Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
Boshqa turkumdagi so`zlar asosida paydo bo`lgan atoqli otlarni toping
Download 0.77 Mb.
|
УМК Менглиев
61. Boshqa turkumdagi so`zlar asosida paydo bo`lgan atoqli otlarni toping. A) O`lmas, Aziz, Nodir, Olapar B) Asal, Ra‘no, Lola, Anor C) Alisher, Akram, Rustam, Mosh D) Yupiter, Mars, Hulkar, Sotiboldi E) B va D. 62. Xalq istagi ozod bulsin 6u o`lka. Bitsin uning boshidagi ko`lanka.. Yo`qlikni-da, ochlikni-da yo`q- etar. Uz yurtini xar narsaga to`q etar. Misralar muallifi va g`oyasi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni va mavhum otlarni toping. A) Cho`lpon, yurt go`zalligi; o`lka, ko`lanka B) U. Nosir, ozodlik g`oyasi; yo`q, to`q C) Cho`lpon, erk g`oyasi; yo`qlik, ochlik D) Fitrat, yurt qayg`usi; ozod, yurt E) U. Nosir, she‘riyatga madhiya; bosh, o`z. 63. Quyidagi gapda -lar qo`shimchasi qanday ma‘noni anglatgan? O`rikning ertapishar navi may oylarining oxirlarida pishadi. A) kuchaytirish, ta‘kid ma‘nosini B) sof ko`plik ma‘nosini C) taxmin, chama ma‘nosini D) tur ma‘nosini E) kesatish, piching. 64. Qaysi qatorda oy so`zi ot turkumiga xos sintaktik vazifani bajargan? A) Oy osmon dengizida suzib bormoqda. B) Uydan oy yuzli qiz chiqib keldi. C) Oy borib, omon kel, o`g`lim! D) B, S E) A, B va S. 65. Bir xil grammatik ma‘noga ega bo`lgan so`zlarni toping. A) kitob, bahor, a‘lochi, bog` B) o`qimok , orzu, bilim, erishmoq C) qovun, gul, bola, qush D) shirin, oqish, qor, yashil E) bir xil grammatik ma‘noga ega bo`lgan so`zlar qatori mavjud emas. 66. Sen Lutfiyning so`lim g`azali, Bulbulisan Hofiz gulshanin (A. O.) Ushbu misralarda qaysi kelishik qo`shimchalari belgili va belgisiz qo`llanganini aniqlang. A) bir o`rinda belgili, bir o`rinda belgisiz qaratqich qo`llangan B) ikki o`rinda belgili, bir o`rinda belgisiz qaratqich qo`llangan C) bir o`rinda belgili, bir o`rinda belgisiz qaratqich; bir o`rinda tushum kelishigi belgili qo`llangan D) bir o`rinda qaratqich belgili, bir o`rinda qaratqich, bir o`rinda tushum kelishigi belgisiz qo`llangan E) bir o`rinda qaratqich belgili, ikki o`rinda tushum kelishigi belgisiz qo`llangan. 67. Quyidagi gapda nechta mavhum ot bor? Uyg`oqlik uzayib ketsa, uyqusizlik paydo bo`lib, nafslarda g`am va bezovtalikni vujudga keltiradi. A) 2
B) 3 C) 1
D) 4 E) 5
68. Ko`plik ma‘nosini ifoda etuvchi birlik sondaga ot berilgan gap qaysi qatorda ko`rsatilgan? A) Og`riqdan ko`zlarim tinib ketdi. B) Amakimlar dadamga juda o`xshaydilar. C) «Qutlug qon» romanida 1916 yilgi xalq qo`zg`aloni haqqoniy aks ettirilgan. D) Sayyoralar bizdan bir sinf yuqori o`qishardi. E) Bahor kelsa xam, havo unchalik issiq emas edi. 69. Otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda, tovush o`zgarishining qaysi turi yuz beradi? A) tovush tushishi B) tovush almashishi C) tovush orttirilishi D) A, B E) A, B, S. 70. Tushum kelishigining qisqargan shakli berilgan gapni aniqlang.1)Har oila o`chog`in o`z qutlug` tarixi bor; 2) Olmazorlar gulin to`kadi, Meva bog`lar shoxin bukadi; 3) Tutmang hargiz nomimi, baxti qaro deb axtaring; 4) Botirlari kanal qazadi, Shoirlari g`azal yozadi. A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4 E) 2, 3.
71. Otlardagi egalik bilan qarashlilik shaklining farqi... A) Ikkalasi ham qarashlilikni bildiradi. B) qarashlilik shaxs-son qo`shimchalarini oladi. C) Egalik shaxs va sonni ko`rsatadi qarashlilik esa ko`rsatmaydi. D) Ular umuman farqlanmaydi. E) Ikkalasi ham otga xos kategoriya. 72. Otning grammatik kategoriyalaridan (xususiyatlaridan) qaysi biri uning sintaktik vazifasini belgilashda rol‘ o`ynaydi? A)kelishik B)egalik C) son
D) A va V E) A, B, S. 73. Qaysi qatordagi ko`plik ma‘nosi leksik-morfologik usul bilan hosil bo`lgan? A) Xalq dengizdir, xalq to`lqindir, xalq kuchdir. B) Majlisga ko`p ota-onalar kelishdi C) Dasta-dasta gul tutay... D) Ig`volar, nizolar umr yo`lini qisqartiradi. E) Dunyo meni tushunmadi, men dunyoni tushundim. 74. Un, yog`, suv kabi so`zlarga —lar qo`shimchasi qo`shilganda, qanday ma‘no ifodalanadi? A) grammatik ko`plik B) kuchaytirish va ta‘kid C) jamlik va to`da D) xil, nav, mo`llik E) —lar qo`shimchasi donalab sanalmaydigan otlarga ko`shilmaydi. 75. Qaysi qatordagi hukm noto`g`ri? A) ot sifat bilan birika oladi C) ot olmosh bilan birika olmaydi D) ot fe‘l bilan birika oladi E) ot ayrim otlar bilan birika oladi 76. Ot antonimlarni toping. A) olov, suv, o`t, muz B) xursandlik, sevinch, quvonch, shodlik C) g`alaba, mag`lubiyat, foyda, zarar D) yoqut, doira, devon, hovli E) A. S.
77. Ot sinonimlarni aniqlang. A) rohat, azob, kulgi, yig`i B) nur, shu‘la, yog`dy, ziyo C) uy, dala, tog`, daryo D) ovoz, tovush, un, sado E) B va D. 78. Mavhum otlarni aniqlang. A) do`stlik, baxt, quvonch B) Suhrob, Feruza, Shahnoza C) suv, g`o`za, shiypon D) bug`doy, arpa, zig`ir E) A va C. 79. Atoqli ot haqida bildirilgan qaysi hukm noto`g`ri? A) bir xildagi predmet yoki xodisalardan birini ayirib ko`rsatadi B) o`ziga xos grammatik xususiyatga ega C) atoqli otlarning ma‘lum qismi sifat, fe‘l, son turkumlariga oid so`zlar asosida paydo bo`ladi D) atoqli otlar ham grammatik jihatdan ko`plik sonda qo`llanadi E) A va B. 80. Qaysi qatordagi otlarga qo`shilgan —lar affiksi (qo`shimchasi) ma‘noni kuchaytiradi? A) yog`lar, suvlar, unlar B) farhodlar, oybeklar, matrosovlar C) ko`ngillar, baxtlar, uyqular D) maysalar, daraxtlar, tog`lar E) A, D.
81. Qaysi qatordagi otlarga egalik affiksi qo`shilganda, so`z oxiridagi k yoki q tovushi o`zgarmaydi? A) o`rik, tuproq, istak B) o`rtoq, kelajak, qarmoq C) idrok, nutq, axloq D) koptok, pichoq, tirnoq E) to`garak, quloq, ertak 82. Qaysi qatordagi otlarga egalik affiksi qo`shilganda, keyingi bo`g`indagi i unlisi tushib qoladi? A) bilim, vazir, bog`ich B) vakil, voris, do`stlik C) o`rin, bo`yin, o`g`il D) idish, ilik, ayiq E) kiyim, kiyik, eshik 83. Tushum kelishigi shaklida qo`llangan otlar qatorini toping. A) nomardni, achchiqni, nodonni B) tomoqning, rassomning, kulgining C) yaxshilikni, go`zallikni, badiiylikni D) adashganni, intilganni, o`qiganni E) qamchidan, oltindan, rasmdan. 84. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi k yoki g tovushi bilan tugagan otlarga qo`shilgan qatorni toping. A) chelakda, o`rdakda, terakda B) elakka, idrokka, bargga C) qarsakdan, balandlikdan, darslikdan D) jimlikni, xashakni, o`zlikni E) jomrakning, jo`yakning, zambarakning. 85. Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda qo`llangan? A) ko`chagacha, oyog`igacha, markazgacha B) dadamlar, tog`amlar, ammamlar C) o`rdakcha, qizaloq, baliqcha D) osmondagi, qirdagi, qishloqdagi E) tog`day, quyoshdek, boladek. 86. Otga xos eng to`g`ri hukm qaysi qatorda berilgan? A) ega vazifasida keladi B) kesim vazifasida keladi C) to`ldiruvchi vazifasida keladi D) aniqlovchi vazifasida keladi E) hamma gap bo`lagi vazifasida kela oladi. 87. Turlanish qaysi so`zlarga xos? 1) sifatdosh; 2) son; 3) ot; 4) ravishdosh; 5) harakat nomi; 6) olmosh A) 3
B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 3, 6 D) 1, 2, 3, 6 E) 3, 5, 6. 88. Qo`shma otlar qatorini topiig. A) tilla bola B) Markaziy Osiyo C) tosh yo`l D) A, B E) qo`shma ot berilmagan. 89. Fe‘l asosli otni toping. A) paxtazor B) yaxshilik C) sharshara D) ochqich E) fe‘l asosli ot yo`q. 90. Ot yasovchi qo`shimchalarni toping. A) -chi, -moq, -bon, -m B) —um, -sh, -b, -lik C) -chi, -la, -cha, -dir D) -siz, -li, -xo`r, -da E) —k, -lik, -ma, -chi. 91. Uchalasi ham ot yasaydigan qo`shimchalarni belgilang. A) —lik, -cha, -illa B) —lik, -im, -zor C) —viy, -dosh, -ay D) —ona, -gi, -dek E) —la, -kor, -g`ich. 92. Qaysi qatordagi qo`shma otlarning yozilishida imlo xatosi bor? A) mingtepa, yeryong`oq, osh qozon B) qo`shtegirmon, beshiktervatar, otquloq C) laylakqor, sadarayhon, qozonyuvg`ich D) qo`qongul, Yangi Marg`ilon, Yangiyo`l E) A, S.
93. Sinonim so`zlardan yasalgan juft otlap qatorini ko`rsating. A) or-nomus, baxt-iqbol B) hovli-joy, oyoq-qo`l C) mehr-oqibat, qut-baraka D) kuch-quvvat, baxt-saodat E) A, D.
94. Kuyidagi gapda berilgan juft otlar qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan? Ona-bolaga karab turib, «Ona bilan bola — gulu lola» degan maqolning xaqligiga ishondim. A) ona-bola, ona bilan bola B) ona-bola, ona bilan bola, gulu lola C) ona-bola, gulu lola D) ona bilan bola, gulu lola E) ona-bola. 95. Qo`shma otlar qatorini toping. A) gultojixo`roz, sadarayhon, namozshomgul, muzyorar B) sohibjamol, tinchliksevar, ishyoqmas o`zbilarmon C) allakim, allaqanday, allaqachon, kimdir D) ishlab chiqmoq, oh urmoq, nazar solmoq, payqamay qoldi E) bir nafas, allamahalgacha, ozmuncha, birpas. 96. Har ikkala qismi ham mustaqil ko`llana olmaydigan so`zlardan tashkil topgan juft otlar qatorini toping. A) ota-bola, aka-uka, bog`u bo`ston, chol-kampir B) choy-poy, don-dun, temir-tersak, bola-chaqa C) g`ala-g`ovur, ikir-chikir, alg`ov-dalg`ov, poyintar-soyintar D) uvali-juvali, alg`ov-dalg`ov, och-yalang`och, past-baland E) asta-sekin, kecha-kunduz, yildan-yilga, ko`chama-ko`cha. 97. Egalik qo`shimchalarining qaysi biri birlik va ko`plik uchun umumiy? A) I shaxs shakli B) II shaxs shakli C) III shaxs shakli D) II va III shaxs shakllari E) Egalik qo`shimchalari birlik va ko`plikda alohida shakllarga ega bo`ladi. 98. Qaysi qo`shimcha bilan yasalgan otlar odatda birgalik, yaqinlik ma‘nosini bildiradi? A) -kash B) -dosh C) -dor D) -on E) -soz.
99. -iq buyum-narsa otini yasovchi qo`shimcha qaysi holda -uq tarzida aytiladi va yoziladi? A) o`zak undosh bilan tugagan otlarda B) o`zak unli bilan tugaganda C) o`zakda u yoki yu tovushlari bo`lsa D) o`zak yopiq bo`g`in bilan tugasa E) A, D.
100. Har bir yozuvchining kandaydir, uzigagina xos jihati bo`ladi... Mening eng yaxshi ko`rgan kurolim yumor. Yuqoridagi tarjimai hol kimga taalluqli? Yasama otni toping. A) S. Ahmad, yozuvchi B) Sh. Boshbekov; yozuvchi C) G`. G`ulom; qurol D) N. Aminov; yumor E) A.Qahhor; men. 5120101- Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi 2- kursi uchun «Morfemika-morfologiya» fanidan baholash turlari bo‘yicha ballar taqsimoti
5120101- Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi 2- kursi uchun «Morfemika-morfologiya» fanidan REYTING ISHLANMASI
* - talabaning mustaqil ishiga qo‘yilgan ball ** - joriy nazorat har bir fan mavzulari bo‘yicha turli shaklda o‘tkazilib ko‘rsatilgan JN soniga umumlashtirib qayd etiladi. Izoh: o‘tish balini to‘play olmagan talabalar mustaqil ta’lim soati hisobidan dars jadvalidan tashqari vaqtda qayta topshirishi mumkin. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI Ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini JORIY NAZORAT (JN) mezonlari Har bir JNdan saralash bali 5,5, umumiy saralash 22
Ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini ORALIQ NAZORAT (ON) mezonlari 1- oraliq nazorat:
Har bir savolning saralash bali 1,7, umumiy saralash 8,25
2- oraliq nazorat: Yozma, 5 ta savol beriladi (shundan: 1 tasi morfologik tahlil), har biriga 3 balldan. Har bir savolning saralash bali 1,7, umumiy saralash 8,25
Ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini YAKUNIY NAZORAT (YN) mezonlari Har bir savolga saralash bali 3,3, umumiy saralash 16,5
Foydаlаnilаdigаn аsosiy dаrsliklаr vа o‘quv qo‘llаnmаlаr ro‘yxаti Asosiy adabiyotlar Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zMU, 2013. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009. Qo‘shimcha adabiyotlar Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги Фармони (Халқ сўзи. 2017 йил, 8 феваль). Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори “Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора – тадбирлари” тўғрисида (Халқ сўзи 2017 йил, 21 апрель) Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. Mahmudov N., Nurmonov A. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. –Toshkent: O’qituvchi, 1995. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so’z, 2011. Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. Darslik. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008. Zamonaviy o‘zbek tili. Sintaksis. Darslik. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2013. Mirtojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: Fan, 2013. Internet saytlari http://www.ziyo.net http://www.thinsan.com http://www.literature.uz Tuzuvchi: prof. B.Mengliyev Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling