Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Tadqiqot metodi. Ushbu metod o‘quv jarayonida bir muncha 
qiyin bo‘lgan nazariy yo‘nalishdagi masalalar ko‘tarilishini nazar-
da tutadi. Bu metodda bilim olishning nisbatan yuqori bosqichida 
ta’limning samarali izlanish usullarini mustaqil ravishda qo‘llash 
talab qilinadi. Bunda o‘quvchilar dalil to‘plash va ularni nazariy 
tahlil qilish, tizimga solish, umumlashtirish va ilmiy xulosalar 
chiqarish kabi amaliy ishlarini bajaradilar. Tadqiqot metodining 
evristik metoddan farqi shundaki, «kashfiyot» avvaldan ajratilgan 
materiallar tahlil qilinib, faktik materiallar umumlashtirilganidan 
so‘ng, amaliy ish jarayonida sodir bo‘ladi. Bunda o‘quv-biluv 
faoliyatining to‘liq turkumini o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida 
o‘zlari bajaradilar. Ya’ni ma’lumot to‘plashdan tortib, uni tahlil qi-
lish va yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llashgacha bo‘lgan ishlar-
ning barchasini o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda amalga oshi-
radilar. 
O‘quvchilar tomonidan faktik material to‘plash tadqiqot meto-
dining zaruriy qismidir. Mustaqil ravishda tajribalar o‘tkazish 
o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘qituvchi 
o‘quvchilar ixtiyoriga dalillarni topish, ularni taqqoslash, tizimga 
solish, umumlashtirishni topshirgani bilan uning muammolik da-
rajasi kamaymaydi. Tadqiqot metodini qo‘llashda topshiriqlar-
ning o‘quvchilar tomonidan bajarilishi muhim hisoblanadi. Top-
shiriqlarni bajarishda ularning biror bosqichi tushib qolsa, topshiriq 
o‘z tadqiqiyligini yo‘qotadi.


101
O‘quvchilarning rivojlanganlik darajasi mustaqil ravishda 
tadqiqot ishlarini olib boradigan darajaga yetganda, ya’ni yuqori-
roq bosqichiga o‘tilganda tadqiqot metodidan foydalaniladi. Bunda 
o‘quv materiali evristik metoddagiday tuzilishi kerak bo‘ladi. Savol-
lar, ko‘rsatmalar, topshiriqlar tartibi ham shunday bo‘ladi. Tad qiqot 
metodini qo‘llaganda savol-topshiriqlar bosqichning so‘ngida, 
o‘quvchilarning ko‘pchiligi muammoni hal qilib bo‘lgandan keyin 
qo‘yiladi. Bu kuchli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan metod bo‘lib, 
muammolarni hal etishda o‘z-o‘zini nazorat qilish va tekshirish 
usuli sanaladi. Rivojlanishi nisbatan sustroq bo‘lgan o‘quvchilarga 
ularning o‘zlari darajasidagi topshiriqlar beriladi. Topshiriqlar har 
bir o‘quvchining individual imkoniyatlariga qarab taqsimlanadi. 
Tadqiqot metodidan nafaqat yangi asarni o‘rganish, balki uni mus-
tahkamlash va badiiy tahlil bosqichida ham foydalanish mumkin. 
O‘quvchining ijodiy imkoniyatlarini aniqlash uchun o‘quv ish-
larining asosiy usullarini tahlilga tortilgan matnni o‘zlashtirish im-
koniyatlari darajasiga qarab aniq belgilash zarur. Tadqiqot meto-
dini qo‘llaganda ham o‘quvchi bilimlarni o‘zlashtirish jara yonida 
foydalaniladigan tahlil, sabab-oqibat orasidagi aloqadorlikni bel-
gilash, taqqoslash, birlashtirish, o‘z farazlarini keltirish, isbot-
lash, rejalashtirish singari usullarni istifoda etish mumkin. Tahlil 
va sabab-oqibat orasidagi aloqadorlikni belgilash usuli adabiy 
ta’limda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ijodiy jarayonda
bilmaslikdan bilishga o‘tish yo‘lidagi qiyinchiliklarga yo‘liqqan 
o‘quvchilarning analiz-sintez faoliyatida ruhiy holatning ahamiyati 
ko‘zda tutilmog‘i zarur.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling