Sport mashqlari texnikasi -mashq bajarilishi ratsional va effiktiv
usullaridan biri bo’lib, sportch indivudual xususiyatlari va mashq bajarilishi
sharoitlarini hisobga olgan holda yuqori sport natijasiga erishish imkoniyatini
beruvchi usuldir. Ison harakatlari texnikasi fizalogik asoslari ko’ptarmoqlardir. U
o’z ichiga organizim turli tizimlari tug’ma funksional bog’liqliklari, hamda ular
orasidagi o’zaro ta’sir va ortirilgan boshqarish formalarini qamrab oladi. Harakat
texnik asosini shakillantirishda harakat faoliyatining tuf’ma mexanizimlarini,
hamda harakatni uyg’unlashtiruvchi fizalogik mehanizimlarni hisoblash zarur
bo’ladi.
Texnik tayyorgarlik -muayan sport turi xususiyatlariga mos va yuqori
sport natijalariga qaratilgan tizim (sport turi texnikasi) sportchilar tomonidan
o’zlashtirilganligi darajasini ko’rsatadi. Texnik tayyorgarlikni aloxida ko’eib
chiqish mumkun emas, u bir butunlikni tashkil etib, undagi texnik echimlar
sportchining jismoniy, ruhiy, taktik imkoniyatlari, hamda sport mashqlari
bajarilayotgan tashqi muhit sharoitlari bilan o’zaro bog’liqdir. Texnik tayyorgarkik
tuzilmasida asosiy va qushimcha harakatlarni ajrata bilish muhim. Bazaviy
asoslar sirasiga mazkur sport turi texnik ta’minoti asosini tashkil etuvchi
harakatlar kirib, ularsiz muvofiq qoidalarga rioya etilgan holda musobaqaviy
ko’rash amalgam oshirilishi mumkun emas. Bazaviy harakatlar uzlashtirilishi u
yoki bu sport turida ixtisoslashuvchi sport uchun majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |