Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

qoni qaynag‘ay, musulmonlik hamiyati toshgay, tamug‘ olovlari 
kabi sachragay. Lekin o‘z kuchsizligini anglab, qaytib o‘tirgan va 
qon yig‘agan turk...» sizningcha kim? «Sening omonatingga xiyo-
nat qilganlarni ez, ur, o‘ldur!» shaklidagi chaqiriq kimga qaratil-
gan va «xiyonatchi» kim deb o‘ylaysiz? 
38
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
39
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.
40
Karimov N., Normatov U. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik-majmua. – T.: 
«O‘qituvchi», 2006. 152-b. 


107
Shoirning: «…yuqorida aytdigim ishlarning hammasiga o‘zim 
sabab bo‘ldim, barchasini o‘zim qildim, sening Turoningni o‘zim 
talatdim, sening turkingni o‘zim ezdirdim, sening omonatlaringga 
xiyonat o‘zim qildim», – degan iqrori to‘g‘risida nima deysiz? Siz 
ham Fitratni xiyonatchi deb hisoblaysizmi yoki bu yerda boshqa-
charoq fikr bormi? 
«Men qo‘limga topshirdig‘ing qilichni tashlab cholg‘uni ol-
masa edim, Turonim talanmas edi!..» satrlaridagi yurt uchun 
kurashish o‘rniga cholg‘u bilan ko‘ngil ochishni qanday tushu-
nasiz? «Sening dunyoda sig‘magan g‘ayratingga ont ichamanki, 
Turoning eski sharaf va ulug‘ligini qaytarmasdan burun oyoqdan 
turmasman». Shoir ont ichishga asos qilib olgan g‘ayratni siz qan-
day tushunasiz? 
«Turon», «Turkiston», «turk», «turklik» tushunchalari haqida 
mulohaza yuriting. Ularni qanday tushunasiz? 
Asarda yigitning xayolini o‘g‘irlagan sohibjamol Xotun, 
Sizningcha, kimning timsoli? 
«Bir Xotunki, egnida ipakli, lekin yirtiq va eski bir ko‘ylakdan 
boshqa bir kiyim yo‘q» tarzida tasvirga e’tibor qiling. Nega Xotun-
ning kiyimi ipakli-yu, yirtiq? 
«Yonimda, ko‘zimda, miyamda, yuragimda nima axtarasan, 
nechuk ketmaysan? Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolg‘an 
ko‘zlaring nechuk yosh yomg‘urlari to‘kadur?» shaklidagi muro-
jaatga asoslanib ayolning ko‘zlari nega yog‘dusizligi, nima uchun 
yig‘layotgani haqida o‘ylab ko‘ring. 
«Bildim… Bildim… Angladim! Sen mening Vatanimsan
Vatanimning mungli xayolisan» tarzidagi kashfiyot nimaga asos-
langan? Asar qahramonini bezovta qilgan ayol – Vatan ekanligiga 
siz ham ishondingizmi? 
«Ey, muqaddas Turonimning xayoli, ketmay tur, ayrilma. 
Yonimda, ko‘zlarimda, yuragimda, vijdonimda qol, ketma. Yurtim, 
Turonim, sendan ayrilmoq, mening o‘limim» xitobining mazmuni-
ni chaqishga urinib ko‘ring. 
Muallif tilidan aytilgan: «Sening uchun o‘lmoq – mening 
tirikligimdur» shaklidagi xitobning ma’nosini anglating. O‘lim 
qan day qilib tiriklik bo‘lishi mumkin? 
Mana shu kabi savol-topshiriqlar o‘quvchilarni ruhiy loqayd-
likdan chiqaradi, ularning har birini o‘zicha o‘ylashga, o‘z muno-


108
109
sabatini bildirishga majbur qiladi. Yana shu narsa haqiqatki, bu 
savol-topshiriqlarning hammasiga sinfdagi barcha o‘quvchi javob 
berishi shart emas. Aqli yetgan, fikri bor bolalar javob beraveradi-
lar, qolganlar ular haqida mulohaza yuritadilar, javob berolmagan 
taqdirda ham, fikriy loqaydlikdan chiqadilarki, adabiy ta’lim uchun 
bu katta hodisadir.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling