Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

sabatda bo‘lgan» degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Asar ustida ish-
lashga ajratilgan vaqtning ma’lum qismi mazkur muammo atrofida 
fikrlashishga sarflanadi. Bu muammoli vaziyatda yozuvchi shaxsi 
va uning o‘z qahramoniga munosabati asosiy masala bo‘lishi lozim. 
O‘quvchilar yozuvchi orqali Tursunboyga, Tursunboy orqali yo-
zuvchiga baho beradilar, o‘z munosabatlarini bildiradilar. Bunday 
qaltis vaziyatda o‘qituvchi o‘quvchilarning ma’naviy o‘lchovlar, 
axloqiy talablar doirasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Darsda qatnashgan o‘quvchilarning hech biri Tursunboyning qil-
mishini ma’qullamaydi, albatta. O‘quvchilarning munosabatlarida 
62
Kattabekov A., Yo‘ldoshev Q., Boltaboyev H. Adabiyot. 8-sinf uchun darslik-
majmua. – T.: «O‘qituvchi», 2002. 288-bet.


138
139
Tursunboyga achinish hissi bo‘lishi mumkin. Uning shunday ho-
latga tushib qolishiga sabab bo‘lgan jihatlar haqida fikrlashiladi. 
Biri ota-onani ayblaydi, ikkinchisi Tursunboyning o‘zini, uchin-
chisi urushni. Lekin darsda o‘qituvchi tomonidan yozuvchiga 
munosabat bildirish, shu lavhaning romanga kiritilishi ahamiyati, 
adibning Tursunboyga munosabati haqidagi fikrlar o‘rtaga tashlan-
ganda o‘quvchilar salmoqli fikrlar aytolmasliklari ham mumkin. Bu 
sinfdagi muhit, o‘quvchilarning bilimdonligi darajasi, ma’naviy-
axloqiy saviyasi bilan bog‘liq holat. Qolaversa, bunday vaziyatni 
o‘quvchilarning bahs-munozara darslarida qanchalik ko‘p qatnash-
gani bilan ham asoslash mumkin. 
O‘quvchilarning bir qismi darsda yetarlicha «ochilmay» qolishi 
ham ta’lim amaliyotida uchrab turadigan hol. O‘quvchilardan har 
qanday holatda ham fikrlarini asoslashga harakat qilish talab qili-
nadi. Ayrimlar buning uddasidan chiqolmaydilar. Asoslanmagan 
fikrni aytish muammoli dars uchun maqsad emas. O‘quvchilar o‘z 
fikrini aytib, xulosasini chiqargandan so‘ng asar matni yuzasidan 
darslikda taqdim etilgan savol-topshiriqlarni o‘rtaga tashlab, matn 
ustida ishlashni davom ettirish mumkin. Maktabda bunday darslar-
ni ko‘proq tashkil etish ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini 
oshiradi, ularda zarur bilim, ko‘nikma va malakalarning shaklla-
nishiga imkon yaratadi, kutilgan maqsadga erishishni tezlashtiradi. 
Bundan tashqari: 
– Abdulla Qodiriyning 9-sinf darsligida berilgan «O‘tgan 
kunlar» romani asosida «Kumush o‘z xudbinligining qurboni»; 
– Tog‘ay Murodning 6-sinf darsligida taqdim etilgan «Yul-
duzlar mangu yonadi» qissasi yuzasidan «Bo‘ri polvon yaxshi 
kurashchi-yu, yomon ota»; 
– Odil Yoqubovning 6-sinf darsligida taqdim etilgan 
«Muzqaymoq» hikoyasi asosida «Egamberdi Yoqubov davrning 
emas, o‘z o‘jarligining qurboni»; 
– Pirimqul Qodirovning 6-sinf darsligida berilgan «Avlod-
lar dovoni» romani asosida «Humoyun uquvsiz, bilimsiz, noshud 
shahzoda. Shuning uchun ham jangda mag‘lubiyatga uchradi» 
singari o‘quvchilarda darhol qarshi munosabat uyg‘otadigan, 
ularni muvozanatdan chiqaradigan, tuyg‘ularini junbushga kelti-
radigan, qahramonlar himoyasiga otilib chiqishga yo‘naltiradigan 
muammoli savol-topshiriqlarni tavsiya etish mumkin.


139
Umuman, shuni aytish mumkinki, inson ma’naviyatining 
sog‘lomlashuvi uning fikrlari va xatti-harakati tozarishida aks etadi. 
Shuni anglagan holda o‘quvchilarni ta’limning dastlabki bosqichi-
dan to‘g‘ri tarbiyalashga erishmoq lozim. To‘g‘ri tarbiya – tarbi-
yalanuvchida tabiatan mavjud bo‘lgan sifatlarni uyg‘otish va ular-
ning rivojlanishi, ma’lum maqsad sari yo‘nalishiga ko‘maklashish, 
shu jarayonga monand ravishda bilim hamda tarbiya berishdan 
iborat. Adabiyot o‘qitish jarayonida beriladigan tarbiyada hissi-
yot, badiiylik va samimiylik o‘zaro uyg‘unlikda bo‘ladi. Badiiy-
lik o‘quvchida bilim, ko‘nikma, malaka shakllantirish bilan birga 
unga hayotning rangi, ohangi, mohiyatini ochib beradi. Tarbiya 
jarayonidagi hissiyot va samimiyat esa, tarbiyaviy tadbirlar ning 
ta’sirchanligini ta’minlaydi. Bolalarni bilimdon qilish yo‘lida 
beriladigan bilimlar ham hissiyot bilan sug‘orilgandagina ularning 
ruhiyatiga kirib, chuqur o‘rnashadi.
Nimanidir yoqlash yoki unga qarshi kurashish uchun kishi 
ko‘nglida unga nisbatan munosabat bo‘lishi kerak. Mana shu mu-
nosabat hissiyot hisoblanadi. Buning uchun yaratilajak yangilikni 
sevish kerak. Mana shu sevgi ham hissiyot sanaladi. Xullas, his-
siyotga qorishgan faoliyatgina kishini kurashga, intilishga, izla-
nishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, adabiy ta’limning har bosqichida 
muammoli ta’limdan foydalanish shakllanib kelayotgan shaxsning 
ma’naviy kamolini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling