Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Adabiyot darslarida muammoli vaziyat yaratishning o‘ziga
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Adabiyot darslarida muammoli vaziyat yaratishning o‘ziga
xos xususiyatlari. Adabiyotning inson shaxsi shakllantirilishiga ta’siri bebaho ekanini alohida ta’kidlash shart emas. Gap shundaki, badiiy asarlarning mazmuni bevosita inson hayotining mohiyati bo‘lmish o‘zaro ijtimoiy munosabatlar, inson faoliyatining yutuq, mag‘lubiyat, parvoz va qulashlari bilan bog‘liq. Tarbiyalanuvchi- lar hayotdan o‘z o‘rnini izlar ekan, adabiyot darslaridan o‘ziga ke- rakli ma’naviy saboqni olishlari mumkin. Yangilangan pedagogik tafakkur sharoitida adabiy ta’lim ma’naviyatli odam tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Maktab adabiyot darslarida badiiy asarlar tahlil qilinar, adabiy qahramonlarning shaxsi, xatti-harakatlari muhokamaga tortilar, o‘quvchi odam va olam sirlarini o‘rganar, asar muallifi hamda adabiy qahramonlar timsolida insonni kashf etar ekan, bu bilan bola o‘zligini anglash- ga yuz tutadi. Allohning go‘zal va betakror yaratig‘i bo‘lmish o‘z shaxsini, siyratini o‘rgana boradi. Asar matni yuzasidan qo‘yilgan savol-topshiriqlar o‘quvchilarning faqat bu masalalarni hal qilganlaridagina emas, balki muammoga javob topolmay qolganlarida ham foydali bo‘ladi. Agar o‘quvchilar muammo yechimini topishsa, ular matndagi qonuniy aloqalarni oson tushungan bo‘lishadi. Aks holda esa, qo‘yilgan masala izlanishlar jarayonida hal etiladi, o‘zlashtirish ham boshqacharoq, o‘ziga xos bo‘ladi. O‘quvchilar materialni 129 o‘zlashtirish uchun ongli va faol ishlaydilar, ularda muammo- ni mustaqil ravishda yangicha yo‘llar bilan yechish istagi paydo bo‘ladi. Badiiy asarning muammoli tahlilidagi yana bir muhim jihat asar ustida ishlash bilan o‘quvchi badiiy tafakkurining rivojlanishi orasidagi bog‘liqlikdir. Asar syujeti, undagi xarakterli muammolar, adibning uslubi haqida mulohaza yuritish jarayonida o‘quvchining badiiy tafakkuri rivojlanishi va kamol topishi zarur. Masala shun- dan iboratki, o‘quvchilar ma’lum asar, yozuvchi, janr, obraz va yo‘nalishning badiiy mantig‘ini anglab yetishi kerak. Ma’lumki, in- son o‘zga bir odamdagi o‘ziga xush kelgan biror sifat yoki fazilatni o‘zlashtirishni istasa, o‘sha narsa uning tabiatiga o‘tadi. Adabiyot o‘qituvchisi mana shu haqiqatni hisobga olib ish yuritishi kerak. Masalan, 6-sinfda P. Qodirovning «Avlodlar dovoni» romanidan olingan «Nizomning tantiligi» nomli parcha o‘rganish uchun beril- gan 51 . Mana shu parcha ustida ishlash mobaynida o‘qituvchi Nizom va Humoyunning shaxsiga daxldor bo‘lgan birorta ham detalning o‘quvchilar nazaridan chetda qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Qahramonlarning har bir xatti-harakati, so‘zi, ko‘nglidan kech- gan tuyg‘ulari, fikrlari, ruhiyatidagi chizgilarga o‘quvchilarning e’tibori tortilishi lozim. Shu tariqa o‘quvchilarda ular intiladigan ideal shaxslarni yaratish mumkin. Ideallar esa yoshlarni kamolot sari yetaklaydi. Asar muallifi yoki qahramonning shaxsiy sifatlari, tuyg‘ulari, shodlik va iztiroblarining o‘quvchilar tomonidan ilg‘anishiga im- kon yaratish uchun ularning diqqatini ayni shunga qaratadigan savol-topshiriqni o‘rtaga tashlashi kerak. Masalan, «Matndan Ra’noning iztiroblari ifodalangan o‘rinlarni qayta o‘qing va buning sabablari haqida fikringizni ayting», yoki «Bo‘ri polvonning davra- da Nasim polvonni ko‘rgandagi hayajoni sabablari haqida nima deya olasiz?», yoxud «Tog‘ay Murodning Bo‘ri polvon tilidan ayt- gan chinakam erkak va asl ayol haqidagi fikrlariga tayanib uning shaxsi haqida o‘ylab ko‘ring» va hk. Asar qahramoni yoki muallifi shaxsiga xos sifatlar o‘quvchi tomonidan anglashilganda u o‘ziga ham shu nazar bilan qaray boshlaydi. Orada tabiiy bog‘liqlik paydo bo‘ladi va bu aloqa bola shaxsining shakllanishiga xizmat qiladi. 51 Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. 6-sinf uchun darslik. – T.: Ma’naviyat, 2009; – 243 – 268-betlar. 130 131 Darslarda adabiy muammolarni hal etish o‘quvchini shaxs si- fatida namoyon etib, uning individual xususiyatlarini ochib beradi. Shunday qilib, adabiyot o‘qitishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlash- ga o‘rgatish har bir o‘quvchi bilan individual shug‘ullana bilishni talab qiladi. Topshiriqlar individuallashgani sari o‘quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishdagi imkoniyatlari kengaya boradi. Adabiy ta’lim amaliyotini yuqorida talab qilingandek tash- kil etishda, shubhasiz, muammoli ta’limning o‘rni katta. Maktab ada biy ta’limidagi muammoli vaziyatlar masalasi zamirida ham, barcha o‘quv fanlaridagidek, o‘quvchiga ko‘proq bilim berish, bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga ichki ehtiyoj va qizi- qishni uyg‘otish, bilim olish jarayonida erkinlik berish asosida dars samaradorligini ta’minlash va malakali mutaxassis tayyorlash maqsadiga qaratilgan. Jumladan, V. Maransman 52 , D. Sladkova 53 , T. Kudryavsev 54 , N. Kudryashov 55 , M. Lesoxina 56 , L. Ayzerman 57 va boshqalar adabiyot darslarida muammoli ta’limdan foydalanish- da biror mavzuni imkon qadar chuqurroq tushunishni ta’minlash va ta’lim jarayoni faollashishiga erishishni nazarda tutishgan. Aytish kerakki, boshqa o‘quv predmetlari uchun muammoli ta’limni xuddi shu maqsadda tatbiq etish bugun ham yetarli bo‘lishi mumkin. Lekin adabiyot darslarida muammoli ta’lim ma’naviyat shakllantirishga, o‘quvchi shaxsida o‘zlikni kashf qilishga, ichki «men»ni anglashga, ulardan barkamol odam tarbiyalashga xizmat qilishga yo‘naltirilishi shart. Adabiyot darslarida tashkil qilingan muammoli vaziyatlarda o‘quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishi va adabiy asarlarni baholashi asosida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘qitishda ta’lim 52 Маранцман В. Г., Черкасова Т. В. Проблемное изучение литературного произведения в школе. – Москва: «Просвещение», 1977. 53 Сладкова Д. А. Проблемное преподавание литературы в старшых классах средней школы. – Казань: Казанский университет, 1967. 54 Кудрявцев В. Т. Внедрение принципа проблемности в обучении. – Москва, «Высшая школа», 1968. 55 Кудряшов Н. И. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы. – Москва: «Просвещение», 1981. 56 Лесохина Л. Н. О проблемности урока литературы. // Литература в школе, 1965 № 6. 57 Айзерман А. С. Современный урок литературы и проблемное преподавание. – Москва: «Просвещение», 1969. 131 metodlarining xilma-xilligiga erishishdan tashqari, o‘quvchilarning ongli faolligini oshirish, ularda shaxslik sifatlarini shakllantirish singari ma’naviy maqsadlar ham yotadi. Shu bilan birga, darsda ham, sinfdan tashqari ishlarda ham o‘quvchilarda mustaqil fikrlash- ni tarbiyalovchi, ularda badiiy asarni anglash, so‘zdan ta’sirlanish ko‘nikmasini shakllantiruvchi maxsus ta’lim usullaridan foydala- nish lozim. Chunki mustaqil fikrlash shaxs shakllanishining bosh mezonidir. Adabiy asarlar ustida ishlashda, u badiiy tahlil shaklida bo‘ladimi, muammoli tarzda amalga oshiriladimi, o‘quvchilarda hissiyot va tafakkur tarkib toptirish birinchi, adabiyotga doir bilim berish ikkinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Badiiy asarlar ustida muammoli ishlash o‘zida adabiy asar ta- biatiga mos xususiyatlarni, uning umumiy va doimiy qonuniyat- larini ham, auditoriyaning sinfdan sinfga, yildan yilga o‘tish bilan o‘zgaradigan xususiy jihatlarini ham qamrab oladi. Yuqori sinflar, adabiyot darslaridagi muammoli vaziyatlarda o‘quvchilarning diqqati, qiziqishi faqat qahramonlar shaxsi bilan chegaralanib qolmay, muallifga ham qaratilishi, o‘quvchi adibning fikrlari yo‘nalishiga ham nazar tashlashi hamisha o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim. Adabiyot o‘qitish tizimiga muammoli ta’limni olib kirish yo‘llari haqida gapirishdan oldin, muammoli adabiy ta’lim, didak- tik muammo, muammoli savol, muammoli vaziyat tushunchalariga aniqlik kiritib olish zarur bo‘ladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling