Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Mustaqil fikrlash tushunchasiga berilgan quyidagi ta’rifga 
diqqat qiling: «insonning o‘z oldida turgan muammoni aniq belgi-
langan maqsad va vazifalarga muvofiq holda bilimi hamda hayotiy 
tajribalariga tayanib, o‘z intellektual imkoniyati darajasida turli 
yo‘l, usul, vositalar yordamida, mustaqil ravishda hal qilishga qa-
ratilgan aqliy faoliyatidir». Uni qanday tushunganingizni birorta 
badiiy matnga tayangan holda asoslab bering. Adabiyot darslarida 
o‘quvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga yo‘naltirish borasida 
mulohaza yuriting. 
2. Inson tafakkuri mustaqilligi darajasining belgilari – tashab-
buskorlik, pishiqlik va tanqidiylik haqida o‘ylab ko‘ring. Ularni 
o‘z qarashlaringiz asosida, hayotiy yoki badiiy haqiqatlar misolida 
tahlil qiling.
3. Quyidagi fikrni o‘qing: «Maqsad, vazifalari o‘zga shaxslar 
tomonidan belgilab qo‘yilgan, tayyor usul va vositalarga tayangan 
holda boshqalarning bevosita yordami bilan amalga oshiriladigan 
jarayonda ishtirok etgan tafakkur fikr qaramligini anglatadi. Mus-
taqil tafakkurga ega bo‘lmagan kishilar tayyor qarashlar quliga 
aylanadilar. Ularning tafakkuri ...o‘sish-rivojlanishdan orqada 
qoladi. Mustaqil fikrlash rivojlanmagan hollarda kaltabin, aqlan 
erinchoq, behafsala, loqayd odam shakllanadi. Tafakkurning qa-
ramligi, muteligi jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to‘siq 
bo‘lib, alohida odam uchun fojiadir». Undagi kalit so‘zlarni alo-
hida ajratib yozing. Har bir so‘zning mazmun-mohiyatini ochib 
bering. Olingan ko‘chirmadagi har bir jumlani alohida-alohida 
tahlilga torting. Mustaqil fikrga ega bo‘lmagan fuqarolar jamiya-
tining, alohida shaxsning fojiasi darajasi haqida birgalashib mulo-
haza yuriting.
4. Inson tafakkurining mustaqilligi darajasini o‘lchash mezo-
niga e’tibor qiling: «Ma’lum vaqt oralig‘ida mustaqil ravishda ba-
jarilgan aqliy ish ko‘lami va sifati». Siz buni qanday tushundingiz? 
Bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida o‘quvchilar bilimining mus-
taqilligi darajasini nimalarga asoslanib baholash to‘g‘risida o‘ylab 
ko‘ring. Kursdoshlar o‘zaro muhokama qilib, bir asar misolida qa-
rashlaringizni asoslang.
5. Quyidagi fikrga diqqatingizni qarating: «Ammo adabiy 
ta’limning o‘ziga xosligi shundaki, unda har bir o‘quvchi o‘z oldi-


85
ga qo‘yilgan muammoni tegishli maqsad va vazifalarini belgila-
gan holda bilimi, hayotiy tajribasiga tayanib turli yo‘l, usul, vosi-
talar yordamida mustaqil ravishda hal qilib, faqat o‘zining badiiy 
haqiqatini chiqarishi mumkin». Bunga nima deysiz? Ona tili yoki 
matematika darslarida kelinadigan yagona haqiqat-xulosa bilan 
adabiyot darslarida qabul qilinadigan turfa haqiqatlar bir-biridan 
mazmunan qanday farq qiladi? Ularning mohiyatida, Sizningcha, 
nima yotadi? Ko‘chirmaning mazmunini sharhlang. 
6. Italiyalik mutaxassis J. Rodarining: «Agar bolalarni mus-
taqil fikrlashga o‘rgatmoqchi bo‘lsak, eng avvalo, ularni ertaklar 
to‘qishga, sarguzashtlar tuzishga undash kerak. Fikrni faqat yangi, 
avval uchramagan, tortishuvlarga sabab bo‘ladigan masalalarga 
sarflash lozim. Zerikish – fikrning dushmani», degan qarashlari-
ga asoslanib buni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari haqida o‘ylab 
ko‘ring. Siz, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi, mazkur holatni qanday 
tashkil etgan bo‘lardingiz?
7. Yuqorida o‘quvchilarga namuna sifatida keltirilgan top-
shiriq: «Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asari qahramonlari 
Kumushbibi va Zaynab timsollarini o‘zaro taqqoslash» zamiridagi 
savol va topshiriqlar ustida Siz ham o‘ylab ko‘ring. O‘z munosa-
batingizni bildiring, xulosa chiqaring. Nega shunday xulosaga kel-
ganingizni asoslang. 
8. Yuqorida: «Muallim tarbiyalanuvchilarni mantiqiy fikr 
yuritish usullari bilan tanishtirib borishi; qolipda fikrlashga yo‘l 
qo‘ymasligi, nafaqat darslik mualliflari, balki o‘rtoqlarining fikr-
mulohazalarini takrorlamaslikka, ijodiy izlanishga yetaklashi; 
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ularning 
aqliy imkoniyatlarini ishga sola bilishi; har bir o‘quvchi oldiga 
o‘ziga xos muammo qo‘ya olishi va uni yechishga yo‘naltirishi; 
uchraydigan qiyinchiliklarni yengishga odatlantirishi zarur», de-
gan fikr bor. Siz buni, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida, qan-
day tasavvur qilasiz? Muallim zimmasiga qo‘yilayotgan har bir ta-
labni alohida ajratib yozing. So‘ngra ularni tahlilga torting. Amalda 
qanday bajarish kerakligi haqida birgalashib mulohaza yuriting. 
9. Bo‘limda alohida ta’kidlangan: «O‘quvchining mehnati oson 
bo‘lishi kerak emas» degan fikrga o‘z munosabatingizni bildiring. 
Bu haqiqatga qo‘shilasizmi, yo‘qmi? Har ikkala holatda ham fi-
kringizni asoslang.


86
87
10. Bo‘limda taqdim etilgan adabiyot darslarida o‘quvchilarni 
mustaqil mulohaza yuritishga undovchi har bir tavsiya
(detal)ni alohida ajratib yozing. Ularni qanday tashkil etish bora-
sida o‘qituvchingiz bilan birgalikda fikrlashing. 
11. Bo‘limdagi «Ravshan» dostonidan olingan parchaga 
diqqat qiling. Undan Zulxumorda mavjud bo‘lgan sifatlarni ajrat-
ing. O‘zbek xalqining go‘zallikka qo‘ygan mezonini birma-bir 
yozing. Sizningcha, ularning qay biri haqiqatga yaqinu qay biri 
mubolag‘a? Siz, bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi, mazkur matn yuza-
sidan o‘quvchilaringizni mustaqil mulohaza yuritishga undaydigan 
qanday savol va topshiriqlarni tavsiya etgan bo‘lardingiz?
12. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimiga xos bo‘lgan: 
«O‘quvchidagi ichki imkoniyatlarni uyg‘otib, uni o‘zi o‘qiydigan 
va o‘zini o‘zi tarbiyalaydigan qilish, bu jarayonda o‘zi tashabbus-
kor, ehtiyojmand bo‘lishiga erishish lozimligi hamda butun kuchni 
shunga yo‘naltirish» tarzidagi vazifalarning mohiyatiga kirishga 
urinib ko‘ring. Bularni adabiy ta’lim amaliyotida qanday tashkil 
etish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni o‘rtoqlashing.
13. O‘quvchilarni kitob o‘qishga jalb qilish borasidagi taklif va 
mulohazalarga diqqat qiling. Ularni yana qanday tavsiyalar bilan 
boyitgan bo‘lardingiz?
14. «Mashrab g‘azallarida ilohiy ishq tavsifi» mavzusida tahlil-
insho yozing. Har biringizning ishingizni birgalikda muhokama 
qiling. Xato va kamchiliklari ustida suhbatlashing.


87

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling