Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat
Download 308.47 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida badiiy tasvir vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Ko’chimlar. Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish va uning qo’llanilishi.
- II bob O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishga misollar.
14
15 Абдусаидов А.,Абдусаидов А.Тил маънавияти ва нутқ маданиятига «оммавий маданият»нинг таъсири «Стилистика ва прaгматика». Проф. С.Каримов таваллудининг 60 йиллигига бағишланган илмий-назарий конференция материаллари. -Самарқанд , 2010. 22
1.2. Ko’chimlar. Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish va uning qo’llanilishi.
O’xshatish- badiiy tasvir vosifalaridan biri bo’lib, obyektni orazli, ta’sirchan, konkret va ixcham ifodalash xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Sana’tkor qahramonlarni tasvirlashda ularning o’ziga xos individual xususiyatlarini ochishda, ruhiy holatlarni aks ettirishda, tabiat manzaralarini tasvirlashda o’xshatishlardan foydalanadi. Ularni konkretlashtiradi, bo’rttiradi. Kitobxonning diqqatini obrazning ko’rinmas tomonlariga jalb qiladi, asarning g’oyasini ochishga yo’naltiradi.
O’xshatish deb, bir predmet yoki hodisani ikkinchi bir predmet yoki hodisa bilan taqqoslanganda ularning shakli yoki mazmun tomondan obrazli o’xshashligiga aytiladi.
O’xshatish obyekti tasvirlamoqchi bo’lgan predmet, hodisa; o’xshatish obrazi- taqqqoslangan predmet, hodisalarning tasviriy vositasi, ikki predmet va hodisaning bir-biriga mos kelishidir.
O’xshatishlarni belgilashda asosan ana shu uch belgining roli katta. Masalan: Arava g’ijϊrlab borar, gap mavzudan-mavzuga ko’char, Turg’unoy gapga aralasholmay, bedalar ichida bir bog’ bedaday silkinib borar edi. (A. Qahhor, Hikoyalar, 29-bet). Bunda Turg’unoy-obyekt, bir bog’ beda-obraz, silkinish-belgisidir. Belgi obyekt va obrazlar bilan alohida bir sintaktik aloqani tashkil etadi. 16
Tashqi tomondan qaraganda , bir bog’ beda bilan odam o’rtasida hech qanday aloqa yo’qdek tuyiladi. Lekin yozuvchi Turg’unoyni gapga aralasha olmasligini va uning aravada silkinib borishini asosiy o’xshashlik belgisi qilib olgan. Belgi (silkinish) asosida ikki predmet bir-biri bilan taqqoslanmoqda. Agar “belgi” (silkinish) bo’lmasa, Turg’unoy bilan bir bog’ beda o’rtasida o’xshashlik bo’lmas edi.
16
23
O’xshatishning belgisiga qarab, ularni ikki guruhga ajratish mumkin. 1. Grammatik belgili o’xshatishlar. Bunda obyekt, obraz va belgilar grammatik-ko’rsatkichi bilan mavjud bo’ladi. Uch belgidan birortasi ham tushib qolmaydi: U (Siddiqjon) o’g’lining yodsirayotganini ko’rib, ikki qadam olg’a bosdi-yu, bundan ortiq yaqin borsa xuddi bir narsa portlab ketadiganday, engashib bolaning ko’kragiga chiqib ketgan qayiqchasidan ushlab tortdi va ko’tarib oldi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, 3-tom, 184-bet). Bu misolda bundan ortiq yaqin borsa-obyekt, bir narsa portlab ketadiganday-obraz, tortdi va ko’tarib oldi-belgidir. 2. Logik o’xshatishlar. Bunda grammatik belgi ko’rsatkich bo’lmaydi. Lekin mazmunan “obyekt” va “obraz”lar bir-biriga mos keladi, ya’ni “obyekt” va “obraz”larning shaklan va mazmunan moslik belgisi obrazning o’zida bo’ladi. Masalan: …ketmon kichkina, poyteshadekkina kelar edi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 140-bet). Bu misolda ketmon- obyekt, poyteshadekkina-obraz, belgi grammatik nol formada. Lekin mazmundan o’xshatishni anglash mumkin. O’xshatish strukturasiga ko’ra oddiy va tizmali bo’lishi mumkin. Oddiy o’xshatish terminida bir “obyekt” va “obrazli” o’xshatishlar ko’zda tutiladi. Masalan:…sarg’imtir kulrang sahro yuzini va undagi past-baland do’ngliklar ustini tutib ketgan odamlar, onda-sonda o’rgimchakday o’rmalab yurgan aravalar ko’rindi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 151-bet). Bu misolda arava-ob’ekt, o’rgimchakday-obraz, o’rmalash-belgi.
Tizmali o’xshatish deb, biz ikki va undan ortiq “obrazli” o’xshatishning mos kelishini aytamiz: Qori kirdi. U uzoq yo’ldan benihoya charchab kelganday oyoq ustida zo’rg’a turar, yuzi yangi kasaldan turganday so’lg’in va oqargan bo’lib, chiroqning xira shu’lasida qo’rqinchli ko’rinar edi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 224-bet). 24
Bu misolda oyoq ustida zo’rg’a turishi, so’lg’in va oqargan bo’lishi- obyekt, uzoq yo’ldan charchab kelganday va yangi kasaldan turganday- obrazlardir. Bu o’xshatishlar bir-biriga obrazli taqqoslanmoqda.
O’xshatishlarni tarkibiga ko’ra yana to’liq va to’liqsiz o’xshatishlarga ajratish mumkin.
To’liq o’xshatishlarda qancha “ob’ekt” bo’lsa, shuncha “obraz” bo’ladi. Ya’ni “obyekt” bilan ‘obraz” teng bo’ladi.
To’liqsiz o’xshatishlarda esa bir “obyekt”ga “obraz” yoki undan ortiq “obraz”larning taqqoslanishiga, yoki bir “obraz”, ikki “obyekt” o’rtasida bo’lib, har ikkala obyektga tegishli bo’ladi. Masalan: O’rmonjonga uchrashmasdan burun sordan qochgan jo’jaday boshini qayerga tiqishini bilmay qolgan Siddiqjon endi dakan xo’rozday mag’rur qadam tashlab borar edi… (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 183-bet). Bu misolda Siddiqjon- obyekt, sordan qochgan jo’jaday va dakan xo’rozday-obraz, boshini qayerga tiqishni bilmay va mag’rur qadam tashlash-belgidir.
O’xshatishni chegaralashda asosiy uch ko’rsatkich, ular grammatik tomondan tasnif etish, o’xshatishning badiiy asarlardagi roli va yozuvchining uslubiga bog’liq holda o’rganish masalasi muhimdir.
O’xshatish strukturasi (material tarkibi) haqida gapirganda yana quyidagi struktural tiplar haqida ham gapirish mumkin.
O’xshatish oborotlari. Bu o’xshatishning ko’p tarqalgan formasidan biri hisoblanadi. Bu forma ba’zan o’xshatish ergash gaplarga o’xshab ketadi. Ammo ularni aralashtirmaslik kerak: “o’xshatish oborotlari, sostavlari qancha keng bo’lsa ham, tarkiblarida ega va kesimlari bo’lmagani uchun ergash gap bo’la olmaydilar.” 17
O’n yil burun na’ra tortib chiqqanding Vulqon kabi qonga to’lgan yerlardan.
17
Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гап синтаксиси асослари.– Тошкент: Ўз ФА нашриёти, 1958, 204-бет. 25
(H. Olimjon).
O’xshatish ergash gaplar. Bunday gaplar nisbatan tugallangan sostavida esa egasi bilan birga kesimi ham bo’ladi. O’xshatish ergash gaplarda ifodalangan va gapdagi aytilgan fikrni qiyoslash orqali to’ldiradi va unga go’yo, xuddi yordamchilari, -ki bog’lovchisi hamda o’tgan zamon sifatdoshi – day, -dek formalari orqali bosh gapga birikadi. Masalan:
Erkalanib yotadi u vatan tuprog’ida Yosh bola yotganday onaning quchog’ida. (H. Olimjon…”Jangchi Tursun”).
O’xshatishning chiqish kelishigi qo’shimchasi yordamida ifodalangan shakli: Bir siqim tuprog’i oltindan aziz. (H. Olimjon).
-day (-dek), -simon, -ona, -namo, -omuz, -ga, -chasiga, -larcha affikslari yordamida ifodalangan forma: harbiychasiga, tog’dek, guldek, gulday, shoirona, odamsimon, kinoyaomuz kabilar.
Izohlovchi izohlanmish formalaridagi o’xshatishlar: sog’liging boyliging, oshnang-belbog’ing. Til yurakning kaliti.
Inkor ma’nosini anglatuvchi emas to’liqsiz fe’li yordamida tuzilgan shakl: Shahar emas, jahannam bu. ( M. Ibragimov “Shunday kun keladi”)
O’xshatishning kengaytirilgan formasi. Bunda bir gapning ichida bir necha o’xshatish bo’ladi. Gapning birinchi qismida ikki predmet chog’ishtirilsa, ikkinchi qismida yana ikki predmet bir-birlari bilan chog’ishtiriladi. So’ngra ular yana bir-birlari bilan chog’ishtiriladi:
Meni she’rsiz deding yovlar quyondir Quyonlarning ishi senga ayondir.
(Uyg’un va I. Sulton. “ Navoiy”) Idioma va frazeologik birikmalar vositasida ifodalangan forma: ko’z qorachig’idek saqlamoq, suvga tushgan mushukdek kabi.
26
Birdan ortiq vosita ishtirok etgan shakl:
Ana shu haqiqat go’yo Adolatni uyqudan uyg’otgandek bo’ldi, uni dalaga mehnatga chaqiradi.
Hozirgi o’zbek tilida o’xshatish leksik va grammatik vositalar yordamida hosil bo’ladi. 1. Leksik vositalar. O’xshatish hosil bo’lishida anchagina mustaqil va yordamchi so’zlar ishlatiladi: a)kabi, singari, qadar ko’makchilari vositasida. Bunda predmetlar harakati holati bilan bog’liq bo’lgan bir-biriga yaqin belgilar qiyos qilinadi. Bu ko’makchi har doim o’xshatiladigan predmetni ko’rsatuvchi so’zlardan keyin keladi. Misollar: Vatan ona kabi muqaddas. (Og’zaki nutqdan). b)yanglig’, bamisoli, misoli, misli ravishlari vositasida. Bunda boshqa bir qonuniyatni kuzatamiz. Yanglig’ so’zi doimo o’xshatish obrazidan so’ng qo’llaniladi, postpozitiv holatda bo’ladi: Har vodiyki, bir-bir izladim. Yetim qo’zi yanglig’ bo’zladim. (H. Olimjon). v) bog’lovchilardan go’yo ham predmetlar, voqea-hodisalarni bir-birlariga qiyos qilishda tez-tez ishlatiladi. Go’yo yordamchisi ko’proq o’xshatish ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qiladi. To’yingizga yig’ilibdur butun el, Xalq kelmoqda to’yga oqib go’yo sel. (H. Olimjon). 2. O’xshatishni yuzaga keltiruvchi grammatik vositalar. O’zbek tilida bir nechta affiks borki, ular biror bir predmet belgi yoki holatni boshqalariga 27
o’xshatish, qiyos qilish uchun xizmat qiladi. Ular quydagilar: -day (-dek), - simon, -ona, -namo, -larcha, -omuz, -cha, -chasiga, -dan, -li.
Bu affikslar, odatda o’xshatish obrazini ko’rsatuvchi so’zga qo’shiladi va biror predmet, belgi yoki holatni shu so’z orqali ifodalangan predmet yoki belgi bilan qiyos qilishga yordam beradi.
Ularning ba’zilari grammatik jihatdan sifat (-simon, -day, -dek, -li) yasovchi affikslar hisoblansa ikkinchi bir xillari ravish (-lar –cha, -omuz, -cha, -chasiga) yasash uchun xizmat qiladi. –ona affiksi belgi bilan bog’liq bo’lgan o’xshatishlar hosil qiladi:
Ba’zilari ovozini pastlatib do’stona maslahat beradi. (O’. Hoshimov “Tushda kechgan umrlar”)
-dek: Bu affiks –day ning fonetik variantidir. -dek affiksini olgan so’zda, uning o’rniga –day affiksini almashtirish bilan ma’nosida hech qanday o’zgarish yuz bermaydi.
Uning yuzi olmadek qizardi. (Og’zaki nutqdan) .
O’xshatish –borliq haqidagi bizning bilimlarimiz har doim nisbiy xarakterga egadir. Tashqi olamdagi ayrim narsalar haqida bir aniq tushunchaga yoki tasavvurga egamiz. Masalan, olma, quyosh, olov, daryoning oqishi jarayoni, tiniq suvning rangi, toza osmonning rangi kabi yoki qushning uchishi, osmondagi yashinning xarakteri, shamolning harakati kabilar.
O’zbek tilidagi yeryong’oq, yer tut, anjir, shaftoli kabi predmet nomlari shunday qiyoslash natijasi emasmikan? Bu masalaning bir tomoni, masalaning biz uchun zarur bo’lgan tomoni boshqa: yaqin-yaqinlargacha o’zbeklar banan, apelsin, anananas kabi predmetlarning na ma’zasini, na hajmini bilar edilar. (Hozir ham qishloqlarda bu narsalar haqida tasavvurga ega bo’lmagan kishilar uchraydi). Agar biz qulupnayning ma’zasi haqida so’zlamoqchi bo’lsak, u tanish bo’lmagan kishiga tutning mazasini chog’ishtirib izohlashga majbur bo’lamiz. Yoki bo’lmasa, sizga tanish bo’lmagan qizning qoshini ta’riflash
28
uchun qaldirg’och uchib borayotganidagi qanotining chiroyli ko’rinishini ko’z oldimizga keltiramiz, agar uning qomatini izohlamoqchi bo’lsak, sarv daraxtining chiroyli bir ko’rinishi tasvirlaymiz. Bir parcha patir, olamga tatir topishmog’ida oy patirga o’xshatilayapti.
Bu o’rinda shu darajada noziklik, aniqlik borki, uni inson sezgisining, inson aql- zakovatining kuchini yaqqol ko’rsatuvchi dalillarning biri desa bo’ladi. Haqiqatdan ham oy nega patirga o’xshatiladi? Nega quyoshni patirga o’xshatish mumkin emas? Sabab hammaga aniq bo’lsa kerak. Chunki oyda ham, patirda ham, dog’ bor, bu esa ularni bir-biriga o’xshatishga asos bo’lgan, quyoshda esa dog’ yo’q.
Maqollarda, eng avvalo, jumlalar aniqligiga, ortiqcha so’zlarga yo’l qo’ymaslikka e’tibor beriladi. Bu esa xalq maqollaridagi o’xshatish oborotlarining ham nima uchun juda qisqa ekanligini izohlovchi asoslardir:
Ona yurting-oltin beshik. Yer-suv bitmas kon. Yer-xamir, o’g’it- xamirturushdir. Yer-xazina,suv-oltin. Yosh qo’l-arslon parchasi.Quruq ayoz- tilsiz yov. Ayriliq-o’limdan qattiq. Borliqning tirikligi-odam bilan. Ilm-aql chirog’i. Ilm olish-igna bilan quduq qazishga teng. Aqlli ish-qanotli qush. Dono-durdan a’lo. Til-aql tarozisi. Odam temirdan qattiq, guldan nozik.
Mumtoz adabiyotda tashbeh deb nomlanuvchi bu qo’llanish tashbehi sareh (ochiq o’xshatish), tashbehi mashrut (shartli o’xshatish), tashbehi tafzil (chekinish yo’li bilan o’xshatish), tashbehi aks (teskari o’xshatish), tashbehi muzmar (yashiringan o’xshatish), tashbehi tavsiya (barobar o’xshatish), tashbehi musalsal (ketma-ket oxshatish) tashbehi kinoyat (kinoya yo’li bilan o’xshatish), tashbehi mu’kad (ta’kid yo’li bilan o’xshatish) kabi bir necha xil ko’rinishlari mavjud. 18
O’xshatish, yuqorida aytganimizdek, juda qadim zamondan xalq og’zaki ijodiyotida, mumtoz adabiyotda ishlatilib kelingan. Shuning uchunki,
18 Исҳоқов Ё. Ташбех. // Ўзбек тили ва адабиёти . 1970, 4-сон, 81-84-бетлар. 29
poetikaga bag’ishlangan eng birinchi asarlarda ham tashbeh, uning tahlili masalasiga alohida o’rin beriladi.
O’xshatish ikki narsa yoki voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to’laroq, konkretroq, bo’rttiribroq ko’rsatib berishdir.
O’xshatish eng qadimgi tasviriy vositalardan bo’lish bilan birga, eng sodda va ko’p ishlatiladigan, tez-tez qo’llaniladigan sintaktik hodisa hisoblanadi.
O’xshatish o’zbek adabiyotshunosligida ham (I. Sultonovning “Adabiyot nazariyasi” asari va yo’l-yo’lakay bayon etilgan fikrlar hisobga olinmaganda), o’zbek tilshunosligida ham so’ngi yillargacha maxsus kuzatish obyekti bo’lgan emas. Faqat keyingi yillarda matbuotda M. Mukarramov 2 , Yo.Is’hoqovlarning ayrim maqolalari maydonga keldi.
Ammo bir shoir yoki yozuvchi tilidan hatto biror alohida olingan asar tilida ishlatilgan o’xshatishlar, undagi muallif individual uslubi xususiyati, shu asar tilida o’xshatishlarni ishlatishdagi novotorligi uning boshqa yozuvchi yoki boshqa asarlarda ijodning dastlabki va keyingi davrdagi o’xshatishlardan foydalanishdagi taraqqiyot masalalari, ma’lum adabiy oqimlarga mansub bo’lgan shoir yoki yozuvchining o’xshatishdan foydalanishdagi uslubi kabi masalalar o’zbek tilshunosligida ham o’z kuzatuvchisini kutmoqda.
O’xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bu o’rinda ma’lum predmet bir predmetga o’xshatilsa, xuddi shu predmet biror predmetga o’xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o’rinda ikkinchi narsaga o’xshatilishi mumkin. Prof. R. Qo’ng’urov o’xshatish haqida o’zining “O’zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida shunday degan: Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o’xshatishlar borki, ular ham emotsionallik, ham
30
baholash qimmatini yo’qotgandir. Bu tipdagi o’xshatishlarni lingvistik hodisa sifatida qarash kerak. 19
19
31
II bob O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidan o’xshatishga misollar. 2.1. O’tkir Hoshimov va uning tilshunoslikda tutgan o’rni. Yozuvchi O’tkir Hoshimovning teran va hayotiy romanlari biz izlanuvchi tilshunoslarni misollar girdobiga g’arq qiladi va bu o’z ifodasini topadi.
“Shunday asar yozsangki, kitobxon o’qiganida hamma narsani unitsa asar qahramonlari hayoti bilan yashasa, quvonsa, iztirob cheksa… Kitobni o’qib bo’lgan kuni kechasi bilan uxlamay, tulg’onib chiqsa… kelib, o’sha kitobni yana qo’liga olganida qaytadan hayajonga tushsa…Undan yangi ma’nolar tuysa… Orzum-shu…” degan edi O’tkir Hoshimov 20 .
Darhaqiqat shunday ekan, yozuvchi o’z ijod maskanida tildan, uning nodir topilmas so’zlaridan unumli foydalanadi. Bu so’zlar tizimi bevosita uslubiyat, badiiy tasvir vositalari bilan bog’liqdir.
“ Sharq yulduzi” respublikada nashr qilinadigan adabiy-badiiy ijtimoiy- siyosiy jurnallar ichida eng mashhur ommaviy jurnaldir. Yozuvchi O’tkir Hoshimov shu jurnalning bosh muharriri sifatida aktiv faoliyat ko’rsatdi.
Ulug’ bobomiz Amir Temur shaxsiga toshlar otilayotgan bir paytda yozuvchi u haqda qator maqolalar e’lon qila boshladi. Hujumlardan, do’q- po’pisalardan cho’chimagan bosh muharrir buyuk sarkarda faolyatini izchil yoritishda davom etdi.
Bir vaqtlar badnom qilingan “Temur tuzuklari”, “Zafarnoma”, “Kecha va kunduz” asarlari shu jurnalda e’lon qilindi. Jurnalda Qur’oni karimning o’zbekcha tarjimasi osonlikcha bosilgani yo’q. Bu savobli ishga shaxsan yurtboshimizning o’zi rahnamolik qilgani va jurnal
20
32
tahririyati sa’y-harakati bilan Alloh Kalomi ikki yildan ortiq vaqt ichida nashr etilgani jiddiy voqea bo’ladi.
Istiqlol yillarida yozilgan “Tushda kechgan umrlar” ramoni esa yetmish yil davomida adolatsizliklarni toptalgan qismatlarni ro’yirost, badiiy teran aks ettirgan asardir. U pishib yetilgan anorni kaftingizga qo’yib, yaxshilab tikilasiz. Donalari pustini turtib turadi. Sal vaqt o’tsa shu qalin pustlar ichki turtkilarga dosh berolmay yoriladi.
O’tkir Hoshimovning ixchamgina “Tushda kechgan umrlar” romanida ham voqealar shunchalik zichki, muqovasini yorib yuboraman deb turganga o’xshaydi.
Romanning anchagina boblarida afg’on urushi tasvirlanadi. Adib bu adolatsiz urushning butun fojeasini ,gayriinsoniyligini ro’yirost tasvirlaydi.
Roman qahramonlaridan biri Rustam o’z “internatsional” burchini o’tayotganidan mamnun edi. Biroq u bu qonli manzaralar qarshisida o’yga toladi. Bu urush xalqlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini tushinib qoladi. Biroq… u o’z jonini saqlash uchun qon to’kishi shart. Aks holda uning o’zi qurbon bo’ladi.
O’tkir Hoshimov – so’z sa’natkori. Romanlarida xalq tili shunchalar ravon, shunchalar ifodaliki, har bir satr she’rday ravon oqadi.
“Men O’tkir Hoshimovning jasoratli, qo’rqmas, haqiqatni har qanday sharoitda ayta oladigan yozuvchi deb atadim. Bu ta’birimni ikkilanmay har yerda dadil ayta olaman. Bor bo’yini ko’rmoq uchun sal orqaga chekinib O’tkirga qaradim.Shunda necha yillar ijod qilgan, birga safarlarda yurgan qadirdonimni bo’y-basti bilan, o’zini ardoqlagan xalqiga qilgan xizmatlari bilan aniq ko’rdim. Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q, deganlaridek shu paytgacha menga oddiy yozuvchi bo’lib ko’ringan ijodgor to’g’risida shuncha gap bilarkanman, bilganlarim shunchalar ko’p ekanki, sizga faqat bir shingilinigina gapirib berdim, xolos.
33
Xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sovrindori, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi O’tkir Hoshimov qo’lidagi kichginagina, ammo tog’larni ko’tarishga qodir qalami bilan ona xalqiga, mustaqil yurtimiz xizmatiga doim shaydir” 21 . Yozuvchi O’tkir Hoshimovning eng taniqli va noyob romanlarini kitob do’konlaridan topish qiyin. Uning asarlari o’ta hayotiyligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Romandan tasvirlar, voqealar rivoji, qalbni titratadigan sahnalari va hissiyotlari shunday go’zal va haqqoniy tasvirlangan go’yo o’sha obraz siz. Uning ishtirokchisiga aylanasiz. Yozuvchi O’tkir Hoshimov so’z san’atidan, tilimizdagi badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalangan. Romandan ko’chimlar va figuralarga istagancha misollar topish mumkin. Ayniqsa o’xshatish va uning turlariga misollar rang-barangdir. Romandagi har bir personaj o’zga bir olam. Ularning nutqi va nutqining ravonligi ortiqcha so’z va gaplardan mustasnoligi tilimizning boyligini oshiradi. U albatta yangi so’z ayta oladi. Asarning badiiyligi juda kuchli berilgan. Til boyligini yuzaga chiqarishda uni ahamiyatliligi va ta’sirchan bo’yoqlarga boyligi, o’xshatishga to’plangan misollarimizda ham ko’rinib turibdi. Leksik va grammatik tipdagi o’xshatishlarga yuzdan ziyod misollar to’pladim va ayrimlarini tahlil tartibini keyingi punkitda yoritib beramiz va talqin qilamiz.
Ma’lumki, tilshunoslik fanida O’tkir Hoshimov serqirra ijodi tili haqida aytilmagan gaplar ko’p. Ayniqsa uning ijodini uslubiy zahiralardan foydalanishdagi mahorati yanada chuqurroq o’rganilishiga muhtoj.
Adibning qaysi bir asariga ko’z yugurtirmaylik, ona tilimizdan zukkolik bilan foydalanilgani va so’zlar durdonasini bitta ikkita tergani va durlarni joy- joyiga qo’ygani ko’zga yaqqol tashlanadi. Tildagi imkoniyatlarni o’z uslubiga mos tarzda badiiy mushohada qo’dratiga bo’ysindira olganligini ko’ramiz.
21
Саид Аҳмад . Сўз боши. .Ҳошимов Ў. Танланган асарлар. 1-том.- Тошкент: Шарқ, 2009. 12-бет. 34
Yozuvchi “Tushda kechgan umrlar” romanida badiiy tasvir vositalaridan keng foydalangan. Buning ijobiy natijasini ilmiy tadqiqotlarda ko’ramiz. Uning romanidagi tasviriy vositalar uslubiyatda yanada mufassal, yana ham chuqurroq o’rganilmog’i lozim.
O’tkir Hoshimovning ijodini kuzatar ekanmiz uning she’riyatida o’xshatishlarning o’rni beqiyosdir. Ayniqsa “Ona vatan”, “Muqaddas tuproq”, “Hayot haqiqatlari”, “Sevgi va muhabat sabr-qanoat” va “Ehtirom va sadoqat” haqidagi she’rlarida badiiy tasvir vositalarini mahorat bilan qo’llanganligini guvohi bo’lamiz. Iste’dodli yozuvchi O’tkir Hoshimovning ijodi va faoliyati haqida ustozlari va muxlislari tomonidan fikr-mulohaza bildirilgan, maktublar yo’llangan. Ular quyidagilar:
O’tkir Hoshimov asarlarini jozibador qilgan, ularga o’ziga xos badiiy tarovat baxsh etgan ikki muhim xususiyat bor. Bularning biri shuki, adib badiiy asarni yengil tashveqot vinitchasiga, jo’n targ’ibot quroliga aylantirmaydi, balki asarlarning ko’pchiligida biron umumbashariy muammoni o’rtaga tashlashga intiladi… ikkinchidan esa shu muammolarning hammasi, eng murakkab savollarga javob izlash kishini hayajonga soluvchi yuksak badiiy shakllarda amalga oshiriladi. Hayotdan olingan, o’zimizning tevarak atrofimizda tez-tez uchrab turadigan odamlarning taqdirida ifodalanadi. Eng muhimi esa bu odamlar yalang’oya g’oyalar tajassumi emas, o’z qiyofasiga shakli shamoyiliga ega bo’lgan, jozibasi kuchli shaxslar sifatida namoyon bo’ladi…
“ Bahor qaytmaydi” qissasi o’z vaqtida katta shuhrat qozondi. Uning asosida yaratilgan videofilm tillarga tushdi. Buning boisi shundaki, bir qarashda jo’n ko’rinadigan, turmushda tez uchrab turadigan voqea asosida qurilgan bo’lsa-da, juda muhim masalaga har qanday inson hayotida taqdirini belgilovchi ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lgan muammoga bag’ishlanadi. Uch-to’rt odamning o’zaro munosabatini, ularning sil-silasidan tashkil
35
topadigan taqdirlarni tahlil qilib, yozuvchi umumbashariy qadriyatlar haqida mulohaza yuritadi…
Yozuvchini kitobxonlar chin dildan yaxshi ko’radilar. Farg’onaning G’aniobod xo’jaligida ishlovchi Jafar’ali Payg’amov degan yigit pilla brigadasining boshlig’i ekan. Shu odam O’tkirning nomidan bir quti ipak qurti boqib, tushgan 828 so’m pulni (u paytda bu-katta pul edi), Jahon Tinchlik jamg’armasiga o’tkazibdi. Bu xabar matbuotda e’lon qilindi. O’tkirning iltimosi bilan Jafar’alining uyiga bordik. Turush-turmushi xarobgina. Keksa onasi bor ekan. Men Jafar’aliga aytdim: “Shuncha pulga xolodilnik, televizor olsangiz ham bo’ladiku”, desam, yigit ko’nglida borini aytib qo’ya qoldi. “ Men o’sha kitobga ishqibozligimdan shunday qildim. Televizor olish qochmaydi, aka!” .
Adib bilan ko’p safarlarda bo’ldim. Bunaqa misollarni ko’p ko’rdim. O’tkir Hoshimov xalqining suyukli adibi. Yozuvchi uchun bundan katta baxt yo’q.
Ozod Sharafiddinov. O’zbekiston qahramoni. “Hurmatli O’tkirjon!
Yoshim saksonga bordi. Pensiyadaman. Siz olib boradigan “Bahs” ko’rsatuvini tomosha qilib ko’p narsalarni o’yladim. O’kindim. O’ttizinchi yillardagi qahatchilikda kunjara yeganlarni ko’rdim. Ochlikdan shishib o’lganlarni ko’rdim. Urushda bo’lib, Polshagacha bordim. Nasibam qo’shilgan ekan, ona yurtimga qaytib keldim. Chindan ham bugun nom chiqararga to’y qilib, ortib qolgan qazon-qozon ovqatlarni cho’chqaxonalarga berayotganlar ham, nonni oyog’osti qilayotganlar ham bor. Bunisiyam mayli shunaqalar borki, to’rtta-beshta buqani shulha, kunjara bilan emas, magazindan arzon- garovga un olib, semirtirib sotayapti. Tag’in biz oziq-ovqat programmasini bajaryapmiz, deb maqtanadi. Odam yeydigan unni, ya’ni nonni hayvonga berish gunoh emasmi?” 36
Turg’unali Obidov.
Andijon, 1983 yil, 24-noyabr.
“Assalomu alaykum, ustoz! Men Andijon viloyati Marhamat tumanida yashayman. Yoshim 23 da. Kasbim-iqtisodchi. Yoshligimdan badiiy adabiyotga qiziqaman. Uchinchi sinfda o’qiyotganimda “G’uncha” jurnalida birinchi she’rim bosilgan. Vatanni, do’stlikni, haqiqiy sevgini kuylashni istayman… Matbuotda “Nega? Nega-a-a?” nomli hikoyangizni o’qib yuragimda bir narsa uzilib ketgandek bo’ldi. Shu asarni o’zimcha she’rga solmoqchi bo’ldim. Bilaman, she’rim hech qayerda chiqmaydi. Muxlisingiz, o’quvchingiz sifatida javob xati yozsangiz o’zimni baxtiyor sanagan bo’lur edim.
Ko’ngli tongday. Maktub kelibdi bugun. Yolg’iz o’g’li-Raxmatidan zoridan. “Meni kuting, uyga qaytarman tez kun” Debdi. Mana bu xat iftixoridan. Xayol ketdi. Ostonada kelinchak Qo’llarida sochiq turar, choy tutar. Uy to’rida go’dak ila belanchak, “Bobo”, deya har kech yo’lini kutar. Shirin o’yla ketib borar bosh egib, Kun sanashga bormoqlari yetmaydi. Shuncha kunni o’tkazdi u zor kutub O’g’li kelar, shubha bezor etmaydi… Ostonada paydo bo’ldi bir odam, Quchoqladi va zo’r bardosh tiladi. Sovuq xona… Nega undaydi qadam? Nega muzlar, nega notinch yuragi? Ana! “Sekin!” Nahot, shu o’g’li bo’lsa? “Ota!” - dedi ingranib jonsiz ovoz.
37
-Bolam! Bolam! Qani ko’zim ko’r bo’lsa! Sochlari oq, rangpar yuzi oq qog’oz! -Tur, jon bolam, tur o’rningdan, ketamiz! Onaginang seni mushtoq kutmoqda. Tur, jon bolam, tur o’rningdan, ketamiz! Bir biz emas, butun qishloq kutmoqda. Va… ustidan yulqib oldi adiyolni Shunda ko’rdi… yarim yo’q tirik jonni! Qonga botgan yarmi yo’q kesik o’g’lonni! Shunda ko’rdi qonli Afg’onistonni! “Ko’zingni och! Kel bag’rimga. Kel o’g’lim! Nega! Nega! Nega chiqmas hech ovoz? Bolamda ne gunoh? Bu qanday zulm? Qani pahlovonim? Qani u shavvoz?! Ey xudo! Suyanchim, tilagim qani? Nega o’n to’qqizda sochi qordek oq? Belimning madori, yuragim qani? Bolam! Bo’lolmadim men senga panoh! Nega? Nega? Nega- a-a?” Sen kechmagan qonlarni kechib keldim-ku o’g’lon! Qushmi, ajal bo’ylagan osmonlarda uchdi-ku! Yuzlab asl o’g’lonlarning boshiga yetdi Afg’on, Yetti o’g’ling boshiga, qatoringdan ketdi u!
Munavvar Toshpo’latova,
1989-yil, 12-fevral 22
Download 308.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling