Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


O‘quvchi oldiga muammo shaklida qo‘yilgan, uni asar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

O‘quvchi oldiga muammo shaklida qo‘yilgan, uni asar 
matni ustida o‘ylashga, izlanishga undaydigan, uning zamiri-
dagi ma’nolarni tushunish uchun hayotiy tajribalariga qayta-
qayta murojaat qilishga majbur qiladigan savol yoki topshiriq-
ni muammoli masala yoki muammoli savol-topshiriq deyish 
mumkin. X. To‘xtaboyevning oltinchi sinf darsligida berilgan 
«Sariq devni minib» asari
59
bo‘yicha «Hoshimjonning bilimsizlik 
tufayli qilgan shuncha qilmishlaridan xabardor bo‘lgandan keyin 
ham kitobxon uni yomon ko‘rib qolmaydi. Buning sabablari haqida 
nima deysiz?» tarzidagi savol o‘quvchilar uchun muammo bo‘ladi. 
O‘quvchilar bu masalani hal qilish maqsadida asardan Hoshimjon 
shaxsi tasvirlangan, uning qilmishlari yoritilgan o‘rnilarni qayta-
qayta o‘qishga, o‘z ko‘ngillarida unga nisbatan paydo bo‘lgan 
munosabatni ta yin etishga majbur bo‘lishadi. O‘zlarining ruhiy ho-
lati, siyratidagi asos larga tayanib, Hoshimjonni yomon ko‘rib qol-
maganliklarining sabablarini qidirishadi, munosabat bildirishadi. 
Darsda an’anaviy yo‘llar bilan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan 
yoki mohiyatiga o‘quvchilar chuqurroq kirishi lozim deb topilgan 
biror mavzu yuzasidan o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan 
vaziyat, holat muammoli vaziyat deyiladi
58
Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim mak-
tablarining 6-sinfi uchun darslik-majmua. – Toshkent: «Ma’naviyat», 2005; 114-bet.
59
O‘sha asar, 12-bet.


133
Masalan, 7-sinf «Adabiyot» darsligidagi H. Olimjonning 
«G‘azal» she’ri
60
yuzasidan berilgan «G‘azalning ikkinchi va 
uchinchi baytlari o‘rtasidagi ma’no bog‘liqliklarini aniqlang. 
Shamol timsoli tashiyotgan she’riy ma’noni toping» topshirig‘ini 
bajarish paytida o‘quvchi tushgan qiyin vaziyat, darsdagi umu-
miy holat muammoli vaziyat sanaladi. O‘quvchilar oshiqning tong 
chog‘i g‘unchani o‘pib ochayotgan shamolga havas qilishi, shamol 
gullar hidini olamga yoygani singari ma’shuqasining bo‘yini taratib 
olam ni «mastu-mustag‘riq» qilishni istagani, agar u shu ishni qilol-
sa, o‘z san’atiga lol bo‘lib havaslanishi kabi murakkab holatlarni 
kashf qilish yo‘lidagi izlanish jarayoni o‘quvchi uchun muammoli 
holat, vaziyat sanaladi. Qo‘yilgan masalaning nechog‘lik murak-
kabligi muammoli vaziyatning darajasini belgilaydi.
Adabiyot darslarida muammoli dars yoki holat hosil qilishning 
umumiy talablari quyidagilardan iborat:
• adabiy ta’lim amaliyotida muammoli vaziyatni tashkil qi-
lish uchun shunday amaliy yoki nazariy masala qo‘yilishi ke-
rakki, uning yechilishi davomida o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim 
bo‘lgan yangi bilimlarni o‘zi o‘rganib olsin. Muammoli vaziyatni 
hosil qiluvchi masalani qo‘yishda quyidagi shartlarga amal qili-
nadi: 1. Muammoli topshiriq o‘quvchilarda oldin shakllantiril-
gan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanishi lozim. O‘quvchilar 
topshiriqning shartlarini tushunib olish va uni bajarishga astoydil 
urinishlar natijasida uning yechimiga mustaqil ravishda yetib kela 
olishlari kerak. Muammo tarkibiga o‘quvchi uni hal qilish davo-
mida aniqlashi zarur bo‘ladigan bitta noma’lum masala (faoliyat-
ning yo‘llari, shartlari yoki munosabat), qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 
2. O‘quvchi oldiga qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun shu kabi 
masalalarga doir umumiy qonuniyatni, shu xildagi topshiriqlarni 
bajarishning umumiy yo‘llari yoxud ayrim shartlarini o‘zlashtirgan 
bo‘lishi lozim. 3. Muammoli masalani yechish o‘quvchilarda yangi 
bilimlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj uyg‘otishi o‘rnili bo‘ladi. 
• adabiyot darslarida o‘quvchiga taklif etilayotgan muammo-
li masala uning intellektual imkoniyatlariga mos tushishi lozim. 
Qo‘yiladigan muammoli masalaning murakkabligini o‘zlashtirilishi 
lozim bo‘lgan o‘quv materialining yangiligi va umumlashganlik 
60
Yo‘ldoshev Q., Qodirov V. Adabiyot. Umumta’lim maktablarining 7-sinflari 
uchun darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2005. 277-bet.


134
135
darajasiga qarab aniqlash mumkin. O‘quvchilarning intellektual 
imkoniyatlari qancha katta bo‘lsa, o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan 
bilimlarning yangilik darajasi va umumlashganligi shunchalik ba-
land bo‘ladi. Muammoli masalani hal qilish uchun zarur bo‘lgan 
harakat turlari va yechish yo‘llari ham shu darajada yuqori bo‘lishi 
mqsadga muvofiq;
• adabiyot darslarida qo‘yilgan muammoli masala 
o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlardan oldinda bo‘lishi kerak. 
Agar o‘quvchilarda o‘rganiladigan hodisa haqida yetarli darajada 
ma’lumot bo‘lmasa yoki o‘quvchi mustaqil faoliyatining dastlabki 
belgilari aniq bo‘lmasa, ularga shunday tushunchalarni beradigan 
bosqich tashkil qilinishi lozim. Yoki ular hosil qilingan muammoli 
vaziyatda faoliyat yuritishga maxsus tayyorlanishlari kerak bo‘ladi. 
Muammoli vaziyatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialini 
to‘g‘ri ajrata bilish zarur. O‘quv materialini tayyorlash jarayonida 
o‘quvchilar o‘zlashtiradigan material bilan ular ijodiy o‘rganishi va 
o‘zligiga singdirishi darkor deb topilgan sifatlar aniq belgilanishi 
kerak. O‘quv materialining birinchi turiga daliliy ma’lumotlar va 
zarur ko‘nikmalar kiradi. Ikkinchi turiga esa faoliyatning umumiy 
qonuniyatlari, harakat yo‘llari, o‘zlashtiriladigan bilim va ma’naviy 
fazilatlarning umumiy shartlari kiradi;
• adabiyot darslarida muammoli topshiriq sifatida adabiy-
nazariy masalalar, mulohaza yuritishga yo‘naltiradigan savollar, 
amaliy ishlarni ham sanash mumkin. Ammo muammoli vaziyat bi-
lan muammoli masalani aralashtirib yubormaslik kerak. Muammoli 
masala o‘z-o‘zidan muammoli vaziyat hosil qila olmaydi. Yuqori-
dagi shartlarga to‘liq amal qilingandagina muammoli vaziyat vu-
judga kelishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan har qanday 
savol o‘z-o‘zidan muammoli vaziyatni paydo qilavermaydi;
• o‘quvchilarning oldiga qo‘yilgan amaliy yoki nazariy ma-
sala ularda muammoli holatni paydo qilsa, muammoli vaziyat 
ko‘rsatgichiga aylanishi mumkin. Buning uchun o‘qituvchi to-
monidan muammoli savolga aylantirilgan masala o‘quvchilar 
ko‘nglidagi savollarga mutanosib bo‘lishi talab qilinadi. Agar 
o‘qituvchi tomonidan shakllantirilgan muammo o‘quvchilarning 
shaxsiy muammolariga muvofiq kelmasa, bu muammoli ta’lim ta-
lablariga mos tushmaydi va o‘quvchilarda ijodiy holat uyg‘otishga 
xizmat qilmaydi;


135
• adabiyot darslarida tashkil qilingan bitta muammoli vazi-
yat har xil turdagi topshiriqlar bo‘yicha ham yaratilishi mumkin. 
Muammoli vaziyat tushuntirish, ma’lum voqea-hodisani oldindan 
aytish talab qilinadigan nazariy masalalar bo‘yicha ham chiqarili-
shi mumkin. Bunday holatlarda muammoli nazariy masala zarur 
faktlar haqida ma’lumot berishga xizmat qilishi kerak. Muammo-
li vaziyatni talab qiladigan nazariy masala muammoli masalani 
yechish shartlariga mos keladigan faktlarga asoslanishi lozim. 
Muammoli vaziyatni amaliy masalalar yuzasidan ham tashkil etish 
mumkin. Bunday muammoli vaziyat o‘quvchi oldiga qo‘yilgan 
nazariy masalani bajara olmagan holatlarda vujudga keltiriladi. 
O‘quvchiga oldindan ma’lum yo‘llarga tayanib, masalani yech-
ish mumkin bo‘lmagan hollarda tabiiy ravishda muammoli vaziyat 
paydo bo‘ladi, o‘quvchiga harakat va faoliyatning yangi, noma’lum 
yo‘llarini topish kerak bo‘ladi;
• adabiyot darslarida muammoli vaziyatni o‘qituvchi masalani 
bajarishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarning sabablarini anglatish yoki 
biror dalilni bu yo‘lda tushuntirib bo‘lmasligini ko‘rsatish uchun 
ham tashkil etishi mumkin.
Muammoli ta’limga bag‘ishlangan metodik adabiyotlarda 
muammoli vaziyatda o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonini tash-
kil etish va boshqarishga doir qator talablar qo‘yilgan
61
. Shularga 
asoslangan holda bugungi adabiyot darslaridagi muammoli vazi-
yatlarni boshqarishga quyidagi talablarni qo‘yish mumkin:
1. Adabiyot darslarida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv 
materiali yaratiladigan muammoli vaziyatga asos bo‘lishi va ular 
61
Айзерман А. С. Современный урок литературы и проблемное преподавание. 
– Москва: «Просвещение», 1969; Кудрявцев В. Т. Внедрение принципа проб
-
лемности в обучении. – Москва, «Высшая школа», 1968; Кудряшов Н.И. Взаи-
мосвязь методов обучения на уроках литературы. – Москва: «Просвещение», 
1981; Лесохина Л. Н. О проблемности урока литературы. // Литература в школе, 
1965; № 6. Маранцман В. Г., Черкасова Т. В. Проблемное изучение литератур-
ного произведения в школе. – Москва: «Просвещение», 1977; Махмутов М.И. 
Организация проблемного обучения. – Москва: «Просвещение», 1977; Махму-
тов М. И. Развитие позновательной активности и самостоятельности учащихся. 
– Казань: Татарское книжное издательство, 1963; Махмутов М. И. Современ-
ный урок. – Москва: «Педагогика», 1985; Махмутов М. И. Теория и практика 
проб
лемного обучения. – Казань: Татарское книжное издательство, 1972; Слад-
кова Д. А. Проблемное преподавание литературы в старшых классах средней 
школы. – Казань: Казанский университет, 1967.


136
137
o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq kelishi ke-
rak. An’anaviy usullarda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni 
o‘quvchilar o‘qituvchi, darslik yoki boshqa ta’limiy vositalar orqa-
li o‘rganardi. Muammoli ta’limda esa o‘quv materiali muammoli 
vaziyat orqali o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan o‘zlashtiriladi.
2. Adabiyot darslarida o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim 
bo‘lgan ma’lumotlarni yetkazish ba’zan bolalarning har xil ijodiy 
imkoniyatlaridan foydalanish yo‘li bilan ham tashkil etilishi mum-
kin. O‘quvchilarning ma’lum qonuniyatlarni mustaqil ravishda 
ang lashlari, zarur yo‘llar yoki harakat shartlarini belgilashlari, ay-
rim hollarda, ulardan katta tayyorgarlikni talab qilsa, ba’zan kich-
kinagina turtki ham yetarli bo‘ladi. Ba’zi bir holatlarda o‘quvchiga 
o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganishda ko‘maklashish, unga 
harakat yo‘llarini ko‘rsatish, vaziyat talab qilganidek ish tutishni 
o‘rgatish kerak bo‘ladi.
3. Adabiy ta’lim amaliyotida o‘quvchi muammoli masalani hal 
qilishning dastlabki bosqichida avval olgan ma’lumotlaridan yoki 
talab qilingan faoliyat yo‘nalishidan foydalanishi lozim. Ba’zi hol-
larda o‘zlashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish ayrim faktlarni 
tushuntirishdangina iborat bo‘ladi, boshqasida zarur xatti-harakat-
lar tizimini amalga oshirish talab qilinadi.
4. Adabiyot darslaridagi o‘quv topshiriqlari nisbatan qi yin 
bo‘lgan hollarda u o‘quvchi tomonidan hozir yechilishi zarur 
bo‘lgan xususiy muammoli masala sifatida umumiy noma’lumliklar 
tizimining izchil davomi bo‘lishi mumkin. Bitta muammoli masala 
bir yoki ketma-ket keladigan ikki muammoning davomi sifatida 
ham taqdim etilishi mumkin. Darslarda tashkil qilingan muammo-
li holatlarda o‘quvchilar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan adabiy-
nazariy bilim hamda ma’naviy-axloqiy sifatlar ularning ongli 
ishtiroki va mehnati bilan amalga oshiriladi. Keltirib chiqariladi-
gan muammoli vaziyatga noma’lum bilimlarni o‘zlashtirish, oldin 
tuyilmagan insoniy kechinmalarni tuyish va odamni his qilishga 
ehtiyoj uyg‘otadigan, harakatning to‘g‘ri bajarilishiga xizmat qi-
ladigan, o‘quvchini adabiy ta’lim maqsadi sari yetaklaydigan na-
zariy-amaliy, ma’naviy-axloqiy masalalar asos bo‘ladi.
Adabiy ta’limda o‘qituvchi tomonidan ma’lum mavzu yu-
zasidan uyushtiriladigan didaktik muammoli vaziyatdagi fikr-
lash jara yoni subyekt va obyektning o‘zaro maxsus faoliyat turi 
sanaladi. U o‘quvchi ruhiy holatining shunday turiki, unda subyekt


137
(o‘quvchi)ga avval ma’lum bo‘lmagan yangilik bo‘lmish bilimni 
egallash yoki ma’naviy xislat (obyekt)ni kashf qilish va o‘zlashtirish 
muammoli topshiriqni bajarish hisoblanadi. 
Muammoli vaziyatning psixologik tizimi insonni intellektual 
faoliyatga undovchi bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj, o‘zlashtiriladigan 
bilim, faoliyat turi, o‘quvchining intellektual imkoniyatlari hamda 
ijodiy qobiliyati kabi jihatlarni qamrab oladi. Muammoli vaziyat-
ning paydo bo‘lishi tafakkurning ikki bosqichi: tafakkur jarayo-
nining quyi chegarasi, ya’ni o‘zlashtirilgan bilimlar muammoning 
hal etilishi uchun yetarli ekani, tafakkurning yuqori bosqichi esa 
o‘zlashtirilgan bilimlar yetarli bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. 
Ta’limiy muammo tortishuvlar, bahs-munozaraga, fikrlar xilma-
xilligini keltirib chiqarishga arziydigan, faoliyatning noma’lum 
yo‘llari, qonuniyatlarini belgilaydigan, o‘zlashtirilgan bilimlar aso-
sida aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisadir. 
Muammoli vaziyatni Said Ahmadning 8-sinf «Adabiyot» 
darslik-majmuasiga kiritilgan «Ufq» romanidan keltirilgan par-
cha
62
bo‘yicha quyidagicha tashkil etish mumkin: «Qochoq» par-
chasini o‘rganish uchun dasturda ikki soat ajratilgan. Bu ikki soat 
birlashtirilib romandan olingan bob mutolaasi va uning ustida ish-
lashni yaxlitligicha bir kunda o‘tkaziladi. Parchaning o‘qituvchi to-
monidan o‘qib chiqilishi uchun birinchi darsning 26 daqiqasi talab 
qilinadi. Birinchi darsning qolgan qismi va ikkinchi dars to‘lig‘icha 
asar ustida ishlashga sarflanadi. O‘qituvchi o‘tgan darsning oxiri-
da o‘quvchilarga keyingi mavzu muammoli tarzda o‘rganilishini 
ma’lum qilib, «Yozuvchi Tursunboyga nisbatan noxolis muno-

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling