Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Adabiyot darslarida o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim 
bo‘lgan bilimlarni o‘zlarining kuchi, tafakkuri, bilimi va mehna-
ti bilan o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida bolalar oldiga 
muammo qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladigan o‘qitish jarayo-
nini muammoli adabiy ta’lim deb atash mumkin. 
Muammoli ta’lim asosiga qo‘yiladigan, muammoli masala 
tarzida foydalansa bo‘ladigan, o‘qish jarayonida muammoli vazi-
yat hosil qilishga, o‘quvchilar orasida tortishuv va fikrlar bahsiga 
asos bo‘ladigan, qarashlar xilma-xilligini keltirib chiqarishga 
arziy digan ta’limiy masala muammo sanaladi
Bu kabi masalalar nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchining 
o‘zi uchun ham bir qadar muammoli bo‘lishi kerak. Masalan,
Ch. Aytmatovning 6-sinf «Adabiyot» darsligidan o‘rin olgan 


132
133
«Oltovlon va yettinchi» afsonasida
58
bir millatga mansub yetti 
o‘g‘lonning bir-birlariga munosabatining asl mohiyati, xatti-ha-
rakati va bu ning sabablari nafaqat o‘quvchi, balki ancha-muncha 
kattalar uchun ham o‘ylantiradigan masala. «Asardagi bir millatga 
mansub yetti o‘g‘londan ikkitasi – Juhadze va Sandrolarning qay 
biri vatan uchun xavfliroq?» savolini o‘quvchilar oldiga muammo 
shaklida qo‘yish mumkin. Bu topshiriq o‘quvchidan anchagina fik-
riy zo‘riqishni, izlanishni talab qiladi. O‘quvchi bu muammoni hal 
etish uchun matnga tayanib, har ikki qahramonni o‘rganishi, xatti-
harakatlari, gaplari, bir-biriga munosabatda o‘zini tutishini taftish 
qilishi kerak bo‘ladi. Ularning vatanga munosabatini tahlil qiladi. 
Shaxs sifatida o‘rganadi. Shu jarayonda o‘smir ruhiyatida har ikki 
qahramonga munosabat paydo bo‘ladi. Mana shu munosabat unda 
shaxslik sifatlari qaror topa borishiga olib keladi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling