Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. ADABIY TA’LIMDA


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. ADABIY TA’LIMDA 
HAMKORLIKDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASIDAN 
FOYDALANISH
Reja:
1. Ta’lim amaliyotida o‘qitishning turfa texnologiyalari.
2. Sinergetika, ya’ni hamkorlik ilmiy yo‘nalish sifatida.
3. Ta’lim amaliyotidagi subyekt va obyekt munosabatlari.
4. Hamkorlik pedagogikasining asosiy maqsad va vazifalari.
5. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining afzalliklari va is-
tiqboli.
6. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash.
Texnologiya so‘zi yunoncha: «texne» – mahorat, san’at; 
«logos» – ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu so‘z sanoatda yoki 
qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish 
jarayonida qo‘llaniladigan metod va usullar yig‘indisini bildiradi. 
Ta’lim jarayoniga nisbatan esa o‘qish va o‘qitishning o‘zaro uzviy-
ligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-tarbiya jarayonida 
belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvo-
fiqlashtirish, ularning ketma-ketligi hamda bosqichma-bosqichligi-
ni ta’minlash, rejalashtirilgan barcha ishlarni talab darajasida baja-
rishni anglatadi. Ya’ni ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim ber-
ish san’ati, ta’lim berish mahorati ma’nolarini ifodalaydi. «Yangi 
pedagogik texnologiya» deyilganda esa ta’lim berishning yangicha 
san’atini ishga solib uni samarali tashkil etish, jahon andozalari da-
rajasiga ko‘tarish nazarda tutiladi.
Ta’lim amaliyotida o‘qitishning turfa texnologiyalari mavjud 
bo‘lib shulardan biri hamkorlikka asoslangan ta’lim texnologiya-
sidir. O‘qituvchi bilan ta’lim oluvchi hamkorligini tashkil etish 
muammosi barcha davrlarda ham o‘ta dolzarb masalalardan bo‘lib, 
mazkur hamkorlikning nazariy asoslari pedagogik sinergetika 
doirasida tadqiq etilgan. Bu ta’lim beruvchi uchun ham, ta’lim 
oluv chi uchun ham o‘z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etishga 
oid nazariy yondashuvlardan biri bo‘lib, o‘qituvchi-o‘quvchi ham-
korligini to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq yangi dunyoqarashdir. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling