4.) Ashula: “Unutmagil” Z. M. Bobur g’azali, ijro etadi Ilxomjon Kenjayev.
2-Boshlovchi: Odamiy ersang, demagil odami
Onikim, yo’q xalq g’amidin g’ami.
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf’ o’zungga ko’prakdurur. (A. Navoiy)
Hazrat mir Alisher Navoiy bu to’rtligi orqali – inson haqidagi qarashlari, xalq g’ami bilan yashamagan insondan nafratlanish va o’zi ham xalqqa qancha ko’p foydang tegsa, bu o’zingga foydasi ko’proq degan aqida bilan yashash kerakligini uqdirmoqda.
1-Boshlovchi: Ey sarvinoz gulshani bog’i malohati,
Ey gul uzori mahvashi sarvqomati
Laling tabassum etdi-yu jonim asirdur,
Shakkar sog’indi to’ti kabi yo’q xalovatim.
Ashula: “Ko’cha bog’i” ijro etadi Zokirjon Po’latov.
2-Boshlovchi: Boburning otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali xalok bo’lgach, oilasining katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiaxd sifatida taxtga o’tiradi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jixatdan muxim bo’lgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustaxkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi.
1-Boshlovchi: Sen mening borlig’im, ko’zim qarosi,
Sendan ayro tushmoq, azobu firoq.
O’zing olam aro, yurtlar sarasi,
Bag’ring ham o’zingdek beg’ubor oppoq.
Jannatmakon, bog’u rog’laring,
Xusningni ko’rganlar yoqa ushlashar.
Osmon toqiga tegar tog’laring,
Nazmda, navoda noming kuylashar. (M.Yusufxon)
Ashula: “Izlarman” ijro etadi Maxbubaxon Azamatova
2-Boshlovchi: Adl aylaki, ul xalq hayoti bo’lmish,
Xush ul kishikim, adl sifoti bo’lmish,
Ham mulk bila adl jihoti bo’lmish,
Ham adl bila mulk sabaoti bo’lmish. (A. Navoiy)
Shoir bu g’azali bilan adolat aylaki, xalq xayoti shu asosga qurilgan. Yaxshi kishi adolatni kasb qilib oladi. Hukmronlik adolat bilan mustahkam bo’ladi, binobarin, xukmronlik va adolatni birga olib borgan ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |