Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. 
Muammoli ta’limning maqsadi va vazifalari, uning 
o‘zigagina xos bo‘lgan jamiki yetakchi jihatlarni ajrating va yozib 
oling. So‘ngra ularning har birini alohida sharhlang. Yutuq va ka-
mchiliklarini farqlang.
2. Ta’limning bu turi bilan maxsus shug‘ullangan olim (V. Okon, 
M. Maxmutov, I. Ilnitskaya, T. Kudryavsev, A. Matyushkin)lar-
ning muammoli ta’lim bilan bog‘liq qarashlaridagi alohida jihat-
larni ajratib yozing va taqqoslang. O‘xshash va farqli tomonlarini 
aniqlab ularni tahlilga torting. 
3. Muamoli ta’limda «...o‘qituvchining asosiy vazifalaridan 
biri o‘quvchilarda intellektual zo‘riqishga ehtiyoj va qiziqish 


140
141
uyg‘otishdir», degan qarash mavjud. Siz, bo‘lajak o‘qituvchi, bun-
ga qanday qaraysiz? Nima deb o‘ylaysiz, inson biror masalani hal 
etishda o‘zini ixtiyoriy ravishda zo‘riqtirishi, yana bunga qiziqishi 
mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, o‘qituvchi buni qanday amalga 
oshiradi?
4. Oddiy savol bilan muammoli savol orasida qanday tafovut 
bor? Biror badiiy asar matni yuzasidan oddiy va muammoli savol 
tuzing. Oradagi farqni misollar asosida sharhlab bering. 
5. Adabiyot darslarini muammoli ta’lim asosida tashkil etish 
yo‘llariga e’tibor qarating. Bu jarayondagi muhimlarni ajrating. 
Har biriga alohida to‘xtalib sharhlang.
6. Adabiyot darslarida muammoli ta’limdan foydalanishning 
o‘ziga xos jihatlarini ajratib yozing va izohlang. Topildiqlaringizga 
tayangan holda o‘zingiz tanlagan biror asar ustida muammoli ish-
lash yo‘lini tayin eting.
7. Ch. Aytmatov qalamiga mansub «Oltovlon va yettinchi» 
afsonasini o‘qing. So‘ngra uning mazmuni asosida tavsiya etil-
gan: «Asardagi bir millatga mansub yetti o‘g‘londan ikkitasi – Ju-
hadze va Sandrolarning qay biri vatan uchun xavfliroq?» tarzidagi 
muammoli savol ustida mulohaza yuriting. Qarashlaringizni afsona 
matnidan misollar keltirgan holda asoslang. 
8. X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari bilan ta-
nishing. So‘ngra asar mazmuni yuzasidan tuzilgan: «Hoshimjon-
ning bilimsizlik tufayli qilgan shuncha qilmishlaridan xabardor 
bo‘lgandan keyin ham kitobxon uni yomon ko‘rib qolmaydi. Bu ning 
sabablari haqida nima deya olasiz?» tarzidagi muammoli savol us-
tida bir o‘quvchi bo‘lib izlaning. Qarashlaringizni ruhiyatingizda 
Hoshimjonga nisbatan paydo bo‘lgan tuyg‘ularingiz asosida tahlil 
qiling.
9. 
Bugungi adabiyot darslaridagi muammoli vaziyatlarni 
boshqarishga qo‘yiladigan talablar bilan alohida tanishing. Har 
birining mohiyatiga kirishga urinib ko‘ring va izohlang. Ularni 
tashkil etish borasida o‘z munosabatingizni bildiring. Fikrlaringiz-
ni kursdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
10. Sh. Xolmirzayevning «O‘zbeklar» hikoyasini o‘qing. 
So‘ngra «Sizningcha, asar qahramonlaridan qaysi birini chinakam 
o‘zbek?», «Ergashvoyning gaplari, ishlari g‘ashingizni keltiryap-


141
timi yoki yoqyaptimi? Nima uchun?», «Hikoyaning qaysi qahra-
moni o‘z tabiati va qiliqlari bilan sizga ko‘proq ma’qul? Nega?», 
«Siz chinakam o‘zbeklik bilan chin odamlik haqida nima deya ola-
siz?» va «Siz cho‘pon va ayoli bilan faxrlanasizmi yoki ular uchun 
hijolat bo‘lasizmi yohud rahmingiz keladimi? Nega? Hasharchi tal-
abalardan-chi?» singari mustaqil mulohaza talab qiladigan savollar 
ustida o‘ylaning. Har biringiz o‘z qarashlaringizni kursdoshlarin-
giz bilan o‘rtoqlashing.
11. Said Ahmadning «Ufq» romanidan keltirilgan «Qochoq» 
nomli parcha bilan tanishing. So‘ngra shu matn mazmuni asosida 
tuzilgan muammoli masala: «Yozuvchi Tursunboyga nisbatan no-
xolis munosabatda bo‘lgan» – ustida o‘ylab ko‘ring. Fikrlaringizni 
birgalikda o‘rtoqlashing.
12. «Kumush o‘z xudbinligining qurboni»; «Bo‘ri polvon 
yaxshi kurashchi-yu, yomon ota»; «Egamberdi Yoqubov davr-
ning emas, o‘z o‘jarligining qurboni»; «Humoyun uquvsiz, bilim-
siz, noshud shahzoda. Shuning uchun ham jangda mag‘lubiyatga 
uchradi» singari muammoli masalalar haqida fikrlashish uchun av-
val bu asarlar bilan tanishing. Keyin har biri bo‘yicha birgalikda 
muammoli daqiqalar tashkil eting. 
13. «Abdulla Oripov ijodida muhabbat tarannumi» mavzusida 
insho yozing. Bir-biringizning inshoyingizni tekshiring. Xatolar 
ustida suhbatlashing.


142
143

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling