Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

ba kuni Komil tayibning uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir 
kosadan qo‘y suti ichsa dard ko‘rmaganday bo‘lib ketadi, dedi», 
– deya o‘ziga gapirganday sekin qo‘shib qo‘yishi, qulupnayni 
o‘g‘lidan so‘ray qolmagani boisini aniqlashga urinib ko‘rishlari 
kerak: «Atay o‘g‘lining oldiga chiqqan Umri xolaning qulupnay-
ni bolasidan so‘rab qo‘ya qolmaganining sabablari haqida o‘ylab 
ko‘ring». Umri xola aslida bor ovqatni onasiga berdira olmagan 
o‘g‘ildan ukasi uchun bo‘lsa-da qulupnay so‘rashi mumkinmi yoki 
yo‘qligi haqida o‘quvchilar o‘ylab ko‘rishlari, onaning xatti-hara-
katlarini shu jihatdan baholashga urinishlari zarur. Ayni vaqtda
xalqimizda, dunyodagi deyarli barcha millatlarda har qanday sha-
roitda ham o‘g‘irlik yomon degan axloqiy qarash mavjud. Umri 
xola esa o‘g‘irlik qildi. Mayli, bemor o‘g‘li uchun bo‘lsa ham. 
O‘quvchilar onaning xatti-harakatlariga ma’naviy qozilik qi-
lishga urinib ko‘rishsa, odam degan yaratiqni anglash va baholash 
o‘zi bo‘laveradigan yumush emasligini teranroq tushunishadi. Eh-


100
101
timol, o‘quvchilar asardagi baxtsizliklar sababchisi sifatida urush 
va uning yo‘qchilik, qashshoqlik, mehrsizlik singari oqibatlarini 
ko‘rsatar. Balki ayrim talabalar Shoikromni xasisligu, qasoskor-
likda ayblar, ba’zilar betgachopar Xadichani ham fojia sababchisi 
deb anglar. Gap qotilni topishda emas, balki hikoyada tasvirlangan 
chinakam insoniy taqdirlarga beparvo bo‘lmay, astoydil munosa-
bat bildirishda. Shuni aytish joizki, muallif asarida ona urushning 
so‘nggi qurboni, degan fikrni o‘tkazishga moyil. Asarning nomla-
nishi ham shunga ishora. Ammo bugungi kun axloqi, badiiy matnga 
yangicha yondashish asnosida unga adib yuklamagan ma’nolarni 
ham kashf etish mumkin. 
Asar tahlilidan so‘ng uy vazifa sifatida 30 – 40 so‘zlik taassurot 
insho yozish talab qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. O‘quvchilar 
badiiy asar qahramonlarini tashqaridan kuzatishga emas, ichkari-
dan tuyishga odatlantirilsalar, saodatli ish bo‘ladi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling