Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Induktiv va deduktiv metodlar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Induktiv va deduktiv metodlar. Adabiyot o‘qitishda 
ta’limning induktiv, deduktiv metodlarining ham o‘ziga xos o‘rni 
bor. So‘nggi yillarda deduktiv ta’limga e’tibor kuchaydi. Lekin ta-
fakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib ta’limda muvaf-
faqiyatga erishish mumkin emas. Induktiv yoki deduktiv metodlarni 
qo‘llash o‘rganilayotgan o‘quv materialining mantig‘ini ajratishda, 
ya’ni xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishda 
ahamiyat kasb etadi. 
Y. Babanskiy induktiv metodni qo‘llaganda o‘qituvchi 
va o‘quvchi faoliyatining quyidagi ikki varianti mavjudligini 
ko‘rsatadi: birinchi variantda o‘qituvchi avval faktlarni keltiradi, 
tajribani, ko‘rgazma materialini namoyish etadi, topshiriqlarni baja-
rishni tashkil etadi, o‘quvchilarni asta-sekinlik bilan tushunchalar-
ni aniqlashga, qonuniyatlarni o‘zlashtirish va fikrlarni umumlashti-
rishga olib boradi. O‘quvchilar xususiy faktlarni o‘zlashtiradilar, 
so‘ngra o‘quv xarakteridagi umumlashma xulosalarni chiqaradilar. 
Ikkinchi variantda o‘qituvchi o‘quvchilarning oldiga xususiy jihat-
lardan umumiy holatlarga yetaklovchi, umumiy xulosalarga olib 
keluvchi muammoli masala qo‘yadi
37

37
Бабанский Ю. К. Методы обучения современной общеобразовательной 
школе. – М: «Просвещение», 1985; C. 150 – 153. 


103
Bugungi adabiy ta’limda o‘quvchi ma’naviy kamolotini 
ta’minlash maqsadida mustaqil fikrlash va erkin faoliyatga undash 
yetakchilik qilayotgan ekan, induktiv metodning birinchi varianti 
yetarli samara bermaydi. Ikkinchi variant, ya’ni o‘qituvchining 
xususiy jihatlardan umumiy holatlarga yetaklovchi, umumiy 
xulosalarga olib keluvchi muammoli masalalarni qo‘yishi va 
o‘quvchilarning haqiqatlar ustida mustaqil ravishda mulohaza 
yuritib, xulosalar chiqarib, umumlashmalar qilishi – ko‘proq sa-
mara beradi.
Induktiv metodning zaif tomonlari shundan iboratki, unda 
yangi mavzuni o‘zlashtirishda ko‘proq vaqt talab qilinadi. Bu 
metod o‘quvchining mavhum tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi. 
Maktab adabiy ta’limida o‘quvchi ma’naviyatini sog‘lomlashtirish 
yo‘lida quyi sinflarda induktiv metodidan foydalanib, sinflar yuqo-
rilab borgani sari asta-sekinlik bilan deduktivga o‘tish o‘rinliroq 
bo‘ladi. Chunki quyi sinflarda narsa, hodisa va bilimlarning ko‘proq 
xususiy tomonlari o‘rganiladi. 
Masalan, boshlang‘ich sinflarning «O‘qish kitobi» darsliklari 
ham adabiy ta’lim asosini tashkil etgani holda ularda tavsiya etil-
gan «Uy hayvonlari», «Qushlar», «Baliqlar» singari mavzularni 
induktiv metoddan foydalangan holda o‘tish mumkin. Masalan, 
uy hayvonlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish uchun ularga tay-
yor ma’lumotlar berilmay, mavzu va manbalar uy vazifasi sifatida 
topshiriladi. Darsda darstaxtaga ko‘plab uy hayvonlarining rasmi 
qo‘yiladi. So‘ng o‘quvchilardan ular to‘plagan bilimlar asosida 
hayvonlarning har biriga xos individual xususiyatlar so‘raladi. «Ot-
ning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?» savoli bolalardan 
ot haqida bilganlarini aytishni talab qiladi. Ma’lumki, biya suti-
dan qimiz olinadi, tuyog‘iga taqa qoqiladi, uning go‘shtidan qazi 
qilinadi, ot kishnaydi, otdan sportda, uloqda, urushlarda foydalani-
ladi va hk. «Eshakning faqat o‘ziga xos xususiyatlaridan nimalarni 
bilasiz?» savoli o‘quvchini eshakni tasavvur qilishga, u haqida 
o‘qiganlarini aytishga yo‘naltiradi. Boshqa barcha uy hayvonlari-
ning shunday individual xususiyatlari o‘quvchilar tomonidan to‘liq 
ochib bo‘lingach, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan jihatlar 
haqida so‘raladi.
O‘quvchilar uy hayvonlarining hammasi odam uchun xizmat 
qilishini, hammasi tirik tug‘ishi, hammasi odamlar tomonidan bo-


104
105
qilishi, hammasi o‘t-yem bilan oziqlanishi, hammasining oyog‘i 
to‘rttaligi, hammasining tuyog‘i borligi va hk.larni bilganlaricha 
sanaydilar. Bu jarayonda bilim bilan xotira birgalikda faoliyat 
ko‘rsatadi. O‘quvchilar bilimlarni o‘qituvchidan tayyor holda ol-
may, o‘zlari bilganlarini namoyish etadilar. 
Ta’limning deduktiv metodini qo‘llaganda, umuman, 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati quyidagi tarzda bo‘ladi: 
o‘qituvchi avval qoida yoki qonunning umumiy jihatini so‘raydi, 
asta-sekinlik bilan uning xususiy tomonlariga o‘tadi, so‘ng birgalik-
da ma’lum masalani yechishga kirishiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi 
rahbarligida avval umumiy holatni o‘zlashtiradilar, so‘ng ulardan 
kelib chiqadigan xususiy jihatlarni o‘rganadilar. 
O‘qituvchi adabiy ta’lim maqsadidan kelib chiqib deduk-
tiv metodni qo‘llaganda umumiy holatlardan xususiy jihatlarga 
o‘tadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga yo‘nalish berishi, yo‘l-yo‘riqlarni 
taqdim etishi adabiy ta’lim maqsadiga ko‘proq muvofiq keladi. 
Ko‘rsatilgan yo‘ldan o‘quvchilarning o‘zlari umumiylikdan xu-
susiy jihatlarni ajratishi, ularni farqlashi, asoslashi va xulosalar 
chiqarishi lozim bo‘ladi.
Deduktiv metod o‘quv materialini nisbatan tez o‘tish imko-
nini beradi. O‘quvchini tez fikrlashga o‘rgatadi. Adabiy ta’lim ja-
rayonida sharoitdan kelib chiqib, induktiv va deduktiv metodlarni 
birgalikda qo‘llash ham katta samara beradi. Bir darsning o‘zida 
bir masala yuzasidan avval xususiyni aniqlab, undan umumiyga 
o‘tish va ikkinchi bir muammo bo‘yicha avval umumiyni ajratib, 
so‘ng xususiyga, mayda tafsillarga o‘tish jarayoni ham o‘quvchilar 
tasavvuri tiniqlashuvi, xulosalari qat’iylashuviga ko‘mak beradi.
Bugun milliy pedagogikada keng qo‘llanilayotgan metodlar 
o‘quvchi-o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, 
qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tut-
moqda. Qisqa vaqt mobaynida zarur nazariy bilimlarni o‘quvchiga 
yetkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil 
qilish, shu bilan birga bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qi-
lish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni ta-
lab qiladi. Bugun qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan 
«Fikriy hujum», «6x6x6», «Klaster», «Qarorlar shajarasi» singari 
metodlarning ayrimlaridan adabiy ta’lim jarayonidagi badiiy asar 
tahlilida ham foydalanish mumkin. Aslini olganda, bu metodlar ning 


105
ta’limdagi mantiqiy metodlardan farqi uncha katta emas. Ularning 
barchasi zamirida muammoli metodning unsurlari mavjud.
Masalan, «Fikriy hujum» metodining maqsadi o‘quvchilar-
ning dars jarayonidagi faolligini oshirish, ularni erkin, mustaqil 
mulohaza yuritishga undash, hammani bir xil qolipda fikrlashdan 
qutqarish, ma’lum mavzu yuzasidan har xil fikrlarni to‘plash va 
masalaga ijodiy yondashuvni ta’minlashdan iborat. Bu metoddan 
foydalanilganda favqulodda, kutilmagan savol yoki topshiriq-
lar bilan o‘quvchilar loqaydlikdan, muvozanatdan chiqariladi va 
ular bezovta ruhiyat bilan badiiy muammoga, o‘quv topshirig‘iga 
«hujum» qiladilar. Ya’ni har bir o‘quvchi o‘z bilimi, qobiliyati, 
iqtidori, dunyoqarashi va imkoniyatlari darajasida uni hal etishga 
kirishadi. O‘quvchilar o‘z oldilariga qo‘yilgan muayyan masala 
bo‘yicha mulohaza yuritadilar. Bu metoddan foydalanilganda 
o‘qituvchidan masala atrofida ishlayotgan, mulohaza yuritayot-
gan har bir o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni qayd etib borish, 
har bir ishtirokchining erkinligini ta’minlash, aytilgan fikrlarning 
asosla nishini talab qilish, toki fikrlar tugamaguncha bahsni davom 
ettirish talab qilinadi. O‘quvchilar tomonidan aytilayotgan fikr-
larni alohida baholash, ularni tanqid qilish yoki fikrlardan kulish 
ta’qiqlanadi. 
«Fikriy hujum» – o‘quv muammolarini hal qilishda keng 
qo‘llaniladigan metod. U qatnashchilarning tasavvurlari, bor bilimi 
va imkoniyatlaridan unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. Mazkur 
metod o‘quvchi oldiga qo‘yilgan har qanday muammoli masalaga 
ko‘p sonli yechimlar topishga imkon yaratadi. Fikriy hujumdan 
foydalanilganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: 
1. Bu usulni qo‘llash jarayonida baholashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Agar jarayonning o‘zida g‘oyalar baholanadigan bo‘lsa, qatnash-
chilar o‘z fikrlarini himoya qilishga berilib ketib, yangi fikr aytish-
dan chalg‘iydilar. 
2. Har bir o‘quvchi bitta masala yuzasidan o‘ta xilma-xil mu-
lohazalar aytishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘quvchilarda kutilmagan fikr, 
favqulodda g‘oyalar tug‘ilmasa, qatnashchilar bir-birlarini takror-
lashga majbur bo‘ladilar. 
3. G‘oya va fikrlarning miqdori rag‘batlantiriladi. Ma’lumki, 
miqdor odatda o‘sib sifatni keltirib chiqaradi. Qatnashchilarga 
tasavvurga erk berish imkoniyati yaratilishi kerak. Bu erkinlik nati-
jasida betakror va kuchli g‘oyalar tug‘iladi. 


106
107
4. Har bir o‘quvchi o‘zgalar g‘oyasiga asoslanishi va ularni 
o‘zgartirishi mumkin. Chunki fikrdan fikr tug‘iladi. Oldin tak-
lif etilgan g‘oyalarni o‘zgartirish, ko‘pincha, birlamchi fikrdan 
kuchliroq, yaxshiroq qarashlarni keltirib chiqaradi
38
.
«Fikriy hujum» metodidan foydalanish jarayoni quyidagi bos-
qichlarda amalga oshiriladi:
• 
o‘quvchilar erkin tartibda joylashtiriladi;
• 
g‘oya va fikrlarni yozish uchun darstaxta yoki varaqlar tay-
yorlab qo‘yiladi;
• 
hal etilishi lozim bo‘lgan muammo aniqlanadi;
• 
ish jarayoni belgilab olinadi: a) g‘oyalar baholanmaydi
b) fikrlashga to‘liq erk beriladi; v) fikrlar ko‘p bo‘lishiga (miq-
dorga) intilinadi; g) o‘quvchilar faoliyati «ilg‘ab oling», «bilib 
oling», «g‘oyalarga asoslaning», «qo‘shing», «kengaytiring», 
«o‘zgartiring» singari chaqiriqlarga asosan uyushtiriladi;
• 
qo‘yilgan muammo yuzasidan fikrlar so‘raladi va yozib bo-
riladi;
• 
o‘zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlar va mayna 
qilishlarga aslo yo‘l qo‘yilmaydi;
• 
varaqlar g‘oya va fikrlar bilan to‘lganda ular ko‘rinarli yerga 
osib qo‘yiladi;
• 
g‘oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi;
• 
shundan so‘ng yangi, kuchli, asosli va original g‘oyalar 
o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi, baholanadi
39
.
Abdurauf Fitratning 5-sinflar uchun yozilgan «Adabiyot» dars-
lik-majmuasidan o‘rin olgan «Yurt qayg‘usi I», «Yurt qayg‘usi II» 
nomdagi sochma she’rini
40
«Fikriy hujum» metodidan foydalanil-
gan holda o‘tish uchun o‘quvchini aqliy muvozanatdan, loqayd-
likdan chiqaradigan quyidagi savol-topshiriqlarni berish mumkin: 
«Nomusini bot kishilarning oyog‘lari ostinda ko‘rub, turklik 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling