Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 0.77 Mb.
bet10/18
Sana26.08.2020
Hajmi0.77 Mb.
#127745
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
УМК Менглиев


MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR


  1. Leksemalarning ma’noviy tasnifidagi “ma’noviy nomustaqillik” belgisi tushunchasini izоhlаng.

  2. Tilshunоslikdа оraliq uchinchi аtаmаsini nimаni аnglаtаdi?

  3. Yordamchi so‘zlar оraliq uchinchimi?

  4. Ko‘makchilаrning grаmmаtik mа’nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng.

  5. Bog‘lovchilаrning grаmmаtik mа’nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng.

  6. Yuklamalаrning grаmmаtik mа’nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng.


11-ma’ruza. SO‘Z–GAPLAR

Rеjа:

  1. So‘z-gaplar to‘plamini ajratish tamoyillari.

  2. So‘z–gaplar tasnifi.

  3. So‘z-gaplarning sintaktik xususiyatlari.


Mаvzu bo‘yichа tаyanch tushunchаlаr: mоdаl, undоv, tаsdiq-inkоr, tаklif so‘zlаr, so‘z-gаplаr.
So‘z-gaplar to‘plamini ajratish tamoyillari. O‘zbek formal tilshunosligida so‘z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha o‘rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gaplarga ham lison/nutq ixtilofi nuqtayi nazaridan yondashish zarurligi ayon bo‘lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gaplarning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo‘lishi shart va zarurligi e’tirof etildi.

Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so‘zlardan, yordamchi so‘zlardan, sodda yoxud qo‘shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar:

1) mustaqil holda gap bo‘la olish belgisi;

2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi;

3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish belgisi;

4)bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi.

So‘z-gaplar deganda shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.

1. Mustaqil holda alohida gap bo‘la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog‘langan. O‘zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma’no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo‘lishini talab qiladi. So‘z-gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo‘la oladi, chunki kesimlik shakllari ma’no va munosabatlari so‘z-gaplarning o‘zida mujassamlangan va ularning ichki mohiya-tini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi so‘zning leksik ma’nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.



2. Demak, so‘z-gaplar mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun bu so‘zlarga nisbatan semantik funktsional shakllangan so‘z-gaplar atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug‘aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni bunda leksik birlik ham so‘z, ham gapdir. Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so‘z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi f a q a t g a p m a r k a z i v a z i f a s i d a k e l a o l i sh i bilan chegaralanganligini ifodalaydi. Demak, semantik-funksional shakllangan gaplar grammatik shakllangan gaplar ([Wpm])dan farq qiladi va kesimlik ma’nolari so‘z-gaplarda leksik birlikning yoki atov birligi [W]ning o‘zida mujassamlanganligi tufayli so‘z-gaplarning lisoniy qurilish qolipi [W] sifatida berilgan.

3.So‘z-gaplarning o‘ziga xos g‘ayrioddiy lug‘aviy ma’noga egaligi. Bu xususiyat quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

a)ma’no imkoniyatlari chegaralangan;

b)o‘zida grammatik shakllarni talab etmaydi;

v)boshqa so‘zlar bilan birikish qobiliyatlaridan mahrum;

g)gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;

d)ma’nоli qismlarga ajralmaydi.

Shuning uchun ham bu leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g‘ayrioddiy, biroq ma’no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi. Aytib o‘tilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, taqlid kabi so‘z turkumlari gapning istagan bir bo‘lagi vazifasida kela olsa, so‘z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklamalar esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.

So‘z–gaplar tasnifi. So‘z-gaplar o‘z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1.Modallar. 2.Undovlar. 3.Tasdiq /inkor so‘zlar. 4.Taklif/ishora so‘zlar.

So‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’nolarni ifodalab keladigan so‘zlar modal so‘zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so‘zlar misol bo‘ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o‘rganilgan.

Kishilarning his-tuyg‘ularini, haydash, to‘xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydigan so‘z-gaplarning ko‘rinishi undov so‘zlardir. His-tuyg‘u undovlariga oh , voy, eh , barakalla, rah mat, ofarin kabi so‘zlar, buyruq -xitob undovlariga pisht, beh -beh , pish-pish, chuh kabi xitob so‘zlar kiradi.

So‘z-gaplarning uchinchi ma’noviy guruhi bo‘lgan tasdiq /inkor so‘zlar ko‘pincha modallar tarkibida o‘rganilgan. Ha, mayli, xo‘sh, xo‘p so‘zlari tasdiqni, yo‘q , mutlaqo, aslo, sira so‘zlari inkorni ifodalovchi so‘z-gaplardir.



Taklif/ishora so‘zlarga qo‘llanishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ma, mang, qani, marhamat so‘zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo‘lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.

So‘z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko‘pchiligi boshqa so‘z turkumlaridan tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘ziga xos nutqiy qo‘llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, so‘zsiz, tabiiy so‘zlari sifatdan, albatta ravishdan o‘sib chiqqan bo‘lsa, har qalay, har holda modal so‘zlari so‘z birikmalaridan, nasib bo‘lsa, xudo xohlasa kabilar gaplardan kelib chiqqan.



Sof so‘z-gaplarga albatta, alhamdulilloh ; eh , h oy, oh , o‘h ; ha,yo‘q , mutlaqo; ma, mang kabi modal, undov, tasdiq /inkor, taklif/ishora so‘zlari mansubdir. O‘zbek sistеm tilshunosli-gida so‘z-gaplar [W]-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, [W]-lashayot-gan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq /inkorlasha-yotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, [W]-simon (modalsimon, undovsimоn, tasdiq/inkorsimоn) so‘zlar va ular nutqiy voqelanish-lari mufassal o‘rganilgan.

[W]-lashgan (so‘z-gaplashgan) so‘zlar o‘z semantik-funk-sional xususiyatlari bilan har xil guruhning markaziy leksemalariga juda yaqin turadi, lekin o‘ z a l o q a s i n i b o sh q a s o‘ z t u r k u m l a r i d a n t o‘ l a – t o‘ k i s u z m a g a n b o‘ l a d i. Chunonchi, modallashgan so‘zlarga chamasi, chog‘i, ehtimol; undovlashgan so‘zlarga ura, olg‘a, dod, voydod; tasdiq /inkorlashgan so‘zlarga bo‘pti, ma’qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan so‘zlarga qani kabi leksemalar misol bo‘ladi.



[W]-lashayotgan (so‘z-gaplashayotgan) so‘zlar so‘z-gaplarga to‘la-to‘kis o‘tgan bo‘lmaydi va so‘z-gaplarga «o‘tish yo‘lida» turgan so‘zlardir. A.M.Peshkovskiy «ayrim sifatlar sifatlardan uzilib to‘la-to‘kis otlarga o‘tib ketgan bo‘lsa, ayrim sifatlar otlarga o‘tishning yarim yo‘lida turibdi» deb ruscha mоrоjеnое va bоlnоy so‘zlarini misol keltiradi. Bu o‘rinda modallashayotganlarga balki, hatto, aftidan; undovlashayotgan-larga yashang, voy o‘lay; tasdiq /inkorlashayotganlarga durust, to‘g‘ri, rost, aslo, hargiz; taklif/ishoralashayotganlarga mana mundoq kabi so‘zlarni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 1.Balki, siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2.Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘laydi-da. (O‘.Usm.) 3. -Qaerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa-to‘g‘ri. (CH.Ayt.) 4. Hilola gapning to‘g‘risini aytdi (O‘.Usm.) gaplarida [W-lashayotgan] so‘zlar (1-3-gapda) qo‘llanilgan.

[W]-simon (so‘z-gapsimon) lar deganda mohiyatan so‘z-gaplar bo‘lmagan lug‘aviy birliklarning so‘z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonlarga shunday qilib, baxtga toshkent, tavba, xudo saqlasin; undovsimonlargaerkalash ma’noli asalim, oppog‘im va undalma ma’noli ey, do‘stlar kabi; tasdiq/inkorsimonlarga xuddi shunday, hech qachon, noto‘g‘ri kabi; taklif/ishorasimonlarga boshlang ko‘rinishli so‘zlar misol bo‘ladi. Qisqasi, so‘z-gaplarning leksik-semantik turlari bo‘lmish sof so‘z-gaplar o‘zlari tarixan kelib chiqadigan so‘z turkumlaridan batamom uzilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ravish, sifat, ot sifa-tida mutlaqо qo‘llanilmaydi. So‘z-gaplashgan unsurlar esa o‘zlari tarixan kelib chiqqan so‘zlar bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘z aloqasini boshqa turkumlardan to‘la uzmagan bo‘ladi. So‘z-gaplashayotgan unsurlarga o‘zi boshqa so‘z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l)ga tegishli, lekin so‘z-gaplarga xos ma’no va vazifalarda qo‘llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘z-gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘zlar tarixiy taraqqiyot natijasida batamon so‘z-gaplarga o‘tib ketishi mumkin. So‘z-gapsimonlar esa o‘z turkumi doirasida qoladi.

So‘z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. So‘z-gaplarning sintaktik xususiyati yuqorida ta’kidlaganimizdek, ularning kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmasligi, bog‘lama bilan birika olmasligidadir. So‘z-gaplar ham undalmalar, sodda gaplar kabi kengaygan yoyiq holatlarda bo‘lishi mumkin: 1.CHo‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin. (A.Qah.) 2.Falakning dastidan dod! (Hamza.) 3. Barakalla sizga! Misollardan ko‘rinib turganidek, so‘z-gaplar faqat bitta so‘zdan iborat bo‘lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‘z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [Wpm] qurilishli gaplarda kesimlik kategoriyasi va ma’nosi [W]ga [Rm] orqali kiritiladi, [m]ning esa o‘zbek tilida juda ko‘p ko‘rsatkichlari mavjud. Shaklning o‘zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma’no turlari ham o‘zgaradi. Masalan, Bo‘ladi. Bo‘lmaydi. Bo‘lsa. Bo‘ldi va h .k. Ammo so‘z-gaplarda bunday emas. Har bir so‘z-gap shu gapga xos bo‘lgan ma’nolarni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Chunonchi, Ha so‘zi tasdiqni fodalaydi. Uning bo‘lishsizligi Ha emas bilan emas, balki alohida so‘z yo‘q bilan ifodalanadi. Albatta yoki shubhasiz modal so‘zi qat’iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma’nosi mutlaqo, aslo so‘z-gaplari bilan beriladi.

So‘z-gaplarda zamon va shaxs ma’nolari [0] ko‘rsatkichli bo‘lib, matnda muayyanlashadi. O‘zbek tilida gap (kesimlik) zamon va shaxs ma’nolaridan xoli bo‘la olmaydi. Zero, so‘z-gaplarda zamon va shaxs-son ma’nolarining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‘zlarning asosiy sintaktik xususiyati – kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmay gap bo‘lib kela olishi bilan sharhlanadi. So‘z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyati – ularning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo‘laklari bilan bog‘lanmasligidir va o‘zi gap sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi, 1.-Ertaga kelasizmi? - Albatta. (O‘.Usm.) 2.-Еngil tortdingmi, qizim? - Shukur. (A.Qah.)

Ko‘rinadiki, so‘z-gaplarning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishidadir. To‘rt leksik-semantik turida (modallar, undovlar, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zlar) kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma’nolardan har biri alohida bo‘rttirilgan “yalang‘och” holda yuzaga chiqadi: modallar so‘zlovchining munosabatini ([Rm]dagi maylni), taklif/ishoralar shaxsga qaratilganlik ma’nosini ([Rm] dagi shaxs-sonni), tasdiq/inkorlar tasdiq va inkorni ([Rm]dagi bo‘lishli/bo‘lishsizlikni) va undovlar bo‘lg‘usi harakatni ([Rm]dagi zamonni) ifodalashga xizmat qiladi.
MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR


  1. So‘z-gaplar to‘plamini ajratish tamoyillari nimаlаrdаn ibоrаt?

  2. So‘z–gaplarni tasniflаng.

  3. So‘z-gaplarning sintaktik xususiyatlari hаqidа gаpiring.

  4. Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar dеgаndа nimаni tushunаsiz?



SEMINAR MASHG’ULOTLARI ISHLANMALARI VA USLUBIY KO’RSATMALAR

3-semestr
1-mashg’ulot. MORFEMANING LISONIY XUSUSIYATLARI VA TURLARI

Reja:

  1. O’zbek tili morfemikasining dolzarb muammolari.

  2. So’zlar tarkibidagi affiksal morfemalarning vazifasiga ko’ra turlarini ajratish.

  3. Morfema variantlarini misollar asosida ajratish.

  4. So’zlar tarkibidagi affiksal morfemalarning shakl va ma‘no munosabatiga ko’ra turlarini farqlash.

  5. Affiksal morfemalarning tuzilishi va qo’llanish darajasiga ko’ra turlarini misollar bilan yoritish.

  6. O’zbek tilida o’zak va affiks qo’shiluvida yuz beradigan fonetik o’zgarishlarni mashqlar asosida ajratish.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 159-166; 4, 5-9; 6, 7, 8, 38-42.


2-mashg’ulot. O‘ZBEK TILIDA DERIVATSIYASI

Reja:

  1. Derivatsiya va uning til qurilish tizimidagi o’rni.

  2. So’z yasash qolipi tushunchasi.

  3. HO’ATda unumli affiksal va qo’shma so’z yasash qoliplari.

  4. HO’ATda unumsiz so’z yasash qoliplari.

  5. Yasama so’zlarda ixtisoslashish, soddalanish va leksemalanish.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 167-205; 4, 10-15; 6, 7.


3- mashg‘ulot. GRAMMATIK MA’NO VA GRAMMATIK SHAKL

Rеjа:

  1. Grаmmаtik mа’nо hаqidа umumiy tushunchа.

  2. Grаmmаtik vа lеksik mа’nо munоsаbаti.

  3. GM turlаri. UGM, ОGM, ХGM hаqidа.

  1. GM tаrkibi. Kаtеgоriаl, yondоsh vа hаmrоh mа’nо.

  2. UGMni оchish yo‘llаri.

  3. Grаmmаtik mа’nо ifоdаlаsh usullаri.

  4. Grаmmаtik shаkllаrning tuzilishigа ko‘rа turlаri.


7-mashg’ulot. GRAMMATIK KATEGORIYA VA UNING TURLARI

Reja:

  1. Grammatik kategoriya(GK) tushunchasi va kategoriya uchun qo’yiladigan talablar.

  2. Grammatik katеgоriya.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 207-211; 4, 20-23; 6, 7, 8, 42-45.
5-mashg’ulot. SO‘Z TURKUMLARI VA ULARNI TASNIFLASH ASOSLARI

Rеjа:

  1. So’z turkumlаri vа ulаrni tаsniflаsh tаmоyillаri hаqidа.

  2. So’zlаrning sеmаntik tаsnifi.

  3. So’zlаrning mоrfоlоgik tаsnifi.

  4. Lеksеmаlаrning sintаktik tаsnifi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 212-400; 4, 62-83; 6, 5-40; 7, 8, 45-55.



9-mashg’ulot. FE‘L VA UNING UMUMIY GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Reja:

  1. Fe‘lning so’z turkumlari orasida tutgan o’rni va asosiy sintaktik belgilari .

  2. O’timli va o’timsiz fe‘llarni farqlashning semantik va sintaktik omillari.

  3. Fe‘l yasalish qoliplari.

  4. Mustaqil va nomustaqil fe‘llar.

  5. O’timli fe‘llarni o’timsiz, o’timsiz fe‘llarni o’timli fe‘llarga aylantirish va o’zgarishni vujudga keltiruvchi vositalar.

  6. Gaplar tarkibidagi fe‘llarni LMGlariga birlashtirish. Markaziy va qurshov leksemalarning voqelanishlari.


7-mashg’ulot. FE’LNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI

Rеjа:

  1. Fе’l tаsniflоvchi kаtеgоriyalаri hаqidа umumiy mа’lumоt.

  2. Nisbаt kаtеgоriyasi.

  3. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kаtеgоriyasi.

  4. Hаrаkаt tаrzi kаtеgоriyasi.


8-mashg‘ulot. FE’LNING O‘ZGALOVCHI KATEGORIYASI

Reja:


              1. O‘zgalovchi kategoriyaning moghiyati.

              2. Ravishdosh.

              3. Sifatdosh.

              4. Harakat nomi.



11-mashg’ulot. OT VA UNING UMUMIY GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. Ot UGMsining parchalanishi.

  2. Otlarning LMGlari haqida.

  3. Ot va uning ma‘noga ko’ra turlari. Atoqli va turdosh otlarning mazmun guruhlari.

  4. Atoqli otni turdosh otga (leksemaning so’zshaklga), turdosh otni atoqli otga (leksikalizatsiyalashuv) aylanishi.

  5. Otlarning sintaktik qurshovdagi mavqei.

  6. Ot yasalish qoliplari.

  7. Otlarning ko’plik sonda kelishi bilan qurshovda yuz bergan semantik-sintaktik farqi.

  8. Kichraytirish shaklining UGMsini berilgan nutqiy hosilalar asosida tiklash.

  9. Kichraytirish shaklining leksemalashishi (soddalanish).

  10. Atoqli va turdosh otlarning semantik va grammatik jihatdan farqlanishi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 213-250; 4, 110-118; 6, 7, 8, 54-58.


1- mashg‘ulot. OTNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI

Reja:
1.Оtning mоrfоlоgik bеlgilаri vа tаsniflоvchi kаtеgоriyalаri.

2.Оtning хususiy lugаviy shаkllаri.

3.Оtlаrdа sintаktik kаtеgоriyalаrning vоqеlаnishi.


4-semestr

1-mashg’ulot. SIFAT, UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI VA KATEGORIYALARI

Reja:

1. Barcha sifatlar uchun birlashtiruvchi belgilar.Asliy va nisbiy sifatlarining semantik belgilari.

2. Sifatlarning semantik guruhlari.Sifat yasalishining sermahsul qoliplari.

3. Sifatlarning asosiy sintaktik vazifalari.

4. Sifatlarning graduonimik (darajalanish) munosabati.

5. Yasama sifatlarning sodda va qo’shma so’z yasash qoliplari.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 251-256; 4, 127-136; 6, 7, 8, 63-67.
2-mashg’ulot. SON, UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

VA TASNIFLOVCHI KATEGORIYALARI

Reja:


  1. O’zbek tilida miqdor bildiruvchi so’zlar. Aniq va noaniq miqdor tushunchasi.

  2. Sonlarning o’ziga xos birlashtiruvchi belgilari.

  3. Sonlarning tuzilishiga ko’ra turlari.

  4. O’lchov so’zlari va ularning semantik tasnifi.

  5. Sonlarning LGMlarini sharhlash.

  6. Miqdor va tartib sonlarning semantik va sintaktik farqlari.

  7. Matnda qo’llanadigan “bir” so’zidagi semantik-sintaktik ma‘no siljishlarini izohlash.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 156-289; 4, 137-147; 6, 7, 8, 67-70.
3-mashg’ulot. RAVISH VA UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Reja:

  1. Ravishlarning boshqa mustaqil so’zlardan farqi - morfologik jihatdan o’zgarmasligi.

  2. Ravishlarning LGM lari xususida ma‘lumot.Sodda ravishlarning yasalish qoliplari.

  3. Qo’shma, juft, takroriy ravishlar. Boshqa turkum so’zlarning soddalanish, yaxlitlanish (ideomatizatsiya) natijasida ravish leksemaga aylanishi.

  4. Yasama ravishlarning sinxronik va diaxronik yasalish qoliplari.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 401-404; 4, 147-151; 6, 7.


4-mashg’ulot. TAQLID VA UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Reja:

1. Taqlidlarning mustaqil so’zlar tizimidagi o’ziga xos o’rni.Taqlidlarning LMG lari.



  1. Taqlidlarda ko’p ma‘noli, shakldoshlik vazifasini aniqlash.

  2. Tovushga taqlid so’zlarning ichki mazmuniy guruhlari. Xolatga taqlid so’zlarning ichki semantikasini ajratish.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 401-404; 4, 147-151; 6, 7.
5-mashg’ulot. OLMOSH VA UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Reja:

  1. Olmoshlarning mustaqil so’zlar tizimida o’ziga xos ishoraviy o’rni.

  2. Olmoshlarning LMG lari.

  3. Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlari.

  4. Olmoshlarning ot, sifat, son, ravish va fe‘larga munosabati.

  5. Olmoshlarga mujassamlashgan shaxs, hurmat, miqdor, munosabat ma‘nolarini sharhlash.

  6. Olmoshlarning UGM ini tiklash.

  7. Olmoshlar - fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 290-324; 4, 154-159; 6, 7, 8, 70-74.
6-mashg‘ulot. SINTAKTIK KATEGORIYALAR
Reja:

  1. So’zlarning sintaktik shakllari va ularning ichki bo’linishlari.

  2. Egalik shakllarining tobelantiruvchi, kelishik shakllarining tobelanuvchi, kesimlik shaklining gap markazini shakllantiruvchi xususiyatini misollar bilan yoritish. Xulosalar asosida har bir shaklning UGM va XGMsini tiklash.

  3. Egalik shakllarining semantik va sintaktik vazifasi.

  4. Kelishik shakllarining UGM va XGMsini tiklash.

  5. Kesimlik kategoriyasining ichki paradigmalari

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 290-324; 4, 154-159; 6, 7, 8, 70-74.
7-mashg’ulot. YORDAMCHI SO‘ZLAR

Reja:

  1. Yordamchi so’zlar va ularning leksik-grammatik tizimdagi o’ziga xos o’rni.

  2. Yordamchi so’zlarning ma‘noviy, vazifaviy va shakliy xususiyatiga ko’ra turlari.

  3. Mustaqil va yordamchi so’zlar munosabati.

  4. Ko’makchilarning yordamchi so’zlar sifatida UMG va XGM si.

  5. Ko’makchi va kelishiklar orasidagi munosabat.Ko’makchilarning turlari.

  6. Bog’lovchilarning shakliy va vazifaviy turlari.Bog’lovchilarni qo’llanishiga ko’ra turlari.

  7. Yuklamalarning shakliy va vazifaviy turlari.

  8. Ko’makchi-bog’lovchilar, ko’makchi-yuklamalar, yuklama-modal so’zlar.

  9. Yordamchi so’zlar miqdorining oshib borishini izohlash.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 405-4440; 4, 159-172; 6, 7.
8-mashg’ulot. O‘ZBEK TILIDA SO‘Z GAPLAR: TIZIMI, TURLARI

VA SUBSTANSIAL-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Reja:

  1. So’z-gaplar to’plamini ajratish tamoyillari.So’z-gaplarning ma‘noviy guruhlari.

  2. So’z-gaplar tasnifi.Modallar, undovlar, tasdiq/inkor, takliflar va ishora so’zlari, ularning ma‘no va vazifasiga ko’ra turlari.

  3. So’z-gaplar, ularning mustaqil va yordamchi so’zlar bilan munosabati.Undovlarni undalmalar tarkibida qo’llanishiga misollar keltirish.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 177-182; 6, 7,8, 81-111

MORFЕMIKA-MORFOLOGIYA FANIDAN

AMALIY MASHG‘ULOT ISHLANMASI

3-semestr
1-mashg‘ulot. MORFEMANING LISONIY XUSUSIYATLARI VA TURLARI

Reja:


1. Grammatik shakllar ustida ishlash.

2. Morfem tahlil namunasi asosida so’zlarni diaxron va sinxron tahlil qilish.

3. Morfonemik o‘zgarishlar ustida ishlash.
1-mashq. Matn tarkibidagi so‘zlarni ifodalayotgan kategorial ma‘nosiga ko‘ra guruhlarga ajrating. Leksemalarning lug‘aviy va sintaktik shakllarini farqlang. Morfologik jihatdan o‘zgaradigan va o‘zgarmas, gap bo‘lagi bo‘lib kela oladigan, sintaktik aloqa vositasi bo‘lishga xoslangan hamda so‘z-gap bo‘lib kela oladigan so‘zlarni guruhlang.
Hikoyat
Bir oliysifat devona kishi bor edi. Xalq unga «Majnun al-haq»(«Haq yo‘lidagi devona») deb laqab qo‘ygandi. Chunki haq yodi unga mahbub, tun-kun bu yod ila mahbub edi. Biror so‘z aytmoqchi bo‘lsa, doimo haqqa xitob etar, javobini ham haq tilidan berar edi.

Bir bahor ayyomida u baytulloh – Ka‘bani ziyorat qilish niyatida safarga chiqdi. Yo‘lda ko‘p mashaqqat tortdi, bundan jismi ozor topdi. U mingan ulov ham g‘oyat zaif edi.

Atrofga qorong‘ulik tushib, yomg‘ir yog‘a boshladi. Devona endi yo‘lni davom ettirish qiyinligini bildi. Shu yaqin o‘rtadagi bir vayrona joyni ko‘rdi va eshagidan tushdi. Eshagini xudoga topshirib: «Ey tangrim, eshakdan xabardor bo‘lib tur?»-dedi.

Ulovini tashqariga qo‘yib, o‘zi vayrona ichiga kirdi. Bir ozdan so‘ng uyqu g‘olib kelib, boshi ostiga bir kesak qo‘ygancha ko‘zi uyquga ketdi. Eshak tashqarida qoldi.

Devona uyquga ketgach, bahor bulutlari sharros quya boshladi. Vayrona ichiga har yondan tomchi o‘tib, telbaning uyqusini uchirib yubordi. U o‘rnidan turib, yomg‘ir tinishini vayronada kutdi. Nihoyat, yomg‘ir tinib, telba tashqariga chiqdi. Qarasa, eshagi yo‘q! Bundan u behad iztirobga tushib, tangriga g‘azab bilan xitob qila boshladi:

-Men senga eshagimni topshirib edim, sen esa menga bag‘oyatda yaxshi karam ko‘rsatib, uni qoyil qilib asrading! El sening mehmonligingga borsa-yu, eshagini vodiyga qo‘yib yuborib, ixtiyoringa topshirsa, sen esa beparvolik ko‘rsatib, g‘aflat ichra unga qarashni unutib qo‘ysang?! Eshagimni asramoqni o‘zingga or bilib, qorong‘u tunda uni ko‘rinmaydigan qilib qo‘yding!!!

Telba achchig‘langancha g‘o‘ldirab, yo‘qolgan eshagini pastu balanddan qidirardi. Shu payt juda ravshan bir chaqmoq chaqilib, butun olamni nurga to‘ldirib yubordi. Qarasa, eshagi xas-xashakka og‘iz urib o‘tlab yurgan ekan. Telba uni ko‘rib, quvonib ketdi va eshagiga minib yana yo‘lga ravona bo‘ldi. Qahridan tushib, haqqa endi lutf bilan mehribonchilik ko‘rsata boshladi:

-Ey, mening jism aro jonim xudo, balki senga yuz jonim fido bo‘lsin! Garchi o‘shanda eshagimga qaramay, ko‘zdan yashirib, bo‘yniga arqon bog‘lamagan eding. Shu vajdan menda beqarorlik yuzladi, qahrim bilan senga oliftalik qildim. Chunki men eshakni senga topshirgan edim-da, sen esa omonatni menga topshirishda hayallading. Ammo meni g‘amgin holda ko‘rib, tadbir ham topding. Chorasozlik qilib chaqmog‘ingni chaqib, ko‘z yoritar mash‘alangni yoqding.

Garchand men sening bu ishingdan g‘azablanishimga to‘la haqli bo‘lsam ham, lekin qilish mumkin bo‘lmagan ishlarni qila oladigan, tushunish qiyin narsalarni tushunadigansan; shuning uchun menga e‘tibor berib, yo‘qolgan narsamni topib berding. Bu bilan sen aytgan gaplarim uchun meni majolsiz bir holga solding, sharmandai sharmisor etding.

Devona shu so‘zlarni aytib, har dam o‘zini maqtar, xudoga ham turli mehribonchiliklar ko‘rsatar edi. Telba aytgan bu so‘zlar garchand nomaqbul bo‘lsa-da, muhabbat tufayli sodir bo‘lgani uchun maqbul edi.

Agar har bir majnun xudoga shuningdek sir aytsa, u beibolik va erkalik qilmog‘i lozim. Chunki bunday kishilarning tangriga ishonchi, e‘tiqodi samimiy, o‘zi esa tangriga suyuklidir. Suyukli kishining esa har bir qilgan ishi yoqimlidir. («Lison-ut tayr»dan)


Bajarilishi:




Ot – hikoyat devona kishi xalq Majnun al-haq laqab, haq, mahbub, so‘z, xitob, javob, tili

Komakchi – ila

Sifat – oliysifat

Yuklama – ham

Son – bir

Undov –

Olmosh – u, bu, biror

Bog‘lovchi – Chunki

Fe’l –edi qo‘ymoq, bo‘lmoq, bermoq

Taqlid –

Ravish – tun-kun

modal – bor

Taqlid – doimo,







Bajarilishi: Ismlarning lug‘aviy shakllari

Fe’lning vazifadosh shakllari (Sof fe’l shakli, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllari)

I. Ot turkumiga qo‘shiluvchi:

  1. Erkalash: -cha

  2. Ko‘plik: -lar.

  3. Chegaralash: -gacha.

  4. Qarashlilik: -niki.

II. Sifat turkumiga qo‘shiluvchi: -roq

III. Son turkumiga qo‘shiluvchi:

Dona son: -ta

Jamlovchi son: -ov



Sifatdosh shakllari 1. (o‘qi) –gan. 2. (bor) –(a)r [bormas].

3. (ol) –(u)vchi. 4. (kel) –(a)digan



Ravishdosh shakllari. 1. –(i)b, (-may) 2. (ko‘r) -a, -y 3. -gani 4. -gach 5. (bor) -guncha 6. (bor) -gudek 7. (ket) -gancha. (payt pavishdoshlari: -gach, -guncha; maqsad ravishdoshi -gani.

Harakat nomi shakllari.1.(o‘qi) –(i)sh. [o‘qimaslik] 2. –(u)v. 3. –moq


2-mashq. So‘zlarni ko‘chiring. Shakldosh, ma‘nodosh, zid ma‘noli, ko‘p ma‘noli affikslarni ajratib, ma‘nolarini namunadagidek izohlang.
Namuna: egik –ik, omonim af. (bit-ik, ot ya.; sin-iq, sifat ya.; zo‘r-iq, fe‘l ya.)

aqlli –li, sinonim af. (bo-, ser-, ba-, -dor) va h.


boshlang‘ich, o‘chirg‘ich, aybdor, ehtiyotkor, uyushma, terim, tilim, ranji, boyi, tinchi, to‘lat, suzma, oqar, kami, uzay, changi, sizsiz, o‘quvchimiz, unumli, savala, izla, ko‘pchilik, kelayotir, serhosil, baumid.

3-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibida qo‘llangan morfemalarning dialektal, poetik, tarixiy, fonetik va induvidual variantlarini toping.
1. Ming yillarkim bulbul kalomi O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho‘rlik to‘tining holi O‘zgalarga taqlid hamisha. (A.O) 2. Ko‘rgali keldingmu yor, kuydirgali keldingmu yor. (qo‘shiqdan) 3. Jondin seni ko‘p sevamen, ey umri aziz..(A.N.) 4. Kuch adolatdadur. (A.T) 5. Daryodan daryoni talab aylagil. (A.O.) 6. Senga balki ayon, balki noayon Bir hayot hadisin aylayin bayon..(A.O.)

Mustahkamlash uchun savollar:
1. Grammatik shaklga izoh bering.

3. Morfonemik o‘zgarishlarga misollar keltiring.

2. Diaxron va sinxron so’z yasalishi haqida ma’lumot bering.

2-amaliy mashg‘ulot. O‘ZBEK TILIDA DERIVATSIYA

Reja:


  1. Qo‘shimcha qo‘shish usuli (affiksatsiya yoki morfologik usul);

  2. So‘z qo‘shish usuli (kompozitsiya yoki sintaktik usul);

  3. Boshqa turkumga ko‘chirish usuli (konversiya);

  4. So‘zni yangi ma’noda qo‘llash usuli (semantik yoki leksik­semantik usul);

  5. Tovushni o‘zgartirish usuli (fonetik usul) va so‘zni qisqartirish usuli (abbreviatsiya).


1-mashq. Berilgan gaplar asosida quyida berilgan topshiriqlarni bajaring.
1. Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim, Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo. (A.Oripov) 2. Bo‘shagan tog‘orani dasturxonga o‘rab ko‘tarayotgan edim, Fotima kelin qo‘ymadi (IEO). 3. Dimoqqa qizigan asfalt hidi uriladi (IEO). 4. O‘rtasiga qor o‘yib qo‘yilgan katalakdek hovli.(IEO). 5. Ko‘z o‘ngimda yana o‘sha qor bosgan hovli, muzlagan perrondan yugurgan onam jonlandi. (IEO) 6. U titrab ketayotgan barmoqlari bilan og‘zini to‘sdi (IEO).
1-topshiriq. Gaplarni kuzatib, qo‘shimcha qo‘shish usulida so‘z yasalishini aniqlang.

2-topshiriq. Gaplarni kuzatib, so‘z qo‘shish (kompozitsiya yoki sintaktik usul) usulida so‘z yasalishini aniqlang.

3-topshiriq. Gaplarni kuzatib, so‘zlarni boshqa turkumga ko‘chirish usulida (konversiya) so‘z yasalishini aniqlang.

4-topshiriq. Gaplarni kuzatib, so‘zni yangi ma’noda qo‘llash usulida (semantik yoki leksik­semantik usul) so‘z yasalishini aniqlang.

5-topshiriq. Gaplarni kuzatib, tovushni o‘zgartirish usuli (fonetik usul) va so‘zni qisqartirish usuli (abbreviatsiya) usulida so‘z yasalishini aniqlang.

6-topshiriq. 1. Mustaqil qo‘llanuvchilar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlardagi farqlarni aniqlang. 2. Mustaqil qo‘llanmaydiganlar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlardagi farqlarni aniqlang.

7-topshiriq. 1. Mustaqil qo‘llanuvchilar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlarni tasniflang. 2. Mustaqil qo‘llanmaydiganlar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlarni tasniflang.

8-topshiriq. 1. Mustaqil qo‘llanadiganlar guruhiga mansub ma‘noli qismlarning zotiy tabiatini bayon qiling. 2. Mustaqil qo‘llanmaydiganlar guruhiga kiruvchi ma‘noli qismlarning zotiy mohiyatini bayon qiling.

9-topshiriq. Berilgan o‘zak va morfemalarning ma‘nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari va zidlari bilan munosabatlari (yaqinlik, o‘xshashlik va farqlarni)ni aniqlang.

10-topshiriq. Berilgan o‘zak va morfemalarni qo‘llab ijodiy matn tuzing.
2-mashq. So‘zlarni ma‘noli qismlarga ajrating. Morfemaning boshqa lisoniy birliklar bilan munosabatini yoriting. Affiksal morfemalarni funktsional belgisiga ko‘ra guruhlarga ajrating.
Chanqoq, anglamoq, shaxsiyatiga, aqlsizlik, mardikorchilak, kelishmovchilik, so‘roq, yutug‘ini, ko‘nglidagi, bilimdonlarimizning, yuragimdan, ulg‘aytirgan, og‘zaki, yumshoq, o‘ynab, uyum, uyim, issiq, tilim, uylanmoq, o‘ylanmoq, terim, changi, ranji.
3-mashq. So‘zlar tarkibidagi derivatsion morfemalarni farqlang. Mashqlar asosida so‘z yasovchi morfemalarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarini tiklang.
Ixtirochi, gulchi, tashkilotchi, xizmatkor, suratkash, mahsido‘z, saharlik, qimmatchilik, og‘riq, buyruq, qavariq, chiqim, eslatma, yig‘in, cho‘kindi, kuyundi, maqtov, qarsak, jizza, sergap, bebosh, barkamol, sayroqi, zaruriy, bahori, og‘zaki, angla, ho‘pla, afsuslan, salomlash, ulg‘ay, sarg‘ay, ko‘kar, o‘yna, qiyna, o‘rnash, birik, changi, tinchi, saharlab, uycha, yigitcha.

4-mashq. Gaplarni ko‘chiring. So‘zlar tarkibidagi lug‘aviy shakl yasovchilarning so‘z lug‘aviy ma‘nosiga qay (aniqlashtirish, muayyanlashtirish, toraytirish va h.) darajada ta‘sir etayotganligini aniqlab, qavs ichida yozing. Qaysi turkum so‘zlari bilan ishlatilishiga diqqat qiling. Mashqlar asosida lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarning birlashtiruvchi belgilarini tiklang.
1. Zum o‘tmay no‘xtadan changallagan kuyi jar bo‘yidan kelayotgan odam g‘ira-shira ko‘rindi (IEO). 2. Lazakat xola piyolaning og‘zicha keladigan kulchani beshik boshiga qo‘ydi. 3. Mening o‘g‘illarim bekorga o‘lib ketadigan bolalarmas (IEO). 4. Chiqmagan jondan umid (maqol). 5. Qo‘rqaman deb yig‘lashimga qaramay meni yolg‘iz qoldirdi (IEO). 6. Shundoq otang falaj bo‘lib yotsa-yu, traktor haydashga balo bormi. 7. Kichkinaligimda tol bargak taqishni yaxshi ko‘rardim (IEO). 8. Odam esdan og‘ishi hech gap emas ekan. 9. Iltijoli termulishini qara. 10. Kechalari yostiq quchoqlab yotish joniga tekkandir. 11 Uydagi sirni ko‘chaga olib chiqishning nima keragi bor (IEO).

5-mashq. Matnni ko‘chiring. Sintaktik shakl hosil qiluvchi morfemalarning gap qurilishidagi roliga e‘tibor qiling. So‘zlarni bog‘lashga, so‘zlarga alohida sintaktik vazifa belgilashga va so‘zlarni ham bog‘lash, ham gap tarkibida ma‘lum sintaktik vazifaga xoslaydigan shakllarni ajratib, qavs ichida izohlang.
Hikoyat
Hind dengizida bir savdogar bor edi. U savdo-sotiq ishlarida juda mohir edi. Uning dimog‘iga savdo moyasi o‘rnashib olib, suvga g‘arq bo‘lish xayoliga ham kelmasdi. Bir mamlakatda o‘n kun turmas, savdosi tugagach, yana suv sari yo‘l tutar edi. U dengizni har xil ofatlardan xoli deb o‘ylab, yillar shu yanglig‘ safar qildi. U Makka atrofini suvda necha bor aylanib o‘tgan bo‘lsa-da, uning yaqiniga yetgach, o‘z farzini ado etmay qaytardi. Kishilar unga hajni ham bajarish kerak, deb aytar edilar. Ammo pul hirsi savdogarni u tomon borishga yo‘l qo‘ymas edi.

Bir kun dengizda bo‘ron ko‘tarildi. U tushgan kema goh osmonga sapchir, goh pastga tushib ketar edi. Savdogar savdo ishlariga g‘arq bo‘lganidek uning kemasi ham dengizda g‘arq bo‘ldi. Dengizda suzish xayoli haj sari yo‘l bermadi. Oxir-oqibatda u katta bir baliqqa yem bo‘ldi. («Lison-ut tayr»dan)



6-mashq. Berilgan gaplarni ko‘chiring. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchilarning so‘zning atash va vazifa semasiga ta‘sirini izohlang.
1. Yemas yerga o‘t bitar, Ichmas yerga suv bitar. 2. Suvni sep singar yerga, So‘zni qil sig‘ar yerga. 3. Ko‘rinmas balo - oyoq ostida. 4. Yotgan ilonning quyrug‘ini bosma. 5. Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi. 6. So‘zlay-so‘zlay gapchil bo‘larsan, ishlay-ishlay epchil bo‘larsan. 7. Toma-toma ko‘l bo‘lur. 8.Oqsoqol tayinlab-tayinlab aytuvdilar (IEO). 9. Loyga belanib ketmon chopgandan ko‘ra, tabelchi bo‘lsangiz yomonmi!... 10. Bobom saharlab eshak minib kolxozga chiqib ketadi. 11. Kelmoq - ixtiyor bilan, ketmoq - ijozat bilan. 2. Pulni topish oson, uni sarflay bilish qiyin.
7-mashq. So‘zlarni ko‘chiring. Morfemalarning so‘zga qo‘shilish tartibini tushuntiring. Sodda va qo‘shma (murakkab) morfemalarni ajrating. Birdan ortiq affiksning yaxlitlanish jarayonini izohlang.
1. kitobxonlarimizning, bilimdonlardan, keldingizlarmi, o‘qitishmaydi, aytmabmidim, ketmoqchiman, kitobchasiga, sarg‘imtirrog‘ini, o‘ntachasini, boryapmiz.

2. chorvachilik, temirchilik, mardikorchilik, oliftagarchilik, zargarchilik, afsuslanmoq, uylanmoq, o‘ylanmoq, gulduros, sharros, yigitchasiga, mardlarcha, ulfatchilik, salomlashmoq, arazlashmoq, gazlashtirish, bahslashmoq, oylab, ishlab, saharlab, xayolan, shaklan, lazzatlan.



8-mashq. Ko‘chiring. O‘zakka affiks qo‘shiluvida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar ta‘sirida o‘zak va affiks tarkibidagi sifatiy va shakliy o‘zgarishlarni namunadagidek tushuntiring.
Namuna: chanqog‘ini, chanqa+q+i+ni sifat yasovchi qo‘shilganda tovush almashinuvi, egalik shakli qo‘shilganda jarangsizning jaranglilashuvi yuz bergan. O‘zgarish o‘zak va affiksda kuzatilmoqda.
qiynog‘iga, uyim, uyum, qorni, qo‘yni, qayroq, yamoqqa, maqtov, gulduros, unga, seni, shahri, burnim, mavqeyi, obro‘yi, singlisi, ko‘nglim, qishlog‘i, qishloqi, angla, o‘yna, qiyna, ulg‘aymoq, pasaymoq, yashamoq.

9-mashq. Matn tarkibidagi ajratilgan so‘zlarni namunadagidek morfem tahlil qiling. Morfema haqidagi tushunchalaringizni xulosalang.
Hikoyat

Xalq orasida bir ishyoqmas, tambal kishi bor edi. Odamlar uning beg‘ayratligidan hayron qolar edilar. U odamlardan musht, shapaloq yoki tepki yer, buning evaziga ulardan bir burda non yoki taom olib, kun ko‘rardi. Kishilar uni quvib yuborsalar ham hech qaerga ketmay, o‘zining yomon qiliqlarini tark etmasdi. U tortadigan jafolarga ma‘lum bir narx to‘g‘rilab qo‘ygan edi. Kaysi bir kishi uni bir tepsa yoki ursa, u o‘sha kishidan buning haqini talab qilib olar, qo‘liga tushgan narsani darhol og‘ziga solar edi.

Kunlardan bir kuni kimdir uning qo‘liga bir parcha non berib shunday musht tushirdiki, natijada tanbal yer tishlab qoldi. Garchand u shapaloqlar yeb, qornini to‘yg‘azib yurgan bo‘lsa-da, bir musht bilan endi qayta o‘rnidan turmaydigan bo‘ldi. («Lison-ut tayr» dan)
Morfem tahlil tartibi va namunasi


  1. Ma‘noli qismlarga ajratish.

  2. O‘zak va morfemalarni aniqlash.

  3. Morfemalarni funksional semantik xususiyatiga ko‘ra turini aniqlash.

  4. Morfemalarni tuzilishiga ko‘ra, shakl va ma‘no munosabatiga ko‘ra turlari, o‘zbekcha yoki o‘zlashma ekanligini aniqlash.

  5. Morfema variantlari.

  6. O‘zakka morfema qo‘shiluvida yuz bergan fonetik o‘zgarishlar.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling