Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Ta’limning umumiy tamoyillari bilan bevosita adabiy ta’lim 
tamoyillarini taqqoslang. Ulardagi umumiy va farqli jihatlarni 
sanab ko‘rsating. 
2. Hamma pedagoglar amal qilishi shart bo‘lgan tamoyillarni 
adabiy ta’lim bilan bog‘lagan hola biror badiiy asarni o‘rganish mi-
solida tahlilga torting. Xulosalaringizni asardan misollar keltirgan 
holda asoslang.
3. Yuqorida ta’kidlangan quyidagi fikrga e’tibor qiling: 
«Muallimning o‘quvchi intellektual kuchiga ishonchi tarbiyalanuv-
chining mustaqil fikrlash va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini 
uyg‘otuvchi motivdir». Bu qanoatning mohiyatiga kiring, bo‘lajak 
o‘qituvchi sifatida uni izohlang. 
4. Bu fikrga qanday qaraysiz: «O‘qituvchining loqaydlik bilan, 
majburiyat ostida qilayotgan mehnati o‘quvchida salbiy hislarni 
qo‘zg‘otishi, uning bilim olishga bo‘lgan intilishini so‘ndirishi 
tayin»? Zimmangizga olayotgan mas’uliyatning salmog‘ini cha-
malab ko‘ring. Bu xulosaning mag‘zini chaqing, qarashlaringizni 
asoslang.
5. «Go‘zal xulqli, sog‘lom ma’naviyatli kishilarning so‘zlari 
ham, ishlari ham o‘zlariga munosib ekani, toza ko‘ngil sohibi 
hamisha rag‘bat va marhamatlarga munosibligi adabiyot orqali 
anglashiladi». Bu xulosada ilgari surilgan fikrlarni izohlashga 
urinib ko‘ring. Fikringizni asoslang. 
6. O‘quvchilarning «o‘z-o‘zini tarbiyalash»ini qanday izohlash 
mumkin? Siz, bo‘lajak o‘qituvchi sifatida buni qanday tasavvur 
qilasiz? Fikrlaringizni biror badiiy asar misolida dalillang.
7. Mana bu qanoatning mohiyatiga kirishga harakat qiling: 
«Hamonki adabiyot darslari ko‘ngil tarbiyalar, ma’naviyat shakl-
lantirar ekan, ko‘ngilga «yomon» baho qo‘yish, ma’naviyatni 
salbiy baholash unchalar to‘g‘ri bo‘lmasligi adabiyot o‘qitish 
metodikasi ilmida alohida ta’kidlanadi». Bu, Sizningcha, nima de-
gani? Adabiyot darslari uchun yetakchi o‘rinda turadigan «inson 
ko‘ngli», «tarbiyalanuvchining ma’naviyati» singari tushuncha-
larni izohlang. Ularning mag‘zini chaqing. 
8. Adabiyot darslarida o‘quvchilarni «ma’naviy qiyofalari 
uchun» baholash masalasiga qanday qaraysiz? Siz bu fikrga 
qo‘shilasizmi yo‘qmi? Nima uchun? O‘quvchini baholashning 


66
67
yana qanday shakllari mavjud? Bu qaysi darslarda amalga oshirila-
di? Nazaringizda, mazkur baholashlar orasida qanday farq bor? 
Qarashlaringizni asoslang.
9. Adabiyot darslariga xos bo‘lgan «o‘quvchiga kashf etish laz-
zatini tuydirish» tamoyiliga e’tibor qiling. Sizningcha, uni qanday 
tushunish mumkin? 
10. O‘quvchi ma’naviyatining sog‘lomlashuvi bilan bog‘liq 
quyidagi fikrga e’tibor qiling: «Sog‘lom ma’naviyat o‘z manfaa-
tini o‘zgalar manfaatiga qarshi qo‘ymaslik, o‘zinikini afzal bil-
maslikdir. Boshqalarning ham o‘zi singari inson ekanini his qilish 
va ularga daxl qilmagan, halal bermagan holda birgalikda yashay 
bilish san’atidir. Sog‘lom ma’naviyat – o‘zni yengmoq, o‘zning 
istag-u mayillarini jilovlay bilmoq, ayni vaqtda o‘zlikni tanimoqdir. 
Sog‘lom ma’naviyat xudbinlikni yenga bilmoqdir, makonda turib 
makoniy manfaatlardan, zamonda yashab zamoniy tuslanaverish-
lardan balandroq tura olmoq demakdir». Inson ma’naviyatining 
sog‘lomligi darajasini aks ettiradigan har bir belgini alohida yozib 
chiqing. Ularning har biriga izoh bering. Qarashlaringizni xulo-
salang. So‘ngra o‘zingizning «Men»ingizga nazar soling. Yashirin 
holda o‘zingizga baho bering.
11. «Talabalik – oltin davrim» mavzusida insho yozing. Bir-
biringizning ishlaringizni pedagog sifatida tekshiring. Yutuq va 
kamchiliklaringizni muhokama qiling.


67

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling