Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy himoya modellari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy muammolar va ularni hal etish tadbirlari. № Ijtimoiy muammolar Ularni hal etish tadbirlari 1
- SEMINAR MASHG’ULOTLARI 9- MAVZU. O’ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATI BILAN HAMKORLIGIDA DEMOKRATIK TAMOYILLARGA ASOSLANISHI
- Jahon hamjamiyatidagi demokratik o’zgarishlar
- O’zbekiston Respublikasiningdiplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar
- O’zbekistonning jahon hamjamiyatida erishgan yutuqlari.
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy himoya modellari. Skandinavcha model (Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya) Bismark modeli (Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya) Beverij modeli (Irlandiya, Angliya) Asosiy qoidasi: Asosiy qoidasi: Asosiy qoidasi: Mamlakatda yashovchi barcha fuqarolar ijtimoiy ta’minlanish huquqiga ega Jamiyat a’zolariga ijtimoiy ta’minot uchun zarur vositalarni ishlab topishga imkoniyat berish Har bir fuqaro favqulodda holatlarda (kasallik, pensiya yoshi, o’lim, tug’ish va hokazo) ijtimoiy sug’urtali nafaqa va pu yordami bilan qamrab olinishi zarur Bosh siyosiy maqsad to’la-to’kis bandlikka erishish (davlat mas’uliyati) Bosh siyosiy maqsad – daromadlarni himoyalash Bosh siyosiy maqsad – minimal darajadagi daromadlarni himoyalash Nazarimizda ushbu modellarning har biri yutuq va kamchiliklariga ega. Ularni respublikamizda shunchaki tadbiq qilib bo’lmasligi aniq. O’zbekistonning ijtimoiy hayotida yuz berayotgan yirik o’zgarishlar asosidagi muammolarni hal etish bo’yicha iavsiyalar ishlab chiqish muhim. Mustaqil taraqqiyotimizning ilk davrisidanoq inson-jamiyat-davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning oqilona yechimini topish alohida ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlari, Osiyoning Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlari aynan ana shu g’oya asosida taraqqiyot yo’lini belgilab, tarixan qisqa davr ichida yuksak taraqqiyotga yerishgan edilar. Ikki asrlik demokratik rivojlanish tarixiga ega bo’lgan AQSh ham inson manfaatini taraqqiyotning asosi sifatida qabul qilgan edi. Ijtimoiy muammolar va ularni hal etish tadbirlari. № Ijtimoiy muammolar Ularni hal etish tadbirlari 1 Sosial tabaqalashuv va qutblanish Fuqarolar tomonidan o’zlari xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ishlab topish imkoniyatlarining ortishi 2 Kambag’allik Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi imkoniyatlarni vujudga keltirish 3 Ishsizlik Ishlab chiqarishda sosial ehtiyojlarni qondirishga mo’ljallangan xizmat va mahsulotlar ulushining ortishi 4 Hududlarining tabaqalanishuvi Daromadlar tengsizligi va shaxsiy manfaatdorlikning ortishi 5 Ta’lim tizimidagi muammolar Ta’limning boshqa shakllarini joriy etish, ta’lim tizimini izchiq isloh qilish Xullas, mustaqillik yillarida O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy himoya tizimining o’ziga xos tajribasi va an’analari to’plangan. Bunda inson-jamiyat- davlat munosabatlari, inson omili yuksak mavqyeda turadi. Shu ma’noda, O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud va ular mamlakatda demokratik jamiyatni qurishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. SEMINAR MASHG’ULOTLARI 9- MAVZU. O’ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATI BILAN HAMKORLIGIDA DEMOKRATIK TAMOYILLARGA ASOSLANISHI 1. O’zbekistonning jahon hamjamiyatining to’laqonli subyektiga aylanishi. 2. Jahon hamjamiyatidagi demokratik o’zgarishlar. 3. O’zbekiston Respublikasiningdiplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar. 4. O’zbekistonning jahon hamjamiyatida erishgan yutuqlari. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng o’z tashqi siyosatini xalqaro hamjamiyatning to’laqonli subyekti sifatida amalga oshirish uchun real imkoniyatlarga ega bo’ldi. Endilikda tashqi siyosat mustaqil tarzda amalga oshirilmoqda. Jamiyat va davlat tarixi shuni ko’rsatadiki, biron – bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir – biriga bog’lagan Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuvi nuqtasi bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, Amir Temur hukmronligi, Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o’z aloqalarini shrnatganlar. Amir Temurning Fransiya, Angliya, Ispaniya qurollari, o’nlab qo’shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o’sha davrdagi jo’shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi. Chor Rossiyasi bosqinidan so’ng 130 yildan ortiq davom etgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo’ydi. Xorij bilan bircha munosabatlar istimolchilarning nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Bar paytlar dunyoga dong taratgan o’lkamiz chekka bir viloyat darajasiga tushirib qo’yildi. Sovetlar davrida esa chetga chaqirilgan bir – ikki diplomat hamda vazifasi oliy rutbali xorijlarni mehmon qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligidan boshqa hyech narsa yo’q edi. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda og’ishmay amalga oshirila boshlandi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: - mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; - davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; - nizolarni tinch yo’l bilan hal etish; - kuch ishlatmasdan va kuch bilan tahdid qilmaslik; - inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; - ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; - tajavuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; - davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik ustunligi; - tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar. Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari asos qilib olinadi. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning Oliy Majlis Ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida boshqa sohalar qator tashqi siyosat borasidagi navbatdagi vazifalar ham ko’rsatib o’tildi. Jahondagi barcha mamlkatlar bilan o’zaro manfaatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga quyish, yetakchi xalqaro iqtisodiy moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bundan keyin ham ustuvor yo’nalish bo’lib qolishi ta’kidlandi. Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining konstitusiyaviy zamini yaratildi. Shunga mos ravishda inson huquqlari ham ta’kidlanmoqda. Halqimizning ma’naviy salohiyati, unga xizmat qiladigan tabiiy va texnikaviy zaxiralar, mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik rivojlanish va inson huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich yaratilishi kafolat beradi. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar faoliyatidagi ishtiroki respublika tashqi siyosatning muhim yo’nalishlaridan biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, xo’jalik eloqalarini o’rganish, ekologiya, tabiiy muammolarni hal etish, ilmiy – texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqda. O’zbekiston butun dunyo ko’z shngida tashqi siyosiy va madaniy aloqalarining boy tarixiga ega bo’lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar huquqiy davlat sifatida namoyon bo’lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O’zbekiston uchun asrlar osha buyuk bo’lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o’xshash yosh mamlakatlar ham bab – baravardir. O’zbekiston taraqqiyotining konstitusiyaviy asosi sifatida inson huquqlari tiklanmoqda. Xalqimizning ma’naviy imkoniyati, uning katta tabiiy va texnik zaxiralari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari demokaratik taraqqiyot va inson huquqlariga rioya etilishi zarur bo’lgan barcha shart – sharoitlar mavjudligiga ishonch tug’diradi. Natijada mamlakatimiz amalda yalpisiga diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo’l ochib berildi. Jahon hamjamiyatidagi demokratik o’zgarishlar. XX asrning oxirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o’zgardi. Sovet Ittifoqi xalqlari hamda sobiq “sosialistik hamdo’stlik”dagi boshqa davlatlar bir paytiyaviylik tizimi va markazdan turib rejalashtirish iqtisodiyotidan voz kechishdi. Oqibatda dunyoda antogonistik ijtimoiy-siyosiy tuzumlarning global qarama – qarshiligi tarham topdi va dunyo siyosatida demokratik jamiyatlarsalohiyati ancha oshdi. Yevrosiyo hududida, jumladan, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari, shuningdek, sobiq Sovet Ittifoqi davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy – siyosiy tuzumning demokratik shakliga o’tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni muvafaqqiyatli yakunlansa Yevropa, Shimoliy Amirika, Yevrosiyoda bir – biriga yaqin ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi, bir – biriga o’xshash qadriyatlarga e’tiqod qiluvchi, shu jumladan, global dunyo siyosati jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi. “Birinchi” va “ikkinchi” dunyolar o’rtasidagi qarama – qarshilikka barham berilganda so’ng avtoritar tuzumlar Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyodagi o’z tarafdorlarini qo’llab – quvvatlashdan to’xtatilar. Negaki, bu davlatlar mafkuraviy ittifoqdosh sifatida o’z qiymatlarini yo’qotishdi va natijada moddiy hamda siyosiy yordamdan mahrum bo’lishdi. Oqibatda Somali, Liberal, Afg’onistonda bo’linish vujudga keldi va fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Boshqa davlatlarning ko’pchiligi esa, masalan, Efioniya, Nikaragua, Jozoir avtoritarizmdan voz kecha boshlandi. Aytib o’tish lozimki, demokratik yetuklikning bir necha darajasiga ega. Bu fransuz hamda amerika inqilobi davrlaridan boshlab, bugungi kungacha demokratik jamiyatning rivojlanishida yaqqol namoyon bo’ldi. Qator Afrika mamlakatlari yoki sobiq Ittifoq o’rnida paydo bo’lgan yangi mustaqil davlatning ayrimlarida muntazam, ko’ppartiyaviylik saylovlari ko’rinishiga ega bo’lgan demokratiyaning ikl shakllari, aytaylik, G’arbiy Yevropa tipidagi yetuk demokratiya shakllaridan anchagina farq qiladi. Agar Linkolnning demokratiyaga bergan “xalq saylagan va xalq manfaatlariga muvofiq amalga oshiriladigan xalq boshqaruvi” ta’rifidan kelib chiqadigan bo’lsak, eng ilg’or demokratiyalar ham mukammal emasdir. Albatta, ko’p narsa “demokratik” va “urush” tushunchalarining qanday ta’riflanishiga bog’liq. Davlat, qachonki uning ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlari saylovlar yo’li bilan shakllantirilgan bo’lsa, demokratik hisoblanadi. Bu degini, ana shunday saylovlarda eng kamida mustaqil ikkita partiya ishtirok etsa, katta yoshdagi aholining kamida yarmi ovoz berish huquqiga ega bo’lsa va hokimiyatning bir partiyadan ikkinchiga o’tishi kamida bir marta konstituson yo’l bilan amalga oshirlgan bo’lsa... Jahon tarixining tadqiq etilishi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratiyalar avtoritar tuzumlar bilan urush olib boradilar va juda ko’p boshqa demokratik davlat bilan ziddiyatlarga bosalar ham, hyech qachon bu narsa urushgacha yetib bormagan. Veyetfal tizimi mavjud davr mobaynida demokratik davlat o’rtasidagi munosabatlar tor doirada bo’lganligi va ularning hamjihatligini ko’rsatuvchi tanqidchilarda bunga ma’lum bir asos bor ekanligini tan olish zarur. Avtoritar davlatlar tomonidan tahdidning yo’qolishi yoki kamayishi bilan demokratik davlatlar bir – birlari bilan munosabatda o’zlarini qanday tutishlari ham no’malum. Agar XXI asrda ham demokratik davlatlarning o’zaro tinch munosabatlaridagi qonuniyat buzilmasa, unda hozir dunyoda ro’y berayotgan demokratiyaning kengayishi dunyo global zonasining ham kengayishini anglatadi. Ehtimol, yangi shakllanayotgan xalqaro munosabatlar tizimining Veyetfal tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan mana shundadir. XX asr tajribasi ko’rsatmoqdaki, kommunistik tizim muqarrar ravishda shunday tashqi siyosatni ishlab chiqardiki, u demokratik jamiyatlar siyosatiga zid bo’ldi. Bunday ziddiyatning mavjudligi ular o’rtasidagi harbiy mojaroni keltirib chiqarishi mumkinligi va ular o’rtasida munosabatlar bo’la olmasligi xususidagi fikrlar asoslangandir. Hozirgi kunda avtoritar tuzumda bo’lgan davlatlar orasida alohida o’rinni esktemistik mazmundagi “islomiy” mamlakatlar – Eron, Sudan, Afg’oniston egallaydi. “Islom fundamentalizmi” nomi bilan ataluvchi islom eksterimizmi xalqaro siyosiy harakati dunyo siyosatiga bu davlatlar o’z ta’sirini o’tkazishi uchun imkon brmoqda. G’arb demokratiyasini inkor etuvchi hamda zo’ronvonlikka yo’l qo’yuvchi ushbu mafkuraviy oqim so’nggi yillarda Yaqin Sharqning ko’pgina mamlakatlari aholisi va musulmon aholisi yuqori bo’lgan boshqa davlatlarda keng tarqalgan. Demokratik davlatlar bilan hamkorlik qilishga intilayotgan kommunistik tuzumdagi davlatlardan farqli o’laroq, islom siyosiy esktremizmi dinamik va Saudi Arabiston, Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligiga katta xavf tug’dirmoqda. Avtoritar davlatlarning saqlab qolishni yoki ular sonining ortishi, ehtimol, ular o’rtasidagi, shuningdek, demokratik dunyo bilan o’rtalarida harbiy to’qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Albatta, xalqaro munosabatlarning kelgusidagi rivojini tadqiq etishda demokratiya o’rtasidagi munosabatlar qonuniyatlarini, demokratiyaning avtoritar tuzumlarga ta’sirini yaxshilab tahlil etish lozim bo’ladi. O’zbekiston Respublikasiningdiplomatik aloqalarida demokratik tamoyillar Xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan demokratik qadriyatlar, xalqaro huquq asosida o’z tashqi siyosatini yuritish, munosabatlarda kuch ishlatmasdan muzokalar yordasida muammolarni hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va davlatning suvereniteti hududiy yaxlitligini hurmat qilish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston o’z diplomatiyasini yuqoridagi qadriyatlar asosida olib bormoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvini ta’minlashda korporasiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik ijobiy samara bkrmoqda. O’zbekiston xalq xo’jaligidagi aniq loyihalarga sarflanayotgan xorijiy sarmoyalar miqdori yildan – yilga ortib borayapti. Keyingi yillarda qad ko’tarilgan zamonaviy inshootlar va yirik korxonalar bunga misol bo’la oladi. O’zbekistonda investision muhitni shakllantirish, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyot vujudga keltirish bo’yicha aloqalar rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni izchillik bilan davom ettirilmoqda. Ayni paytda, mamlakatni dahon bilan bog’lovchi kommunikasion tizimlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. Chet ellardagi taniqli iqtisodchilar, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari va mutaxassislari, yozuvchilar va jurnalistlar bu tadbirlar tufayli O’zbekiston yaqin kelajakda mintaqadagi eng ilg’or davlatlardan biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar. O’zbekiston bir qator xalqaro tashkilotlar – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, Yevropa ittifoqi, NATO bilan esa maxsus bitimlar asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, NATO bilan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalarimiz mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga munosib hissa qo’shmoqda. AQSh va boshqa yetakchi davlatlar askarlari bilan birgalikda har yili o’tkazilayotgan harbiy mashqlar qurolli kuchlarimiz uchun o’ziga xos mahorat maktabini o’tayapti. Yevropaga xavfsizlik va hamkorlik tashkilotlariga a’zo davlatlar rahbarlari va hukumat boshliqlarining Istambul shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi davrimizning eng muhim anjumanlaridan biri bo’ldi. Respublikamiz Prezidentining mazkur anjumandagi nutqi aniq takliflari va mulohazalari bilan yig’ilganlar e’tiborini qozondi. Ayniqsa terrorizmga qarshi kurash bo’yicha xalqaro markaz tashkil etish borasidagi taklif ko’plab davlatlar tomonidan qo’llab- quvvatlandi. Mustaql davlatlar hamdo’stligi doirasida ana shunday markazning tashkil etilishiga ham O’zbekiston rahbarining taklifi sabab bo’ldi. Yevropa itifoqi bilan 1996 yilda imzolangan sheriklik va hamkorlik haqidagi shartnoma 1999 yilning 1-iyulida kuchga kirdi. Mamlakatimizning Yevropa davlatlari bilan keng miqyosli aloqalari uchun qulay imkoniyat vujudga keldi. Tabiiyki, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg’or davlatlarning demokratik jamiyat qurish borasidagi tajribalari, ishlab chiqarishdagi ilg’or texnologiyalari biz uchun muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda Markaziy va Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari – Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy va boshqa davlatlar bilan aloqalarimiz kengaydi. O’zaro manfaatli hamkorligimiz samaralarini birga qurilayotgan korxonalarda, qad ko’tarayotgan inshootlarda, bozorlarimizdagi xilma-xil mahsulotlarda ko’rish mumkin. O’zbekistonning jahon hamjamiyatida erishgan yutuqlari. Bugungi kunda O’zbekistonda demokratik jarayonlarni shunchaki e’tirof etish emas, balki uni har tomonlama rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Chunki demokratik qadriyatlarning rivojlanishi davlatning, xalqning taraqqiyotiga olib keladi. Demokratik qadriyatlarni himoyalash esa muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun O’zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo’nalishlardan biri – mintaqali xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqlar tinchligiga rahna soluvchi terrorizmning har qanday ko’rinishiga qarshi qat’iy kurash olib borishdan iborat. Davlatimiz ana maqsad yo’lida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, bir qator davlatlararo va nohukumat xalqaro tashkilotlar bilan keng qamrovli aloqalarni izchil rivojlantirib bormoqda, ayni vaqtda bu tashkilotlar ishida faol ishtirok etib bormoqda. Jahon hamjamiyati O’zbekistonning mintaqa xavfsizligini ta’minlash, nizolarni siyosiy soralar bilan bartaraf etish, Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan holi hudud deb e’lon qilish, narkobiznesga qarshi kurashda sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish borasidagi konstruktiv tashabbuslarini qo’llab-quvvatlamoqda. O’zbekiston poytaxti Toshkent bugungi kunda nufuzli xalqaro tashkilotlar ishtirokida kechadigan muhim xalqaro anjumanlar markaziga aylandi. Mazkur anjumanlarda qabul qilingan hujjatlarning ahamiyati va dolzarbligi jahon hamjamiyati, jumladan, BTM Xavfsizlik kengashi tomonidan e’tirof etilayotganligi O’zbekistonning xalqaro siyosatidagi nufuzi ortib borayotganligidan dalolatdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so’zlagan nutqida Markaziy Osiyoning yadrosiz zona, deb e’lon qilish tashabbusini ilgari surdi. «Hozirgi zamon voqyeligi shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta’minlanishi mumkin emas, - dedi Yurtboshimiz o’z nutqida, - mintaqa xavfsizligini bugun jahon xavfsizligi muammolaridan ajratgan holda ko’rib bo’lmaydi. Shunga asoslanib, O’zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hyech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi… O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona, deb e’lon qilinishining qat’iy tarafdoridir». Mazkur tashabbus Prezidentimizning 1996 yil dekabrda bo’lib o’tgan YeXHT Lissabon uchrashuvida so’zlagan nutqida yana bir bor yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi. Anjuman qatnashchilari Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb e’lon qilish haqidagi fikrini katta qoniqish bilan kutib oldilar. 1997 yil aprel oyida Jeneva shahrida Markaziy Osiyodagi besh davlat ekspertlari mintaqaviy guruhining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. O’sha yili iyun oyida O’zbekiston hay’ati birinchi bor atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilari kengashining Vena shahrida bo’lib o’tgan navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. O’zbekiston hay’ati rahbarining rasmiy bayonotida O’zbekiston Respublikasi va mintaqadagi boshqa davlatlarning yadrosiz zona tashkil etish borasidagi qarashlari bayon etildi. 1997 yil 14-16 sentyabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo – yadro qurolidan holi zona» mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Islom Karimovning mazkur anjumandagi nutqida bayon etilgan yadroviy xavfsizlikni ta’minlash choralari haqidagi fikrlari anjuman qatnashchilari tomonidan to’la qo’llab-quvvatlandi. Xo’sh, «yadrosiz zona»ning qanday mezonlari bor? Xalqaro amaliyotda bunday hududlarni belgilashning yagona mezoni yo’q. Chunki har bir mintaqa o’z xususiyati va ahamiyatiga ega. Ammo tadqiqotchilar yadrosiz zona tushunchasini shunday izohlaydilar: «Yadrosiz zona qurol-yaroqlarni cheklash, yadroviy nizo chiqishi xavfini kamaytirish, mazkur zonaga kiradigan mamlakatlar xavfsizligini mastahkamlash va 1968 yilda imzolangan yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaning hayotga tadbiq etilishiga ko’maklashish vositasidir. Xalqaro shartnoma asosida yadro qurolini sinash, ishlab chiqarish va joylashtirish taqiqlangan, shuningdek, uning hududida va unga qarshi yadro qurolini qo’llash taqiqlangan zona – yadrosiz zona hisoblanadi». Hozirgi paytda to’rtta yadrosiz zona mavjud – Antraktida (shartnoma 1961 yil 23 iyunda kuchga kirgan), Lotin Amerikasi (shartnoma 1969 yil 25 aprelda kuchga kirgan), Tinch okeanining janubiy qismi (shartnoma 1986 yil 11 dekabrda kuchga kirgan), Afrika qiasi. Barcha zonalar haqidagi shartnomalar O’zbekiston Respublikasi tomonidan e’tirof etilgan. Shimoliy Yevropada, Markaziy va Janubiy Osiyoda, Yaqin Sharqda yadrosiz zonalar barpo etish g’oyalari mavjud. Bundan maqsad, yadro quroli mavjud bo’lgan hududlarni cheklash, yadro urushi xavfini kamaytirishdir. Markaziy Osiyoda yadrosiz zona barpo etish haqidagi O’zbekiston tashabbusi BMT va jahon jamoatchiligi tomonidan to’la qo’llab – quvvatlanmoqda. Bu taklif BMT Bosh Assamleyasining sessiyalarida muhokama qilindi va maxsus revolyusiya qabul qilindi. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish faqat mintaqadagini emas, balki jahonda ham tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda jahon hamjamiyatida iqtisodiy, harbiy qudrat bilan birgalikda mamlakatdagi demokratik jarayonlarning xarakteri bilan davlatlarning obro’ – e’tibori belgilanmoqda. Shu jihatdan olganda, O’zbekistonda bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin egallashga va milliy manfaatlarimiz asosida tashqi siyosat yuritishga imkoniyat yaratmoqda. XX asrning oxiri inqiloblar yuz yilligi jahon sahnasida sosialistik tuzumning yemirilishi bilan yakun topdi. Sobiq «qizil imperiya» hududida xalqaro to’laqonli subektlari - yangi mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Shular qatori, uzoq davlatchilik tarixiga ega O’zbekiston Respublikasi ham o’z milliy taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Qadimgi madaniyat o’choqlaridan biri bo’lgan yurtimiz yana jahon hamjamiyati va uning ajralmas qismiga aylandi. Mustahkam xavfsizlik, izchil iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay shart- sharoitlar yaratish, aholi turmush darajasini ko’tarish konstitusion tuzum asoslarini mustahkamlash, millatlar ahilligi, xalqlar do’stligi, fuqarolar erkinliklari va haq- huquqlarini muhofaza qilish tashqi siyosatning asosiy maqsadlaridir. Ana shu maqsadlarni ro’yobga chiqarish, jahon hamjamiyati bilan tabiiy alohalarni yo’lga qo’yish istagi tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatning milliy mexanizmlari tashkil qilindi. O’zbekiston ko’p tomonlama aloqalar bilan ikki tomonlama munosabatlarni ham rivojlantirib bormoqda. Yevropa davlatlari va AQSh mamlakatimiz tashqi siyosatida alohida o’rin tutadi. 1996 yili Florensiyada O’zbekiston Respublikasi va Yevropa ittifoqi o’rtasida Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimning imzolanishi mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan munosabatlaridagi burilishi nuqtasi bo’ldi. Shunday qilib hozirgi kunda O’zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o’rin egalladi va Markaziy Osiyodagi yetakchi davlat sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday obro’-e’tibor tarixiy davlatchiligimiz, ma’naviyatimiz va oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga hamohangdir. O’zbekiston o’zining tinchliksevar, barqarorlikka asoslangan tashqi siyosatini davom ettiradi. Buning uchun yetarli siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy imkoniyatlari mavjud. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling