Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

«6x6x6» metodi. Adabiy ta’lim jarayonida foydalanish mum-
kin bo‘lgan metodlarning yana biri «6x6x6» metodidir. Adabiy 
asarlar tahlili jarayonida mazkur metoddan foydalanishda adabiyot 
o‘qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni oqilona 
shakllantira bilish talab qilinadi. Bu metodda sinfdagi o‘quvchilar 
oltita-oltitadan olti guruhga bo‘linadi. Jami 36 o‘quvchi ishtirok 
etadi. O‘qituvchi istasa guruhlarga muayyan nomlar berishi ham 
mumkin. Dars mavzusi e’lon qilinib, ma’lum vaqt belgilanadi. 
O‘quvchilar mavzu atrofida bahslashadilar, o‘z munosabatla-
rini bildiradilar. Mavzu bo‘yicha belgilangan vaqt yakunlangach, 
o‘qituvchi guruhlarning a’zolarini almashtiradi. Yangi guruhda av-
valgi guruhdan bitta vakil qoladi va u o‘z guruhining mavzu yuzasi-
dan chiqargan xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. Yangi guruh 
a’zolari avvalgi guruhning fikr va xulosalarini o‘rganadilar, unga 
o‘z munosabatlarini bildiradilar. Shu tariqa qisqa vaqt oralig‘ida 
o‘quvchilar tomonidan ham mavzu yuzasidan fikr bildiriladi, ham 
bu fikrlar ularning o‘zlari tomonidan tahlil qilinadi. 
Sinfdagi o‘quvchilardan kichik guruhlar tashkil etishda quyi-
dagilarga amal qilinadi: 1. Guruhlar o‘qituvchi tomonidan bel-
gilanadi. 2. Guruhga rahbarlik qila oladigan o‘quvchi va guruh 
a’zolari oldindan aniq belgilab olinadi. 3. Har bir guruhga zehnli 
va qobiliyatli hamda bo‘shroq o‘zlashtiradigan o‘quvchilar, imkon 
qadar, teng taqsimlashga harkat qilinadi. Guruhlar bir-biriga muno-
sib a’zolar bilan to‘ldiriladi va vazifalari belgilanadi. 4. Guruh rah-
bari va a’zolariga vazifalari tushuntiriladi. 5. Har bir guruh doira 
shaklida o‘tirishi, guruhning har bir a’zosi bir-birini ko‘rib turishi 
shart. 6. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g‘oyalariga 
e’tibor berib boriladi. Yaxshi g‘oya egalari rag‘batlantiriladi
41

Bunday guruhlarni tashkil etishdan avval o‘quvchilarning shu 
ishni bajarishga bilim va malakalari yetarliligiga ishonch hosil qi-
lish; guruhlarga aniq yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; vazifaning bajarili-
41
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.


109
shi uchun yetarli vaqt ajratish; o‘z vazifasini vaqtdan ilgari bajar-
gan guruhning bandligini ta’minlashga tayyor bo‘lish; qo‘yiladigan 
masala murakkab bo‘lganda guruh a’zolari sonini kengaytirish; 
baholash va mukofotlash jarayonining guruh a’zolariga ta’siriga 
tayyorlanish; kuchli guruhlarni mukofotlash; bajarilgan ish nati-
jasini qanday topshirish yo‘llarini ma’lum qilish; jamoaning erkin-
ligiga imkoniyat yaratish kerak bo‘ladi.
Bu metoddan foydalanilganda o‘quvchilar guruhini bunday 
aralash tarzda tashkil etishning salbiy tomonlari ham mavjud. 
Ma’lumki, aralash guruhlarda ko‘proq kuchli o‘quvchilar ishlay-
di. O‘rtacha va bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar ularning oldida 
«yumilib» qoladilar. Chunki vaqt tig‘iz bo‘ladi. Demak, hamma 
o‘quvchilar darsda faol qatnashmaydilar. 
Shuning uchun sinfdagi tez fikrlab, tez ishlaydigan, mazkur 
o‘quv fanini yaxshi ko‘radigan o‘quvchilarni alohida, yaxshilarni 
alohida, o‘rtachalarni alohida va sekin fikrlaydiganlarni alohida 
guruhlashtirib, har bir guruhga o‘zining imkoniyati doirasidagi 
vazifani berish ham mumkin. Ma’lumki, o‘quvchilar o‘zlariga 
o‘xshagan, bilim darajasi bir xil bo‘lgan sinfdoshlari bilan yaqin 
bo‘ladilar. O‘z davralarida «ochiladi»lar. Bu ochilish ularda shaxs-
lik sifatlarining shakllanishiga ko‘maklashadi. Guruhlarning bilimi 
baholanayotganda urg‘u berilgan topshiriqning qiyinlik darajasiga 
qaratiladi. Hamma uchun ajratilgan vaqt bir xil, lekin topshiriqlar-
ning darajasi har xil. Gap shundaki, hamma o‘quvchilar belgilan-
gan vaqt oralig‘ida o‘z imkoniyatlari doirasidagi vazifani muvaf-
faqiyatli uddalaydilar va g‘alaba nashidasini suradilar. Bu nashida 
insonning ruhiy kamolotini ta’minlaydi. 
Keyingi paytlarda adabiy ta’lim amaliyotida «noan’anaviy 
dars» nomini olgan bahs-munozara, musobaqa, ssenariyli dars, kon-
ferensiya dars, sayohat darsi, nazm darsi, tahlil darsi kabi dars shakl-
lari keng tarqaldi. Ta’limning bunday shakli 7 – 9-sinfl ar adabiyot 
darslarida samarador bo‘lishi mumkin. Bu davrda o‘quvchilarning 
hayotiy, ba’zan, falsafiy xarakterdagi muammolarni hal etishga 
moyilligi kuchli bo‘ladi. Bu «dars»larning ko‘pchiligini suhbat 
metodining har xil usullari, shakllari deyish ham mumkin. 
Ularning orasida «Ssenariyli dars» nomi bilan ta’lim amali-
yotiga kirib kelgan shakli bevosita o‘quvchilarni ijodga undashi 
bilan ahamiyatlidir. Bu masala S. Yaminova tomonidan alohida 


110
111
tadqiqot tarzida ishlangan
42
. O‘rganilgan asarlar yuzasidan ssenariy 
tuzish ham o‘ziga xos ijod mahsuli. Bu jarayonda o‘quvchilar 
mustaqil fikrlab, ijod qiladilar. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchi 
ma’naviyatini sog‘lomlashtirishning asosi bo‘lgan mustaqil fikr-
lashga o‘rgatishda ssenariyli o‘qitishdan ham foydalanish mumkin.
Masalan, «Mazkur vaziyatdagi Anvar bilan Ra’no faoliyati 
bo‘yicha ssenariy yozing» topshirig‘i o‘quvchilar Abdulla Qodiriy-
ning «Mehrobdan chayon» romanidan olingan parchalar bilan 
tanishib bo‘lganlaridan so‘ng asar matni tahliliga bag‘ishlangan 
darslarda berilishi mumkin. Avval ssenariy va uning yaratilishi 
haqida o‘quvchilarga maxsus bilim beriladi. Bir qator badiiy asarlar 
va ularni sahnalashtirish uchun yozilgan ssenariylar matni, ularnig 
tuzilishi, asardagi ssenariy uchun muhim jihatlarning ajratilishi bi-
lan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, sahna 
asari ssenariysini tayyorlash uchun o‘quvchilarga yo‘nalish beruv-
chi: «Ularning xatti-harakatlari ma’nosini oching. Qahramonlarn-
ing so‘zlari ortidagi fikr va tuyg‘ularini harakatlarga ko‘chiring», 
«Qahramonlarning o‘zini tutishi bilan tabiat hodisalarini mutano-
siblashtiring», «Keyingi sahifalarni o‘qimasdan burun Ra’noning 
hayotida shunday burilishlar bo‘lishini tasavvur qilganmidingiz?» 
yoki «Anvarda bugungi kitobxon uchun yot bo‘lgan qanday sifatlar 
bor? Bugungi kunda qahramonga xos qaysi sifatlar o‘z qimmatini 
yo‘qotmagan?», «Spektakl-lavha qahramonlarini munosib kiyintir-
ing», «Bu qahramonlarning har biri sizda qanday tuyg‘u va fikrlar 
uyg‘otadi?» singari savol va topshiriqlar qo‘yilishi maqsadga mu-
vofiqdir. 
Yoki «Alpomish» dostonidagi (aniq bir) epizod asnosida 
ssenariy yozing» topshirig‘i uchun «Siz nima deysiz, mana shu 
sahna qanchalik tabiiy? Mazkur hodisalar tasviri Alpomishning 
holatini ifodalashda qanday o‘rin tutadi? Bular asarda bo‘lmasligi 
mumkinmidi?», «Alpomishning so‘zlari ortida qanday tuyg‘ular 
bor? Uning ruhiy holati qanday?» va hk. savol, topshiriqlar 
o‘quvchini, shubhasiz, mulohaza yuritishga, qahramonning o‘ylari, 
tuyg‘ulari, haraktlarini kuzatishga, ularni ajratishga yo‘naltiradi. 
Sahnada namoyish etilishi lozim bo‘lgan muhimlarni nomuhimdan 
42
Yaminova S. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda 
ssenariyli o‘qitish usulidan foydalanish. Ped. fan. nomzodi …diss. – T.: 1997; – 168 
b.


111
farqlashga, bu boradagi qarashlarini asoslashga, fikrlarini isbot-
lashga va himoya qilishga odatlantiradi.
Badiiy asarlarni har xil metodlar ko‘magida o‘quv tahli-
liga tortishda, ular bilan ishlashda o‘quvchilarning tasavvurlarini 
uyg‘otadigan, mantiqiy mulohaza yuritishga undaydigan, faqat o‘z 
fikri va xulosasini aytishda qo‘l keladigan savol-topshiriqlar yetak-
chilik qiladi. Ular shaklan ssenariy tuzishga yo‘naltirilgan tarzda 
bo‘ladimi, muammo ko‘rinishida bo‘ladimi, birgalikda ishlashga 
undovchi vazifalar bo‘ladimi, yakka ishlash tartibiga qaratilgan-
mi ekanidan qat’i nazar, barchasi zamirida o‘quvchining ma’nan 
sog‘lomlashuvi, ruhiy erkinligi, fikr mustaqilligini ta’minlash yota-
di. 
Kitobxonda tuyg‘ularning junbushga kelishi aqlning jim turi-
shi degani emas. O‘qituvchi o‘quvchining tafakkuri faoliyatsizli-
giga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Tahlil qilmay, mohiyatiga kirmay, 
o‘ylamay badiiy asarni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Aynan shunday 
vaziyatda, aql va tuyg‘ular hamkorligida bola tafakkurining mus-
taqilligi yuzaga keladi. Mustaqil fikr bilan ayni zamonda, mantiqiy 
va obrazli tafakkur ham rivojlanadi. Ta’limning mantiqiy metodlari 
ham, interfaol metodlari ham o‘quvchilar mustaqil fikrini o‘stirish, 
shu asnoda ma’naviy komillik yo‘lini tutishi maqsadiga xizmat 
qiladi.
Maktab amaliyotida usul, ko‘pincha, metod bilan bir narsa yoki 
metodning bir qismi deb qaraladi. Aslida usullar metodlarni yuzaga 
keltiruvchi, uni tashkil qiluvchi unsurlardir. Masalan, ta’limning 
muammoli metodi muammoli vaziyat yaratish, o‘quv farazlarini 
shakllantirish, ularni isbotlash singari usullarni o‘z ichiga ola-
di. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi muammoli, 
suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduktiv singari 
ta’limning mantiqiy metodlarida ham o‘rganilayotgan o‘quv ma-
terialidan muhimni ajratish, o‘rganilayotgan hodisaning umumiy 
yoki xususiy jihatlarini topib tasnif qilish, tizimga solish, aniqliklar 
kiritish, isbotlash singari usullardan foydalaniladi. 
Muhimni ajratish usuli qo‘llanilganda o‘zlashtiriladigan ax-
borotni mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish, ularni taqqoslash, materi-
alni saralash, tayanch so‘z va tushunchalarni topish, asosiy fikrni 
aniqlash, o‘quv materialini guruhlarga ajratish, asosiy fikr haqida 
xulosa berish singari ishlar ham mazkur metodlarning usullari hi-
soblanadi va hk.


112
113
Badiiy tahlilni ongli ravishda amalga oshirishda timsollardagi 
muhim jihatlarni ajratishda matnni qismlarga bo‘lish yoki undagi 
muhim tizimli belgilarni topish, sintez aloqalarni anglash va tu-
shuntirib berish ishlari ham samarali usullardir. Aniqlik kiritish 
usuliga umumnazariy fikrdan xususiysiga o‘tish, uni qo‘llash yoki 
mavhumlikdan aniqlikka, ko‘p shakllilikka o‘tish ishlari kiradi.
Isbotlash usuliga esa tezislarni aniqlab olish, isbotlashning 
yo‘llarini belgilash, zarur dalillarni to‘plash, xulosalarni bir tizimga 
solish, sababiy aloqalarni aniqlash ishlari kiradi. Dars jarayonida 
ta’lim usullari qo‘llanilganda o‘quvchilar tomonidan bajariladigan 
ishlarning ma’lum qismi takrorlanadi. Bu hol bilimlarning mustah-
kam o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Qarashlarni umumlahtirib shuni aytish mumkinki, adabiy 
ta’lim jarayonini qiziqarli va o‘quvchilarga yoqimli tashkil etish 
uchun an’anaviy o‘qitish usullari bilan birga turfa metod va usul-
lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling