Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
qoni qaynag‘ay, musulmonlik hamiyati toshgay, tamug‘ olovlari
kabi sachragay. Lekin o‘z kuchsizligini anglab, qaytib o‘tirgan va qon yig‘agan turk...» sizningcha kim? «Sening omonatingga xiyo- nat qilganlarni ez, ur, o‘ldur!» shaklidagi chaqiriq kimga qaratil- gan va «xiyonatchi» kim deb o‘ylaysiz? 38 https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия. 39 https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия. 40 Karimov N., Normatov U. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik-majmua. – T.: «O‘qituvchi», 2006. 152-b. 107 Shoirning: «…yuqorida aytdigim ishlarning hammasiga o‘zim sabab bo‘ldim, barchasini o‘zim qildim, sening Turoningni o‘zim talatdim, sening turkingni o‘zim ezdirdim, sening omonatlaringga xiyonat o‘zim qildim», – degan iqrori to‘g‘risida nima deysiz? Siz ham Fitratni xiyonatchi deb hisoblaysizmi yoki bu yerda boshqa- charoq fikr bormi? «Men qo‘limga topshirdig‘ing qilichni tashlab cholg‘uni ol- masa edim, Turonim talanmas edi!..» satrlaridagi yurt uchun kurashish o‘rniga cholg‘u bilan ko‘ngil ochishni qanday tushu- nasiz? «Sening dunyoda sig‘magan g‘ayratingga ont ichamanki, Turoning eski sharaf va ulug‘ligini qaytarmasdan burun oyoqdan turmasman». Shoir ont ichishga asos qilib olgan g‘ayratni siz qan- day tushunasiz? «Turon», «Turkiston», «turk», «turklik» tushunchalari haqida mulohaza yuriting. Ularni qanday tushunasiz? Asarda yigitning xayolini o‘g‘irlagan sohibjamol Xotun, Sizningcha, kimning timsoli? «Bir Xotunki, egnida ipakli, lekin yirtiq va eski bir ko‘ylakdan boshqa bir kiyim yo‘q» tarzida tasvirga e’tibor qiling. Nega Xotun- ning kiyimi ipakli-yu, yirtiq? «Yonimda, ko‘zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan, nechuk ketmaysan? Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolg‘an ko‘zlaring nechuk yosh yomg‘urlari to‘kadur?» shaklidagi muro- jaatga asoslanib ayolning ko‘zlari nega yog‘dusizligi, nima uchun yig‘layotgani haqida o‘ylab ko‘ring. «Bildim… Bildim… Angladim! Sen mening Vatanimsan, Vatanimning mungli xayolisan» tarzidagi kashfiyot nimaga asos- langan? Asar qahramonini bezovta qilgan ayol – Vatan ekanligiga siz ham ishondingizmi? «Ey, muqaddas Turonimning xayoli, ketmay tur, ayrilma. Yonimda, ko‘zlarimda, yuragimda, vijdonimda qol, ketma. Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq, mening o‘limim» xitobining mazmuni- ni chaqishga urinib ko‘ring. Muallif tilidan aytilgan: «Sening uchun o‘lmoq – mening tirikligimdur» shaklidagi xitobning ma’nosini anglating. O‘lim qan day qilib tiriklik bo‘lishi mumkin? Mana shu kabi savol-topshiriqlar o‘quvchilarni ruhiy loqayd- likdan chiqaradi, ularning har birini o‘zicha o‘ylashga, o‘z muno- 108 109 sabatini bildirishga majbur qiladi. Yana shu narsa haqiqatki, bu savol-topshiriqlarning hammasiga sinfdagi barcha o‘quvchi javob berishi shart emas. Aqli yetgan, fikri bor bolalar javob beraveradi- lar, qolganlar ular haqida mulohaza yuritadilar, javob berolmagan taqdirda ham, fikriy loqaydlikdan chiqadilarki, adabiy ta’lim uchun bu katta hodisadir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling