Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
sabatda bo‘lgan» degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Asar ustida ish-
lashga ajratilgan vaqtning ma’lum qismi mazkur muammo atrofida fikrlashishga sarflanadi. Bu muammoli vaziyatda yozuvchi shaxsi va uning o‘z qahramoniga munosabati asosiy masala bo‘lishi lozim. O‘quvchilar yozuvchi orqali Tursunboyga, Tursunboy orqali yo- zuvchiga baho beradilar, o‘z munosabatlarini bildiradilar. Bunday qaltis vaziyatda o‘qituvchi o‘quvchilarning ma’naviy o‘lchovlar, axloqiy talablar doirasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Darsda qatnashgan o‘quvchilarning hech biri Tursunboyning qil- mishini ma’qullamaydi, albatta. O‘quvchilarning munosabatlarida 62 Kattabekov A., Yo‘ldoshev Q., Boltaboyev H. Adabiyot. 8-sinf uchun darslik- majmua. – T.: «O‘qituvchi», 2002. 288-bet. 138 139 Tursunboyga achinish hissi bo‘lishi mumkin. Uning shunday ho- latga tushib qolishiga sabab bo‘lgan jihatlar haqida fikrlashiladi. Biri ota-onani ayblaydi, ikkinchisi Tursunboyning o‘zini, uchin- chisi urushni. Lekin darsda o‘qituvchi tomonidan yozuvchiga munosabat bildirish, shu lavhaning romanga kiritilishi ahamiyati, adibning Tursunboyga munosabati haqidagi fikrlar o‘rtaga tashlan- ganda o‘quvchilar salmoqli fikrlar aytolmasliklari ham mumkin. Bu sinfdagi muhit, o‘quvchilarning bilimdonligi darajasi, ma’naviy- axloqiy saviyasi bilan bog‘liq holat. Qolaversa, bunday vaziyatni o‘quvchilarning bahs-munozara darslarida qanchalik ko‘p qatnash- gani bilan ham asoslash mumkin. O‘quvchilarning bir qismi darsda yetarlicha «ochilmay» qolishi ham ta’lim amaliyotida uchrab turadigan hol. O‘quvchilardan har qanday holatda ham fikrlarini asoslashga harakat qilish talab qili- nadi. Ayrimlar buning uddasidan chiqolmaydilar. Asoslanmagan fikrni aytish muammoli dars uchun maqsad emas. O‘quvchilar o‘z fikrini aytib, xulosasini chiqargandan so‘ng asar matni yuzasidan darslikda taqdim etilgan savol-topshiriqlarni o‘rtaga tashlab, matn ustida ishlashni davom ettirish mumkin. Maktabda bunday darslar- ni ko‘proq tashkil etish ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini oshiradi, ularda zarur bilim, ko‘nikma va malakalarning shaklla- nishiga imkon yaratadi, kutilgan maqsadga erishishni tezlashtiradi. Bundan tashqari: – Abdulla Qodiriyning 9-sinf darsligida berilgan «O‘tgan kunlar» romani asosida «Kumush o‘z xudbinligining qurboni»; – Tog‘ay Murodning 6-sinf darsligida taqdim etilgan «Yul- duzlar mangu yonadi» qissasi yuzasidan «Bo‘ri polvon yaxshi kurashchi-yu, yomon ota»; – Odil Yoqubovning 6-sinf darsligida taqdim etilgan «Muzqaymoq» hikoyasi asosida «Egamberdi Yoqubov davrning emas, o‘z o‘jarligining qurboni»; – Pirimqul Qodirovning 6-sinf darsligida berilgan «Avlod- lar dovoni» romani asosida «Humoyun uquvsiz, bilimsiz, noshud shahzoda. Shuning uchun ham jangda mag‘lubiyatga uchradi» singari o‘quvchilarda darhol qarshi munosabat uyg‘otadigan, ularni muvozanatdan chiqaradigan, tuyg‘ularini junbushga kelti- radigan, qahramonlar himoyasiga otilib chiqishga yo‘naltiradigan muammoli savol-topshiriqlarni tavsiya etish mumkin. 139 Umuman, shuni aytish mumkinki, inson ma’naviyatining sog‘lomlashuvi uning fikrlari va xatti-harakati tozarishida aks etadi. Shuni anglagan holda o‘quvchilarni ta’limning dastlabki bosqichi- dan to‘g‘ri tarbiyalashga erishmoq lozim. To‘g‘ri tarbiya – tarbi- yalanuvchida tabiatan mavjud bo‘lgan sifatlarni uyg‘otish va ular- ning rivojlanishi, ma’lum maqsad sari yo‘nalishiga ko‘maklashish, shu jarayonga monand ravishda bilim hamda tarbiya berishdan iborat. Adabiyot o‘qitish jarayonida beriladigan tarbiyada hissi- yot, badiiylik va samimiylik o‘zaro uyg‘unlikda bo‘ladi. Badiiy- lik o‘quvchida bilim, ko‘nikma, malaka shakllantirish bilan birga unga hayotning rangi, ohangi, mohiyatini ochib beradi. Tarbiya jarayonidagi hissiyot va samimiyat esa, tarbiyaviy tadbirlar ning ta’sirchanligini ta’minlaydi. Bolalarni bilimdon qilish yo‘lida beriladigan bilimlar ham hissiyot bilan sug‘orilgandagina ularning ruhiyatiga kirib, chuqur o‘rnashadi. Nimanidir yoqlash yoki unga qarshi kurashish uchun kishi ko‘nglida unga nisbatan munosabat bo‘lishi kerak. Mana shu mu- nosabat hissiyot hisoblanadi. Buning uchun yaratilajak yangilikni sevish kerak. Mana shu sevgi ham hissiyot sanaladi. Xullas, his- siyotga qorishgan faoliyatgina kishini kurashga, intilishga, izla- nishga undaydi. Xulosa qilib aytganda, adabiy ta’limning har bosqichida muammoli ta’limdan foydalanish shakllanib kelayotgan shaxsning ma’naviy kamolini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling