Alisher navoiy nomidagi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana08.09.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1674545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
ziroat bmi 2017-2018

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘tgan asrning 60-yillaridan 
boshlab “matn lingvistikasi” yo‘nalishi katta sur’at bilan rivojlanish pallasiga kirdi.
Matn lingvistikasi – matnshunoslik, ritorika, poetika, pragmatika va 
semantika predmetlari bilan ham o‘zaro aloqada. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha 
V.V.Vinogradov, M.M.Baxtin, G.O.Vinogradov, I.R.Galperin, R.Yakobson, 
B.M.Eyxenbaum, 
O.G.Kamenskaya, 
A.A.Leontev, 
M.D.Gorodnikova, 
A.N.Moroxovskiy va yana ko‘plab olimlar asarlaridan ma’lumot olish mumkin.
BMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot 
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi 
kafedrasining “2016-2020- yillarga mo‘ljallangan BMI mavzulari banki” istiqbol 
rejasi asosida amalga oshirildi. 
Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi ta’lim bosqichlarida 
matn o‘qitishning, uni tushuntirishning yangi yo‘llarini izlab topish, matn tahlilida 
2
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining 
garovi //Adolat, 2016-yil.-8-dekabr. 



jahon tajribasidan foydalanish, badiiy matnni anglashda “Skimming” va 
“Scanning” metodlarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etishdan iborat. 
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda 
quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutildi: 
- matn va matn tushunchasiga doir ishlarni o‘rganish va tahlil qilish
- badiiy matnning sintaktik imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; 
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida badiiy matnni tahlil qilishda interfaol 
usullardan foydalanishni o‘rganish; 
- akademik-litseylarda badiiy matnni o‘rganishning innovatsion loyihalarini 
ishlab chiqish; 
- matn tahlilida jahon tajribasi bo‘lgan «Skimming» va «Scanning» 
metodlaridan foydalanishni ta’lim bosqichlariga tatbiq etish. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling