Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

sog‘lom vujudli qilib o‘stirdim – quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan
yarog‘ bilan tanishtirdim – yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. 
Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim – botir bo‘ldingiz», – tarzidagi 
so‘zlariga e’tibor qiling. Bu so‘zlarning yigitlar tabiatiga xos xu-
susiyatlarni belgilashdagi o‘rnini izohlang» o‘rtaga tashlanganda 
o‘quvchilar o‘ylanishi, o‘zini bir oz zo‘riqtirishi kerak bo‘ladi. Bu 
topshiriq bolalarni yigitlarning tabiatiga xos bo‘lgan baquvvat-
lik, yarog‘ ishlatishga ustalik, botirlik, topqirlik, zukkolik, sinch-
kovlik kabi sifatlar ularning qaysi ishlarida ko‘ringanini matndan 
qidirishga yo‘naltiradi. O‘qituvchi ulardan muntazam ravishda 
fikr larini matnga tayangan holda bayon etishni, aytganlarini asos-
35
Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev S. Adabiyot. 5-sinf uchun 
darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2007. 64-b.


94
95
lashni talab qilishi lozim bo‘ladi. So‘ng o‘quvchilardan otaning: 
«To‘g‘ri bo‘ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xi-
jolatga qolmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz» tarzi-
dagi nasihatiga o‘z munosabatlarini bildirishlari so‘raladi. To‘g‘ri, 
o‘quvchilarning bu nasihat mazmuni borasida fikrlari sodda, o‘z 
bilganlari doirasida bo‘ladi. Lekin muhimi o‘quvchida fikrning, 
o‘z qarashining shakllanib borishidir. Uning o‘qituvchi tomonidan 
to‘ldirilishi, tuzatilishi metodik jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Og‘a-inilarning o‘z sarguzashtlarini bir-birlariga ham dar-
rov aytib bermaganliklari ularga xos yana qanday fazilatning bel-
gisi ekanini o‘quvchilar o‘zlari kashf etsinlar, maqtanchoqlik yot 
bo‘lgan botirlarning og‘ir-bosiqligi, kamtarligiga havas bilan qaray 
bilsinlar. Buning uchun o‘quvchilarning e’tiborini shularga qarata-
digan savollar o‘rtaga tashlanadi. Qahramonlarga xos bo‘lgan si-
fatlarga o‘quvchilarning havasini qo‘zg‘otish, bu sifatlarning yax-
shi ekanini ularning ko‘ngliga joylash o‘qituvchining vazifasi. 
Keyin: «Kenja botir sarguzashtlariga e’tibor bering. Uning 
o‘g‘rilarni o‘z holiga qo‘yib ketib qolmaganligi sababini izohlash-
ga urining», «Kenja botirning tadbirkorligi, topqirligi, jasur-
ligi bilan ertak boshida ota tomonidan aytilgan gaplar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikka e’tibor qiling» singari topshiriqlar berilganda, ularga 
aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, qo‘shimcha savollardan ham foy-
dalanish mumkin. Kenja botirning fazilatlari uning qaysi amal-
larida ko‘rinishiga o‘quvchilar e’tiborini tortish, qilgan ishlari va 
fazilatlariga munosabat bildirishga undash lozim bo‘ladi.
Asar mazmuni yuzasidan taqdim etilgan: «Kenja botir hikoya-
sidagi to‘ti bilan bog‘liq kuzatishlaringizni bildiring. Va’daga vafo 
qilish uchun ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlari, eng muhimi, ozod-
ligidan kechib kelgan to‘tining olijanobligiga ko‘rsatilgan oqibatni 
izohlang», «Ertakdagi va hikoyadagi shohlarni bir-biriga solishtir-
ing», «Botirlarning saroydan ketish to‘g‘risidagi qaroriga muno-
sabatingizni bildiring» kabi savol-topshiriqlar o‘quvchilarni an-
cha o‘ylantirishi mumkin. Ularning ko‘pchiligidan kutilgan javob 
chiqmasligi ham oddiy hol. Lekin bu savollarga o‘quvchilarning 
munosabati keyingi soatda bo‘ladigan ertak darsining samarasini 
ta’minlaydi. Hikoyadagi to‘ti va podshoh timsollariga xos sifatlar: 
va’daga vafo va o‘ylamay, shoshqaloqlik bilan tadbir ko‘rish haqi-
da o‘quvchilar bolalarcha sodda xulosa chiqaradilar. 


95
Suhbat jarayonida: «Og‘a-inilarning ziyofat paytida dastur-
xonga qo‘yilgan go‘sht, shinni, non taxlami to‘g‘risidagi fikrlariga 
e’tibor qiling. Yigitlardagi bilgichlikning sababi haqida o‘ylab 
ko‘ring», «Podshoning gaplariga asosan to‘ng‘ich botir javob ber-
ganligini qanday izohlaysiz?», «Qizlar yo‘qotgan tillalariga gavhar 
qo‘shib oldilar» – degan ibora zamiridagi yashirin mazmunga e’tibor 
qiling va uni izohlang» singari savol-topshiriqlar o‘quvchilarni asar 
matnida ilgari surilgan g‘oyalar haqida mulohaza yuritishga unday-
di. «Ilon bilan bog‘liq voqeada podshoh ko‘rgan choraga muno-
sabat bildiring. Birovning gapiga kirib, shoshqaloqlik bilan yaqin 
kishisini jazolagan hukmdor shaxsiyati haqida mulohaza yuriting», 
«Vazirning xulosasi va maslahatiga munosabatingizni bildiring» 
singari topshiriqlar 5-sinf o‘quvchilarini fikrlashga yo‘naltiradi.
Uy vazifasi qilib ertakning ikkinchi, uchinchi tugashini yozish-
ni topshirish ham o‘quvchilarni keyingi «ertak darsi»ga tayyorlani-
shiga asos bo‘ladi. Ertakdagi: «Kenja botir podshohga qarab bir 
hikoya aytdi...» jumlasidan keyingi hikoyani o‘quvchilar ertakdagi 
voqealar rivojiga moslashtirib yangidan yaratishlari ham mumkin. 
Uni bajara bilganlarni rag‘batlantirish, eplay olmaganlarni ke-
yingi safar urinib ko‘rish mumkinligini aytib, umidlantirish foydali 
bo‘ladi.
Adabiyot darslarida o‘quvchi ma’naviyatining tozarishida 
qo‘l keladigan metodlardan yana biri evristik metoddir. Bu metod 
yunoncha izlayman, topaman degan ma’nolarni anglatadigan 
«heurisko» so‘zidan olingan bo‘lib, u mahsuldor ijodiy fikrlash 
jarayonini tashkil qilishni nazarda tutadi. O‘quvchi ma’naviy ka-
molotini ta’minlashda qo‘l keladigan evristik metod uning oldiga 
yo‘naltiruvchi masalalar qo‘yish, tekshirish, hal etish, aks savollar 
vositasida o‘qitish usuli hisoblanadi. Evristik metoddan foydalan-
ganda o‘qituvchi o‘quv materialining suhbat metodida foydalangan 
tizimini to‘liq qo‘llashi mumkin. Faqat uning tarkibi qo‘shimcha 
bilim olishga yo‘naltiradigan savollar bilan to‘ldiriladi. 
Mazkur metod tahlili shuni ko‘rsatadiki, u suhbat metodida 
bo‘lgan barcha usullarning birgalikda qo‘llanilishini taqozo etadi. 
Evristik metodda yetakchilik qiladigan savollar qo‘zg‘otuvchi aha-
miyat kasb etadi. Bunday asosdagi suhbat tizimi topshiriqni baja-
rish, jarayonni kuzatish, savollarga javob berish, ma’lumot olish, 
xulosa chiqarish va xulosalarni taqqoslash yo‘lga qo‘yilganda, 


96
97
o‘quvchilarning fikrlash hamda bilim olish mustaqilligi ancha 
ko‘tariladi. O‘quvchilar taqqoslash, tahlil qilish, dalillar keltirish 
bilan birga ma’lum umumlashmalar qiladilar, farazlarni ilgari sura-
dilar, zarur ashyolar, materiallar to‘playdilar, xulosalar chiqaradi-
lar, o‘z faoliyatini rejalashtiradilar. Bu o‘qitishning yangi usullari 
bo‘lmish bilimlarni faollashtirish zaruratini tug‘diradi. 
Evristik metoddan foydalanib ta’lim jarayonida belgilangan 
maqsadga erishish uchun o‘qituvchi xabardorlikni talab qiluvchi 
savollar qo‘yish, taqqoslash uchun materiallar taqdim etish, faraz-
larni ilgari surish, ularni tasdiqlovchi tajribalar qilish, kuzatish 
uchun topshiriqlar berish, tahlilga yo‘naltirish, qiyoslash uchun 
murakkab amaliy topshiriqlar berish, muammoli savollar qo‘yish, 
muammoli vaziyatlar hosil qilishi kerak bo‘ladi. Shu metodda tash-
kil qilingan darslarda o‘quvchilarning faoliyati bilimlarni vaziyatga 
muvofiq qo‘llash, taqqoslash, farazlarni ilgari surish va asoslash, 
kuzatish, farazning to‘g‘riligini tekshirish, tajriba tahlili, bilimlarni 
o‘zgargan vaziyatlarda qo‘llash, dalillar keltirish, umumlashtirish, 
mustaqil amaliy ishlar tahlilini amalga oshirish, muammoli ma-
salani hal etish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Evristik metodda taqdim etilgan savol, topshiriq va ko‘rsatmalar 
ogohlantiruvchi xususiyat kasb etadi. Ya’ni ular topshiriqning ba-
jarilishi oldidan, mazkur bosqichga moslab qo‘yiladi yoki uning 
yechimi davomida o‘rtaga tashlanadi. Adabiy ta’lim jarayonida 
qo‘llanilgan evristik metod o‘quvchilarning fikr mustaqilligini 
ta’minlaydi, ularda mustaqil mulohaza yuritish, muhokama qilish, 
xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 
Masalan, O‘. Hoshimovning 6-sinf «Adabiyot» darsligi-
ga kiritilgan «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasini
36
evristik 
metoddan foydalangan holda o‘rganishni quyidagicha tashkil etish 
mumkin. Muallif hikoyada hayotdagi qiyinchilik, qashshoqlik in-
son ma’naviyatini sinovdan o‘tkazuvchi bir vosita ekanini oddiy 
o‘zbek oilasi misolida namoyish eta bilgan. Asarni o‘qishdan oldin 
uning «Adabiyot» dasturidagi talqini bilan tanishish, asarga qan-
day yondashish lozimligini qat’iylashtirib olish zarur. Hikoya mat-
nini to‘liq o‘qib chiqish uchun birinchi darsning 23 – 25 daqiqasi 
sarflanadi. Mazkur hikoyani o‘rganishga dasturda belgilangan ikki 
36
Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev S. Adabiyot. 6-sinf uchun darslik-maj-
mua. – T.: «Ma’naviyat», 2005. 158-b.


97
soatning bir qismi hikoya matni bilan o‘quvchilarni tanishtirishga 
bag‘ishlanadi.
O‘qituvchi bu asarni o‘rganishga ajratilgan ikki soatni yax-
litlab, ikki akademik soatdan bir kunda qatorasiga foydalansa, 
o‘quvchilarning matn mutolaasi davomida olgan taassurotlari, 
ko‘ngillaridagi hissiyotlar asar ustida ishlash jarayonida «issig‘ida» 
tilga chiqa boshlaydi. O‘quvchilar tahlil mobaynida tug‘ilgan fikr-
lariga ruhiyatida paydo bo‘lgan tuyg‘ularni ham qo‘shib ifodalay-
dilar. O‘quvchilarning o‘z kechinmalarini yashirmay ifodalashi 
ularda shaxslik sifatlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi. 
O‘qituvchi matnni o‘qiyotganda Shoikromning holati ifo-
dalangan o‘rinlarni toliqqan, onaning so‘zlarini yana-da yumshoq, 
Xadichaning ovozini qalbakiroq ohangda, muallifning so‘zlarini 
qat’iyroq, Shone’matning ovozini dardli, siniq tarzda ifodalashi 
kerak bo‘ladi. Shoikromning pushtalar orasida mukka tushib yot-
gan onasini ko‘rgandagi holati va qichqirig‘ini mutolaa jarayonida 
tabiiy ifodalay olish uchun o‘qituvchi shu holatni to‘liq his qilishi, 
o‘zini bunga avvaldan tayyorlashi lozim bo‘ladi.
Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘qituvchi bir oz tin olib, 
o‘quvchilarini kuzatishi, tinglovchilar qanday holatdaligini, hikoya 
qahramonlari ruhiyati, kechmishi, dard-iztiroblari ularga qanday 
ta’sir etganligini aniqlab olgani tuzuk. So‘ng o‘quvchilar ko‘nglida 
paydo bo‘lgan iztirob, achinish hissini ularning tiliga olib chi-
qish uchun bir qator savollarni o‘rtaga tashlash mumkin. Bu xil 
savollar darslikda ham bor. O‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarining 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ularni soddalashtirishi yoki 
murak kablashtirishi, zarurat bo‘lsa, o‘zi yangi savol-topshiriqlar 
qo‘shishi ham mumkin. 
E’tibor qilinsa, hikoya boshdan-oyoq bir xil mahzun ohangda 
bitilganligini payqash mumkin. Chunki asarda tasvirlangan 
taqdirlar, shu taqdirlar namoyon bo‘lishi, mazkur voqealar ro‘y 
bergan davr qayg‘uga monand edi. Urush davrining ohangi o‘q va 
yig‘i ovoziga esh edi. Ana shu hayotiy ohang hikoyaga ko‘chganligi 
uning ta’sir darajasini yana-da oshirgan. 
O‘qituvchi, eng avval Shoikromlar ro‘zg‘orining fayzsizli-
gini ifodalovchi lavhaga o‘quvchilar diqqatini qaratadi. Ko‘pdan 
beri dam olmagan, boshi tashvishlardan chiqmayogan, yetish-
movchiliklar iskanjasida qolgan kishi ko‘ziga aslida g‘arib va 


98
99
fayzsiz bo‘lgan tirikchiligi nihoyatda xunuk ko‘rinishi tabiiy ekan-
ligini anglashga, ziyrak torttirishga, ogohlantirishga undaydigan: 
«Shoikrom oilasida ro‘zg‘orning bu qadar fayzsizligi sababi ni-
madan deb o‘ylaysiz?» tarzidagi savol o‘rtaga tashlanadi. Aslida, 
ro‘zg‘or jihozlarining Shoikrom ko‘ziga bu qadar sovuq ko‘rinishi 
sabablari alohida tasvirlanmagan bo‘lsada, detallar ana shu fayz-
sizlik sabablariga ishora qiladi. O‘quvchilar ro‘zg‘orning bunday 
tarovatsizligiga Shoikromning xotini yoki o‘zini aybdor deb qa-
rashlari yohud buning sabablarini boshqa bir qator jihatlar bilan 
izohlashlari mumkin. Muhimi, ular hikoya personajlariga befarq 
bo‘lmasalar, o‘zgalar tashvishini chekib, oqibatning sabablarini 
payqashga urinsalar bas. 
Hikoya qahramonining o‘yga botganligi, uning ruhiy holatida-
gi notinchlik bilan tabiatdagi holat – ikki bezovtalikning sabablarini 
topishga urinish zarur: «Nima deb o‘ylaysiz, Shoikromning holati 
bilan tabiatdagi bezovtalik o‘rtasida qanday mutanosiblik bo‘lishi 
mumkin?» Qahramonlar haqida o‘ylash, mulohaza yuritish, ular-
ning kundalik hayoti, kechinmalar, xatti-harakatlarini taftish qila 
borish, baholash o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan faollashti-
radi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘quv tahlili bilan asardagi voqealarni 
qayta hikoyalashni almashtirib qo‘ymasligi, ya’ni o‘quvchilarning 
hikoya mazmunini shunchaki aytib berishlariga yo‘l qo‘ymasligi 
kerak. 
Hikoyaning jiddiy tahlili o‘quvchilarni hayotning nechog‘lik 
murakkab ekanligiga, odam va uning amallari to‘g‘risida har qan-
day holatda ham to‘g‘ri bo‘laveradigan fikr aytish mumkin emasli-
giga imon keltirishga majbur qiladi. Asardagi Xadicha obrazining 
tabiatini baholash uchun o‘quvchilar uning beshikda yotgan bo-
lasiga, eriga, qaynonasiga munosabatini, ro‘zg‘or tutumi tarzini 
atroflicha o‘rganishlari lozim bo‘ladi. O‘shanda ham jizzaki, ayni 
vaqtda, eri va farzandlariga mehribon, tinib-tinchimas, ammo baxti 
qaro, yoqimsizroq bu ayolning yaxshi yoki yomonligi to‘g‘risida 
hukm tarzidagi qat’iy xulosani aytish mushkul: «Sizningcha, Hadi-
cha qanday ayol? Uning eriga, bolalariga bo‘lgan munosabatiga 
e’tibor qiling. Uning jizzakiligi sabablari haqida o‘ylab ko‘ring». 
Og‘ir turmush, yo‘qchilik har bir odam uchun sinov, ba’zilar uchun 
esa, to‘qchilik va farovonlik ham o‘ziga xos sinov. Hamma ham 
bu sinovlardan birday o‘tavermaydi. Odamga xos asl fazilatlar ana 
shunday vaziyatlarda o‘zini ko‘rsatadi.


99
Shoikrom timsoli – Xadichadan-da murakkab. U – tabiatan 
fikr kishisi, mulohazali odam. Tasvirning umumiy maromi u haqda 
shu taxlit xulosa chiqarishga olib keladi. O‘n kundan beri ukasining 
holidan xabar olmagani, uning og‘ziga bir kosa sut tutolmagani-
dan eziladi, o‘zidan nafratlanadi, ayni vaqtda, onasidan ovqatni 
qizg‘angan xotinini ham tushunishga harakat qiladi. Bu haqdagi 
fikrlarini yorilib birovga bildira olmaydi. U qahri qattiq ham, mehr-
siz ham emas. Lekin ruhiyati ustunlari imonning talablaridan emas, 
sharoit imkoniyatlaridan tiklanganligi uchun ham omonat: «Nima 
deb o‘ylaysiz, nega Shoikrom xayoliga o‘g‘ridan q asos olish fikri 
kelganida vujudi titrab ketsa-da, ahdidan qaytmadi? Razolatga qar-
shi qabohat bilan kurashib bo‘lmasligini tan olgisi kelmaganining 
sabablari haqida o‘ylab ko‘ring». Odamzot, umuman yovuzlikka, 
yomonlikka qarshi qat’iy qanoat shakllantirmay turib ezgulikning 
xizmatida bo‘lolmaydi. Shuning uchun ham mehribon o‘g‘il, riso-
ladagiday ota bo‘lgan yigit o‘zi bilmagani, istamagani, xayoliga 
ham keltirmagani holda qotilga aylandi. Yana o‘z onasining qoti-
liga... O‘quvchilar bu qadar murakkablik qarshisida qanchalar ko‘p 
o‘yga tolsalar, shuncha yaxshi. Chunki ularda shu tariqa hayotiy 
qarash, nuqtai nazar shakllanadi.
Asardagi ona timsoli tahlil qilinayotganda o‘quvchilar Umri 
xola katta o‘g‘lininig oldiga chiqqani sababini, uning: «Payshan-

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling