Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti 5A120101-Adabiyotshunoslik
Download 30.99 Kb.
|
yillik hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- HISOBOTI O‘quv va o‘quv uslubiy ishlar 1-semestr bo‘yicha: Sentabr oyida
- Oktabr oyida
- Dekabr oyida
- Yanvar oyida
- 2-semestr bo‘yicha: Fevral oyida
- Aprel oyida
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti 5A120101-Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) mutaxassisligi magistranti Abdurahmonova Mohiraning o‘quv va o‘quv – uslubiy, ilmiy- tadqiqot, ilmiy –pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha yillik HISOBOTI O‘quv va o‘quv uslubiy ishlar 1-semestr bo‘yicha: Sentabr oyida ishchi o‘quv rejadagi fanlarga ajratilgan soatlar bilan tanishdim. Seminar va amaliy mashg‘ulot mavzulari bo‘yicha berilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanmalarni aniqlab oldim. Oktabr oyida O‘quv jarayonini tashkil qilishga bog‘liq me’yoriy hujjatlar, jumladan, DTS o‘quv turlari, o‘quv rejalari bilan tanishib chiqdim. Noyabr oyida “Mumtoz tarixiy poetika” fanidan “Yusuf obrazining badiiy asarlarga transformatsiyasi” mavzusida kurs ishi uchun manbalar to‘pladim. Dekabr oyida 1-semestr uchun ishchi o‘quv rejadagi “Adabiyotshunoslik tarixi”, ”Adabiyotshunoslik metodologiyasi”, “Ilmiy tadqiqot metodalogiyasi”, “Mumtoz tarixiy poetika”, ”Jahon adabiyoti muammolari”, ”Jadid adabiyoti tarixi”, “Amaliy xorijiy til” fanlardan oraliq nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rdim va nazoratlarni o‘z vaqtida topshirdim. Shuningdek, “Mumtoz tarixiy poetika” fanidan “Yusuf obrazining badiiy asarlarga transformatsiyasi” mavzusidagi kurs ishini yozib topshirdim. Yanvar oyida 1-semestr uchun ishchi o‘quv rejadagi “Adabiyotshunoslik tarixi”,” Adabiyotshunoslik metodologiyasi”, “Ilmiy tadqiqot metodalogiyasi”, “Mumtoz tarixiy poetika”, ”Jahon adabiyoti muammolari”, ”Jadid adabiyoti tarixi”, “Amaliy xorijiy til” fanlaridan yakuniy nazorat imtihonlarni topshirdim. 2-semestr bo‘yicha: Fevral oyida ishchi o‘quv rejadagi fanlarga ajratilgan soatlar bilan tanishdim. Seminar va amaliy mashg‘ulot mavzulari bo‘yicha zaruriy darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanmalarni aniqlab oldim. Mart oyining 15-sanasiga qadar mashg‘ulotlarda faol qatnashdim. 16-martdan e’tiboran, karantin sababli onlayn – moodle tizimida dars mashg‘ulotlari davom etdi. “Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi” fanidan kurs ishi mavzusini aniqlashtirib, materiallar yig‘a boshladim. Aprel oyida moodlega “Badiiy matn poetikasi”, “Folklorshunoslik nazariyasi”, ”Jahon adabiyoti muammolari”, ”Jadid adabiyoti tarixi”, “Nazariy poetika”, “Amaliy xorijiy til” fanlaridan berilgan vazifalarni doimiy ravishda joylab bordim. Zoom dasturi orqali tashkil etilgan video darslarda ishtirok etdim. May oyida moodlega “Badiiy matn poetikasi”, “Folklorshunoslik nazariyasi”, ”Jahon adabiyoti muammolari”, ”Jadid adabiyoti tarixi”, “Nazariy poetika”, “Amaliy xorijiy til” fanlaridan oraliq nazorat uchun berilgan vazifalarni doimiy ravishda joylab bordim. 26-27 –may kunlari universitet o‘quv bo‘limi tomonidan tashkil etilgan test.navoiy-uni.uz saytida online shaklda yakuniy nazorat topshirdim. Download 30.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling