Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik
Mavzuni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun savollar
Download 4.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzuni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun savollar: 1. O'zbekiston Respublikasida odil sudlovni kim amalga oshiradi? 2. Sud hokimiyati tizimini tushuntirib bering? 3. Harbiy sudlar faoliti nimalardan iborat? 4. Hakamlik sudlari qanday tashkil qilinadi?
248
«Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganish» fani bo’yicha TA’LIM TEXNOLOGIYaSI
249
Kirish Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali taqsimot tizimidan voz kechib, «o’zbek modeli» deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. O’zining milliy qonunchilik tizimi va Konstitusiyasi yaratildi. Shular asnosida mamlakatda demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantitirish borasidagi ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzusidagi ma’ruzasida bu sohada amalga oshirilishi va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni qat’iy belgilab berdi. Davlatimiz rahbari umummilliy ahamiyatga molik muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlament faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslarini ilgari surdi 4 . Quyidagi yo’nalishlar demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida belgilab berildi: 1) davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish; 2) sud-huquq tizimini isloh etish; 3) axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash; 4) O’zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish; 5) fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish; 6) demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish. Universitetning noyuridik fakultetlari talabalariga «Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganish» fani o’zlashtirishda ushbu Konsepsiya mazmuniga tayanib, mavzularni ta’lim texnologiyalari asosida tushuntirish maqsadga muvofiqdir. «Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganish» fani bo’yicha ma’ruza va seminar mashg’ulotlarining ta’lim berish texnologiyalarini ishlab chiqishning konseptual asoslari. Fanning maqsadi: huquq sohalari, huquq institutlari, huquq normalari, davlat va huquq tushunchalari, Konstitusiya, qonunlar, davlat boshqaruvi, inson huquqlari va erkinliklari, davlat hokimiyati va boshqa huquqshunoslik faniga hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganishga oid masalalar bo’yicha talaba yoshlarda bilim va amaliy ko’nikmalar majmuasini shakllantirishdan iborat.
fanining maqsad-mohiyatini anglab olish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olingan:
o’rganishning ma’no-mazmuni haqida keng tushuncha va tasavvur hosil qilish; 2) har bir huquq sohasiga tegishli Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni tahlil qilish orqali tushuntirib berish; 3) Konstitusiya va qonunlarga kiritilayotgan qo’shimcha va o’gartirishlarni asoslab, talabalarga yetkazish; 4) Sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni ilmiy tahlillar asosida talablarga yetkazish Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim, o’z mohiyatiga ko’ra, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining to’laqonli rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirish jarayonida ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashishni nazarda tutadi.
4 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлиси тўғрисида ахборот. – “Халқ сўзи” газетаси, 2010 йил 13 ноябрь. 250
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarining o’zaro bog’likligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Individning jarayonli sifatlarini shakllantirish, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va tezlashtirish, o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
munosabatlarini shakllantirish zaruratini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z- o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
demokratik tenglik, hamkorlik kabi o’zaro subyektiv munosabatlarga, faoliyat maqsadi va mazmunini birgalikda shakllantirish va erishilgan natijalarni baholashga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish asosida ta’lim oluvchilarning o’zaro faoliyatini tashkil etish usullaridan biridir. Bu jarayon ilmiy bilimlarning obyektiv qarama-qarshiligi va ularni hal etish usullarini aniqlagan holda, dialektik tafakkurni hamda ushbu usullarni amaliy faoliyatda ijodiy qo’llashni shakllantirishni ta’minlaydi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vosita va usullarini qo’llash – bu yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashdir. O’qitish uslublari va texnikalari. Ma’ruza (kirish, mavzuli, ma’lumotli, ko’rgazmali (vizuallashgan) tahlil, ilmiy anjuman, aniq vaziyatlarga yondashuv), munozara, muammoli uslub, pinbord, aqliy hujum, tezkor so’rov, savol-javob, amaliy ishlash usullarini o’z ichiga oladi.
o’qitishga asoslangan frontal, jamoaviy va guruhlarda o’qitish. O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (o’quv qo’llanma, ma’ruza matni, tarqatma materiallar) bilan bir qatorda – chizmali organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikasiya usullari: talabalar bilan tezkor va faol muloqatga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar. Tezkor va faol aloqalarning (ma’lumotning) usul va vositalari: tezkor so’rov, o’qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beradigan texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida va butun kurs davomida mavzu yuzasidan nazorat savollarini berib borish orqali o’qitishning natijalari rejali tarzda kuzatib boriladi. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilar (talabalar)ning bilimlari baholanadi.
251
5. «Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o’rganish» fanini o’rganishning TARKIBIY TUZILISHI (noyuridik ta’lim yo’nalishlari) 252
Mavzuning tartib raqami Mavzuning nomi Ajratilgan o’quv soatlari Ma’ruza mashg’ulotlari 1-mavzu Davlat va huquq haqida asosiy tushunchalar 2 2-mavzu Ma'muriy huquq asoslari 2 3-mavzu Fuqorolik huquqi asoslari 2 4-mavzu Iste'molchilar huquqini himoya qilish asoslari 2 5-mavzu Mehnat huquqi asoslari 2 6-mavzu Ekologiya huquqi asoslari 2 7-mavzu Jinoyat huquqi asoslari 2 8-mavzu O’zbekiston konstitutsiyasini o’rganishning maqsad va vazifalari. Mustaqil O’zbekistonning 1992 yilgi Konstitutsiyasi va uning asosiy tamoyillari 2 9-mavzu O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 2 10-mavzu O’zbekistonda jamiyat va shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy belgilari 2 11-mavzu O’zbekiston Respublikasining milliy-davlat va ma’muriy – hududiy tuzilishi 2 12-mavzu O’zbekistonda qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va uning konstitutsiyaviy asoslari 2 13-mavzu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat boshligi 2 14-mavzu O’zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralari 2 15-mavzu O’zbekistonda sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari 2 Jami: 30 253
Amaliy mashg’ulotlar 1-mavzu Davlat va huquq haqida asosiy tushunchalar 2 2-mavzu Ma'muriy huquq asoslari 2 3-mavzu Fuqorolik huquqi asoslari 2 4-mavzu Iste'molchilar huquqini himoya qilish asoslari 2 5-mavzu Mehnat huquqi asoslari 2 6-mavzu Ekologiya huquqi asoslari 2 7-mavzu Jinoyat huquqi asoslari 2 8-mavzu O’zbekiston konstitutsiyasini o’rganishning maqsad va vazifalari. Mustaqil O’zbekistonning 1992 yilgi Konstitutsiyasi va uning asosiy tamoyillari 2 9-mavzu O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 2 10-mavzu O’zbekistonda jamiyat va shaxs 2 munosabatlarining konstitutsiyaviy belgilari 11-mavzu O’zbekiston Respublikasining milliy-davlat va ma’muriy – hududiy tuzilishi 4 12-mavzu O’zbekistonda qonun chiqarish hokimiyatining amalga oshirilishi va uning konstitutsiyaviy asoslari 2 13-mavzu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat boshligi 2 14-mavzu O’zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralari 2 15-mavzu O’zbekistonda sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari 2 Jami 32 Hammasi: 62 soat 254
6. Ma’ruza mashg’ulotlari 1-mavzu Davlat va huquq haqida asosiy tushunchalar 1.1. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi
Mashg’ulot vaqti 2 soat Talabalar soni 80-100 nafargacha Mashg’ulot shakli Kirish-axborotli ma’ruza Ma’ruza rejasi 1. Davlat va huquq tushunchasi, mazmuni va mohiyati 2. Davlat va huquqning paydo bo'lishi 3. Davlat va huquqning shakllari 4. Huquq va aholining o'zaro nisbati
1.Davlat va huquq tushunchasi, mazmuni va mohiyati, paydo bo’lishi haqida tushuncha berish: 2.Davlat va huquqning shakllari, huquq va axloqning o’zaro nisbati to’g’risida ma’lumotlar berish
1) Davlat va huquq tushunchasi, mazmuni va mohiyati, paydo bo’lishi haqida tushuncha haqida so’zlab berdi. 2) Davlat va huquqning shakllari, huquq va axloqning o’zaro nisbati ma’no – mazmunini yoritib o’tdi.
Ko’rgazmali, ma’ruza, savol-javob, suhbat, tushuntirish
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda
O’quv qo’llanma, kompyuter texnologiyalari, slaydlar Ta’lim berish sharoiti Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
Og’zaki nazorat, savol-javob 255
1.2. «Davlat va huquq haqida asosiy tushunchalar» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar 1. Mavzuga kirish (15 daqiqa) 1.1. O’tiladigan fanning nomini aytadi. Ekranga o’quv kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, mavzular ro’yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi. (1-ilova) 1.2. Birinchi mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi.
Tinglaydilar.
Tinglaydilar. 2-bosqich Asosiy bosqich (55 daqiqa) 2.1.
Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo’llaydi: A. Davlat deganda nimani tushunasiz? B.Huquq va uning shakllarini tushuntirib bering? V. Davlat va huquqni paydo bo’lishi haqida sizning fikringiz? G. Sud presidenti nimani anglatadi? 2.2. Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi
o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi. 2.3. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy jihatlariga qaratadi, ularning dolzarb va ahamiyatli ekanini asoslaydi. 2.4.Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi. Savolga
javob beradilar. Fikrlarini bildiradilar.
Tinglaydilar, zarur ma’lumotlarni yozib oladilar. Tinglaydilar, zarur ma’lumotlarni yozib oladilar. 3-Yakuniy bosqich (10 daqiqa) 3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu
bo’yicha egallagan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanish mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: 1) o’tilgan mavzu asosida B/B/B jadvalini to’ldirib kelish (2-ilova) 2) ikkinchi mavzu bo’yicha keyingi o’quv
mashg’ulotiga tayyorlanib kelish.
Savollar beradilar.
Va zifani yozib oladilar. 256
2-mavzu Ma’muriy huquq asoslari 2.1. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti – 80 minut Talabalar soni: 80-100 gacha Mashg’ulot shakli Axborotli ko’rgazmali ma’ruza Ma’ruza rejasi 1.Ma'muriy huquq tushunchasi 2.Davlat boshqaruvi uning tamoyillari 3.Davlat boshqaruvining shakllari va usullari 4.Ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy jazo
Download 4.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling