Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti
Download 3.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Мутахассисликка кириш (тил)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
Asosiy adabiyotlar
1. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010.-157-161 б. 2. Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68. 3. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.220-226 б. 4. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013. -Б.-196-204; 205-210. 5. Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.86-89 Qo‘shimcha adabiyotlar 1.Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.4-9 2.Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.241-246 3.Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-Б.21- 27. 4.Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002.- Б.14-32. 5.Қ. Маҳмудов. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси.-Тошкент,1992. 6.www. literature.uz 7.www. genhis philol.ru. 113 10-§. LEKSIKOLOGIYA Reja: 1.Leksikologiya bo`limi haqida ma’lumot. 2. Lug`aviy birliklar. 3. Bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik. Asosiy tushunchalar: leksika, leksikologiya, o‘z ma'no, ko‘chma ma'no, denotativ ma'no, konnotativ ma'no, tag ma'no, omonim, sinonim, antonim, paronim, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik Leksikologiya «so‘z» va «ta’limot» birliklaridan olingan. So‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya deyiladi. Ma’lum ma’no bilan bog‘langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so‘z sanaladi. Odatda, leksik va grammatik ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so‘z atamasi qo‘llaniladi. So‘zlar esa leksema va grammatik qo‘shimchalarga bo‘linadi. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar beriladi. Bunday vaqtda so‘z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi. Leksikologiya so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi haqidagi bo‘lim. So‘z va uning lug‘aviy ma`nosi bilan bog‘liq hodisalar: o‘z ma’no va ko‘chma ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (sinonim, omonim, antonim, paronim) leksikologiyada o‘rganiladi. So‘z lug`aviy ma’no va grammatik ma’noga ega bo‘ladi. So‘zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik (lug‘aviy) ma’no deyiladi. Lug‘aviy ma’no so‘z anglatgan tushunchadir. Grammatik ma’no grammatik shakllar (qo‘shimchalar) orqali ifodalangan ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug‘aviy ma’nosi - o‘quv quroli; b) grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan. Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi. So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini morfologiya o‘rganadi. Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy birliklar quyidagicha: 1) so‘z; 2) ibora; 3) termin (atama); 4)qo‘shma so‘z; 5) tasviriy ifoda. Download 3.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling