Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat
Download 308.47 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida badiiy tasvir vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: prof.A.Abdusaidov
- SAMARQAND - 2011 2 Reja
- Til-millatning qalbi. Uni asrab-avaylash har bir kishining insoniy burchidir. Til qudratli qurol, mohirona
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
- Bitiruv ishining maqsad va vazifalari
- Mavzuni o’rganilish darajasi.
- Ishning ilmiy ahamiyati
- I bob Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish
1
TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
O’ZBEK TILIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI MALAKAVIY BITIRUV ISHI Bajardi: Begimova N. Ilmiy rahbar: dots.Usmonov Q. Malakaviy bitiruv ishi o’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2011–yil 20-maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiy
a etildi (bayonnomasi №___) Kafedra mudiri: prof.A.Abdusaidov Malaviy bitiriv ishi YaDAKning 2011-yil ----- iyundagi majlisidahimoya qilindi va ----- foizga baholandi (bayonnoma № ___)
YaDAK raisi: A’zolari:
SAMARQAND - 2011 2
Kirish Ishning umumiy tavsifi. I bob Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish. 1.1. Uslubiyatdagi badiiy tasvir vositalarining nutq madaniyatida tutgan o’rni; 1.2. Ko’chimlar. Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish va uning qo’llanilishi; II bob O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishga misollar. 2.1. O’tkir Hoshimov va uning tilshunoslikda tutgan o’rni; 2.2. “Tushda kechgan umrlar” romanidagi o’xshatishga misollar va ularning tahlil talqini; Umumiy xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 3
asrab-avaylash har bir kishining insoniy burchidir. Til qudratli qurol, mohirona foydalanilsa,u mo’jizalar yaratadi . G’afur G’ulom Kirish Mavzuning dolzarbligi. Til millatning qalbi bo’lib, u o’zgaruvchan, doimiy harakatdagi hodisadir. Tilning o’zgarishi nutq jarayonida, qo’llanilishda, pragmatik imkoniyat sifatida namoyon bo’ladi. Keyingi yillarda tilshunoslikda badiiy tasvir vositalari gullab yashnadi.Uslubiyat mazmunan boyidi va ko’p qirralari tilshunos olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar natijasida ochib berildi. Til katta-kichikligi, eski-yangiligidan qat’iy nazar har qanday millat o’zligining mustahkam qurg’onidir. Milliy o’ziga xoslik ko’proq tilda namoyon bo’ladi. O’zbek tilimizning davlat tili martabasini olishi millatning mustaqilligiga erishish sari qo’yilgan ilk qadam bo’ladi. O’tgan asr oxirida o’zbek xalqi hayotida ikki muhim voqea yuz berdi. Biri 1989-yili 21-oktabrda til mustaqilligiga, ikkinchisi 1991-yil 1-sentabrda davlat mustaqilligiga erishdi. Til mustaqilligi xalqimiz ong-shuurini yangi o’zanga solib yubordi. O’zligimizni anglay boshladik. Barcha sohalarda o’zbek tilida darslik va qo’llanmalar yozish mumkinligi isbotlandi. Tasviriy vositalarning vujudga kelishi tilning pragmatik xususiyatlaridan biridir. Badiiy asarning til vositalarini o’rganish, til boyliklari, shu jumladan yozuvchining uslubini o’rganish bilan chambarchas bog’liqdir. Badiiy asarda 4 so’z faqat ifoda vositasi bo’lmay, balki u hayot haqiqatini obrazli ko’rsatish, tasvirlanayotgan voqeani estetik baholash uchun ham xizmat qiladi, shu sababli so’z badiiy matnda faqat asarning mazmunini bayon etish hodisasi bo’lmay, ayni paytda muhim tasviriy vosita vazifasini bajaradi. Shunday tasvir vositalardan biri o’xshatish faqat she’riyatda emas,nasriy asarlarda ham keng qo’llanilishi isbotlandi.Shuning uchun men O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”asaridagi o’xshatishlarni to’liq o’rganishni vazifa qilib oldim va bu hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligi isbotlandi. Biz yashayotgan dunyo so’ngi yillarda nihoyatda o’zgarib ketdi. Xususan vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqelar yuz berdi, mamlakatimiz mustaqilikka erishib, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanladi, rivojlanishning o’zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zarurati dunyoqarashini tubdan o’zgartirish, eski aqidalardan tamoman vos kechish, istiqlol mafkurasini shakillantirish, xalq manaviyatini yuksaltirishni taqazo etmoqda. Bunda ijtimoy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Islom Karimov to’g’ri ta’kidlaganidek, ,,Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki, inson dunyo qarashi shakillanishida ma’rifatning xususan ijtimoiy fanlarning o’rni beqiyos. Bu jamiyatda tilshunoslik bo’ladimi, tarix, falsafa, siyosatshunoslik bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi-ularning barchasi odamning intellektual kamolatga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega’’
1 . Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so’ng til va tilshunoslikni rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Jahon tilshunosligi taraqqiyoti tarixini ko’zdan kechirish, undagi eng qimmatli lingvistik an’analarni rivojlantirish muayyan sabablar bilan bog’liq.
1
газетаси мухбири саволларига жавоблар. –Тошкент:Ўзбекистон , 2000, 33-бет. 5 a) tilshunoslik yutuqlariga nisbatan bo’lgan lingvistik munosabatlarga barham berildi; b) strukturalizm va uning ko’rinishlariga ijtimoiy yondashuv vujudga keldi; v)
hozirgi zamon tilshunosligining ko’pgina hal qilinmagan muammolarini o’rganish uchun o’tmish tilshunosligi yutuqlarini tanqidiy nuqtai nazardan ko’zdan kechirish lozimligi amaliy jihatdan isbotlandi; Tilshunoslik tarixi shundan dalolat beradiki, lingvistik nazariyalar
taraqqiyoti eng muhim falsafiy oqimlar rivojiga antik davrdan to shu kunga qadar asosan mos keladi. 2
Bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Malakaviy bitiruv ishining bosh maqsadi o’rganish obyekti qilib olingan o’zbek tilining badiiy tasvir vositalarini to’liq o’rganib chiqish va ulardan o’xshatishga to’xtalib, badiiy asarlardan misollar to’plab kortatika qilish va tahlil talqinini berish. Badiiy asar tilida tasviriy vosita juda qadimiy va keng qo’llanuvchi lingvistik xususiyatdir. Unda tilning rang-barang uslubiy imkoniyatlari o’z ifodasini topadi. Davrlar o’tishi bilan ijtimoiy-siyosiy hayotda yangilanish bo’lgani sari badiiy tilda ham yangicha jilolar paydo bo’ladi, tasviriy vositalar yangicha mazmun kasb etadi, tilning o’ziga xos uslubiy buyoqlarini namoyon etadi. Shu sababli ham sintaktik figuralar va troplarning yozuchilarning tili va uslubi doirasida o’rganish filologiya, xususan tilshunoslik fani oldida hamisha dolzarb va muhim masalalardan biri bo’lib qoladi. Shuning uchun ham tilshunoslikda badiiy tasvir vositalarini o’rganishga katta e’tibor bilan qaralmoqda.
2
6 O’zbek adabiy tilining keyingi taraqqiyoti uning vazifaviy doirasining kengayib borishi bilan xarakterlanadi. O’zbek tilshunosligida vazifaviy uslublarni o’rganish, tilning uslubiy tomonlarini belgilash bo’yicha bir qancha tadqiqotlar qilingan.
hali ko’p qirralari ochilmagan sohalaridan biridir. O’zbek tilshunosligida badiiy adabiyot tili muammolari bilan shug’ullanishning jiddiy tus olishi,badiiy tasvir vositalarining adabiy asarda namoyon bo’lish xususiyatini tobora oydin tasavvur qilishga ko’maklashmoqda. O’zbek tilshunosligida ham bu sohada anchagina ishlar qilingan.Ulug’ ustozlarimizdan Qo’ng’urov R., O’rinboyev B., Begmatov E., Rustamov A., Sodiqova M., Yo’ldoshev B., Karimov S.lar bu sohada doktorlik dissertatsiyalarini, Shoabdurahmonov Sh., Shukurov L., To’ychiyev M., Jo’rayev T., Suvonova R., O’rinboyeva D., Pardayev A. kabilar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. Uslubiyat tilning murakab tomonlarini o’rgatadi, shuning uchun ham u fonetika, leksikologiya, grammatika bilan chambarchas bog’liq. Uslubiyatning vazifasini prof. Yefimov I. o’zining “ Стилистика русского языка” asarida shunday ko’rsatadi: “Stilistikaning bosh vazifasi tasviriy vositalarning badiiy va boshqa asarlarning stilida qanday funksiyani bajarishni o’rganishdir. Stilistik funksiya deganda esa, so’zlar, iboralarning tasvirlaydigan roli, ijtimoiy sharoitga bo’g’liq bo’lgan ishlatish maqsadini anglatishni tushunmoq lozim. 3
Uslubiyat-nutqning eng yaxshi va muvofiq vositasini tavsiya etadi, me’yor qilib belgilaydi. Nutqning turli uslubiy qatlamlarida qo’llanadigan vositalarini belgilab beradi. Shunga ko’ra uslubiyat so’z san’ati ifoda vositalari haqidagi alohida bir fandir.
3 Ушбу ҳавола Қўнғуров Р.нинг Ўзбек тили стилистикаси (Тошкент: Ўқитувчи , 1982.- 167 бет) k итобидан олинди. 7 Ana shu fan haqidagi tushunchalarimizni boyib borishida tilshunos olimlarimiz va yozuvchilarimizning xizmatlari beqiyosdir. Ularning katta mehnati tufayli o’zbek tilining ko’pgina sohalarida qat’iy me’yorlar belgilandi, til birliklarining aloqa jarayonidagi lisoniy na’munalari tavsiya etildi. Til taraqqiyotidagi ko’pgina masalalar ilmiy-nazariy asosga qo’yildi. Masalan: Dastlab o’zbek tilida tasviriy vositalar, ko’chimlar bo’yicha hal qilinadigan masalalariga kam e’tibor berilar edi. Keyinchalik bu sohalardan biriga aylanib bordi. Bu soha bo’yicha tilshunoslik va adabiyotshunoslikda qator asarlar yaratildi. Badiiy asar tiliga bag’ishlangan va uslubiyat nuqtai nazaridan bajarilgan ilmiy ishlar ichida tasviriy vositalar, ma’no ko’chishning turli yo’llari tadqiq etilgan tadqiqotlar bizning e’tiborimizni tortadi. Ayniqsa uslubiy tomonlarini belgilash bo’yicha bir necha tadqiqotlar olib borildi. Buning natijasi o’laroq ilmiy asarlar va ilmiy maqolalar maydonga keldi. Shular asosida o’zbek tili uslubiyati mustaqil fan sifatida shakllana bordi. O’zbek tili uslubiyati o’zbek tilshunosligining kam ishlangan
sohalaridan biri desak xato qilmaymiz. Tilning ifoda tasviriy vositalari ham uslubiyatning eng muhim o’rganish lozim bo’lgan soholaridan biri hisoblanadi. Uslubiyat tilshunoslikning qiziqarli sohalaridan biri bo’lib, u olimlar diqqatini o’ziga jalb qilmoqda. Rus tilshunosligida akademik Vinogradov V., professorlar Yefimov A, Gvozdev A., Rozental D., Golperin R., Budokov R. kabi tilshunoslarning uslubiyatga doir qator monografiyalari, maqolalari metafora, metanimiya va sinekdoha kabi tasviriy vositalar va o’xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish ham mas’uliyatli, ham qiziqarlidir. Men ushbu bitiruv ishimning rahbari dots. Suvonova R. bilan hamkorlikda o’zbek tilshunosligi kafedrasining tavsiyasiga binoan “O’tkir Hoshimovning Tushda kechgan umrlar romanida o’xshatishning qo’llanilishi” 8 mavzusida ish olib bordim. Yozuvchi mahorati bilan bog’liq tomonlarini izlanishlar natijasida yoritib berdim. Romandan o’xshatishga rang-barang va mazmunli misollar yig’dim. O’tkir Hoshimov mening sevimli yozuvchilarimdan biridir. O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida asosan Afg’oniston urushi voqealari tasvirlangan. Adib bu adolatsiz urushning butun fojeasini, g’ayriinsoniyligini tasvirlaydi. Mina portlaganda qo’li bir tomonga, boshi bir tomonga uchib ketgan yigitning jon taslim qilishi, yurtini sog’ingan askarning faqat o’limni tush ko’rishi, vayron bo’lgan afg’on qishloqlarining manzaralari kishi qalbini larzaga soladi. Ayniqsa, begunoh afg’on ayolini otib qo’yganda qanchalar gunohga botganini anglaydi. Iztirob, alam otashida yonadi. Otasini tuhmatlardan qutqarishga, sevgilisini baxtli qilishga ojiz Rustam o’z joniga qasd qilishdan boshqa iloj topolmaydi. Yozuvchi fojealarning ildizlari chuqur, hamma gap mustabid tuzumning mohiyatida ekanini ochib tashlaydi. Romandagi komissar obrozi orqali so’ngi ellik yil ichida yuz bergan zolimliklar nomoyon bo’ladi. Kollektivlashtirish yillardagi qatog’onlar, afg’on urushi va nihoyat “O’zbek ishi” degan jirkanch tuhmat, biz sig’ingan tuzum adolatsizlik va zulum poydevori ustiga qurilgani va nurab, yer bilan yakson bo’lish arafasida oxirgi nafasini olayotgani juda ishonarli tasvirlanganiga iqror bo’lamiz. Bu asar voqealarida qo’llangan badiiy tasvir vositalari juda ixcham va origenal berilgan asardan o’xshatishlarga ko’plab misollar to’pladim va ularni tahlil tartibini berdim. Shu bois tilshunoslikning muhim sohasi bo’lgan uslubiyatda O’tkir Hoshimov romanlar tiliga murojaat etilmoqda. Tasviriy vositalarning bir turi hisoblangan o’xshatishni kuzatish, uning uslubiy xususiyatlarini tadqiq etishda o’zbek tilshunosligi fanidan yaratilgan mavjud ilmiy manbalarga tayanishga harakat qildik. Ilmiy ishlarga fikr 9 bildirish ham mashaqqatli ish. Bizning maqsadimiz yozuvchi O’tkir Hoshimovning romonidan o’xshatishlarga rang-barang misollar topish, ularning tahlili va ma’no turlariga ajratib o’rganishdir. O’xshatishni tasviriylik bilan bo’lib tahlil qilib berish bizning maqsadimizdir. Bitiruv ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iboratdir. O’zbekiston mustaqillikning 20 yillik davonidan misilsiz muvoffaqiyat bilan o’tmoqda.Bu muvoffaqiyat ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida o’z kurtagini tugdi va qiyg’os ochildi.Jumladan tilimizda ham sezilarli darajada katta o’zgarishlar yuz berdi. Men ham ushbu bitiruv ishimni mustaqillikning 20 yillik to’yiga tuhfa sifatida tayyorladim.Uslubiyatda badiiy tasvir vositalarining o’rganilishida o’xshatishga doir misollar kelgusida talabalar uchun xizmat qiladi va ularni yangi izlanishlarga chorlaydi. Bu muvoffaqiyatlarning zarvorli salmog’i hech bir istesnosiz, hayotimizning barcha sohalarida-iqtisodiyotda ham, ijtimoiyotda ham, ma’rifat-u ma’naviyatda ham torozi pallasini ro’yirost bosib turibdi. Ana shunday
muvoffaqiyatlarning eng muhtashamlaridan biri, shubhasiz,
xalqimizning aqliy va ruhiy dunyosining oynasi, dunyolarga bermaydigan bebaho boyligi bo’lgan, ammo asrlar davomida qizil va yana qancha ranglardagi istebdod iskanjasida to’lg’onsa –da, badiiyatning betakror bo’stonini bunyod etmoqqa tuganmas kuch topgan tilimiz-o’zbek tili o’zining erkin taraqqiyot o’zaniga tushub olib, bu oydin yo’ldan hadiksiz va hormay odimlamoqda. Tilimiz qorong’i kechadan kuduzga ko’chdi. Istiqlol tufayli uning jasur me’mori bo’lmish Yurtboshimiz tashabbusi bilan o’zbek tili o’z nufuzi va obro’yini tikladi. Bugun O’zbekistonda Yurtboshimiz rahnamoligida benihoya xolis va odil til siyosati shakllangan, bu siyosatni hayotga joriy qilish borasida ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 10
Prezidentimiz I.Karimov O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’liga bag’ishlangan ma’ruzasida shunday degan edi: “Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo’lib, sobiq ittifoq porokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko’z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil va tadqiqot hozirgacha amalda yo’qligini afsus bilan aytishga to’g’ri keladi” 4
Ishning ilmiy ahamiyati. Bugun iftixor bilan takror va takror aytmoq lozimki, yuqorida qayd qilingan qiyinchiliklar istiqlol sharofati bois ham qorong’i kecha o’laroq, ham o’tib bo’lingan fursat o’laroq tarix qarida qoldi. Charog’on kunduz-la qovushgan o’zbek tili va tilshunosligining qaddi ham, qadri ham tamoman tiklandi. Bu muborak holat mumkinotining, nafaqat mumkinoti, balki muntazam ta’minotining tashabbuskori va posboni ham Yurtboshimizdir. U kishining ushbu so’zlarida tilimizga posbonlik va g’amxo’rlik yana bir bora o’zining yorqin ifodasini topgan: “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida tilimizni asrab avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o’ta muhim sohalarda ona tilimizning qo’llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug’atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so’z bilan aytganda, o’zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o’zlikni, vatan tuyg’usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz”. Prezidentimiz ayni paytda bizni jamiyatimizda til madaniyatini
4 Каримов И. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. 16- т .-Тошкент: Ўзбекистон, 2008, 4-бет. 11
oshirish borasida hali ko’p ish qilishimiz lozimligini ham unutmaslikka chaqiradi. Bunday haqqoniy fikrlar tilshunoslarni, umuman, ona so’z taqdiriga
daxldor har bir kishini yanada faolroq ishlashga, bu boradagi mas’uliyatni anglashga undaydi. 5
5 .Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. -Тошкент: Маънавият, 2008, 87-бет.
12
I bob Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish 1.1. Uslubiyatdagi badiiy tasvir vositalarining nutq madaniyatida tutgan o’rni Badiiy matnda ko’chimlar turli ko’rinishlarga ega bo’lib ularni ko’pchilik adabiyotlarda “troplar’ deb yuritiladi. “Ko’chimlar deyilganda adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma’noda ishlatilishi” 6 nazarda tutiladi.
So’z ma’nosining ko’chish jarayonlari turli ko’rinishlarda voqe bo’ladi, bu jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o’zbek tilshunosligida ancha batafsil o’rganilgan. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” qo’llanmasida ko’chimlar quyidagicha tasnif qilingan. 1. So’z ma’nosining miqdoriy ko’chishiga asoslangan ko’chimlar: a) giperbola b) meyozis. 2. So’z ma’nosining sifatiy ko’chishga asoslangan ko’chimlar a) metafora b) metonimiya v) ironiya. Boshqa tasvir vositalari mazkur ko’chimlarning ko’rinishi sifatida beriladi. “Simvol, jonlantirish, epitit, apastfora-metaforaning, perifraza, sinekdoxa, allegoriya, epitet-metonimiyaning; antifraza, sarkazm-ironiyaning; litota-meyozisning ko’rinishlaridir. Tasviriy vositalarning deyarli barchasida o’xshatish, chog’ishtirishdan iborat tushuncha yotadi.
6
Шомақсудов А.,Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси. –Тошкент: 1974, 236- бет.
13
Maxsus ifoda tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo’linadi. Maxsus ifoda-tasviriy vositalari tilda obrazlilik, hissiylik keltirib chiqaradi. Ulardan foydalanish bilan muallif tinglovchining sezgisiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari bayonda qisqalikka, aniqlikka erishiladi. Buning uchun esa ma’lum shart-sharoitlar kerak bo’ladi: birinchidan, notiq ifoda tasviriy vositalarning tabiatini, xususiyatini yaxshi tushungan bo’lishi kerak; ikkinchidan , ifoda tasvir vositalariga, nutqni bo’yash, haddan tashqari ko’p o’rinli-o’rinsiz murojaat qilmasligi kerak. Ularning ishlatish o’rni, payti vazifasini yaxshi tushunish kerak. Aks holda nutq madaniyati buziladi, tinglovchi yoki o’quvchida o’sha nutqga u orqali muallifga nisbatan salbiy munosabat uyg’onishi mumkin. Ifodalilik ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash niyatida, biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish, o’xshatish yoki so’zlarni shu maqsadda ko’chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi. 7
allegoriya, jonlantirish, prafraza kabi usullar ko’chimlarning turlaridir. 8
Metafora – narsa-buyum, voqea – hodisalar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka asoslangan ma’no ko’chishiga metafora deyiladi. 9 Mumtoz adabiyotshunoslikda metafora “isteora” deb yuritiladi. Metaforaning ikki turini farqlash lozim. Lingvistik metafora, xususiy muallif metaforalari mavjuddir. Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti bilan bog’liq hodisa. Bunday metaforalar asosan nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda ekspressivlik, binobarin ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks etmaydi. Faqatgina ma’lum bir so’zning ma’no doirasi kengayadi. Masalan: odamning oyog’i – stolning oyog’i.
7 Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари.- Тошкент: Фан, 1992, 97- бет. 8
Шомақсудов А. ва бошқалар. Ўзбек тили стилистикаси.- Тошкент: Фан, 1983. 9
Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. -Тошкент: Фан; 1977. 14
Xususiy – muallif metaforalari yozuvchining estetik maqsadi, ya’ni borliqni subyektiv munosabatini ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga keladi. Metafora va o’xshatish konstruksiyasining o’zoro farqi haqida tilshunoslar o’zlarining fikrlarini aytib o’tishgan. 1. O’xshatishda so’zlar o’z ma’nosi bilan ishtirok etadi. Metaforada so’zlar ko’chma ma’noda bo’ladi. 2. O’xshatishda ikki komponent o’xshatiluvchi obyekt va o’xshovchi obraz qiyoslanadi. Metafora esa bir komponentli bo’ladi. 3. O’xshatishda maxsus ko’rsatkichlar bo’ladi; -dek, - day, - simon, kabi, singari va boshqalar. Metaforalarda bunday ko’rsatkichlar bo’lmaydi. Tilshunoslikda mazmuniy jihatdan metaforalarning uch turi ya’ni odatiy metaforalar, jonlantirish va uslubiy metaforalar farqlanadi. Jonlantirish – badiiy nutqda obrazlilik baxsh etuvchi muhim vositalardan biridir. Jonlantirish odamlarga xos bo’lgan xislatlarini jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvonot, parranda, qush kabilarga ko’chirish orqali paydo bo’ladigan tasvir usulidir. Tashxis – shaxslantirish. Jonsiz narsalarning insonlarday qilib tasvirlash. Jonsiz narsalarga insonlarga murojaat qilgandek munosabatda bo’lish ham jonlantirishning bir ko’rinishi hisoblanadi. Bu hodisa apastrofa deb yuritiladi. Masalan, “Bebosh yaproqlarning shivir – shiviri, mungli yomg’irkuyi, mayin- harir maysalar, injiq shamol, siz soddagina daraxtlarim va men egilishni eplolmagan asov g’alayon – hammamiz yolg’iz sog’inch bilan bog’langanmiz.
Intoq – nutq sohibi sifatida tasvirlash, insonlardek gapirtirish demakdir. Insonlarga xos ba’zi qusurlar, kamchiliklar, narsa-buyumlar misolida obrazli qilib ko’rsatib beriladi. Yevropa adabiyotshunoslik ilmida allegoriya deb atalgan bu ko’chim ham “gapirtirish” usuliga asoslanadi. Intoq jonlantirishda, narsa va buyumlar, hayvonlar insonlardek gapiradi. 15
Uslubiy metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa- tushuncha boshqa sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa tushunchaga o’xshatiladi.
Masalan: shirin tabassum, shirin gap ,yengil tabassum, yengil nigoh. Metonimiya – voqea – hodisa, narsa buyumlar o’rtasidagi o’zaro yaqinlik va bog’liqlik asosida ma’no ko’chishiga aytiladi. Masalan: Saroy tinch uyquda tun yarim. Bu misolda saroy so’zi orqali. “Saroydagi odamlar” ma’nosi ifodalangan.
Sinekdoxa – butun bo’lak munosabatiga asoslanuvchi ma’no ko’chishiga aytiladi. Adabiyotlarda “ko’plik o’rnida birlik yoxud birlik o’rnida ko’plik shakllarini qo’llash yo’li bilan ham sinekdoxalar yaratilishi mumkin. Masalan, qo’limni kesib oldim, daraxtlar sarg’aydi birikmalarida butunning nomi bilan bo’lak; tirnoqqa zor, jamoaning qo’li baland keldi kabi birikmalarda qismning nomi butun bilan ifodalanayapti.
Kinoya deb, til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko’chimga aytiladi. Yevropa adabiyotshunosligida bu hodisa “ironiya” atamasi ostida umumlashtiriladi. Uning antifraza (mas’hara, u yoki bu ijobiy xususiyatni kulgu, kalaka yo’li bilan inkor qilish) hamda sarkazm (zaharxanda ta’na, istehzoli piching, sha’ma) deb ataluvchi ko’rinishlari farqlanadi. Mohir so’z ustasi Abdulla Qahhor asarlarida kinoyaning nodir namunalarini uchratish mumkin.
Parafraza deb ataluvchi tasviriy ifodalar ham badiiy nutqning emotsional – ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri. Parafraza deb narsa va hodisani o’z nomi bilan emas, ularni xarakterli belgi- xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalashga aytiladi. Masalan: yoshlik sevgi fasli…
Mubolag’a va kichraytirish- narsa, voqea va hodisalarni, his tuyg’ularni o’ta bo’rttirib tasvirlash mubolog’a (giperbola) deyiladi. Mubolag’aga asoslangan ko’chim, badiiy matnga, nutq predmetiga nisbatan tinglovchi 16
e’tiborini tortish va nutqning emotsional – ekspressivligini ta’minlash maqsadi bilan kiritiladi. Hayot haqiqatga mos kelmaydi.
Kichraytirish (litota) – mubolag’aning aksi tushuniladi. Lekin mohiyati, e’tibori bilan ular qarama-qarshi hodisalar emas, har ikkisi ham voqelikni haddan tashqari kuchaytirib tasvirlashga xizmat qiladi. Litota biror bir voqelikni kichraytirish vositasida beriladi. 10
Masalan: Tilimni qichitma, jo’jaxo’roz! Bunda qarshisidagi insonni “jojaxo’roz” deb kichraytirish orqali uning kuchli ekanligi ta’kidlanayapti. Badiiy tasvir vositalarining barchasi nutqni ta’sirchan qilishga, obrazli ifodalashga xizmat qiladi.
O’zbek tilining ichki tuzilish xususiyatini o’rganish bilan birga 50- yillardan boshlab uning uslubiyatini o’rganishga ham e’tibor qaratila boshlandi. Bunday harakatning boshlanishida ham A.G’ulom va SH.Shoabdurahmonovlar turadi. A.G’ulom 1941-yilda nashr etgan “O’zbek tilida kelishiklar” asarida xalq dostonlarida kelishiklarning ishlatilishidagi o’ziga xos xususiyatlarga keng to’xtalgan bo’lsa, Sh.Shoabdurahmonovning “Ravshan dostonining tili va uslubi” (1949) mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasi ayni shu muammoga bag’ishlangan dastlabki monografiya sanaladi. Shundan buyon o’zbek tilining turli funksional uslublarining monografik tadqiqiga bag’ishlangan o’nlab asarlar maydonga keldi. Ular ichida I.Qo’chqortoyevning “Badiiy nutq stilistikasi” (1975), A.Shomaqsudov, I. Rasulov, R.Qo’ng’urov, H.Rustamovlarning “Ozbek tili stilistikasi”, R.Qo’ng’urovning “O’zbek tili stilistikasidan ocherklar” (1982), A. Shomaqsudovning “O’zbek adabiy tili stillari haqida” (1970), “O’zbek tili stilistikasi” (1974), B. O’rinboyevning “O’zbek tili so’zlashuv nutqi sintaksisi masalalari” (1974), “So’zlashuv nutqi” (1982), A. Mamajonovning qo’shma
10
17
gap stilistikasiga bag’ishlangan bir qancha asarlari, M. Rahmonovning “Turkiston viloyati gazetasi tili sintaktik xususiyati”(1971), Turdialiyevning gazeta tili morfologik xususiyatlariga” (1969), B. Yo’ldoshev, S. Karimovning badiiy uslub,B.Umrqulovning publisistik uslubga, Yo. Tojiyevning affikslar uslubiyatiga bag’ishlangan tadqiqotlari o’zbek tili stilistikasining takomillashuviga olib keldi. Toshaliyevning “O’zbek tili uslubiyati” (T, “Universitet”, 1996), “Adabiy tahrirlar mantiqiy asoslari” (T, Universitet”, 1999). E. Qilichevning “O’zbek tilining amaliy stilistikasi” (T, “O’qituvchi”, 1992), A. Shoabdurahmonov, I.Rasulov, R. Qo’ng’urov, H. Rustamovlarning “O’zbek tili stilistikasi” (1984)o’quv qo’llanmasining nashr etilishi oliy o’quv yurtlari filologiya fakultetlarida uslubiyat fanining o’qitilishini yaxshilashga imkoniyat yaratdi.
O’zbek badiiy nutqida qofiyaning o’rni, uning lingvistik tadqiq yuzasidan I.Mirzayevning xizmati katta bo’ldi. O’zbek tili uslubiyati bag’rida nutq madaniyati shakllana boshladi.
O’zbek nutq madaniyatining shakllanishida prof.E.Begmatovning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Uning rahbarligida yozilgan “O’zbek nutq madaniyati ocherklari”(1988) kitobida nutq madaniyati kursining o’rganish obyekti, mundarijasi, maqsad va vazifalari nazariy jihatdan asoslab berildi.
11
O’zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika- uslubshunoslik til birligining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli soha va vaziyatda qo’llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini aniqlash bilan shug’ullanadi. “Stilistika tilda mavjud bo’lgan barcha vositalar, leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, ma’lum bir tipdagi shakl, so’z va konstruksiyalardan qaysi birini qo’llash
11
Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. -Тошкент: Ўзбекистон , 2002, 214 –бет. 18
muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi. Me’yor qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qo’llanadigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko’ra stilistika so’z sa’nati ifoda vositalar haqidagi bir fandir”. Tildagi ana shunday muammolar bilan shug’ullanadigan uslubshunoslikning quyidagi yo’nalishlari mavjud: 1. Tilning leksik resurslarini o’rganuvchi yo’nalish. 2. Funksional stilistika-vazifaviy uslubshunoslik. 3. Badiiy adabiyot uslublari. 4. Amaliy uslubshunoslik. Mavzu nuqtai nazaridan bu o’rinda bizni vazifaviy uslubshunoslik qiziqtiradi. Kishilar o’z ijtimoiy faoliyatlarida, avvalo ularni o’z ihtiyojlaridan kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va qo’llaydilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko’rinishlarga ega bo’lishi sinonimik rang-baranglik shunday yo’l tutishga imkon beradi. Mana shu qatlam nutq jarayonida til birliklarining o’ziga xos uslubiy chegaralanishni taqazo qiladi. Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani- vazifaviy uslubshunoslikni vujudga keltirdi.
O’zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish amalda til va tildan tashqarida bo’lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning Baskakov N.A., Sulaymonov A., Shomaqsudov A., Abdurahmonov G’., O’rinboyev B, Muhamedov S. tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo’lib, ularda asosan beshta uslub-so’zlashuv, ommobop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar etirof etiladi.
Ular haqida bilimga ega bo’lish talabalarga ona tilimizning nutq jarayonlaridagi imkoniyatlarini o’rganishga ko’maklashadi.
O’zining boy tarixi va lug’at boyligiga ega bo’lgan o’zbek tili, o’z navbatida nutqiy jarayonda qo’llanishning ham bitmas-tuganmas imkoniyatlarga ega. O’zbek tilining hozirgi taraqqiyot bosqichi uning barcha 19
yaruslarida stilistik va tasviriylik imkoniyatlarining kengligidan dalolat beradi. Ta’lim jarayonida uning ana shu stilistik resurslar bilan tanishtirib borish, ulardan nutqiy jarayonda foydalanish singari o’rgatish fanni o’qitish oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Uslubiy resurslar o’zbek tilining barcha qatlamlarida bir xil emas. Tasviriylik oz yoki ko’p bo’lishidan qat’iy nazar, ularning barchasi muhim bir vazifaga-nutqning to’g’ri, aniq, mantiqiy ta’sirchan xullas, mukammal bo’lishiga xizmat qiladi. Shu yo’l orqali funksional jihatdan farq qiladigan har bir nutq uslubi o’zaro bog’liqlikda aniq ifoda bilan hamda tarixiy shakllangan va an’anaviy muomala muhiti bilan doimo aloqada bo’lgan tilning barcha sathlarida so’zlashishning alohida aktlari shaklida amalga oshiriladigan vositalar bilan yaratiladi. Nutq ta’sirchan, aniq, maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi uchun undan foydalanuvchi tilning stilistik resurslari va me’yorlarini yaxshi bilishi lozim” 12 . Tilshunosligimizning madaniy tarixi ulug’ mutafakkirimiz Alisher Navoiyga borib taqaladi. Ul zot tilshunoslik munosabatlarini belgilashda til va nutq munosabatini ochish, til va nutq birliklarini ma’lum darajada farqlash imkoniyatini berdi.
Hozirgi tilshunoslikda til va nutq bir-biridan izchil ravishda farqlanadi. Til va nutq munosabatini ochish lingvistik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Shu kunga qadar bu ikki hodisani bir-biridan farqlash dastlab mashhur nemis olimi Vilgelm Gumboldtdan boshlangan va u Shveysariyalik olim Ferdinand De Sossyur lingvistik ta’limotining asosini tashkil qiladi, deb hisoblab kelindi.
Lekin Alisher Navoiy asarlariga e’tibor berilsa, bu olim Vilgelm Gumboldt va F. De Sossyurlardan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir- biridan farqlaganini guvohi bo’lamiz, Alisher Navoiy imkoniyat tarzdagi so’z
12
Каримов С.А. Ўзбек тили услубшунослигининг ҳозирги босқичидаги муaммолари. // Маьрузалар матни. – Самарқанд, 2004, 68- бет. 20
(til birligi) sohibi ixtisos (so’zlovchi) tomonidan turli xil jilvalantirilishi (nutq birligi sifatida reallashtirilishi) mumkinligini bayon qilgan. “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida ta’kidlashicha, so’z go’yo durdir. Durning joylashish o’rni dengiz tubi bo’lsa, so’zning joylashish o’rni ko’ngildir(xotiradir).
“Dur g’ovvos yordamida dengiz tubidan tashqariga chiqarilib, jilvalantirilsa va g’avvosning qiymati javharni jilvalantira olish qobiliyatiga qarab belgilansa, so’z sohibi ixtisos tomonidan ko’ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so’z qo’llash mahoratiga qarab belgilanadi. Dengiz qarida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan durlar g’avvos yordamida harakatga keltirilsa, ko’ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi so’zlar ham so’zlovchi tomonidan nutqiy jarayonda o’z jilvasini topadi. 13
Badiiy asar matnini tahlil qilishning tilshunoslik fani manfaatdor bo’ladigan boshqa bir jihati bor va uni ikki yo’nalishga ajratib o’rganishga to’g’ri keladi. Birinchidan, badiiy asar matnidan tilni sinxronik va diaxronik yo’nalishda o’rganishda, tilshunoslikning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishda uning ma’lum darajadagi yoki hozirgi paytdagi ahvolini, taraqqiyot qonunlarini o’rganishda, turli kategoriyalarni ilmiy tahlil qilishda material sifatida foydalaniladi ikkinchidan, badiiy asar materialidan tilda yuz berayotgan sifat o’zgarishlari, ya’ni ma’no taraqqiyotini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Bunda tadqiqotchining o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqib, tildagi barcha birliklar qamrab olindi va ular alohida bir prizmadan- stilistik prizmadan o’tkaziladi. M.H.Kojina tabiri bilan aytganda bu tekshirish til birliklari ichiga vertikal kirib boradi. Bu tadqiqotlarda til vositalarining o’z birlamchi ma’nolari emas, balki matniy, nutqdagi qo’shimcha ma’nolari ularning bajargan vazifalari va bu bajargan vazifalarga qarab uslubiy chegaralanishlari o’rganiladi. Milliy til boyligini, uning bugungi ahvolini
13
21
belgilashda katta rol o’ynaydigan bu yo’nalishni lingvistik stilistika deb ataydilar. 14
Globallashuv jarayoni va til munosabatlari, davlat tilining mavqei, uning e’tiborini oshirishga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy omillarning xususiyatlari, yoshlar til ma’naviyati va nutq madaniyatiga “ommaviy madaniyat” ning ta’sirini o’rganish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Yoshlarni “Ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash milliy madaniyatimizning sofligi, qadriyatlar, an’analar, urf-odatlarimizning davomiyligi, umrboqiyligi uchun kurash hamdir.
Globallashuv jarayonida milliy tillarning istiqboli, jamiyatdagi mavqei, obro’-e’tibori to’g’risida tashvishli fikr-mulohazalar bildirilayotganligi bejiz emas. Chunki til ijtimoiy hodisa sifatida insonlarning turli sohalardagi faoliyatida muhim o’rin tutadi. Globallashuv, “ommaviy madaniyat” ijtimoiy hodisa bo’lgan til, xususan, davlat tilining mavqeiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalari, internetning roli nihoyatda oshib boraveradi. Chunki globallashuv axborot maydonining kengayishi va undan cheksiz foydalanish imkoniyatlarini beradi. Radio telivideniya boshlovchilari, jurnalistlar nutqining o’zbek adabiiy tili me’yorlariga mos bo’lishi yoshlarning savodxonligi, nutq madaniyatiga ijobiy ta’sir qiladi. 15
Download 308.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling