Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 0.77 Mb.
bet11/18
Sana26.08.2020
Hajmi0.77 Mb.
#127745
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
УМК Менглиев


Bajarilishi:

be-g‘ayrat-lig-i-dan

g‘ayrat –o‘zak, be-,-lig, -i, -dan morfemalar

be-sifat yasovchi, -lig ot yasovchi, -i -III shaxs, birlikdagi egalik shakli, -dan –chiqish kelishigi sh.

be-,-lig, -i, -dan – tuzilishiga ko‘ra sodda; be- sinonimlari no-, -siz (beumid, noumid, umidsiz), antonimlari ba/bo-, -li, -dor (beodob-bodob, beaql-aqlli, beunum-unumdor); be- fors-tojikcha, -lig, -i, -dan- o‘zbekcha; -i – shakldoshlari: -i1 tinchi – fe‘l yasovchi, -i2 do‘zaxi –sifat yasovchi

–lig –fonetik variant, asli –lik, -dan – tan/nan –dialektik variantlari

–lik morfemasida egalik shakli ta‘sirida tovush jaranglilashuvi yuz bergan.

Mustahkamlash uchun savollar:


  1. Affiksal morfemalarning funktsional tasnifini bering.

  2. Qaysi shakllarga nisbatan shaxsiy baho shakllari deyiladi?

  3. Sodda va murakkab morfemalarni tasniflang.

  4. Yordamchi leksemalar va morfemalar orasidagi munosabat.

  5. Morfema variantlari nima?

  6. Morfonologiya haqida ma‘lumot bering.

  7. Derivatsion morfemalarning zotiy tabiati qanday?

  8. Lug‘aviy shakl yasovchilarning UGMsi haqida gapiring.

  9. Sintaktik shakl yasovchilarning UGMsi to‘g‘risida so‘zlang.

  10. Lug‘aviy-sintaktik shakl yasovchilarning UGMsini tavsiflang.

  11. Morfemalarning ma‘noviy xususiyatlari va sintaktik imkoniyatlari deganda nimani tushunasiz?


Mashq. Quyidagi matn asosida berilgan topshiriqlar tizimini bajaring.
USTOZNI QUTLAB
Agar nogahon o‘zbek tilshunosligi kafedrasiga yo‘lingiz tushsa, albatta, B.Hamidovni bir guruh shogirdlari davrasida qizg‘in munozara ustida uchratasiz.

Universitet jamoasida hali yaxshi tanilib ulgurmagan ustoz haqida, respublikamizning boshqa fan dargohlariga borsak, Toshkentdan ekanligimizni bilgan tilshunos tadqiqotchilarning «Siz Baxtiyor Ravshanovich bilan ishlaysizmi?», «...o‘zbek tilshunosligining kelajagi bevosita B.Mengliev va uning izdoshlarining nomi bilan bog‘liq bo‘ladi», «..yosh, iste‘dodli, kelajagi porloq olim, yetuk inson» degan iliq fikrlarini eshitib, o‘zbek tilshunosligi fani rivojiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatayotgan B.Menglievga bo‘lgan hurmat va ishonchimiz yanada ortardi.

B.Hamidov 1965 yilning 20 noyabrida Dehqonobod tumanida tavallud topdi. 1973-83 yillarda tumandagi 42-o‘rta maktabda o‘qib, uni «Oltin medal» bilan tugatdi. 1983 yilda Termiz davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdi. U 1990 yilda professor J.Omonturdiev rahbarligida «O‘zbek tilidagi qaratuvchili konstruktsiyalarning evolyutsiyasi» mavzuidagi diplom ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, oliygohni o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Tashabbuskorligi va tirishqoqligi bilan e‘tiborini tortganligi tufayli bevosita universitet rektori akademik N.To‘raevning ko‘rsatmasi bilan o‘zbek tilshunosligi kafedrasiga ishga qoldirildi.

Respublika talabalar olimpiadasidagi muvaffaqiyatlari natijasi o‘laroq, taniqli turkiyshunos olim, dongdor tilshunos, Buxoro DU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri professor H.Ne‘matovning nazariga tushdi va uning keyingi hayot yo‘li bu qomusiy bilim sohibi va Buxoro tilshunoslik maktabi bilan bog‘landi. U 1991-yilda Buxoro universitetining kunduzgi aspiranturasiga hujjat topshirib, o‘qishni boshlagan bo‘lsa, 2001 yilda doktorlik dissertatsiyasini yakunlash va muhokamaga qo‘yish bilan o‘zining bu oliygohdagi bevosita faoliyatini yakunladi. Ustoz 1996 yilda «Morfologik vositalarning ma‘noviy xususiyatlari va sintaktik imkoniyatlari» mavzuidagi nomzodlik, 2002 yilda esa «Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

B. Hamidov 2002 yildan buyon TOSHKENT DAVLAT O`ZBEK TILI VA ADABIYOTII UNIVERSITETIning o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Olim kafedra ilmiy salohiyatini yuksaltirish ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. Uning rahbarligida qator nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi va qilinmoqda.

Yaqin davrgacha o‘zbek tilshunosligida hukm surib kelayotgan sukunatni hech kim buzishga jur‘at eta olmas, fanda deyarli munozara, bahslashuvlar yo‘q edi. Bu fan o‘tgan asr so‘ngidan milliy til tadqiqi, ona tili ta‘limini yangilash talabi bilan bahsli maydonga aylandi. O‘zbek tilshunosligiga Sh.SHahobiddinova, I.Madrahimov, M.Qurbonova, S.Nazarova, B.Mengliev kabi tashabbuskor yoshlar kirib kelishdi va yangidan-yangi ilmiy-tadrisiy g‘oyalarni ilgari sura boshlashdi. B.Mengliev ham an‘anaviy talqindagi o‘zbek tilshunosligini dunyoning rivojlangan tilshunoslik maktablari tajribasi, qolaversa, o‘zbek tilining milliy xususiyatlaridan kelib chiqib tadqiq etish, shu bilan bir qatorda, ta‘lim sohasida o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalariga jiddiy e‘tibor qaratayotgan o‘zbek sistem-struktur tilshunosligining targ‘ibotchilaridan biridir. Shu sababli olimning ilmiy ishlariga berilgan baholar rang-barang va ko‘p hollarda ziddiyatli. «B.Mengliev tomonidan tilshunosligimizdagi mavjud fe‘lning funksional shakllarining o‘zgalovchi kategoriya atamasi bilan nomlanishi va unda kategorial mohiyatni qidirishdan hech qanday naf yo‘q» (O‘zMU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining sobiq mudiri prfessor Yo.Tojiev). «Men Baxtiyor Menglievning dissertatsiyasini o‘qib shunday fikrga keldimki, bu original tadqiqotga yozgan taqrizimni A.Oripovning «Hayrat» she‘ri bilan boshlamoqchiman» (Buxoro DU professori G‘.Zikrillaev). «B.Mengliev dissertatsion ishida lisoniy tizim yaxlitligi masalasi bo‘yicha kelgusida bajariladigan ko‘plab ishlar uchun keng yo‘l ochib bergan. U kontseptual xarakterga ega» (Akademik G‘.Abdurahmonov). Ayniqsa, O‘zMU professori Yo.Tojievning «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnalining 2005 yil 6-sonida e‘lon qilingan maqolasida B.Mengliev qarashlari haqidagi fikrlari o‘ta bahstalab va har qanday tilshunosni fanimizdagi hali yechimini topmagan, maqola muallifi munosabat bildirgan masalalar haqida o‘ylashga, ularga munosabat bildirishga undaydi. G‘ayriodatiy ilmiy xulosalarni shunday taqdir va baholar kutishi muqarrardir.

B. Hamidov oliy ta‘lim dasturi talablariga mos o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratishga, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qish-o‘qitish ishlarining samaradorligini oshirishga doir qator ahamiyatli ishlarni amalga oshirmoqda. Uning «O‘zbek tilining struktur sintaksisi» (2003 yil, «Nasaf» nashriyoti, 10 b.t.), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (2004 yil, «Nasaf» nashriyoti, 12 b.t.), «O‘zbek tilining struktural sintaksisi» (2004 yil, O‘zMU nashri, 10 b.t., hammualliflikda), «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (2005 yil, O‘zMU nashri, 12 b.t., hammualliflikda) o‘quv qo‘llanmalari oliy filologik ta‘limga qo‘yilayotgan eng so‘nggi talablar darajasida yaratilgan. B.Menglievning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Morfologiya» (10 b.t.), «Lingvistik tadqiqot asoslari» (6 b.t.) qo‘llanmalari nashrdan chiqish arafasida.

Ustoz B.Hamidov oliygohning ko‘p tirajli «Toshkent universiteti» gazetasi, «Nasaf ziyosi» ilmiy-ma‘rifiy jurnali tahrir hay‘atining a‘zosi. Bir necha yillardan buyon Samarqand davlat universiteti huzuridagi o‘zbek filologiyasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi uchun ixtisoslashgan ilmiy kengash a‘zosi.

B.Hamidov nafaqat iste‘dodli olim, qalbi toza vijdonli inson, ardoqli ustoz, mehribon ota, sadoqatli oila posboni, ishonchli do‘st, qolaversa, odil va tashabbuskor rahbar. Turmush o‘rtog‘i fidoiy o‘qituvchi, oqila oila bekasi Xosiyat opa bilan ikki farzandni tarbiyalab voyaga yetkazmoqda.

Yaqinda hamkasblari, do‘stlari va shogirdlari olimning professorlik ilmiy unvoni bilan taqdirlanganligini eshitib samimiy qutladilar.

Ustozni ilmiy unvon bilan muborakbod etib, u kishiga avvalo, uzoq va mazmunli umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ruhiy tetiklik, ilmiy va ijodiy parvozlar, farzandlar va shogirdlar kamolini ko‘rib yurishlarini tilab qolamiz.

Ehtirom ila bir guruh shogirdlari («Qashqadaryo» gazetasidan)


1-topshiriq. Matnni kuzatib, ajratilgan so‘zlardagi ma‘noli qismlarni aniqlang. Ularni mustaqil qo‘llanadigan va mustaqil qo‘llanmaydigan ma‘noli qismlarga ajrating. Mustaqil qo‘llanmaydigan ma‘noli qismlarni yangi lug‘aviy ma‘no hosil qiluvchi va yangi lug‘aviy ma‘no hosil qilmaydigan turlarga ajrating.

2-topshiriq. Yangi lug‘aviy ma‘no hosil qiluvchi nomustaqil qismlar turli o‘rinlarda qo‘llangan gaplar tuzib, sirani boyiting.

3-topshiriq. Yangi lug‘aviy ma‘no hosil qiluvchi nomustaqil ma‘noli qismlar xususiyatlarini alohida-alohida bayon qiling.

4-topshiriq. Bu birliklarni o‘zaro qiyoslang.

5-topshiriq. Birliklardagi umumiylikni toping.

6-topshiriq. Birliklardagi farqlarni aniqlang.

7-topshiriq. Birliklarni turli belgilari asosida tasniflang.

8-topshiriq. Birliklarning har biriga xos va barchasi uchun umumiy zotiy mohiyatni bayon qiling. Har bir birlikka alohida va barchasi uchun umumiy ta‘rif bering.

9-topshiriq. Tavsiflangan birliklarning ma‘nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari va zidlari bilan munosabatlarini aniqlang.

10-topshiriq. Mazkur morfemalarni qo‘llab ijodiy matn, yordamchi mashq tuzing.


2-mashq. Quyidagi co‘zlarni ko‘chiring. Yasalish qolipini aniqlang. Qoliplarning shakliy va mazmuniy tomonini tavsiflang. So‘z yasash asosi va yasalma o‘rtasidagi mazmuniy muvofiqlikka diqqat qiling.

suhbatlashmoq, asabiylashmoq, sensiramoq, kechikmoq, chiniqmoq, boyimoq, kamimoq, ozimoq, ranjimoq, boshqarmoq, suvsamoq, gapirmoq, ko‘zikmoq, to‘lin, to‘kin, sog‘in, ichikmoq, sevinmoq, chaqmoq, uyushiq, bog‘lama, sifatdosh,



3-mashq. Yasama so‘zlarni ko‘chiring. Sodda va qo‘shma so‘z yasash qolipi hosilalarini farqlang. Qo‘shma so‘zlarning so‘z birikmasi, frazeologik birikma, yordamchi so‘zli qurilmalardan farqini bayon qiling.
1. Mirkomil aylana stol atrofida uzoq o‘tirib qoldi. 2. Sunnatjon ikkita kitob sotib oldi. 3. O‘qituvchimiz fursatdan foydalanib kitobini sotib oldi. 4. Ichi qora odamdan yaxshilik kutma. 5. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, barcha nomzodlar to‘satdan tanlovga ishtirok etishdan bosh tortishdi. 6. Tob tashlab qolgan darvozaning bir tavaqasini ochguncha harsillab ketdim. 7. Mung‘ayib o‘tirgan Fotima kelin ham handon otib kulib yubordi (IEO). 8. Yosh quyilib kelayotgan ko‘zlarimni artib-artib bosma harfda yozilgan xatni o‘qidim. 9. Muzlagan qorni g‘arch-g‘urch bosgancha qadamimizni tezlashtirdik (IEO). 10. Ular orasida jiyagi sitilib ketgan do‘ppi kiygan Olimjonni ko‘rib qoldim. 11. Omborning qamishlari osilib yotgan shiftini ko‘tarib yuborguday kulgi yangradi. 12. Ammam hokandozda tutab turgan isiriq ko‘tarib kirdi (IEO).

13. Oqar daryolarga kimdir band bergan,

Hayot kimga zahar, kimga qand bergan.

Ey, g‘ofil, sarkash deb kamsitma meni,

G‘anim senga emas, menga pand bergan. (A.O.)
4-mashq. Berilgan so‘zlarning unumli yoki unumsiz SYQ hosilasi ekanligini aniqlang. Unumsiz qolip hosilalarining qaysi yo‘l bilan lisoniylashganligini bayon eting.
bo‘g‘iz, botqoq, urushqoq, kamsitmoq, izg‘imoq, izchil, qisqa, sog‘lom, qishloq, kelin, kelishmoq, qopchiq, sevinmoq, ko‘rishmoq, so‘rashmoq, boqmoq, qarashmoq, o‘qituvchi, urishmoq, sotuvchi, o‘tirish, kirish, qizilcha, ko‘kcha, belanchak, kuyunchak, kelinchak, chaqmoq, kechirmoq, sog‘inmoq, surishtirmoq, uyg‘otmoq, solishtirmoq, to‘ldirmoq, kelishmovchilik, seskanmoq, cho‘mich, ichak, qattiq, suyinmoq, ko‘chat, erkak, zumda, birga, birda, birdan.
5-mashq. Ot, fe‘l, sifat va ravish yasalishining unumli sodda va qo‘shma SYQlarini aniqlang. Qoliplarning shakliy va mazmuniy tomoni hosilalarda qanday xususiylashganini aniqlang. Qo‘shma so‘zlarning imlosi haqida fikringizni bayon qiling.
kishanla, dodla, sizla, hozirla, salomlash, afsuslan, yaltira, o‘yna, qiyna, qoray, oqar, gumonsira, yo‘liq, kechik, tinchi, abgor qilmoq, ado bo‘lmoq, ayyuhannos solmoq, javob bermoq, xalal bermoq, qiron solmoq, tartibga keltirmoq, oh urmoq, tush ko‘rmoq, qo‘nim topmoq, tomchi, suyunchi, ninachi, obunachi, to‘polonchi, lofchi, tajovuzkor, janjalkash, duoxon, mahsido‘z, mantipaz, arizaboz, otalik, kekirik, yonilg‘i, qo‘nim, kechirim, dimlama, bo‘g‘in, savag‘ich, sevinch, g‘urrak, g‘arg‘ara, chuvvos, sharros, kechuv, toshko‘mir, karnaygul, qoraqurt, mingoyoq, qo‘ziqorin, sochpopuk, piyozdog‘, O‘rta Chirchiq, kaltakesak, Markaziy Osiyo, Sho‘rko‘l, ko‘ksulton, qoradori, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, iskabtopar, ishlab chiqarish, savacho‘p, gavdali, yeyishli, aloqador, nasldor, sergo‘sht, beg‘ubor, yashovchan, urinchoq, qizg‘anchiq, yeyarmon, yig‘loqi, so‘lg‘in, ko‘chma, arzirli, jirkanch, imloviy, ichki, dahanaki, badhazm, izchil, terskay, gapdon, qaram, sog‘lom, qisqa, devqomat, kafangado, sho‘rpeshona, sho‘rtumshuq, xudobezor, kamgap, kamqon, cho‘rtkesar, yebto‘ymas, o‘zboshimcha, tilyog‘lama, o‘zbilarmon, qirqyamoq.
6-mashq. Soddalashish, ixtisoslashish va tublashish natijasida leksemalashgan birliklarga barcha so‘z turkumlari doirasida misollar keltiring.
Derivatsion tahlil tartibi va namunasi


  1. So‘z yasash qolipi aniqlanadi.

  2. Qolip hosilasining nutqiy, lisoniylashayotgan yoki lisoniylashganligi aniqlanadi.

  3. So‘z yasovchi morfemalar aniqlanadi.


Bilimdonlik

Bajarilishi: (fe‘l)+(im)=asosdan anglashilgan harakat natijasini atash: bilim, terim, tinim, o‘rim, to‘plam.; unumli lisoniy qolip, feldan ot yasalmoqda.

(ot)+(don)=asosdan anglashilgan narsaga egalikni bildirish: gapdon, bilimdon,; kam unum lisoniy qolip, otdan sifat yasalmoqda.

(sifat, ravish)+(lik)=asosdan anglashilgan belgi bilan bog‘liq holatni atash: mardlik, tezlik, xursandlik; unumli lisoniy qolip, sifatdan ot yasalmoqda.

Bir o‘zakdan uch marta so‘z yasalgan.


Affiksatsiya usulida so‘z yasalishi

Bajarilishi:

Qo‘shimcha

Asos

Yasalma

Xususiyati

­a:

taqlid

qahqaha, sharshara, g‘arg‘ara, jizza, do‘mbira, dag‘dag‘a




­ak:

taqlid

bizbizak, pirpirak, guldirak, varrak, qarsak, xurrak




­archilik:

sifat

ocharchilik

unumsiz

­bin:

ot

folbin




­bon:

ot

darvozabon, soyabon, tarozibon, xazinabon




­boz:

ot

masxaraboz, qimorboz, dorboz





Mustahkamlash uchun savollar:


  1. Derivatsiyaning til qurilishi tizimidagi o‘rni qanday?

  2. So‘z yasashda zamonaviylik va tarixiylik nima?

  3. So‘z yasash qolipi deganda nimani tushunasiz?

  4. So‘z yasalish zanjiri nima?

  5. Unumli va unumsiz SYQlari haqida ma‘lumot bering.

  6. Yasama so‘zlarda ixtisoslashish, soddalanish, tublanish jarayonlari xususida to‘xtaling.

  7. Atamaviy tizimlardagi SYQlari hususida ma‘lumot bering.


3-mashg‘ulot. SO‘Z TURKUMLARI VA ULARNI TASNIFLASH ASOSLARI
1-mashq. Berilgan gap tiplaridagi ajratilgan shakllar asosida quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1. Kutubxonadan Xushnidaga ikkita kitob oldim. 2. U o‘qishga kelgan. 3. A‘loxon yana dars tayyorlamaganiga uyaldi. 4. Muhabbat bog‘iga kirmadim bir bor, Suyib bir gulga qo‘l urmadim bir bor. (M.Yu.) 5. Uning yuzlari quvonchdan yorishib ketdi. 6. Ko‘nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, Qolar bo‘lsam bir kun axir tildan ham, Agar bir zot yig‘lasa chin dildan ham, Onam yig‘lar…(M.Yu.) 7. Mohinur divandan stolgacha yurib bordi. 8. Mirkomil yolg‘on gapirganidan uyaldi. 9. Sunnatjon hammadan ham singlisini ko‘proq yaxshi ko‘radi. 10. Maxbubaning bo‘yi Xurshidadan uzunroq. 11. Onasining tanbehlarini Akbar sukutda eshitdi. 12. Javoblarni telefonda aytib turdi. 13. Uning suyaklari mehnatda qotgan. 14. Kuch – adolatda. 15. Ravo ko‘r yuzingda bir xol bo‘loyin, Ko‘rsat ag‘yoringni zavol bo‘loyin. Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin, to‘yingda suv tashib hammol bo‘loyin. (A.O.)
1-topshiriq. Berilgan gap tiplaridagi ajratilgan shakllarning ma‘nolarini aniqlang.

2-topshiriq. Qayd qilingan so‘zshakllar sirasini so‘z boyligingiz va yordamchi manbalardan foydalanib boyiting.

3-topshiriq. So‘zlarning lug‘aviy ma‘nosini modifikatsiyalovchi (aniqlashtiruvchi, muayyanlashtiruvchi, toraytiruvchi va h.) va so‘zlarga sintaktik mavqe belgilovchi, biror grammatik kategoriyaga mansub bo‘luvchi, grammatik kategoriya tarkibiga kirmaydigan grammatik shakllarni turli jihatlarga ko‘ra alohida-alohida sharhlang.

4-topshiriq. 1. So‘zlarning lug‘aviy ma‘nosiga sezilarli ta‘sir etuvchi grammatik shakllarni o‘zaro qiyoslang. 2. So‘zlarni aloqaga kirituvchi va gapda alohida sintaktik mavqe belgilovchi shakllarni o‘zaro qiyoslang.

5-topshiriq. 1. So‘zlarning lug‘aviy shakllaridagi umumiylikni toping. 2. So‘zlarning sintaktik shakllaridagi umumiylikni toping. O‘xshash ma‘nolarni birlashtirib ta‘riflang.

6-topshiriq. 1. So‘zlarning lug‘aviy shakllaridagi farqlarni aniqlang. 2. So‘zlarning sintaktik shakllaridagi farqlarni aniqlang. Tipik ma‘nolarni qiyoslab, farqlar asosida shakllarni ziddiyatga qo‘ying.

7-topshiriq. 1. Lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarni tasniflang. 2. Sintaktik shakl hosil qiluvchilarni tasniflang.

8-topshiriq. 1. Lug‘aviy shakl hosil qiluvchilaruchun umumiy bo‘lgan belgilarni bayon qiling. 2. Sintaktik shakl hosil qiluvchilarning zotiy mohiyatini bayon qiling.

9-topshiriq. Berilgan shakllarning ma‘nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari va zidlari bilan munosabatlarini aniqlang.

10-topshiriq. Ajratilgan so‘zshakllarni qo‘llab yordamchi mashq tuzing.

2-mashq. Gaplar tarkibida ishlatilgan son shakllarining xos va umumiy ma‘nolarini aniqlang. Umumiy va xos ma‘nolarga tayanib son kategoriyasining umumiy, xususiy va oraliq grammatik ma‘nolarini tiklang.
1. Onajonim kechalari kirib chiqar tushimga. Qo‘llarida oq yelpig‘ich oy nurida yaltirar. Onajonim izlab meni qoshlariga chaqirar. Keltirarlar goho beshik, Ko‘zlarida hayajon… (A.O) 2. Nechun menga g‘amli termulding, Nigohingdan qizardi yuzlar. Bu yerlarga sen nega kelding, ma‘sum ko‘zlar, ma‘suma ko‘zlar. 3. O‘zlari kim bo‘libdilarki, menga qichqiradilar. 4. Bolaning shunchalar qiynalganini eshitib yuraklarim ezilib ketdi. 5. Oyi, Azizalarnikiga bormaymizmi? 6. Yana kelibdilar-da, kirsinlar! 6. Akamlar keldilar. 7. Akalarim kelishdi. 8. Undan buyon qancha suvlar oqib ketdi. 9. Do‘konga suvlar keldi.
3-mashq. Matnni ko‘chiring. So‘zlarning GSHini hosil qilgan ko‘rsatkichlarni aniqlang. Lug‘aviy, sintaktik va sub‘ektiv baho shakllarini ajrating. So‘zning GSH olgan va olmagan holatlaridagi farqlarni bayon qiling. Namoyon bo‘lgan belgilar asosida GSHlarni ta‘riflang.
BIROVNING BOLASI UYIMDA
To‘y qilib kelinchak tushirdim,

O‘zimga o‘zim osh pishirdim.

Men endi… men endi tushundim,

Birovning bolasi uyimda.


Baqirmang, dadasi, sekin-ey,

Ovozingiz biram tekin-ey.

Uyimning qaytiga bekinay,

Birovning bolasi uyimda.


Hammaga qilaman iltifot,

Tilimga bo‘laman ehtiyot.

Ko‘chaga chiqmasin «axborot»,

Birovning bolasi uyimda.


Yordam qil, siqib ber o‘smasin,

Baxtingning yo‘lini to‘smasin.

Sovchiga yomonlab qo‘ymasin,

Birovning bolasi uyimda.


CHimirilmasin deb qoshlari,

Avaylab shu kelinposhshani,

«Siz-siz»lab haydayman pashshani.

Birovning bolasi uyimda.


Bolam der gapirsam, «uf» bo‘pti,

Bilmadim balki kuf-suf bo‘pti.

O‘g‘lim ham qo‘shilib juft bo‘pti.

Birovning bolasi uyimda…(Marhabo Karimova)



4-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Sintetik yoki analitik yo‘l bilan hosil bo‘lgan morfologik shakllarni aniqlang.
1. Deraza ochilishi bilan Yo‘lchi boshini ko‘tardi. (O.) 2. Hashamatli mehmonxona mehmonlar uchun bezatildi. 3. Bu hol kun sayin takrorlanib turardi. 4. Ikki yildan buyon dom-darak yo‘q. 5. Tingla bu abadiy sado bo‘ladi, Gadoning dushmani gado bo‘ladi. Ikkovi bir-birin yegunicha to O‘rtada bu dunyo ado bo‘ladi. (A.O.) 6. Ra‘no yer tagidan Rahimjonni kuzatdi. 7. Yetti yoshdan tortib yetmish yoshgacha shu yerda to‘plangan edi. 8. Ulug‘bek endi ketmoqchi edi. 9. Umida kecha ham darsga kechikib kelgan ekan. 10. Mukammal ko‘rmoqchi bo‘ldik dunyoni, Yetuk bo‘lolmadik o‘zimiz biroq. Oh yillar armoni, yillar armoni, Armon ko‘rmadim men sizdan buyukroq. (A.O.) 11. Siddiqjon ostonada uzoq turib qoldi. (A.Q.) 12. Shu tariqa yashnab-yayrab maydonni kesib o‘tishdi. (P.Q.) 13. O‘qigan o‘qdan o‘zar.
5-mashq. Gaplar tarkibida ishtirok etgan morfologik kategoriya shakllarini aniqlang. Shaklning morfologik-semantik yoki morfologik-sintaktik kategoriyaga mansub ekanligini izohlang.
KUYOVGA CHIQMAGAN O‘ZBEK QIZLARI
Bu Momo Havodan meros bir odat

Ushlasa gul ushlar qo‘lini faqat.

O‘psa yomg‘ir o‘par yuzlarin albat,

Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin.


Jilmaysa nur yog‘ar gul yonog‘idan,

Sirini yashirar qizg‘aldog‘idan.

Behuda izlamang xilvat bog‘idan,

Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin.


Yuragi bir daryo, mehri ulug‘vor,

Dugonasi hayot, sinfdoshi or,

Ayting, farishtadan nima farqi bor?

Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlarin.


Sevadi, kutadi, qiladi alam,

Ammo dorga osing aytmas birovga.

Sevishini aytmay sevganiga ham,

Tegib ketaverar boshqa birovga.

Kuyovga chiqmagan o‘zbek qizlari.
6-mashq. Gaplar tarkibida qo‘llangan barcha kelishik shakllarining nutqiy voqelanishiga tayanib kelishik kategoriyasining hususiy va oraliq grammatik ma‘nosini aniqlang. Xulosalar asosida har bir kelishik shaklining UGMsini tiklang.
1. Kutubxonadan senga kitob oldim. 2. Mirkomil bugun ham dars tayyorlamaganiga uyaldi. 3. Aprelning oxirlariga borib havo isib ketdi. 4. Jo‘jani kuzda sanaymiz. 5. U bu yerga o‘qishga kelgan. 6. Sunnatning yuzlari quvonchdan yorishib ketdi. 7. Fakultet dekani yangi talabalarni yurakdan tabrikladi. 8. Moxinur o‘n oyligidan yura boshladi. 9. Nilufar o‘quvchilarining o‘qishga kirganidan quvondi. 10. Bu kishi Toshkentdan. 11. Nok olmadan shirin. 12. Baliq suvda yaaydi. 13. Dadamning suyaklari mehnatda qotgan. 14. Sabr va bardosh Tangridan, shoshqaloqlik esa shaytondandir. («Hadis»dan) 15. U uyiga avtobusda ketdi. 16. Yigitlar maktubin bitganda qondan, qelinlar firoqdan chekkanda yohu. Uning ham panohi qaytmadi jangdan, O‘n to‘qqiz yoshida beva qoldi u. (A.O.)

Morfologik tahlil tartibi va namunasi


  1. Ifodalaydigan kategorial umumiy ma‘nosiga ko‘ra qaysi turkumga mansubligi.

  2. Shu so‘z turkumining qaysi lug‘aviy-mazmuniy guruhga mansubligi aniqlanadi.

  3. Grammatik shakli –lug‘aviy va sintaktik shakllari.

  4. Tuzilishiga ko‘ra.

  5. Gapdagi vazifasi.

Men nechun sevaman O‘zbekistonni,

Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo. (A.O.)
Tuprog‘in – ot, turdosh ot, III shaxs birlik, tushum kelishigining qisqargan poetik varianti, sodda, vositasiz to‘ldiruvchi.

Ko‘zimga – ot, turdosh ot, I shaxs birlik, jo‘nalish kelishigi, sodda, to‘ldiruvchi.

Aylab to‘tiyo – fe‘l, Harakat fe‘li. qo‘shma fe‘l – to‘tiyo aylab - so‘z tartibi poetik talabga ko‘ra o‘zgargan. Ravishdosh shakli, bosh nisbat, xabar mayli, bo‘lishli, o‘tgan zamon shakli, ravish holi.
Mustahkamlash uchun savollar:


  1. Morfologiya va sintaksisning dialektik birligi deganda nimani tushunasiz?

  2. O‘zbek tili morfologiyasining asosiy tamoyillarini sanang.

  3. Grammatik ma‘no haqida ma‘lumot bering.

  4. Son kategoriyasi misolida OGM, XGM va UGM tushunchasini izohlang.

  5. UGMni ochish yo‘llari (paradigmatik munosabat) haqida ma‘lumot bering.

  6. Grammatik ma‘no ifodalovchi vositalarni sanang.

  7. Falsafada kategoriya tushunchasi. Grammatik kategoriya haqida ma‘lumot bering. Morfologik-semantik (tasniflovchi) va morfologik-sintaktik (vazifaviy) kategoriyalar haqida gapiring.

  8. O‘zbek tili GKlari tasnifini bayon qiling.

  9. Morfologik shakl va uning yasalish usullari haqida gapiring.

  10. Yirik leksik-grammatik kategoriyalar haqida ma‘lumot bering.

  11. So‘z turkumlarining ma‘noviy, morfologik va sintaktik tasnifi haqida gapiring.


6-mashg‘ulot. FE‘L VA UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
1-mashq. Berilgan matn asosida quyida keltirilgan topshiriqlarni bajaring.

Keyingi yillarda rivojlangan zamonaviy meditsina ko‘pgina yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishida ovqatlanish ratsionining buzilishini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Hayvonlar hayoti davomida kasallik yoki yo‘qchilik sababli tez-tez och qolishga majbur bo‘ladi. Bu esa ulardagi mavjud yoki rivojlanishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni bevosita davolanishiga sabab bo‘ladi. Inson hayotida esa bunday holatlar deyarli kuzatilmaydi. Ochlik bilan davolash, oqilona ovqatlanish muammolari xususida keyingi davrda qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu haqda mutaxassislar shunday deydilar:

1. Kam yesang, uzoq umr ko‘rasan. Kimki, o‘zidagi axmoqona kamchiliklarni yenga olsa (ovqatlanishga bo‘lgan hirsni tiya olsa), u irodalidir. (Bendjamin Franklin)

2. Ortiqcha ovqatlanishdan o‘zni tiyish – organizm uchun buyuk tozalanish. Ammo bu - kasallikka toshkent malham emas. (Pol S Bregg)

3. Ochko‘zlik zaharlanishga olib keladi. Har bir yangi zaharlanish umrni qisqartirish sari qo‘yilgan yangi bir qadamdir. (Pol S Bregg)

4. O‘zingizni ortiqcha ovqatlanish bilan zaharlamang. Bu sizni muddatidan oldin qabrga yetaklaydi. (Pol S Bregg)

5. Hayot – bu ovqatlanish fojiasidir. ( Arnold Ernest)

6. Inson sanchqi va qoshiq bilan o‘ziga qabr qaziydi. (Pol S Bregg)

7. Oldiga qo‘yganni yemoq hayvonning ishi

8. Og‘ziga kelganni demoq nodonning ishi.(Navoiy)


1-topshiriq. Gaplarni o‘qing. Harakat bildiruvchi so‘zlarni ajrating.

2-topshiriq. Ajratib olgan so‘zlaringizni boshqa nutqiy qurshovlarda qo‘llab gaplar tuzing va sirani boyiting.

3-topshiriq. Qayd qilingan so‘zlarni mustaqil holda harakat bildiradigan, mustaqil harakat bildirmaydigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘la oladigan va tuslanish paradigmasiga ega bo‘lmaydigan guruhlarga ajratib alohida-alohida izohlang.

4-topshiriq. 1. Mustaqil holda harakat bildiradigan, nisbatlanadigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘la oladigan fe‘llarni o‘zaro qiyoslang. 2. Mustaqil harakat bildirmaydigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘lmaydigan fe‘llarni o‘zaro qiyoslang.

5-topshiriq. 1. Mustaqil holda harakat bildiradigan, nisbatlanadigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘la oladigan fe‘llardagi umumiylikni toping. 2. Mustaqil harakat bildirmaydigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘lmaydigan fe‘llardagi umumiylikni toping.

6-topshiriq. 1. Mustaqil holda harakat bildiradigan, nisbatlanadigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘la oladigan fe‘llardagi farqlarni aniqlang. 2. Mustaqil harakat bildirmaydigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘lmaydigan fe‘llardagi farqlarni aniqlang.

7-topshiriq. 1. Mustaqil holda harakat bildiradigan, nisbatlanadigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘la oladigan fe‘llarni ma‘noviy xususiyati, sintaktik vazifasiga ko‘ra tasniflang. 2. Mustaqil harakat bildirmaydigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘lmaydigan fe‘llarni vazifasiga ko‘ra tasniflang.

8-topshiriq. 1. Mustaqil holda harakat bildiradigan, nisbatlanadigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘la oladigan fe‘llarning har biri va barchasi uchun umumiy bo‘lgan zotiy mohiyatni bayon qiling. 2. Mustaqil harakat bildirmaydigan, tuslanish paradigmasiga ega bo‘lmaydigan fe‘llarning zotiy tabiatini bayon qiling.

9-topshiriq. Gapda qo‘llangan fe‘llarning ma‘nodoshlari, shakldoshlari va zidlari bilan munosabatlarini aniqlang.

10-topshiriq. Mavzu yuzasidan testlar tuzing.
2-mashq. Berilgan gaplardagi fe‘llarni LMGlarga birlashtiring. Markaziy va qurshov leksemalarning voqelanishlarini aniqlang.
parvona bo‘lmoq, tentiramoq rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, xayol surmoq, yurmoq, kezmoq, lapanglamoq, vaysamoq, kuvg‘in bo‘lmoq, qurmoq, hosil bo‘lmoq, vaqillamoq, gandiraklamoq, tepkilamok, tisarilmoq, solmoq, xulosaga kelmoq, suymoq, ushlamoq, silamoq, tirnamoq, holsizlanmoq, kuymoq, kuchlanmoq, zaiflashmoq, ko‘tarilmok, urilmoq, chizmoq, kambag‘allashmoq, shapaloqlamoq, bobillab berdi, xudo olsin, juvonmarg bo‘lgur, chimchilamoq, changallamoq, mushtlamoq, randalamoq, chertmoq, qorasi o‘chsin, hovuchlamoq, chapak chalmoq, raxsa qilmoq, gapirmoq, demoq, to‘ng‘illamoq, vag‘illab ketdi, eslamoq, tubanlashmoq, esankiramoq, g‘azablanmoq, yo‘rg‘alamoq, barpo qilmoq, arralamoq, sayqal bermoq, yemoq, o‘chirmoq, fikrlamoq, ko‘z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, yaxshi ko‘rmoq, yon bosmoq, maftun bo‘lmoq, e‘zozlamoq, beti qursin.

3-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Fe‘llarning o‘timli-o‘timsizligini aniqlang. O‘timli fe‘llarni o‘timsiz, o‘timsiz fe‘llarni o‘timli fe‘llarga aylantiring. O‘zgarishni vujudga keltiruvchi vositalarni aniqlang. Qurshovda yuz bergan semantik-sintaktik farqlarni izohlang.
1. Bir mahal G‘ulomjon tuynukdan erinib chiqayotgan tutunga qarab so‘zlandi. (M.Ism.) 2. So‘ng uzun do‘nglik ortiga o‘tib, ko‘rinmay ketdi. (P.Qod.) 3. Yigit ko‘zini yashirishga joy topolmay qiynaldi. (S.Ahm.) 4. Davlatbekovning tug‘ilgan qishlog‘i Bodomzor bu yerdan o‘n bir chaqirim pastda. (P.Qod.) 5. Yuzlari semizlikdan tirsillagan Arabboy kerilgan bir holda so‘radi. (P.Tur.) 6. Bu qishloqda Avazning eng ochilib gaplashadigan tengdoshi shu Zamonali edi. (P.Qod.) 7. Bu yerda chetan bilan o‘ralgan mol qo‘rasi bor edi. (P.Qod.) 8. Boboxo‘ja domla ishdan bo‘shatildi. (P.Tur.) 9. Bu ko‘cha bilan ikki-uch yuz odim yurilgach, qishloq guzariga yetiladi. (H.SHar.) 10. Rasmi, yomon xotindan qochiladi, zamona shum bo‘lsa, yaxshi xotindan ham qochar ekan kishi. (A.Qah.) 11. Anchagina yurgach, o‘ng tomonda paxsa uy ko‘zga tashlanadi. (S.Nur.) 12. Bu dori spirtda ivitilib, qiyom qilib ichiladi. (N.Saf.) 13. Eshakka teskari mindirib sazoyi qilindi.( M.Ism.) 14. Kattalar o‘sha yerda. Arz qil, yordam berishadi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishadi. (P.Tur.) 15. Bola dadasiga yer haydashdi, ekin ekishdi. (S.Nur.) 16. Sharofat xolaning so‘zlariga zavqlanib kulishdilar. (N.Saf.) 17. Ona-bola uzoq yig‘lashdilar, ko‘z yoshlari bitguncha bo‘zlashdilar. (A.Qod.)
4-mashq. Berilgan gaplar asosida quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1. Talant sukunat qo‘ynida yetiladi, xarakter hayot bo‘ronlarida toblanadi. (I.Gyote) 2. Halol odamni ta‘qib etish mumkin, ammo uni badnom qilib bo‘lmaydi. (F.Volter) 3. Yangi do‘st orttirsang, eskisidan yuzingni burma. (Qobusnoma) 4. Xulq har kim o‘z qiyofasini ko‘rsatadigan ko‘zgudir. (I.Gyote) 5. Hayot saboqlarin etolmasang yod, Uni o‘rgatolmas hech qanday ustod. (Rudakiy) 6. Uzluksiz shodlik ham keltiradi g‘am, Haddan oshgan bazm misoli motam. (Bedil) 7. Osmon bo‘lsang yerga egilmoq yaxshi, Tuproq bo‘lsang ko‘kka intilmoq yaxshi. (Bedil) 8. Kumushbibi qizarindi. (A.Qod.) 9. Bir tomoni bosib qolgan kulbaga Yo‘lchini ohista yotqizishdi. 10. Odamlar to‘planishib, ho‘kizning o‘g‘irlangani haqida gaplashishardi.
1-topshiriq. Gaplar takibidagi harakat va uning bajaruvchisi orasidagi munosabatni bildiruvchi shakllarni aniqlang.

2-topshiriq. Lug‘atlardan foydalanib shunday shakllar sirasini boyiting.

3-topshiriq. Gaplardagi har bir nisbat shaklining ma‘noviy xususiyatlarini alohida sharhlang.

4-topshiriq. Nisbat shakllarini o‘zaro qiyoslang. Nisbat shakllari qo‘shilishi natijasida yuz bergan sifatiy(so‘z yasash) va sifatiy bo‘lmagan (grammatik shakl hosil qilish) o‘zgarishlarni aniqlang.

5-topshiriq. Barcha nisbat shakllari uchun umumiy bo‘lgan tomonlarni aniqlang.

6-topshiriq. Nisbat shakllarining bir-biridan farqli tomonlarini aniqlang.

7-topshiriq. Berilgan nisbat shakllarini o‘xshashlik va farqlari asosida guruhlarga ajrating.

8-topshiriq. Nisbat kategoriyasi haqida umumlashma chiqaring.

9-topshiriq. Ko‘rib o‘tilgan shakllarni yondoshlari (ma‘nodoshlari, shakldoshlari) bilan munosabatini aniqlang.
5-mashq. O‘zlik va majhul nisbat shakllarini farqlashda sintaktik qurshovning rolini aniqlang.
1. Operatsiya uchun xona tayyorlandi. 2. Abiturient test sinovlariga puxta tayyorlandi. 3. Yo‘l chekkasidagi gullar ochildi. 4. Xonani tozalashdan oldin eshik-derazalar ochildi. 5. Moxinur xayolga berildi. 6. Intizomli, a‘lochi talabalarga mukofot berildi. 7. Masala ikki yo‘l bilan ishlandi. 8. Bahorda yerlar ishlanib, chigit qadaldi. 9. Yerning unumdorligi ko‘tarildi. 10. Parda yopilishi bilan qarsak ko‘tarildi. 11. Qizcha nariroq surildi. 12. Ish ancha ilgari surildi. 13. Qaror o‘qildi. 14. Daryo chayqaldi. 15. Nutq plyonkaga yozildi. 16. U yosh havaskorlar to‘garagiga yozildi. 17. Qush o‘ljasiga o‘qdek tashlandi. 18. Uning ayblari ochib tashlandi.
6-mashq. Bir necha nisbat shaklining bir so‘z tarkibida qo‘llanish sabablarini aniqlang.
chiqartirdi, yotqizdirildi, oldirtirishdi, go‘zallashtirildi, kiyintirishdi, jonlantirildi, kelishtirishdi, yozdirtirdi, uxlatildi, o‘ylantirishdi, yurdirtirishdi, surishtirildi, soddalashtirildi, bezantirishdi.

7-mashq. So‘z tarkibida yaxlitlangan nisbat shakllarini ajrating. Nisbat shakllarining o‘timli-o‘timsizlikka ta‘sirini aniqlab, qavs ichida izohlang.
tortinmoq, qarashmoq, ko‘rishmoq, yarashmoq, kelishmoq, yetishmoq, cho‘qinmoq, botinmoq, achinmoq, sevinmoq, kechirmoq, o‘ynashmoq, to‘ldirmoq, sog‘inmoq, kelin, yig‘in, kirish, tuzat, yupat, surishtir, uyg‘ot, uyg‘on, solishtir.
8-mashq. Fe‘llarning bo‘lishli-bo‘lishsiz shakllarini ajrating. Ularning tasdiq/inkor shakllaridan farqini bayon qiling.
1. Sevgi menga bo‘ylama, Mehring bilan siylama. (M.Yusuf.) 2. Bu yerlarga nega keldim men, qiziqmasam unut chiroyga. (A.Orif.) 3. Ketishi ham, ketmasligi ham noma‘lumligini aytdi. (Mirm.) 4. Majlis yarim soat o‘tmay tugadi. (O.Mux.) 5. Uzoqdan Navoiyning qorasi ko‘ringunga qadar u amirning kelishiga ishonmagan edi. (Oyb.) 6. Na xotin, na farzand ko‘rmagan, kimsasiz bechora bir yigit. (Uyg‘.) 7. Mening farzandim yo‘q, gulbog‘larim yo‘q. (S.Nur.) 8. Ertoev bir nimani sezmasa, bunchalik talvasaga tushmas edi. (O.Yoqub.) 9. Bilmayin bosdim tikanni… 10. Bilmam adashdimmi, yo to‘g‘ri qildim…11. Bilmaslik ayb emas, bilmaganini tan olmaslik ayb. 12. U hozir hammaning kallasini g‘ovlatgan shum xabarni yo hech o‘ylamayapti, yoki bu gapning menga sira daxli yo‘q, deb ko‘rsatmoqchi. (A.Mux.) 13. Domlaning yer olgani rost, buni Saidiyga bildirmoqchi emas edi. (A.Qah.) 14. Barno yo‘q ekan, bir oz kutdi, kelavermagach, o‘tirishga sabri chidamay, idoradan chiqdi. (O. Yoq.)
7-8-mashg‘ulot. FE‘LNING GRAMMATIK KАTEGORIYALARI. O‘ZGALOVCHI KATEGORIYASI
1-mashq. Berilgan gaplardagi harakat tarzi shakllarini aniqlang. Shaklning lug‘aviy ma‘noga qay darajada ta‘sir etayotgani va paradigmatik munosabatlarini bayon qiling. Harakat tarzi shaklining yasalish qolipini qavs ichida bering. Quyida berilgan topshiriqlar asosida harakat tarzi kategoriyasining UGMsini oching.
1. Men ham doim qishloqda turganimda, mashinani o‘rganib olardim. (H.Naz.) 2. Kapalagini uchirib yuborgan. (H.Naz.) 3. O‘rinda ham gaplashaveramiz, sen juda charchab ketgansan. (I.Rah.) 4. Suv endi yerga singmay, muzlab qolgan edi. (A.Qah.) 5. Hali dushmanlarimiz tinchigani yo‘q, hushyorlikni qo‘ldan berding, kallangga solaman deb poylab turibdi. («Qashq.») 6. Hali kelishgani yo‘q, o‘zim ham xavotir olib o‘tiribman. (A.Qah.). 7. Quyoshki falakda kezib yuribdi, umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.(G‘.G‘ul.) 8. Bo‘liq yer «tayyorman» degandek ko‘pchib yotibdi. («Qashq.») 9. O‘zbek qizlari sevigisini aytib qo‘ymaydi, bir umr pinhon tutadi. (Sayyor). 10. Bolang uch-to‘rt qiynaladi, keyin o‘rganib ketadi. (A.Qah.) 11. Shu atrofda yurgandir, kelib qolar. (S.An.)
1-topshiriq. Gaplar takibidagi harakat tarzi shakllarini kuzating.

2-topshiriq. Lug‘atlardan va nutqiy zahirangizdan foydalangan holda harakat tarzi shakllariga misollar keltirib sirani boyiting.

3-topshiriq. Gaplardagi har bir harakat tarzi shaklining ma‘noviy xususiyatlarini alohida sharhlang.

4-topshiriq. Harakat tarzi shakllarini o‘zaro qiyoslang.

5-topshiriq. Barcha harakat tarzi shakllari uchun o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlang.

6-topshiriq. Berilgan harakat tarzi shakllarini yetakchi va ko‘makchi fe‘lning birikish usuli va ma‘noviy xususiyatlariga ko‘ra tasniflang.

7-topshiriq. Harakat tarzi kategoriyasi haqida xulosa chiqaring.

8-topshiriq. Ko‘rib o‘tilgan shakllarni ma‘nodoshlari, vazifadoshlari bilan munosabatini aniqlang.
2-mashq. Lug‘aviy va sintaktik shakllarning harakat tarzi shakllarida voqelanishini aniqlang. Qo‘shimchalarning ko‘makchi yoki yetakchi fe‘l tarkibida qo‘llanishiga diqqat qiling.
kiyintirib qo‘ymoq, urishishib qolishdi, o‘ylantirib qo‘ydi, ishlatib yubordi, ovqatlantirib quydi, aytib yuborishdi, kiyinib oldi, ayirib tashlandi, unutib yuborildi, o‘ranib olmoq, bilib qo‘yishsin, gapira qolmadi, aytmay qo‘ymadi, kirmay turishdi, aytishib qolish, qichqirib yuborib, ketib qolgan, aynib qolmas.
3-mashq. O‘zgalovchi kategoriyasi shakllarining fe‘lni nutqqa olib kirishini berilgan misollar asosida tushuntiring. Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllarining gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang.
1. Yuzni yerga qaratish bundan ortiq bo‘ladimi? (O‘.H.) 2. Uning esiga haligi mish-mishlar tushib, yuragi bigiz sanchganday og‘ridi. 3. Tergamay - tergamay boshiga chiqarib oldi. 4. Yurtimizda alanga porlar sevmoq uchun sevilmoq uchun (qo‘shiqdan). 5. Kumush Otabek nomini eshitgach, sekingina ko‘tarilib qo‘ydi. (A.Q.) 6. Erkalatgach onasi, taltayadi bolasi. (Maqol) 7. Biroq arava yaqinroq kelganda poxol shlyapasini bostirib olgan semiz odamni ilg‘adimu hammasini angladim (O‘.H.) 8. Biz chiqqan arava No‘g‘ayqo‘rg‘ondan Ko‘tarmaga yetguncha qorong‘u tushdi (O‘.H.) 9. Otasi kelavermagach, bolalar vahimaga tusha boshladilar. 10. Ketar odamga yo‘l yaxshi. 11. O‘lar ho‘kiz boltadan qaytmas 12. Aytar gapni ayt, aytmas gapdan qayt. 13. Mol topmas yigit bo‘lmas, o‘g‘il tug‘mas ayol bo‘lmas. 14. Kelin bo‘lmish qiz qo‘shni qishloqdan ekan. 15. Otabek qo‘llarini bo‘shatuvchi qo‘rboshining bunchalik titrab, qaltirashidan o‘z raqiblaridan bittasi shu ekanini payqadi (A.Q.)
4-mashq. Sifatdosh va ravishdosh shaklining fe‘lni o‘zidan keyingi so‘zga tobelab bog‘lashi, shu bilan birga, fe‘lning atash semasiga ham sezilarli ta‘sirini aniqlang.
1. Shuni vrach qilguncha oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lib yugurdi-ku, «ayachasi!». 2. Yerda cho‘kkalab o‘tirgancha «men sening onangman» deb yig‘lagan xotin xayolimdan ketmasdi. 3. Hatto boyadan beri o‘sha tomonga intilayotgan cholim ham pushtaga cho‘kkalagancha og‘ir kiprik qoqdi. 4. U qirg‘oqdagi kesaklarni tatalagancha emaklab yuqoriga chiqa boshladi. 5. Jinnilardek chinqirgancha zakunchiga talpindim (O‘.H.) 6. Toshkentdan ataylab ko‘rgani borsam, Olimjon akam xursand bo‘ladi. 7. Sizni ko‘rgani keldim 8. Kavshandozda bir poy kalishimni yechayotganimda munkib ketdim(O‘.H.) 9. Zavol ko‘rma hech qachon, o‘lkam, Zavol bilmas shu yoshing bilan. 10. Mening bu olamda o‘z aytar so‘zim, Va o‘zim sig‘inar mozorlarim bor. (A.Oripov) 11. Ra‘noni egasiga topshirmaguncha, u quyilmaydiganga o‘xshaydi (A.Q.)
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling