20
Fanning dolzarbligi
Respublikamiz Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy
nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universitetini
tashkil qilish
to‘g‘risida”gi farmoni (PF-4947)da ona tili va adabiyoti mutaxassislari zimmasiga
milliy tilimiz va adabiyotimizni yanada rivojlantirish, ona tilimizning jamiyat
hayotida
tutgan mavqeyini yuksaltirish, uning tarixiy taraqqiyoti, bugungi holati,
istiqboli bilan bog‘liq masalalarni ilmiy asosda chuqur o‘rganish
kabi qator
vazifalar yuklatildi. Farmonda, ayniqsa, ona tilimizni zamon talablari asosida
o‘qitish,
o‘
zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la
aks ettiradigan
mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish masalasiga alohida
e’tibor qaratildi. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda o‘zbek
tili va
adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalariga mutaxassislk fanlarini jahon andozalariga
mos keluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida chuqur o‘rgatish
muhim ahamiyatga ega.
“Mutaxassislikka kirish” fani o‘quv dasturi oliy o‘quv yurtlari DTS hamda
mazkur farmonda ko‘rsatilgan talablar asosida o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat
ta’lim yo‘nalishiga mo‘ljallab tuzildi. Unda mutaxassislikka
kirish fanining
maqsad va vazifasi, tilning murakkab mohiyat sifatidagi tavsifi,
tilning paydo
bo‘lishi haqidagi asosiy farazlar, til va tafakkur munosabati,
til va madaniyat
munosabati, tilning belgilar sistemasi ekanligi, tilshunoslik va uning bo‘limlari, til
va yozuv munosabati, dunyo tillarining tipologik tasnifi,
lingvistika turlari va
lingvistik metodlar haqida boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yiha talabalar egallashi
lozim bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlar tizimi tavsiya etildi; fan sohasi bo‘yicha
o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan eng so‘nggi yutuqlarning ta’lim bosqichlari
darsliklarida berilishi masalasini qiyosan o‘rganishga doir ko‘rsatmalar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: