Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
EPIK ASARLAR USTIDA ISHLASH
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2
EPIK ASARLAR USTIDA ISHLASH
Reja: 1. Epik asarlar tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Epik asarlarni o‘rganishda adabiy o‘qishning o‘rni. 3. Epik asarlarni tahlil qilishning metodik talablari. Ma’lumki, adabiyotshunoslik ilmida epik turga masal, hikoya, qissa, roman janrlari mansub. Ballada, qo‘shiq, poema singari asarlar mazmuniga muallif tuyg‘usi singib ketgani bois liro-epik janr deya e’tirof etilgan. Epik asarlar sirasiga kiruvchi hikoya o‘quvchi uchun tu- shunarli, ixcham asar. Hikoyaning qulayligi hajmi uncha katta bo‘lmagani holda bayonning yorqinligi, kompozitsiyaning un- chalik murakkab emasligi, personajlar sonining kamligi, yozuvchi diqqatining bir qahramon shaxsiga qaratilganligi va hokazo jihatlar bilan asoslanadi. «Adabiyot» darsliklarida hajman katta bo‘lgan asarlar ulardan olingan parchalar shaklida taqdim etiladi va o‘rganiladi. Ayrim hajman kichik bo‘lgan hikoyalargina to‘liq shaklda yoki qisqartirib taqdim etilishi mumkin. Lekin hikoya bilan qissadan yoki roman- dan olingan parchaning shakliy elementlari o‘zaro farqlanadi, ay- rim elementlari o‘xshashlik kasb etishi ham mumkin. Yirik epik asarlardan olingan parchalar ham o‘zaro alohida yaxlitlik kasb eti- shi, bir qismining mazmuni ikkinchisini rad etmasligi, keltirilgan parchalar umumiy yaxlitlikni kasb etishi maqsadga muvofiqdir. Hikoyada ko‘pincha bir kichik voqea va uning tafsiloti bayon qilinadi. Tabiiyki, roman yoki qissadan olinib darsliklarga kiriti- ladigan parchalar ham shunday umumiylik kasb etishi taqozo etiladi. Adabiyotshunoslikda ta’kidlanganidek, syujet asar mu- allifi o‘ylagan niyatining qahramonlar xarakteri, xatti-harakati mantig‘iga muvofiq yuzaga keluvchi, o‘zaro aloqada, rivojla nishda bo‘lgan qirralarini ochishga xizmat qiluvchi voqealar zanjiridir. Muhimi, o‘quvchi syujetni shunchaki voqealar bayoni deb tu- shunmasligidadir. Buning uchun o‘qituvchidan epik asar tahlili ustida ishlanganda o‘quvchilarni ana shu aloqadorliklarni, dinami- kani ilg‘ashga yo‘naltira bilish talab qilinadi. Boshqacha aytganda, o‘qituvchi asar mazmuni yuzasidan taqdim etadigan savol va top- 224 225 shiriqlari bilan o‘quvchilarni uning syujetiga xos bo‘lgan voqealar, qahramonlar xarakteri va xatti-hatakatidagi oqibatning kelib chi- qish sabablarini aniqlashga yo‘naltirishi, shundan keyingina hodi- sani baholashga undashi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Epik asarning asosiy xususiyatlaridan yana biri konfliktdir. Talabalar bu kabi nazariy ma’lumotlarni adabiyottanuv kurslarida batafsil o‘rganadilar, albatta. Adabiyot o‘qitish metodikasi kursi badiiy asarlarning bevosita o‘quv tahlili bilan aloqadorligi tufayli mazkur bilimlar ixcham holda eslatib o‘tilmoqda. Konflikt badiiy asarda tasvirlangan xarakterlar, ifoda etilgan g‘oyalar, kayfiyat- larning kurashidir. Konflikt butun asar syujeti va mazmunining yo‘nalishini ta’min etadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, hikoya ko‘pincha konflikt asosiga quriladi. Roman yoki qissadan olingan parchada u qaysi darajasiga ko‘ra aks etgan bo‘lishi ko‘pincha noaniq bo‘ladi. Epik asarlar sirasiga mansub roman janri inson hayotini muayyan badiiy makon va zamonda butun murakkabligi bilan, jamiyat va tabiat bilan aloqadorlikda har tomonlama to‘liq tasvir- lashga qaratilgan ko‘p planli syujetga ega bo‘lgan asardir. Roman- da shaxs va jamiyat hayoti bir butunlikda, mustaqil hodisalar sifa- tida tahlil hamda talqin qilinadi. Romanda muayyan shaxs taqdiri oilaviy-maishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy muhit bilan o‘zaro uzviy aloqadorlikda tasvirlanadi. Roman janri markazida inson obrazi tu- radi 110 . Epik asarlar sirasiga kiruvchi hikoya ustida ishlashni yirik yo- zuvchi Abdulla Qahhor qalamiga mansub «Bemor» asari misolida quyidagicha ko‘rish mumkin. Nochorlik, kambag‘allik oldida insonning qanchalar ojizligini anglatish, bolalar ko‘nglida o‘zgani anglash, achinish hissini tarbi- yalashni darsning tarbiyaviy maqsadi sifatida belgilash mumkin. Asar matni bilan tanishtirish, uning mohiyatiga kirishga, matn za- miridagi yozuvchi shaxsini anglashga, bitikda ilgari surilgan ye- takchi qarashlarni ilg‘ashga o‘rgatish darsning ta’limiy maqsadini tashkil qiladi. Dasturda ushbu hikoyani o‘rganish uchun ikki soat vaqt beril- gan. Aslida hikoya ilg‘or ta’lim metodlari asosida o‘tilsa, uni o‘rganish uchun bir soat kifoya. Darslikda adibning hayoti va ijodi 110 F. Salayev, G. Qurboniyozov. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. – Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2010, 202-bet. 225 haqida ma’lumot beruvchi material mavjud. O‘qituvchi adib haqi- da axborot beruvchi bu tayyor matnni o‘quvchilarga qaytarib aytib berishining hech hojati yo‘q. Uni o‘tgan darsning oxirida uy vazi- fasi sifatida topshirishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchi bilan Abdulla Qahhor orasidagi maso- fani qisqartirish, ularni bir-biriga yaqinlashtirish uchun adibning o‘quvchi yoshiga yaqin bolalik davridan ayrim xotiralarini aytib berishi mumkin. Masalan: «Namozgarga yaqin ko‘chada bolalar Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling