Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


SINOV DARSLARI TEXNOLOGIYASINING ADABIY


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

SINOV DARSLARI TEXNOLOGIYASINING ADABIY 
TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Reja:
1. Nazorat ishlari va ularning turlari.
2. Nazorat ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda o‘qituvchining roli.
3. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish, tek-
shirish va adolatli baholashda izchillik, mantiqiy tartibga amal qil-
ish.
4. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qi l-
ish yo‘llari.
O‘quvchilarning bilimlarni qanchalik o‘zlashtirganliklari da-
rajasini, ulardan turli vaziyatlarda amaliyotda foydalana olish im-
koniyatlarini nazorat qilib borish ta’lim jarayonidagi asosiy ish 
turlaridan biridir. Darslarda shakllanitilgan zaruriy ko‘nikmalarni 
muntazam ravishda nazorat qilib borish orqali tarbiyalanuvchi-
lar faoliyatiga ma’lum tuzatishlar kiritish, ta’limda va bilimlarni 
o‘zlashtirish asnosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida 
bartaraf etish hamda har bir alohida shaxsning ta’lim dasturidagi 
bilimlarni o‘zlashtirishida muvaffaqiyatlarga erishish ta’minlanadi.
Tarbiyalanuvchilarning adabiyot bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim-
larini, ma’naviyatining sog‘lomlashuvini muntazam nazorat qilish, 
yutuqlar, xato va kamchiliklarni hisobga olib borish o‘qituvchiga 
o‘qitish natijalari hamda adabiy ta’lim vazifalarining bajarilganlik 
darajasi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. 
Ta’lim ishtirokchilarining bilimini nazorat qilish maqsadi va 
buning ahamiyatini nazarda tutgan holda bunday tekshiruvlar-
ning har xil usullaridan foydalaniladi. Nazorat ishlarining asosiy 
maqsadi ta’limning keyingi bosqichiga o‘quvchilarning tayyorlik 
darajasini aniqlashdir. Muntazam ravishda olib boriladigan nazorat 
ishlari o‘qituvchiga o‘quvchilarning darslarda o‘zlashtirgan bilim-
larini kuzatib borish, u yoki bu bo‘limlar yakunlanganida yoki cho-
rak oxirida yakuniy natijalarni baholash imkonini yaratadi. Nazorat 
ishlarining quyidagi turlari mavjud:
doimiy nazorat – o‘qituvchiga o‘quvchilarning yangi mavzu-
larni o‘zlashtirishga tayyorlik darajasini aniqlash imkonini beradi;
avvaldan o‘tkaziladigan nazorat ishlari – o‘quvchilarning 
avvalgi darslarda o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalariga ehtiyoj 


195
seziladigan har qanday yangi masalaning muhokamasiga o‘tishdan 
oldin amalga oshiriladi. Bunday nazorat ishlarining o‘quv yili ning 
boshlanishida, har chorak boshida o‘tkazilishi katta ahamiyat kasb 
etadi. O‘quvchi uzoq muddat ta’lim amaliyotidan yiroqlashganda 
nimalarnidir unitishi tabiiy. Avvaldan o‘tkaziladigan nazorat ishlari 
o‘quvchilarning xotirasida pardalanib qolgan bilimlarini yuzaga 
chiqarib, ularni faollashtiradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonini yo‘lga 
qo‘yish va uni samarali tashkil etish uchun, avvalo, darslarda 
o‘zlashtirilgan qaysi masalalarni takrorlash muhim ekanligini, 
qanday individual topshiriqlar oradagi uzilishlarni bartaraf 
etishi mumkinligini oldindan aniqlab olishi talab etiladi. Bunday 
nazorat ishlarining eng samarali usullaridan biri o‘quvchilarning 
mustaqil ravishda bajaradigan yozma ishlaridir. Bunday nazorat 
mazmunidagi yozma ishlar hajman uncha katta bo‘lmasligi, 
darsning 5 – 15 daqiqasiga (bajariladigan ish mazmunidan kelib 
chiqib) rejalashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Dastlabki kunlarda 
tashkil etilgan bunday ishlar keyingi darslarning maqsad va 
vazifalarini belgilab olish, o‘tilgan mavzularning qaysi birini 
takrorlash va mustahkamlash zarurligini aniqlash uchun ilkinchi 
darslarning bir nechtasi mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarni puxta 
o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan har xil metod va usullardan 
foydalanadi. O‘quv materialining qanchalar tushunilganligi va 
o‘zlashtirilganligini bilish, keyingi mavzular ustida ishlashga o‘tish 
yoki o‘tmaslikni aniqlash uchun doimiy ravishda nazorat ishlari 
olib boriladi. Nazorat ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi ta’lim ja-
rayonining samaradorligi asosidir.
O‘qituvchining pedagogik mahorati darajasini o‘quvchilarning 
bilimlarni o‘zlashtirishi qanday kechayotganini qanchalik bili-
shi va his qilishi ham belgilaydi. Nazorat ishlarining maqsadi – 
o‘quvchilarning nozik joyidan tutish, uning sha’niga tegish, kam-
chiliklarini yuziga solish, kamsitish emas, balki ta’limning yuqori 
samaradorligini ta’minlashdan iborat.
Ta’lim tarixida o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va 
ularni baholashda bir qator xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani 
kuzatiladi. Bunga sabab shuki, o‘qituvchilarning ko‘pchiligi tar-
biyalanuvchilarning bilimini nazorat qilish va ularni baholash 
metodlari, usullari borasida ma’lum bilimga ega emaslar. Bu hol 


196
197
o‘quvchilarning bilimini baholashga yuzaki yondashuvni keltirib 
chiqaradi. 
Ta’lim amaliyotida bugungacha ham o‘quvchilarning bi-
lim, ko‘nikma va malakalari besh balli tizim asosida bahola-
nadi. Lekin ko‘pchilik o‘qituvchilarning o‘zlari bilim, ko‘nikma 
va malaka nima ekanligi haqida aniq tushunchaga ega emaslar. 
O‘qituvchilarning bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarga yetarli 
darajada ega bo‘lmaganliklari sabab o‘quvchilar bilimini baholash-
ning test shakli ham, yuz ballik turi ham ta’lim amaliyotida kutil-
gan natijani bermadi. 
Dunyo ta’lim tizimida o‘quvchilar bilimini test va yuz ballik ba-
holash mezonlari asosida tashkil etilganing sababi shundaki, ruhan 
sog‘lom bo‘lgan har bir bolaning qalbida nimagadir qiziqish, nima-
largadir moyillik bor. Ta’lim jarayonida har bir bolani o‘z qobili-
yati, qiziqishlari va eng asosiysi, uning imkoniyati darajasida mu-
nosib baholashda yomon baho bilan o‘quvchining bilishga bo‘lgan 
qiziqishini so‘ndirmaslik, ruhiyatini cho‘ktirmaslik, nafsoniyatiga 
tegmaslik, g‘ururini toptamaslik yetakchilik qilmog‘i shart. Milliy 
ta’lim tizimi bu borada, ya’ni o‘quvchilar bilimini baholashda ke-
chagi jamiyatdan qolgan illatlardan qutulib ketolmayapti. Ta’lim 
jarayonining katta yoshli ishtirokchilari bu kamchiliklarni o‘z kas-
biy mahoratlarining qashshoqligi va o‘quvchilar bilimini baholash 
borasidagi bilimsizliklari tufayli ushlab turibdilar. O‘quvchilar bi-
limini baholashda yangicha mezonlar va o‘zgacha yondashuvlar 
borasida ma’lum tasavvur, bilim va ko‘nikmalar egallangandan 
keyingina bu kamchiliklar bartaraf etilishi mumkin. 
Zamonaviy pedagogikada «baho», «nazorat», «tekshiruv» 
singari tushunchalar ustuvor ahamiyat kasb etmaydi. Umumiy 
nazorat deyilganda – o‘quvchilarning bilganlarini yuzaga chiqa-
rish, o‘zlashtirilganlarni ma’lum mezonlar asosida o‘lchash va 
bilim hamda ko‘nikmalarni baholash nazarda tutiladi. Bugungi 
tarbiyashunoslikda «tekshirish» tushunchasi zamirida bilimlarni 
o‘zlashtirilganlik darajasi, hajmi va sifatini nazorat qilishning bir 
qismi nazarda tutiladi. «Nazorat» tushunchasi mohiyatan jara-
yonni baholashni, baho esa natijani anglatadi. «Baho» o‘quvchini 
ma’naviy to‘kislik sari intilishga yo‘naltirish hamda uning shax-
siga ijobiy ta’sir ko‘rsatish omilidir.
O‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirganligi darajasini diagnoz-
lash va nazorat qilishda xolislik, tizimlilik, ko‘rsatmalilik muhim 


197
tamoyillardan hisoblanadi. Xolislik – o‘qituvchining ta’lim oluvchi-
lar bilimini baholashda ularning barchasi bilan do‘stona munosa-
batini nazarda tutadi. O‘quvchilar bilimini baholashdagi tizimlilik 
ta moyilida – didaktik jarayonlarning barcha bosqichlarida nazorat-
ning metod, shakl va usullaridan kompleks tarza foydalana bilish 
tu shuniladi. Ko‘rsatmalilik tamoyilida esa barcha o‘quvchilarning 
bilimlarini baholashda bir xil mezonlarga asoslanish va baholashni 
ochiq namoyish qilgan holda amalga oshirish nazarda tutiladi.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini diagnozlash, nazorat 
qilish, tekshirish va baholashda ularni o‘zlashtirish qanday izchil-
likda amalga oshirilgan bo‘lsa o‘sha mantiqiy tartibga amal qilish 
muhim sanaladi.
O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish tizimi quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: 
• 
o‘quv yilining boshida o‘quvchilar bilimdonligining dast-
labki darajasi aniqlanadi; 
• 
o‘zlashtirilgan har bir mavzuning o‘zlashtirilganligi daraja-
sini aniqlash uchun doimiy nazorat uyushtiriladi;
• 
qayta tekshiruv – xuddi doimiy nazorat ishlari singari mav-
zular misolida bilimlarni mustahkamlash maqsadida amalga oshi-
riladi;
• 
oraliq nazorat – ma’lum ruknlar bo‘yicha bilimlarning 
o‘zlashtirilganlik sifati va umumlashmalar qila olish darajasini di-
agnozlash maqsadida o‘tkaziladi;
• 
yakuniy nazorat va bilimlarni hisoblash ishlari ta’lim oxi rida 
amalga oshiriladi;
• 
kompleks nazoratlar esa o‘zlashtirilgan bilimlarni ma’lum 
amaliy-muammoli masalalarni hal etishda qo‘llay bilish qobiliyati-
ni nazorat qilishni nazarda tutadi
85
.
Nazorat ishlarining uch asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Nazorat qilish – ta’limda muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida 
bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini yuzaga chiqarishda muhim 
sanaladi.
2. Ta’limiy nazorat ishlari – ma’lumotlarning o‘qituvchi to-
monidan takrorlanishida, qo‘shimcha tushuntirish ishlari jara-
yonida, o‘rtoqlarining javoblari asnosida o‘z-o‘zini kuzatish, faol-
likning ortib borishida namoyon bo‘ladi. 
85
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.


198
199
3. Nazoratga yo‘ldosh tekshiruv – hamonki, o‘rtoqlar javobi 
asnosida shaxsiy qarashlar nazorati amalga oshirilarkan, shu as-
noda o‘quv materialini takrorlash faolligi ortadi va o‘qituvchining 
qo‘shimcha tushuntirishlariga imkoniyat paydo bo‘ladi. 
4. Tarbiyalovchi nazorat – bu ham yo‘ldosh nazorat bo‘lib, 
tizimli ishlashga, faoliyatning izchilligiga yo‘naltiradi, iroda 
shakllantiradi, faoliyatni odatga aylantiradi, o‘ziga ishonch va 
mas’uliyat hissini paydo qiladi.
Nazoratning bu turlari bilimlarni nazorat qiluvchi metodlarni 
tanlashda asos hisoblanadi. Bilimlarni baholashda – DTS talablari-
ga asoslangan o‘quv dasturi va belgilangan bilim, ko‘nikma va 
malakalar hajmi asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. 
Bugungi ta’lim amaliyotida o‘quvchilar bilimini nazorat qi-
lishda, asosan, uning doimiy va yakuniy nazorat singari turlari-
dan foydalaniladi. Bilimlarni baholashning doimiy nazorat turiga 
individual so‘rov, yozma ishlar, ta’limni dasturlash, seminarlar, 
didaktik o‘yinlar va kundalik kuzatish metodlarini kiritish mum-
kin. Bilimlarni tekshirishning yakunlovchi metodlari sirasiga esa 
har chorak oxiridagi nazorat ishlari, sinov va imtihonlarni kiritish 
mumkin. Bilimlarni tekshirishning bunday modulli shakli zamo-
naviy metod sifatida bir qator afzalliklarga ega:
– nazorat, ayni zamonda bilimlarni amalda qo‘llash imkoni-
yatidir; 
– nazoratning ayrim jihatlari umumlashgan holda bahoning 
nisbatan asosliligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
– qiziqtiruvchi va tarbiyaviy vazifalarni yuzaga chiqaradi.
Bugungi kunda o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning test 
usuli keng yoyildi. Nazoratning bu turi o‘quvchilarni savollarga 
javob berishda tez fikrlashga yo‘naltiradi, tekshiruv jarayonini tez-
lashtiradi, baholashning xolisligini ta’minlaydi, mantiqiy tafak-
kurni o‘stiradi, javoblarda aniqlik, izchillik va tezlikni ta’minlaydi.
O‘quvchilar bilimini baholashning bu usuli o‘z afzalliklari bilan 
birga ma’lum kamchiliklarga ham ega. Ayniqsa, adabiy ta’lim jara-
yonida bilimlarni nazorat qilishning test usuli o‘zini to‘liq oqlolmay-
di. Chunki adabiyot darslarida bilim berish yoki uni nazorat qilish-
dan ko‘ra ko‘ngil tarbiyasi, hislarning injaligi, so‘zdan ta’sirlanish, 
so‘zni tuyish, go‘zallikni payqash, taassurotlar va tuyg‘ularni so‘z 
bilan ifodalash singari ishlar ustuvorlik qiladi. Inson ma’naviyatining 


199
sog‘lomlashuvi, tuyg‘ularining injaligiyu fikr larining samimiyligi 
darajasini test bilan o‘lchash mumkin emas. 
Ta’lim jarayonining demokratlashuvi, ta’lim islohotlari bilim-
larni baholashning eski usullaridan voz kechishni taqozo etmoqda. 
Lekin taklif etilayotgan yangi usullarni ham barcha o‘quv fanlari 
uchun birday qo‘llab kutilgan natijani olib bo‘lmaydi. O‘quvchilar 
bilimini baholashning ularni yangi-yangi bilimlarni o‘zlashtirishga 
undaydigan shakllarini topish talab etilmoqda. 
Bilimlarni baholashning asosiy maqsadi – o‘quvilarning ruhi-
yatida bilimga ehtiyoj uyg‘otish, bilimlarni mustaqil ravishda egal-
lashga yo‘naltirishga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, ham bilimlarni 
nazorat qilish, ham o‘quv materialiga mustaqil ravishda ijodiy yon-
dasha bilish, shaxsiy reytingini aniqlash qobiliyatini – shaxsning 
jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilash darajasining ko‘rsatkichi demak-
dir.
Dunyo miqyosidagi ko‘p davlatlarda o‘quvchilarning bilimla-
rini nazorat qilishda maxsus xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u 
uchta blokni o‘z ichiga qamrab oladi: 5 – 6-sinflar, 7 – 9-sinflar 
(asosiy maktab), 10 – 11-sinflar (yuqori maktab). Mazkur xizmat-
larning bankida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish bo‘yicha 20000 
test topshiriqlari jamlangan bo‘lib ularning har biri ma’lum mav-
zularga yo‘naltirilgan
86
.
Bundan tashqari, zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar bili-
mini nazorat qilishning «Online test» xizmati ham yaratilgan. «On-
line test» xizmatlarida «O‘qituvchining xususiy kabineti», «Kurs 
bo‘yicha o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasini nazorat qilish», 
«O‘quvchi bilimidagi bo‘shliqlar diagnozi va xatolar ustida ish-
lash», «Test natijalari haqida ma’lumot», «Har xil ko‘rsatkichlar 
statistikasi», «Ota-onalar nazorati sahifasi» singari ruknlar bo‘lib 
har biriga o‘ziga mos ma’lumotlar ishlab chiqilgan va maxsus tizim-
da internet sahifalariga kiritilgan. Afsuski, bizning ta’lim tizimimiz 
hali to‘liq kompyuterlashtirilmagani uchun o‘quvchilarning bili-
mini nazorat qilishda bunday xolis va tugal usullardan foydalanib 
bo‘lmaydi.
O‘rni kelganda yana shuni ham aytish kerakki, o‘qituvchilar 
ota-onalarni har bir o‘quv fani bo‘yicha dastur va standartning 
talablaridan xabardor qilishlari shart. Ota-onalar bolalari dastur 
86
https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия.


200
201
bo‘yicha nimalarni o‘rganayotgani, dasturning talablariga qay da-
rajada javob berayotgani-yu, standartning talablarini qanday baja-
rayotganini, ular orasidagi tafovutni doimiy ravishda kuzatib bo-
rishlari lozim. Bu har bir o‘quv fani o‘qituvchisining ota-onalar ol-
didagi vazifasi hisoblanadi. Bunday aloqalar darsning samarador-
ligini ta’minlaydi, o‘qituvchi, ota-ona, ayni zamonda, o‘quvchining 
mas’uliyatini oshiradi.
Yana shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda ta’lim 
amaliyotidagi o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting usuli-
ni ota-onalarning ko‘pchiligi «hazm» qila olmayaptilar. Qo‘yilgan 
ballarni ular bahoga aylantirib, tushuntirib berishni talab qilishmoq-
da. Aslida, jahon ta’limi tizimida o‘quvchilar bilimini ball asosida 
baholash va bu ishni kompyuter zimmasiga yuklash juda oqilona 
tashkil qilingan. Bu usul o‘quvchilar qalbini «ikki» yoki «yomon» 
baholar bilan jarohatlashning oldini oladi.
Bolaning o‘z imkoniyatidan tashqaridagi vazifani bajarol-
magani uchun unga yomon baholar qo‘yish va bu bilan uning 
g‘ururi, sha’nini toptash xuquqi hech kimga berilmagan. Ta’lim 
tizimida har kim o‘z imkoniyatiga yarasha xolis baholanishi va bu 
baho hech kimni haqoratlamasligi kerak. Shuning uchun ham ja-
hon ta’limi amaliyotida bolalar bilimini baholashning ballik tizimi 
qabul qilingan. Bizning maktablarimizda ham mana shu usul qabul 
qilingan ekan, «baho» degan tushuncha unutilishi, «ball» atamasi 
boricha qabul qilinishi kerak. Uni bahoga aylantirish pedagogik ji-
hatdan noto‘g‘ri. Ota-onalar majlislarida bilimlarni baholashning 
reyting usuli xususiyatlari, uning qabul qilinishi sabablari haqida 
ularga batafsil ma’lumotlar berish bunday anglashilmovchiliklar-
ning oldini oladi. O‘quvchi bilimlarini baholashning bunday 
tizimiga ota-onalar ham, o‘quvchilar ham birday moslashib borish-
lari, ko‘nikishlari davr talabidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy tarbiyashunoslikda 
o‘quvchi va talabalarning bilimlarini baholash ishini kompyuter-
lashtirish davri keldi. Shunday qilinganda bilimlarni baholashda 
odillik, xolislik ustuvor ahamiyat kasb etadi.


201

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling