Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish. Bu yondashuvda
kichik guruhlar sinfdagi o‘quvchilarning sonidan kelib chiqqan holda to‘rt, olti, sakkiz o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi av- val mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari ham shuncha qismga ajratilib, har bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har qaysi o‘quvchi o‘zi bajar- gan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va bi- limlarni nazorat qilishning turfa usullaridan foydalangan holda aniq lab baholaydi. O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) shaklida ham tashkil etilishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e’tibor o‘zaro munosabatning rivojlan- ishini o‘rganishga qaratiladi, o‘qitishni guruhli tashkil qilish ja- rayoni bayon qilinadi. Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosa- batlar faoliyatidan kelib chiqishini o‘rganib, ta’lim jarayonidagi o‘qituvchining o‘quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish emas, balki o‘quv materialini o‘zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta’kidlaydi 70 . O‘zaro hamkorlikning muhim omili va o‘quvchilarning o‘zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o‘qituvchi bilan o‘quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o‘quv faoli- yati o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xat- 69 https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия. 70 https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия. 152 153 ti-harakatlarining alohida turidirki, u o‘zlashtirish obyektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta’minlaydi. Hamkorlikdagi o‘quv faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat hamda muloqot- ning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoli- yatning mahsuli o‘quvchilarda ilgari surilgan yangi g‘oyalar va o‘zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog‘liq maqsadlar hamda sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir. Pedagogik psixologiya fanida hamkorlikning quyidagi sakkiz- ta shakli mavjud: 1) faoliyatga kirishish; 2) o‘qituvchi bilan o‘quvchi hamkorlikda bajaradigan mustaqil harakatlar; 3) o‘qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o‘quvchini jalb etadi; 4) taqlid harakatlari (o‘qituvchidan ibrat olgan o‘quvchi ana shu namuna asosida harakat qiladi); 5) madad harakatlari (o‘qituvchi o‘quvchiga oraliq maqsadni va unga erishish usullarini tanlashda yordam beradi hamda oxirgi natijani nazorat qiladi); 6) o‘z-o‘zini boshqarish harakatlari (o‘qituvchi faqat umumiy maqsadni ko‘rsatishda va oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi); 7) o‘z-o‘zini ko‘rsatuvchi harakatlar; 8) o‘z-o‘zini uyushtiruvchi harakatlar 71 . Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o‘tish jarayonida o‘zaro ta’sir o‘tkazish harakatini baholashdan o‘z-o‘zini baholash darajasiga ko‘tarilishi sodir bo‘ladi. Ushbu jarayon hamkorlik di- namikasidan dalolat beradigan eng muhim omil vazifasini o‘taydi. Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar pedagogik ja- rayon ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonpar- varlik tamoyiliga asoslangan o‘zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik pedagogikasining kontseptual qoi- dalari bir qator psixolog va pedagog olimlarning qarashlarida ifoda etilgan. Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan. 71 Азимов Э. Г., Щукин А. Н. Новый словарь методических терминов и по- нятий (теория и практика обучения языкам). – Москва: «ИКАР», 2009. – С. 134. 153 Adabiy ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etishga qaratilgan dars namunasi sifatida ham- korlarning har ikkalasiga ham shoir sifatida yaxshi tanish bo‘lgan M. Yusufning shaxsini kashf etish mashg‘ulotini keltirish mumkin. Ayonki, inson Muhammad Yusufni hamkorlarning har ikkalasi ham yaxshi bilmaydi. Bu dars nafaqat o‘quvchi uchun qiziqarli, balki o‘qituvchining o‘zi uchun ham ma’lum yangiliklarni kashf etish imkonini beradi. Uni bilish uchun birgalikda shoir asarlari mohiyatiga kirish taqozo etiladi. Muhammad Yusuf ijodidan namunalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun yaratilgan «Adabiyot» darsligida berilgan bo‘lib, dasturda ularni o‘rganish uchun ikki soat belgilangan. Darslikda shoirning «Vatan», «Mehr qolur», «Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor» va «Biz baxtli bo‘lamiz» she’rlari o‘rin olgan 72 . Ularning dasturiy talqini quyidagicha: «Mehr qo lur» she’rida dunyodagi barcha narsalar o‘tkinchi, faqat Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling