Antotserosimonlar ajdodi – Anthocerotopsida
Yo’sintoifalar bo’limining eng kam turlarga ega bo’lgan ajdodi bo’lib o’z
ichiga qarib 300 ta turni olib ular 3-5 turkumga mansubdirlar. Antoserotlarning
gametofiti odatda substratni yuqori qismida, tuproqda, daraxtlarni po’stlog’ida
shoxlangan tollam ko’rinishda bo’lib ba’zan ko’p bo’lmali shakldagi qoramtir
yashil rangda uchraydi. Bu o’simliklarda barg yo’q. Tallomning ustida plastinkali
yoki tugchali o’simtalar uning qurib qolishidan saqlaydi tallomning ostida bir
xujayrali tukchalar yani rizoidlar bo’lib ular vositasida tuproqga birikadi va
tuproqdan suv va mineral tuzlarni shimib oladi. Tallomi bir xil xujayradantuzilgan
unda fotosintez bo’ladi. Ular qoramtir nuqta shaklida bilinib turadi, ba’zi bir
turlarda tallom tuproq ichiga kirib xuddi to’ganaklar shaklida vegetativ ko’payish
uchun xizmat qiladi. Yani qurg’oqchilik vaqtlarda bu o’simliklar bundan tashqari
ajraluvchi kurtaklar yordamida ko’payishi mumkin. Urug’lanish yomg’ir va
sernam kunlarda sodir bo’ladi. Antoseroitlarni sporogoniyni ko’sakcha va
tovonchadan iborat bo’lib, bandi bo’lmaydi yoki juda ham kichkina bo’lishi
mumkin. Sporofit naslning ko’sakchasini tomoni talomga botgan holda undan
suvni va minerallarni shimib oladi. Ko’sakchani asosida meristematik to’qima
bo’lib o’tadi. Ko’sakchada sporalar va muhim stril hujayralar hosil bo’ladi.
Sporangiy yetilganda ko’sakchani devori yuqoridan pastga qarab ikkita chokka
ajralib ochila boshlaydi. Ularni o’rtasida kalonka bilinib turadi. O’zbekiston
hududida antiseyrotlar ajdodi uchramaydi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |