132
133
«Oltovlon va yettinchi» afsonasida
58
bir
millatga mansub yetti
o‘g‘lonning bir-birlariga munosabatining
asl mohiyati,
xatti-ha-
rakati va bu ning sabablari nafaqat o‘quvchi, balki ancha-muncha
kattalar uchun ham o‘ylantiradigan masala. «Asardagi bir millatga
mansub yetti o‘g‘londan ikkitasi – Juhadze va Sandrolarning qay
biri vatan uchun xavfliroq?» savolini o‘quvchilar oldiga muammo
shaklida qo‘yish mumkin. Bu topshiriq o‘quvchidan anchagina fik-
riy zo‘riqishni, izlanishni talab qiladi. O‘quvchi bu muammoni hal
etish uchun matnga tayanib, har ikki qahramonni o‘rganishi, xatti-
harakatlari, gaplari, bir-biriga munosabatda o‘zini tutishini taftish
qilishi kerak bo‘ladi. Ularning vatanga munosabatini tahlil qiladi.
Shaxs sifatida o‘rganadi. Shu jarayonda o‘smir
ruhiyatida har ikki
qahramonga munosabat paydo bo‘ladi.
Mana shu munosabat unda
shaxslik sifatlari qaror topa borishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: