni 
mustaxkamlashda va uning boshqaruvini tashkil etishda muxim omil ekanligiga 
e’tiborni qaratadi. 
Unga zamondosh bo’lgan qomusiy olim Ibn Sino O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy 
va ijtimoiy-falsafiy fikrlarning buyuk namoyondasi tibbiyot, ijtimoiy-siyosiy, 
axloqiy ta’limotlar tarixiga ulkan xissa qo’shgan mutafakkirdir. 
Adolatli davlat boshqaruvchisi uning mukammal tizimini yaratish borasida 
ulkan ilmiy meros qoldirgan O’rta asrlar mutafakkiri Nizomulmulkning 
"Siyosatnoma" asari muxim manba xisoblanadi. Amaldorlarni axloqiy fazilatlarga 
qarab tanlash adolat va insofni oyok osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga 
aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borishi, faoliyatlarni 
muntazam nazorat qilish, itoat, ijro sifatlari to’g’risidagi fikrlari bilan 
axamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning "Ko’pchilik bo’lib qabul qilingan qaror 
eng sabobli bo’ladi va shunday yul tutish kerak"
3
degan qarashlari 
ajdodlarimizning davlat qurilishining demokratik tartiblariga nechog’lik darajada 
axamiyat berganligidan dalolat beradi. 
Diniy-ilmiy tadqiqotlarda borliq, iloxiy qudrat, inson komilligi, adolat-insof, 
diyonat, vijdon kabi g’oyalar inson ruxiyatini poklash orkali erkin jamiyatga 
chorlanadi. Bu borada J.Rumiy shunday deydi "Inson bir buyuk mu’jiza va uning 
1
Yusuf Xos Xojib "Qutadg’u bilig" Т, Fan 1971y 328-b 
2
O’sha asar 329 bet 
3
Nizomulmulk “Siyosatnoma” Т.Adolat 1997 y. 98 bet. 


17 
ichida xamma narsa yozilgan. Biroq zulmat va pardalar borki, ular yozuvlarni 
o’qishga imkon bermaydi. Zulmat va pardalar, turli-tuman mashg’ulotlar insonning 
dunyo ishlari borasida olgan tadbirlari va kunglining so’ngsiz orzularidir".
1
Darhaqiqat, J.Rumiyning qarashlarida insonning farqi uning komilligiga 
asoslanadi. Shuning uchun u dunyoga erki, dini, millati, tabaqasidan qat’i nazar, 
barcha insonlarga barobar murojaat qiladi. "Menga vaxdan mayini tutgil, uzgalarni 
ham ondin baxramand etgil, toki jamoat bo’lib, fakat suvratda bo’lmish 
tafovutlarni bartaraf etaylik. Biz xammamiz yagona yogochning butoklari, yagona 
qo’shinning navkarlarimiz".
2
Jaloliddinning bashariyat birligi xaqida gapirishi davr 
uchun mislsiz jasorat edi.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot rivojining ma’naviy asoslarini urganishda O’rta 
Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilar oqimining axamiyati xam aloxida muxim 
urin tutadi. Tasavvuf ta’limoti asosida adolat, xaqiqat, to’g’rilik, mexr-shafqat, 
insof, iymon-e’tiqod, ilm, mexnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy 
g’oyalarni targibot qiluvchi futuvvatga asoslangan bir kancha diniy, siyosiy 
oqimlar paydo bo’ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga goyaviy kuch sifatida 
qarshi qo’yiladi. 
Bu borada A.Yassaviy shunday deydi: "Shayx uldurkim niyoz olsa, 
miskinlarga, garib, bechoralarga bergaylar. Agar olib o’zi esa, murot et emishdek 
bo’lgay. Agar tun qilib kiysa, ul tun tuzguncha Xaq Taola namoz, ruzasini qabul 
qilmagay va biror olgan Niyozidin non qilib esa, Xaq Taola oni duzaxda turluk 
azobga girifdor qilgay va agar andog shayxga xar kishi e’tiqod qilsa kofir 
bo’lgay".
3
Yassaviyning xikmatlarida raxbar shaxslarning sifatlari to’g’risidagi 
talqinlar deyarli ijodining asosini tashkil etadi. Chunki, shu davrda xalq orasida 
katta obru-e’tiborga ega bo’lgan sufiy shayxlar siyosatiga bevosita aralashib 
kelganlar. Bu borada Amir Kulolning ugli, amir Umarning qarashlari (1406 yil 
1
Rumiy “Ichingdagi ichingdadir”. Т.”Yozuvchi” 1997 y 51 bet 
2
Fish Red, Jaloliddin Rumiy. Т. "Adabiyot va san’at" nashr 1986 y, 241 bet
3
Axmad Yassaviy. “Devoni hikmat”. Т. "G’.G’ulom" nash. 1992 y. 8 bet


18 
ulgan) siyosatning nazariy va amaliy moxiyatini ochishda e’tiborlidir. Unda 
siyosatga shunday nisbat beriladi.
"
Bilgilkim, siyosat-tutib turish va tartibga solishdir, yomon kishilarni 
qo’rquv va titroqda tutmoq, yaxshilarni taqdirlamoq kerak. Agar siyosat bo’lmasa, 
davlatning muxim ishlari amalga oshmaydi: agar tartibot, jazo qonunlari bo’lmasa, 
davlat ishlari xam unglanmaydi. Chunki, hukmdorning, jamoaning ko’rki, davlat 
va dinning rivoji siyosatdir". Ya’ni din orkali siyosatda umuminsoniy qadriyatlar 
ifoda etilishi va bunday siyosat esa, bevosita davlat qonunlari orkali oilada uz 
tasdigini topishiga erishmok lozim deb xisoblayman".
1
Amir Temur uz davridagi xizmatlarining eng asosiy eng buyugi-bu uning 
davlat arbobi sifatida adolat g’oyalariga asoslangan milliy davlatchilik 
ta’limotlarining xuquqiy negizlarini yaratganligi xamda uni tadbik etib 
berganligidir. Shu tariqa uz siyosiy faoliyatini shunday xulosalaydi: "xar 
mamlakatning yaxshi kishilariga men xam yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, 
buzuklar va axloqsiz odamlarni mamlakatimizdan kuvib chikardim. Pastkash va 
razil odamlarga uzlariga loyik ishlar topshirdim, hamda hadlaridan oshishlariga 
yo’l quymadim"
2
.
Undan tashqari «Ulug’larni va sharaf - e’tiborli kishilarni hurmatlab, 
martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam 
yo’lini to’sdim»
3
deb ta’kidlaydi A.Temur o’z tuzuklarida 
Shu davrning yirik klassik namoyondalardan biri Alisher Navoiydir. U 
nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning 
ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta xissa qo’shadi ayniqsa, adolasizlik va 
zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to’g’risidagi qarashlari 
o’z ifodasini topadi: "…davlat ishi bilan mashgul amaldorlik choglarimda kungil 
mulkini turli odatlarning xujumi bo’lgaladi. Goh amirlik urnida utirdim va 
hukumat maxkamasida xalqning arzdodini surdim va goh podshox yonida vazirlik 
1
www.Ziyonet.uz. 
2
Temur tuzuklari. T.: 1994y. 124 bet 
3
O’sha asar 144 bet 


19 
qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko’rsatdim "
1
deydi. 
A.Navoiy adolat to’g’risidagi qarashlarida inson ruxiyati bilan boglik 
ijtimoiy illatlarning moxiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chikish 
sababalarini taxlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshoxning 
odilligi, balki, fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarning adolatli, ma’nan sog’lom 
bo’lishi lozimligiga e’tiborni qaratadi: "oilamda bo’lmish xar nav’ odam bilan 
ko’rishdim; katta-kichikning fe’li atvorini o’rgandim; yaxshilik va yomonlikning 
sharbatini ichib, zaxrini totib ko’rdim. Baxil va paskashlarning zaxmini, saxovatli 
kishilarning malxamini kunglim darxol sezadigan bo’lib qoldi"
2
deydi. Ayni 
paytda, inson ruxiyati bilan boglik illatlar moxiyatiga shunday nisbat beradi: 
"Yaxshilikka mukofot-kupollik; odob bilan qilingan xushmuomila evaziga 
kekkayish, takaburlikdan o’zgacha munosabat kurmaymiz. Birovga bir xizmat 
qilsang, undan un zarb eyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavoze’ 
kursatsang, ming qupollik va dilsiyoxlikka hozir bilib turmog'ing lozim".
3
Shu 
tariqa, u "Maxbub ul qulub" asarida xar xil odamlarning fe’l-atvori va axvoli, 
yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati xaqidagi qarashlari asosida jamiyat 
ijtimoiy munosabatlarning yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat o’rtasidagi 
axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi. 
Adolat g’oyasi Navoiyning juda ko’p asarlarida turli tarzda ifodalangan. 
"Xayrat ul-Abror", "Saddi Iskandariy", "Farxod va Shirin", "Sab’ai sayyora", 
dostonlarining, "Maxbub ul-qulib" asarlarining bosh goyasi adolatdir. Yana shuni 
aytish kerakki, Navoiyda insondagi juda kup ijobiy xislatlar, chunonchi sadokat, 
vafo, xayo, saxovat kabilar xam adolat bilan boglab tushuntiriladi. Zero, kishida 
adolat tuygusi bo’lmasa, unda boshqa sifatlar xam bo’lmaydi 
4
deb qaraydi. 
A.Navoiy zamondoshlari, Arastu, Aflotun, Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin 
Tusiyning ilmiy merosi, asarlarini kunt bilan urgangan, ularning ilmiy va 
1
Komilov N/ Navoiy va zamonamiz. Jahon adabiyoti, 2001, fevral soni 10 bet 
2
Аlishеr Nаvоiy. «Mаhbub ul qulub». T., 1983.-122 b
3
Аlishеr Nаvоiy. «Mаhbub ul qulub». T., 1983.-120 b 
4
Komilov N/ Navoiy va zamonamiz. Jahon adabiyoti, 2001, fevral soni 10 bet 


20 
insonparvarlik g’oyalaridan xabardor bo’lib, uzi shu yunalishda katta meros 
qoldirgan ijodkorlar Zaxriddin Muxammad Bubur, Xusayin Voiz Koshifiy va 
Jaloliddin Davoniylardir. Ular davlashunoslik, axloqshunoslik, adabiyot, ta’lim-
tarbiya, nasr va nazm soxalarida ijod qilgan yirik olimlardir. Davlat boshqaruvi va 
uning siyosati bilan boglik bo’lgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni M.Z.Boburning 
"Boburnoma"
1
Koshifiyning "Axloqiy Muxsiniy"
2
, Davoniyning asarida atroflicha 
bayon qiladi. Ular jamiyatning paydo bo’lishi, ijtimoiy tabakalar, davlat va uni 
boshqarish yullari, adolatli va adolasiz podshoxlar, ularning fuqarolarga 
munosabati, axloq va ta’lim-tarbiya masalarini o’z navbatida o’tmish davlatchilik 
madaniy merosimiz bilan bogliq bo’lgan qadriyatlarimizni yanada boyitishga 
xizmat qilgan. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XIV-XV asrdagi ijtimoiy va madaniy 
yuksalish uz mazmun-moxiyati bilan IX-XII asrlardagi O’rta Osiyodagi Uygonish 
davrining uzviy davomi edi. Xulosa shundaki, bunday madaniy meroslarning 
monandlikka intilishi, uning davriy uygunlashuvi xalqlar xayotida taraqqiyot 
xamda yuksalishiga poydevor bo’lgan nazariy ta’limotlarning rivojlanish 
boskichlarini kuzatamiz. 
Ammo, O’zbekiston xalqlari davlatchilik tarixi o’z taraqqiyotida bir xilda 
rivojlangan emas. XVI-XIX asrlar O’rta Osiyo xayotida murakkab va keskin 
burilish davri bo’ldi. Uning murakkabligi avvalo Amir Temur imperiyasining 
parchalanishi xamda vorislar o’rtasidagi nizolar bilan boglanadi. Doimiy ixtiloflar 
moydoniga aylanib qolgan Movaraunnaxr Shayboniyxon lashkarlari tomonidan 
bosib olinadi. Davlatda egasizlik, boshbodoklik xukm suradi.
Mana shunday sharoitda haqiqiy ilm o’rnini diniy aqidaviy qarashlar 
egallaydi. Natijada anik va tabbiiy fanlar kuvgunga uchraydi, ayniksa matematika 
va astronomiya orqada koladi. Buning oqibatida ilm-fan rivojining darajasi keskin 
pasayib ketadi. Ayni paytda, bu davr oldingi mutafakkirlarning ilgor g’oyalarining 
uzaro faol ta’siri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining 
1
Qarang: Bobur. “Boburnoma”. Т. “Yulduzcha”, 1989 
2
Qarang: Ma’naviyat yulduzlari. R.Maxmudov; “A.Qodiriy” nash. 1999. 227 bet 


21 
asosiga, xoqimiyat uning raxnomalari qolida manfaatlarini nikoblovchi mafkuraga 
aynaladi. Natijada jamiyatda diniy tazyik kuchayadi. Din peshvolari davlat 
siyosatiga bevosita aralashishi okibatida bir yoklama mafkuraviy zulm ortib 
boradi. Xar qanday ijodiy xur fikr ta’kibga olinadi
1
.
Shunga qaramay O’rta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa adabiyot, tarix, musika 
fanlari, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi, qator madrasa va machitlar kurildi. 
Jumladan, Ibn Muxammad Yusuf Al-Korabogiy, Muxammad Sharif, Mashrab va 
Sufi Olloyor, Nodira, Uvaysiy, Dilshod, Komil Xorazmiy, Avaz Utar, Bedil, 
Fuzuliy, Axmad Xoji ijodiyotida ilgor ijtimoiy g’oyalar yaratiladi. 
Shu davr shark mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlarini chukur urgangan 
olim I.Muminov ayniksa, Bedilning falsafiy ijodiga katta baxo beradi. Bedil 
dastlab islom falsafasini xamda xind falsafasini urganganligini kayd etadi. Uning 
g’oyalari ma’rifatli bo’lishga, bilim va xunarni urganishga, ayni payt, yovuzlikka 
murosasiz bo’lishga da’vat qilganligini kursatadi
2

E’tirofli jixatlari shundaki, shu davr ijodkorlari kaysi soxada ijod qilmasin, 
shaxs va ziyolilikka xos kudratda ularning asosiy dikkati xalq va uning turmush 
dardi bilan bevosita boglik bo’lganligiga amin bo’lamiz. Mulla Olim Maxmud 
Xoji uzining "Tarixi Turkiston" asarida shunday deydi. "Turkiston xonlari 
vaktidagi musulmoniyalar nixoyat darajada axvoli olamidan xabarsiz bo’ldilar. 
Zolim xakamlarga rost va to’g’ri so’zni aytadurgonlar kolmay, zolimlar uchun 
besh-un tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad so’zlar aytib, alar qanday so’z 
aysa ma’kul deydurgonlar bo’lgon edilar. Ilmu maorifda bo’lsa Turkistonda utgan 
Ibn Sino, Farobiy, Ulugbek, Ali Kushchi urniga ulturgon olim, faylasufi zamon 
deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikka tabdil bo’lib, jaxl balosiga mubtalo 
bo’lgon edilar…"
3

Demak, jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar ana shulardan iborat. Bu 
fan milliy istiqlol goyasi bilan chambarchas boglik xolda rivojlanadi. 
 
1
O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. “O’zb”, 1995. 182 bet 
2
Mo’minov I. O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkurning rivojlanishi tarixidan. Т.: “Fan”, 1960. 77 bet 
3
Mulla Olim Maxdumhoji “Tarixi Turkiston” “Nafas” nashriyoti, 1992 yil 100-bet


22 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling