84
Asosiy tushunchalar glossariysi
Morfema (yun.) — tilning ma'noli, boshqa ma'noli qismlarga bo'linmaydigan
eng kichik birligi. Morfema ikki xil bo'ladi: 1) o'zak (so'z) morfema; 2)
affiksal
morfema (qo'shimcha morfema).
So‘
z – nutqning ma’no anlatuvchi qismi. Tub so‘z – yolg‘iz o‘zakdan
hosil
bo‘ladi:
kitob, kalom, ona. Yasama so‘z – bir yasovchi qo‘shimchaning so‘z
o‘zagiga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan so‘z:
kitobxon, ishchi, bog‘
bon. Juft so‘z –
ma’nosi bir-biriga yaqin ikki o‘zakdan tuziladi:
qozon-tovoq, o‘
rik-olma, keldi-
ketdi. Qo‘shma so‘z – ikki va undan ortiq so‘zlarning qo‘shilib, bitta ma’no
ifodalashi:
Oltiariq, kelib ketdi, gultojixo‘
roz.
Artikulatsiya – tovushlarning paydo bo‘lishidagi nutq a’zolarining
holati va
harakati.
Assimilatsiya – bir tovushning yon tovushga moslashishi, singishi. Progressiv
assimilatsiya – oldingi tovushning ta’sirida keyingi tovushning o‘zgarishi:
ottan
(otdan), yurakka (yurakga). Regressiv assimilatsiya: keyingi tovushning ta’sirida
oldingi tovushning o‘zgarishi:
tussiz (tuzsiz), yossin (tozsin).
Bo‘
g‘
in – so‘zlarning talaffuzida havo oqimining bo‘linishi.
Dissimilyatsiya – ikki xil o‘xshash tovushning o‘zaro ta’sirida
boshqa shu
turdagi tovush kelib chiqadi. Progressiv dissimilyatsiya –
oldingi tovushning
ta’sirida keyingi tovush o‘zgaradi:
zaral (zarar), sallot (soldat). Regressiv
dissimilyatsiya – keyingi tovushning ta’sirida oldingi tovushning o‘zgarishi:
ushta
(uchta), maxtanchoq (maqtanchoq).
Fonema – ma’no anglatishda ishtirok etgan
nutqning eng kichik qismi
(unsuri):
qil, qol, qoʻl.
Do'stlaringiz bilan baham: