22
O‘quv soatlari hajmi:
ma'ruza
32
seminar
-
amaliy
44
mustaqil
ta'lim
42
O‘quv kursining statusi Umumkasbiy fanlar bloki
Dastlabki tayyorgarlik:
Mutaxassislikka kirish fanini o‘qitishning
muayyan
holatlarida talabaning ona tili, tarix kabi o‘rta ta’lim
tizimida
egallagan
bilimlariga
tayaniladi.
Kursni
o‘zlashtirish uchun quyi ta’lim bo‘g‘inlaridagi “Ona tili”
fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarga asoslanadi.
Fanning predmeti va mazmuni – unda tilning murakkab mohiyat sifatidagi
tavsifi, tilning paydo bo‘lishi haqidagi asosiy farazlar, til va tafakkur
munosabati, til va
madaniyat munosabati, tilning belgilar sistemasi ekanligi, tilshunoslik va uning
bo‘limlari, til va yozuv munosabati, dunyo tillarining tipologik tasnifi, lingvistika turlari
va lingvistik metodlar haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi hamda ularni amalda
tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga
yo‘naltirilgan.
Fanni o‘qitishdan maqsad – “Mutaxassislikka kirish”
fanining asosiy maqsadi
Davlat ta’lim standartlari asosida bo‘lajak pedagog kadrlarni fanining o‘rganish obyekti,
boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining
asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi
bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda
olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarini hal
qilishni taqozo qiladi
Fanning vazifasi - ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi,
til sathlari, birliklari va ularning namoyon bo‘lish qonuniyatlari,
tilshunoslik fanining
boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining tasnifi haqida nazariy
bilimlar berishdan iboratdir.
Mutaxassislikka kirish o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida
amalga oshiriladigan
masalalar doirasida bakalavr:
- tilning mohiyati, til va tafakkur, ularning bog‘liqligi, til
va mantiq birliklarining
o‘zaro munosabati, til va nutqiy faoliyat, til va nutq birliklari to‘g‘risida
tasavvurga
Do'stlaringiz bilan baham: