Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


ADABIY TA’LIM METODLARI, USULLARI, SHAKLLARI


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

ADABIY TA’LIM METODLARI, USULLARI, SHAKLLARI 
HAMDA ULARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI
Reja:
1. Adabiy ta’lim metodlarining mazmun-mohiyati.
2. Adabiyot o‘qitish shakllari va usullari.
3. Adabiyot o‘qitish metodlarining o‘zaro o‘xshash va farqli 
jihatlari.
Bugungi adabiyot o‘qituvchisidan o‘quvchi ma’naviyatining 
sog‘lomlashuvi asosi bo‘lgan bir qator an’anaviy va mantiqiy 
metodlar (suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduk-
tiv) bilan birga «fikriy hujum», «6x6» va hk. interfaol metodlardan 
ham samarali foydalana bilish talab etiladi. Ma’lumki, pedagogik 
yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari «Umumiy pedagogika» 
kursida ta’lim metodlari va ularning mazmun-mohiyati haqida 
batafsil bilim beriladi. Mazkur qo‘llanmada talabalarni takrorlar-
dan qo‘rg‘ash maqsadida ta’lim metodlarining ayrimlaridan foy-
dalanish yo‘llari badiiy asarlar misolida, namuna sifatida taqdim 
etilmoqda. Talaba bir-ikki metoddan amalda foydalanish haqida 
tasavvurga ega bo‘lsa, qolgan metodlardan ham o‘rni bilan shun-
day foydalanaverish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Ta’lim amaliyotida hamisha yetakchi o‘rinlardan birini egal-
lab kelgan suhbat metodi o‘quvchi tafakkuri mustaqilligini 
ta’minlashda ham qo‘l keladigan metodlardandir. Metodika ilmida 
bu metodga bag‘ishlangan anchagina ishlar mavjud. Jumladan, A. 
Tojiyevning «Adabiyot darslarida suhbat» qo‘llanmasida adabiy 
ta’lim samaradorligini ta’minlashda suhbat metodining o‘rni va 
ahamiyati haqida so‘z yuritilgan
33

Bugun ta’limda yangi bilimlar, ma’naviy sifatlarning «kashf 
etilishi» o‘quvchilar ishtirokida o‘qituvchi tomonidan emas, balki 
o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan o‘qituvchi ishtirokida amalga 
oshirilishi talab qilinmoqda. Bunday qayta kashfiyotlar asar ustida 
ishlash davomida o‘qituvchi va o‘quvchining jonli muloqotida, 
tom ma’nodagi izlanuvchi suhbatlarda amalga oshadi. Darsda yax-
shi tashkil etilgan suhbatning ahamiyati shundaki, u yosh kitob-
33
Tojiyev A. Adabiyot darslarida suhbat. – T.: «O‘qituvchi», 1997.


88
89
xonning o‘qiganlariga o‘z munosabatini bildirish, qarashlari bilan 
o‘rtoqlashish kabi ehtiyojlarini qondiradi. 
Suhbatda ishtirok etgan o‘quvchi o‘z fikrlarini muhokama 
qiladi, qarashlarini so‘z bilan ifodalashga tayyorlanadi. Bu fikrning 
aniq va muayyan maqsadga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Suhbat 
jarayonida o‘quvchida o‘z fikrini aytish, uning to‘g‘riligiga ham-
suhbatlarini ishontirish ehtiyoji tug‘iladi. O‘quvchida o‘z fikrini 
isbotlash uchun asar matnidan dalillar topa bilish, misollar keltirish 
ko‘nikmasi shakllanadi, e’tiroz bildirishga odatlanadi. U hamsuh-
batni eshitish, munozarada ishtirok etishga o‘rgatadi, o‘z bilimini 
chuqurlashtirishga ehtiyoj tug‘diradi, qiziqishlari doirasini kengay-
tiradi. 
Adabiy asarlarni o‘rganishda suhbat metodi o‘quvchiga na-
faqat bilimlar beradi va tarbiyalaydi, balki aqliy faoliyatga ham 
yo‘naltiradi. Suhbat xotirani, kuzatuvchanlikni, bilish jarayo-
nini, tasavvur va hissiyotni faollashtirishga imkon beradi. Suhbat 
davomida har bir o‘quvchining individual jihati namoyon bo‘ladi. 
Adabiyot darslarida to‘g‘ri tashkil etilgan suhbatlarda bitta ma-
sala bo‘yicha bir nechta o‘quvchi, ba’zan butun sinf fikr aytadi. 
O‘qituvchi tomonidan bitta murakkabroq, bolalarni o‘ylashga, 
munosabat bildirishga undaydigan mavzu o‘rtaga tashlanadi va 
suhbat asnosida shu masala ustida birgalikda ishlanadi. O‘qituvchi 
sinfning faoliyatini kuzata borib, uni yo‘naltiradi, shu bilan birga 
o‘quvchilarning o‘zlari ishlashlari uchun sharoit yaratadi. 
Suhbat metodi adabiy ta’limning barcha bosqichlarida: kirish 
darslarida ham, badiiy asarni o‘zlashtirishda ham, uning tahlili 
mobaynida ham, yakunlovchi bosqichida ham qo‘l keladi. Ada-
biyot darslarida suhbatning asosiy talablaridan biri – savollarning 
shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo‘lishi. 
O‘quvchiga bir xil narsa bilan uzoq shug‘ullanish o‘ta salbiy ta’sir 
qiladi. O‘quvchini o‘ylantiradigan, mustaqil ravishda mulohaza 
yuritishga undaydigan savollarni tayyorlayotganda o‘qituvchi 
sinfdagi barcha o‘quvchilarning rivojlanganlik darajasini nazarda 
tutishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, suhbat uchun tuzilgan 
savollar o‘quvchi ruhiy faoliyatining xilma-xilligini ham ta’minlashi 
kerak. O‘quvchining savolga javob berish uchun o‘ylanishi, esla-
shi, tasavvur qilishi, izlanishi unda shaxslik sifatlari shakllanishida 
ju da foydalidir. Suhbat uchun tuzilgan savollar orasida o‘zaro 


89
kuchli mantiqiy aloqa bo‘lishi kerak. Savol ko‘magida asardan 
o‘quvchi tomonidan kashf qilingan mantiq bilan asar muallifi 
fikrlari murakkab yaxlitlikni tashkil etishiga e’tibor qaratilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Suhbat davomida o‘quvchi asar haqidagi dalillarni aniq bilgan-
dagina o‘z qarashlarini aytishi mumkin. Lekin ko‘pincha, bunday 
vaziyatlarda bilimning, dalilning o‘zi kamlik qiladi. O‘quvchi asar-
ni mustaqil tahlil qila bilishi, xulosalar chiqara olishi kerak bo‘ladi. 
Asar matni yuzasidan izlanishga undaydigan tarzda tuzilgan savol-
topshiriqlar ham shunga qaratilishi lozim. Yaxshi savol ahamiyatli, 
keng qamrovli, o‘ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, 
kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan bo‘ladi. Jaloliddin 
Rumiy hazratlari: «Yaxshi savol yarim bilimdir», – deb bejiz ayt-
magan.
Yuqori sinflarda asar muallifi timsolini tushunish uchun suh-
batlarning soni ham, doirasi ham kengayadi. O‘quvchilar ko‘p 
asarlar orasidan ayni adibning ovozi, uslubi, shaxsini ajrata olishi, 
unga yaqinlashishi, uni his qilishi lozim. Lirik asar yuzasidan tash-
kil qilingan suhbatlar qaysidir o‘rinlarda muallif timsolidagi, uning 
fikr va tuyg‘ulari olami haqidagi suhbatlarga buriladi. Suhbatlar 
o‘quvchini qiziqtirgandagina uning shaxsiyati, ma’naviyati uchun 
samarali bo‘ladi. Odatda, bolalarga tushunarli bo‘lgani holda javob 
berish bir qadar qiyinchilik tug‘diradigan savollar qiziqarli tuyula-
di. Ular – o‘quvchi uchun o‘ziga xos topishmoq. O‘quvchilarda 
emotsional holat hosil qilishda, eng asosiy yumush muhokamani 
bog‘lab turadigan boshlang‘ich savolni topish. 
Yuqori sinflardagi suhbatlarda beriladigan savollar nafaqat tez 
tasavvur qilish yoki matnni bilishni, balki zarur materialni tanlash, 
ularni tizimga solish, anglash, tahlil qilish va munosabat bildirish-
ni ham talab qiladi. Suhbatlarda foydalaniladigan savollar har xil 
bo‘ladi: ayrimlari o‘quvchini asar matnini qayta o‘qishni, misollar 
ajratishni, dalillar topishni talab qilsa, ba’zilari asar matnini tahlil 
qilishni taqazo etadi. Ammo bu savollarning har biriga beriladigan 
javob mehnatni, aqliy va ruhiy zo‘riqishni talab qiladigan bo‘lishi 
o‘rinlidir.
O‘quvchilar suhbat davomida savollarga hamisha ham asos-
langan, jiddiy javoblarni beraverishmaydi. Savollarga o‘quv-
chilarning to‘laqonli javob berishida o‘qituvchining yordamchi 


90
91
savollari ham qo‘l keladi. Amaldagi 6-sinf «Adabiyot» darsligida 
X. To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asaridan parcha be-
rilgan
34
. Shu asarni suhbat metodidan foydalangan holda 
o‘tish uchun «Muallif o‘quvchini Hoshimjonning tabiati bilan 
qanday tanishtiradi?» degan asosiy savol o‘rtaga tashlanadi. 
O‘quvchilar uning mohiyatiga chuqurroq kirishlari uchun esa: 
«Hoshimjonning tashqi jihati, xatti-harakatlarida qanday belgilar 
ko‘zga tashlanadi?», «Uning o‘rtoqlari bilan munosabatida qanday 
xususiyatlarni ko‘rish mumkin?», «Singlisiga munosabatida 
Hoshimjonning fe’lidagi qanday jihatlarni ilg‘adingiz?», «Uning 
onasi bilan munosabatlarida-chi?», «Hoshimjonning jurnalga 
baholarni o‘zi qo‘yganini tan olishini qan day baholash mumkin?» 
singari yordamchi savollar taqdim etiladi. Ular o‘quvchilarni 
asar matnini mustaqil ravishda tahlil qilib, mustaqil xulosalar 
chiqarishga, qarashlarini asoslashga ko‘maklashadi.
Suhbatni yelvizak metod ham deyishadi. Undan badiiy asar 
ustida ish olib borish uchun har bir sinfda foydalanish mumkin. 
Yuqori sinflarda suhbat metodi o‘quvchilarning mustaqil ishlari va 
ma’ruzalari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Suhbatga tayyor-
lanishda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan jonli muloqot jarayonida yuz 
berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarga, tayyorlagan savo-
lini vaziyatga qarab o‘zgartirishga tayyor turishi joizdir. 
Suhbat metodida bilim berish ustuvorlik qilmaydi. Balki 
o‘quvchilarda olingan bilimlar, o‘zlashtirilgan fazilatlarni mus-
tahkamlash, munosabat bildirish, tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash
uni asoslash, o‘z fikrida tura bilish xususiyatlari tarbiyalanadi. 
O‘qituvchidan birinchi savoldan keyin o‘quvchilar kayfiyatini ilg‘ab 
olish, savol tushunarli bo‘lganini his qilgan holda suhbatni yangi-
yangi yo‘nalishlarga burish talab qilinadi. Suhbat metodi asosida 
tashkil qilingan darsning ichki tartibi shu tariqa yaratiladi. Suhbatni 
muvaffaqiyatli tashkil etishning shartlaridan biri – o‘quvchilarning 
javoblariga e’tibor va hurmat bilan yondashish. Javob berayotgan 
o‘quvchining fikrlari ba’zan chalkashib ketishi yoki noaniq bo‘lishi 
tabiiy. O‘qituvchining vazifasi uni butun sinf ga tushunarli qilib aytib 
berish emas. Bu adabiy ta’lim metodikasida mutlaqo noto‘g‘ri yo‘l 
hisoblanadi. O‘quvchi aytmoqchi bo‘lgan fikrini qiynalib, izlanib, 
34
Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev S. Adabiyot. 6-sinf uchun darslik-maj-
mua. – T.: «Ma’naviyat», 2005; 10-b.


91
munosib so‘zlarni topib, o‘zi ifodalashi kerak. Uni boshidan shunga 
o‘rgatish lozim. O‘quvchining fikrini aytishga o‘rinsiz ko‘maklashish 
uni o‘ylamaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Agar yordam berish kerak 
bo‘lsa, qo‘shimcha savollar bilan o‘quvchining o‘z fikrini aniqroq 
ifodalashiga ko‘maklashish mumkin.
Suhbat jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari na-
faqat savolning to‘g‘ri qo‘yilishi, balki o‘qituvchining har xil 
xarak terdagi javoblar orasida o‘zini yo‘qotmay suhbatni boshqa-
ra bilishiga ham bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan suhbatlarda 
o‘qituvchi-o‘quvchilar fikr va qarashlari bilan hisoblashadigan 
teng huquqli suhbatdoshlarga aylanadi. O‘qituvchi o‘quvchi javob-
laridagi silliqlikni birinchi o‘ringa ko‘tarmasligi kerak. O‘qituvchi 
o‘quvchi javoblarini muntazam ravishda tuzatib, to‘ldirib borishi 
ham noto‘g‘ri. Albatta, o‘quvchining xulosasi o‘qituvchining fik-
ridek to‘kis bo‘lmaydi. U to‘mtoq, jo‘n, jaydari, tarqoq bo‘lsa ham 
adabiy ta’lim uchun olimnikidan qadrliroq, o‘qituvchinikidan qim-
matliroq. Chunki u hech kimni – muallifni ham, muallimni ham 
takrorlayotgani yo‘q. Bu o‘quvchining o‘z mustaqil fikri, o‘z xulo-
sasi. O‘quvchining fikr ifodalashida mantiq, madaniyat va bilimni 
ta’minlash, boshqalarning fikriga munosabatda aytganlari uchun 
javob bera olish hissini tarbiyalash o‘qituvchining vazifasi hisobla-
nadi. Suhbat bu ovoz chiqarib mulohaza yuritish, bir savol atorfida 
birgalikda o‘ylashdir. Asar ustida ishlash jarayonida bo‘ladigan 
suhbatlar nafaqat ovoz chiqarib fikrlash, balki ovoz chiqarib his 
etish ham. O‘quvchilar hamisha tuyg‘ularini so‘z vositasida ochiq 
ifodalayvermaydilar. Asl tuyg‘ularning tabiati shunaqa, ularni 
hamisha ham so‘zga ko‘chirib bo‘lmaydi. Tortishuvlar uchun vazi-
yat yaratish suhbat jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlashini faol-
lashtirishning muhim yo‘llaridan biridir. 
Suhbat jarayonida o‘qituvchining diqqati faqat bir nech-
ta o‘quvchiga qaratilib qolsa, jamoa suhbati buziladi. Qolgan 
o‘quvchilar tezgina tinglovchilik mavqeiga o‘tib oladilar. Sinfda 
«suhbatda faqat a’lochi o‘quvchilar qatnashadi» degan qarash 
shakllanib qoladi. Chinakam suhbat o‘qituvchi savol berib, birinchi 
bo‘lib javob bergan o‘quvchining fikri bilan chegaralanib qolmay, 
boshqa o‘quvchilarning mulohazalari bilan ham qiziqish, barcha 
o‘quvchilarning fikrlarini eshitib bo‘lgachgina javoblar sifatini 
baholash bo‘lgan joyda amalga oshadi. Suhbatlarda o‘quvchilar 


92
93
o‘zlarini teng huquqli suhbatdoshlar darajasida his qilgandagina 
maqsadga erishiladi. Suhbatdagi tenglik, shu bilan birga undagi 
tabiiylik, samimiylik, erkinlikni o‘qituvchi tashkil etadi. Sinfga 
tashlangan umumiy savol ba’zan ayrim yo‘naltiruvchi qo‘shimcha 
savollarni ham taqozo etadi. 
O‘qituvchi savol berayotganda ovoz ohangining tovlanishi ham 
suhbat samaradorligini ta’minlashga ko‘maklashadi. Savol ning 
berilish ohangi ba’zan o‘quvchiga javobning yo‘nalishini belgi-
lashga ko‘maklashishi mumkin. Suhbatlar o‘qituvchining qizi qarli 
luqmalari, munosabatlari bilan jonli chiqadi. O‘qituvchi o‘zining 
noo‘rin savollari va luqmalari bilan o‘quvchilarda tuyg‘ular shakl-
lanishiga halaqit berib qo‘yishi mumkinligini ham unutmagani 
ma’qul. U baland, hukmron ovozda gapirmasligi, hatto, eng jo‘n, 
qashshoq fikrlar aytilganda ham kulmasligi, o‘quvchilardan faqat 
to‘g‘ri fikrlashni talab qilmasligi kerak. Suhbat davomida shunday 
lahzalar bo‘ladiki, o‘qituvchining sukuti barcha xususiyatlari bi-
lan savolga, luqmaga, bazan esa xulosaga teng bo‘ladi. Shu o‘rinda 
marhum metodist olim Ro‘zmon Keldiyorovning o‘qituvchi shax-
siga qo‘ygan «Ehtiyot bo‘ling, qalb bor!» degan da’vatini qo‘llash 
juda o‘rinli bo‘ladi.
Suhbatning yakunlangani savolning kun tartibidan tushib 
qolishi degani emas. Aksincha, o‘qituvchi tomonidan yaxshi tash-
kil qilingan suhbatning yakunlanishi sinfda muhokama qilinadi-
gan yangi-yangi savollarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Suhbat 
o‘zining tabiiy kuchi, samimiy insoniy muloqotga asoslanganligi 
bilan qadimiy metodlardan sanaladi. 
Suhbat metodini qo‘llash o‘quvchi tafakkuri va bilim olish-
dagi mustaqilligining nisbatan baland darajasini ta’minlashi tayin. 
Mazkur metodda o‘qituvchining faoliyati o‘zlashtirilgan axborot-
larni yodga soladigan savollar qo‘yish, tegishli topshiriqlar be-
rish, qiziqarli savollar tuzish, bilimlarni yangi vaziyatga muvo-
fiqlashtirish va qayta ishlashga yo‘llaydigan savollar berish, xu-
losa chiqarishga undash, chiqarilgan xulosalarni asoslashni talab 
qilishdan iborat. O‘quvchining faoliyati esa vaziyatni tahlil etish, 
o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga soladigan savollarni qayd etish, 
ularga javob izlash, javob berish, yarim mustaqil va mustaqil xulo-
salar chiqarish, fikrlarini asoslashdan iborat bo‘ladi. 


93
Suhbat metodi o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan 
dialogik hamkorligini nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati 
o‘qituvchi tomonidan o‘quv materialini qiziqarli tarzda bayon etish, 
o‘quvchilarni javob topish yo‘llarini izlashga, bilim va ma’naviy 
sifatlar, xulosa, qonuniyat va qoidalarning bolalar tomonidan qayta 
kashf etilishiga jalb qilishdan iboratdir.
5-sinf «Adabiyot» darsligidan o‘rin olgan «Uch og‘a-ini botir-
lar» ertagini
35
o‘rganishni suhbat metodidan faydalanib, quyidagi-
cha tashkil etish mumkin. 
Kechagina boshlang‘ich sinfni tugatib, hali ertaklar dunyosi-
dan uzulib ulgurmagan xayolparast bolakaylarning shaxs sifatida 
shakllanishida ertaklar muhim o‘rin egallaydi. «Uch og‘a-ini bot-
irlar» ertagini o‘qishga kirishishdan oldin o‘qituvchi darslikdagi 
ikki ertak o‘qib o‘rganilgach, keyingi dars «Ertak darsi» bo‘lishini, 
unda o‘quvchilar o‘zlari ertak to‘qishlarini, ertaklarni o‘qiganda, 
ular ustida ishlaganda o‘sha ertak darsiga material yig‘ib borishlari 
lozimligini aytib o‘tadi. 
O‘qituvchi asar matnini ertakning aytilish ohangiga solib 
o‘qib beradi. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagini o‘qish uchun birin-
chi darsning 25 – 26 daqiqasi sarflanadi. Qolgan vaqtni o‘qituvchi 
o‘quvchilarni matn mazmuni yuzasidan taqdim etilgan quyidagi 
savol-topshiriqlar ko‘magida suhbatga jalb etadi: «Ertakning «Uch 
og‘a-ini botirlar» deb atalishi sababini izohlang» topshirig‘i yuza-
sidan o‘quvchilar hech qiynalmay fikrlarini bildiradilar. Bu top-
shiriqqa javob berishni ko‘pchilik o‘quvchilar istashi oddiy hol. 
Ikkinchi topshiriq – «Otaning o‘g‘illariga aytgan: «Birinchidan, 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling