Alisher navoiy nomidagi samarqand
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
omonqoton toglarida tarqalgan yosinlar va ularning ekologiyasi.
2.3 Tadqiqot uslublari Yo’sinlarning tabiatdan yig’ish va ularga ishlov berish L.I. Savich- Lyubiskaya, Z.N. Smirnova, M.S. Ignatov, Ye.A. Ignatovalarning uslublarida amalga oshirildi [30,31,47,27]. Yo’sinlarni turlarini aniqlashda va sistemaga solishda L.I. Savich- Lyubiskaya, Z.N. Smirnova [46,48], U.K. Mamatqulov [35], I.I. Abramov, L.A. Volkova [15], M.S. Ignatov, E.A. Ignatova [30,31] larning solishtirma morfo- anatomik aniqlagichlaridan foydalanildi. Gerbariy materiallar yo’sinlarning ayni spora ko’saklar hosil qilgan davrida yig’ildi. Yo’sinlarni o’sish muhitiga munosabati A.N. Vasilyev, N.V. Belovalarning [20], qo’llanmasi yordamida, namlikka munosabati U.M. Mamatkulov tavsiya etgan klassifikasiyalar bo’yicha tahlil etildi. Tadqiqotlar davomida turli ekologik sharoitlardan 100 dan ortiq briologik namunalar yig’ildi. Yig’ilgan materiallarni laboratoriya sharoitida (issiq xonada) ham o’rganildi. Bunda ular uchun qulay sharoitlar yaratilib kuchaytirildi va morfologik tavsiflandi hamda rasmlarga tushirildi. Yo’sinlarning sistematikasini o’rganishda asosan qiyosiy morfo-geografik [35], botanika-geografik [26] metodlardan foydalanildi. Shuningdek taksonomik birliklarni tahlil qilishda “Mxi aziatskoy rosii” [36], “Noviye vidi mxov iz aziatskoy chasti ” [21], “Opredelitel listostebinn ыx mxov”, “Flora” hamda O’zbekiston va unga yaqin davlatlarning floralaridan foydalanildi.
19
Yo’sinlar florasini tadqiq qilishda ularning o’simliklar qoplamidagi turlar tarkibini ham hisobga olish zarur. Yo’sinli qoplam qalinligi va zichligini, hamda mo’lligi va ayrim turlarni tarqalishi bir qatorda o’rganiladi. Yo’sinlar turkum turlarini Dunyo bo’yicha tarqalishini o’rganishda va turlarni tavsiflashda Internet tarmog’idagi saytlardan (http://www.libraries.rutgers. edu/rul/forms/mayl/martyk.shtml; http://www. librariyes. Botany and Pland Systematics; http://www.libraries.rutgers. edu/rul/rr_ gateway/research_ guides/plant_ systematics|plant_ systematics. shtml; taxa.soken.as.jp/…/zkuz_ e/MAK201651.html;) foydalanildi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling