Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti 5A120101-Adabiyotshunoslik


Download 30.99 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi30.99 Kb.
#1006562
1   2   3   4
Bog'liq
yillik hisobot

Aprel oyida Tojikiston Respublikasida o‘tkaziladigan konferensiyaga “Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” romanida ramziy obrazlar” mavzusida ilmiy tezis tayyorladim va tojik tiliga tarjima qildim. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusidagi online konferensiyada tadqiqot mavzuyimga oid maqola bilan ishtirok etdim.
May oyida Rossiyada o‘tkaziladigan “Dialektologiya.Etnolingvistika.Etimologiya. Mifologiya” nomli Xalqaro konferensiyaga ilmiy rahbarim Ulug‘bek Hamdamovning yordami va maslahatlari bilan “Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanida ramziy obrazlar” mavzusida turk tilidagi ilmiy maqolamni topshirdim va ushbu maqolam qabul qilinib noyabr oyida o‘tkaziladigan mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun UFAga taklif etildim.
Shuningdek, “Respublika yosh olimlar jamiyati” tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlarda talabalarning o‘rni” nomli online konferensiyada ilmiy tadqiqot ishimga doir maqolam bilan ishtirok etdim va sertifikat bilan taqdirlandim.
O‘quv va o‘quv –uslubiy ishlar, ilmiy- tadqiqot ishlar, ilmiy –pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha yillik hisobot tayyorlab, magistratura bo‘limiga topshirdim.

  1. Ilmiy -pedagogik faoliyat va amaliyot:

1-semestr bo‘yicha:
Sentabr oyida o‘quv jarayonini tashkil etishga bog‘liq me’yoriy hujjatlar: DTS o‘quv turlari, o‘quv rejalari bilan tanishib chiqdim. 9.10.19 dan 27.12.19 sanasiga qadar bo‘lgan muddatda O‘zbek filologiyasi fakultetida ilmiy pedagogik amaliyot o‘tashni boshladim. Ilmiy –pedagogik amaliyotda menga “Tahlil” to‘garagi yordamchisi vazifasi topshirildi.
Oktabr oyida Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida tashkil etilgan “Tahlil” to‘garagining faoliyati bilan tanishdim.
Noyabr oyida Ilmiy pedagogik amaliyotda “Tahlil” adabiy to‘garagida to‘garak rahbarining yordamchisi sifatida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishga amaliy yordam berdim. S.Quronov to‘garakning mazkur uchrashuviga tashrif buyurdi va “Galaktikada bir kun” nomli asari muhokama qilindi.
Dekabr oyida “Tahlil” to‘garagi yordamchisi ishlarni yuritish bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘ldim. To‘garak uchrashuvlarini o‘tkazishda ishtirok etdim.
Yanvar oyida 1- yarim yillik amaliyot haqida hisobot tayyorlab, magistratura bo‘limiga taqdim etdim. Navbatdagi ilmiy-pedagogik amaliyot ishlariga tayyorgarlik ko‘rdim.


Download 30.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling