Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalarning mutaxassislik - tilshunoslik fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta
maxsus ta’lim muassasalarida olgan bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish;
o‘zbek tilshunosligi ilmida qo‘llanilayotgan atamalarni o‘zlashtirish, ma’lum bir til
hamda qardosh til guruhlarini bir-biriga solishtirib, muayyan til hodisalarini, lug‘at
tartibini o‘rganishga doir olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, til taraqqiyotining
ichki va tashqi qonuniyatlarini belgilash va tilshunoslikning nazariy masalarini
chuqur o‘rganishga da’vat etib, puxta bilimli mutaxassis tayyorlash muhim
ahamiyatga ega.
Fanni o‘qitishdagi zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar hamda o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash
Talabalarning “Mutaxassislikka kirish” kursini mukammal o‘zlashtirishlari
uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullari, yangi axborot-pedagogik
texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘qitishda ta’limning
darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari kabi asosiy, lug‘atlar,
qomuslar, tarqatma, elektron materiallar, ko‘rgazmali vositalardan, ma’ruza,
seminar va amaliy mashg‘ulotlarda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Bumerang”,
“Keys-stadi”, “Matbuot konferensiyasi” va boshqa zamonaviy pedagogik
metodlardan foydalanish nazarda tutilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot
texnologiyalaridan – kompyuter, elektron darsliklar, elektron lug‘atlar va internet
materiallaridan, multimediya imkoniyatlaridan ham unumli foydalaniladi.
Fan modulining dasturi (module syllabus)
O‘quv kursining to‘liq
nomi:
Mutaxassislikka kirish
Kursning qisqacha
nomi:
MK
Kod: MK
Kafedra:
O‘zbek tilini o‘qitish
O‘qituvchi haqida
ma’lumot:
Yo‘ldoshev
Ibrohim
Jo‘rayevich,
Xolmanova
Zulxumor Turdiyevna,
Sayidiraximova
Nasiba
Sayidmaxmadovna
E-mail:
zulxumor-uzmu@mail.ru
nasibatashkent@mail.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |