Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti 5A120101-Adabiyotshunoslik


Ilmiy tadqiqot ishlari va magistrlik dissertatsiyasini bajarish


Download 30.99 Kb.
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi30.99 Kb.
#1006562
1   2   3   4
Bog'liq
yillik hisobot

Ilmiy tadqiqot ishlari va magistrlik dissertatsiyasini bajarish


1-semestr bo‘yicha:
Sentabr oyida universitet ARM ga a’zo bo‘ldim. Qiziqishlarim asosida ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan tanishib, dissertatsiya mavzusi tanlash uchun izlandim va ilmiy rahbarim bilan bu borada maslahatlashdim.
Oktabr oyida o‘z qiziqishlarimdan kelib chiqqan holda, “Romanlarda ramz poetikasi” nomli mavzuni dissertatsiya mavzusi sifatida tanladim. “O‘zbek adabiyotshunosligi va hozirgi adabiy jarayon” kafedrasiga biriktirildim. F.f.d. Ulug‘bek Hamdamov ilmiy rahbar, f.f.n., dotsent A.Ulug‘ov esa ilmiy maslahatchi sifatida tayinlandi.
Noyabr oyida magistlik dissertatsiyamga oid adabiyotlar bilan tanishdim. Ilmiy rahbarim maslahati va o‘rgangan xulosalarim asosida Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” asarida xarsang obrazining ramziy poetikasiga oid mavzudagi maqola bilan Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdim.
Dekabr oyida reja asosida “Romanlarda ramz poetikasi” mavzusida maqola yozdim va “Tadqiqot.uz” nomli online konferensiyada ishtirok etdim.
Yanvar oyida magistrlik dissertatsiyamning I bobi bo‘yicha manbalar to‘pladim. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbarim bilan maslahatlashgan holda Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanidagi ramzlarni aniqlashtirib, ularning poetikasi ustida ish olib bordim.
2-semestr bo‘yicha:
Fevral oyida dissertatsiyaning mutaxassisligim doirasidagi yo‘nalish bilan joriy yilning mart oyida o‘tkaziladigan “Global Science and innovations 2020: Central Asia” nomli Qozog‘istondagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun ilmiy rahbarimdan maqola mavzusini maslahatlashdim va ilmiy maqola tayyorladim.
Mart oyida “Global Science and innovations 2020: Central Asia” nomli Qozog‘istondagi Xalqaro konferensiyada “Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” asarida ramziy obrazlar” mavzusida ilmiy maqolam bilan ishtirok etdim.

Download 30.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling