Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
Motivatsiya (lotincha movere) – faoliyatga undash ma’nosini
anglatadi. Ya’ni, motivatsiya insonning xulq-atvorini boshqa- rish, vaziyatga mos yo‘nalishni tanlash, bu jarayondagi faolligi va 220 221 qat’iyatliligini ta’minlash hamda o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishi- ga yo‘naltiruvchi psixofiziologik jarayondir. «Motivatsiya» atamasini birinchi marta nemis faylasufi Artur Shopengauer (1788 – 1860) o‘z maqolasida qo‘llagan. Bugungi kunda bu atama har xil olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Masalan, litvalik psixolog Vitis Kazisa Vilyunas (1944 – 2011) motivatsiya tushunchasini ixtiyoriy faoliyatga undovchi ehtiyojlar tizimining yig‘indisi, deb hisoblaydi. K. K. Platonov esa motiv- larning psixik yig‘indisi deb biladi 108 . Motiv – faoliyat tushunchasining psixologik nazariyalaridan biri bo‘lib taniqli psixologlar A. N. Leontev va S. L. Rubinshteyn- lar tomonidan ishlab chiqilgan. «Motiv – «predmetga yo‘naltirilgan ehtiyoj» ma’nosini anglatadi. Motivni ko‘pincha maqsad va ehtiyoj bilan bir narsa deb tushunishadi. Ammo, ehtiyoj o‘z mazmun-mo- hiyati bilan qiyinchiliklarni bartaraf etish istagi, maqsad esa ehti- yojlarini qondiruvchi bir qator maqsadlarni ongli ravishda tanlash natijasidir. Masalan, chanqoq – tuyg‘u, organizmning ehtiyoji; chanqoqni qondirish istagi – maqsad, chanqoqni qondiruvchi suv esa – motiv. Ya’ni, motiv – (suv) resurs, chanqoq – tuyg‘u, ehtiyoj esa – chanqoqni qondirish zarurati. Shu ma’noda motiv va moti- vatsiya tushunchalari bir-biridan farqlanadi 109 . Motivatsiyaning tashqi, ichki, ijobiy, salbiy va qat’iy moti- vatsiya singari turlari mavjud. Tashqi motivatsiya ma’lum faoliyat- ga yo‘naltirilmagan, ammo subyekt bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan motivatsiyadir. Masalan, tashqi motivatsiyani adabiyot bilan bog‘lab, badiiy asarlar mazmuni haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish, deb tushunish mumkin. Ichki motivatsiya esa ma’lum faoliyat mazmuniga yo‘naltirilgan motivatsiyadir. Ya’ni, konkret biror badiiy asar tahliliga, uning mohiyatiga kirishga yo‘naltirilgan motivatsiyani ichki motivatsiya deyish o‘rinli bo‘ladi. Ijobiy mo- tivatsiya ijobiy stimulga asoslangan, salbiy motivatsiya esa salbiy stimulga tayangan bo‘ladi. Masalan, o‘quvchi adabiyot darslarida yaxshi baho olish uchun uy vazifalarini bajarsa, ijobiy, yomon baho olmaslik uchungina topshiriqni bajarishi salbiy motivatsiyadir. In- sonning qat’iy talablariga asoslangan, qo‘shimcha mustahkamlash- ni talab qilmaydigan motivatsiya esa qat’iy motivatsiya deyiladi. 108 https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия. 109 https://ru.wikipedia.org/wiki. Википедия. Свободная энциклопедия. 221 Adabiyot darslarida o‘quvchini ilm olishga yo‘naltiruvchi mo- tivatsiyalardan bittasi – o‘qituvchining ishonchi. O‘quvchi qalbida o‘qishga intiltiruvchi ichki ehtiyoj hissini shakllantirish uchun ada biyot darslarida zarur sharoit, imkoniyat vujudga keltirilmog‘i lozim. Bu sharoitning yuzaga kelishi va uning o‘quvchi tomoni- dan anglab olinishi bola shaxsining rivojlanishiga zamin tayyor- laydi. Badiiy asarni o‘qishga bo‘lgan motivatsiyani shakllanti- rish o‘quvchiga tayyor bilimlarni berish emas, balki uni ixtiyoriy motivlar, maqsadlar hamda avvalgi tajribalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan, maqsadga erishish yo‘lida aqliy zo‘riqishga un- daydigan holatga solishdan iboratdir. Har bir o‘quvchini boriday qabul qila oladigan tajribali o‘qituvchi har bitta bolaning ta’lim motivatsiyasini hamisha xayolida tutadi. Ba’zan amaliyotda o‘quv ishlarining samaradorligi, o‘quvchilar o‘zlashtirishi motivatsiyasiz baholanib, bolalarning bilimiga ularning bilishga bo‘lgan ehtiyoji- dan ajratilgan holda qaraladi. Adabiyot darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash aso- sida bilim olishlarini ta’minlash va bilim olishga motivatsiya uyg‘otishda ta’lim maqsadini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot metodikasi ilmi har bir adabiyot darsi oldiga tarbiyaviy, ta’limiy, yo‘naltiruvchi va rivojlantiruvchi maqsadlar qo‘yilishi lozimligini ko‘zda tutadi. Bu xil maqsadlar to‘g‘ri belgi- lab olinsa, dars jarayoni shu asosda tashkil etilsa, o‘quvchilarning ma’nan sog‘lomlashuvi uchun ulkan imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Afsuski, dars jarayonida o‘qituvchining diqqat markazida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash emas, balki o‘z faoliyatini tashkillashtirish turadi. O‘qituvchi, avvalo, zamonaviy adabiyot darslarini to‘g‘ri, mustaqil tafakkur va faoliyatga asoslan- gan holda tashkil qilishning shartlari nimadan iborat ekanini aniq- lab olishi zarur. Xulosa qilib aytganda, adabiyot darslarini samarali tashkil tishda har qanday mavzuga nisbatan o‘quvchilarda ichki moti- vatsiya uyg‘otish va asar ustida ishlashni mana shu ichki ehtiyojni qondirish niyatida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling